Daryo | Dunyo
620 subscribers
23.3K photos
37 videos
23.3K links
“Daryo” nashrining jahon yangiliklarini yoritib boruvchi Telegram kanali.

Rasmiy – @daryo
Rasmiy kirill – @daryo_kirill
Lifestyle – @daryo_lotin
Tezkor xabarlar – @daryo_live
Sport – @daryo_sport24
Download Telegram
Tramp AQSHning boy fuqarolari uchun daromad solig‘ini 40 foizgacha oshiradi

Soliqlarning oshirilishi o‘n yil ichida byudjetga qo‘shimcha 67,3 mlrd dollar jalb qilish imkonini beradi.

Batafsil — https://daryo.uz/lu9Ahk9F

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Pokiston Hindistonga 400 tagacha dron uchirdi

Hindiston Qurolli kuchlari Islomoboddagi havo hujumidan mudofaa tizimlarini yo‘q qilish maqsadida Isroilning Harop razvedka-zarba beruvchi uchuvchisiz apparatidan foydalangan.

Batafsil — https://daryo.uz/lutXdpLI

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

Ukrainaning alyansga uzoq muddatli istiqbolda a’zo bo‘lish ehtimoli bor, biroq hozirda olib borilayotgan tinchlik muzokaralari doirasida emas.

Batafsil — https://daryo.uz/lgneBO98

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

Generallar ommaviy bayonotlarda betaraflik va vazminlikni saqlash majburiyatiga rioya qilmagan.

Batafsil — https://daryo.uz/lluzWTlG

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

Ushbu ko‘rsatkichlar fonida Tramp ma’muriyati kamida 2 trln dollarlik xarajatlarni qisqartirish rejalarini o‘z ichiga olgan soliq va immigratsiya bo‘yicha keng ko‘lamli qonun loyihasini qabul qilishga harakat qilmoqda.

Batafsil — https://daryo.uz/l9E2zOeI

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Pokiston havo zarbalari orqali Hindistonning muhim obyektlarini yo‘q qildi

Surajgarh aviabazasi, Dehrangyaridagi artilleriya pozitsiyasi va Nagrotadagi BrahMos raketa ombori nishonga olingan.

Batafsil — https://daryo.uz/lehvTj84

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
AQSH moliya vaziri mamlakat avgust oyiga qadar defoltga duch kelishi mumkinligini tasdiqladi

Skott Bessent qonun chiqaruvchi organ rahbarlarini iyul oyi o‘rtalariga qadar qarz limitini oshirishga chaqirdi.

Batafsil — https://daryo.uz/lUuA7xk6

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Pokiston mudofaa vaziri: “Hindiston bilan keng ko‘lamli urush boshlashdan boshqa ilojimiz yo‘q”

9-may kuni Hindistonning harakatlariga javoban Pokiston aviazarbalar yo‘llab, bir qator strategik obyektlarni ishdan chiqargani xabar berilgandi.

Batafsil — https://daryo.uz/lxuItoTI

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
G7 davlatlari Hindiston va Pokistonni bir-biri bilan muloqot boshlashga chaqirmoqda

Harbiy keskinlikning kuchayishi mintaqa barqarorligiga jiddiy tahdid soladi, deyiladi xalqaro tashkilot qo‘shma bayonotida.

Batafsil — https://daryo.uz/lqxXNfmH

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
“AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

9-may arafasida Rossiya Ikkinchi jahon urushida Germaniya ustidan qozonilgan g‘alabani bayram sifatida nishonlar ekan, go‘yo, bu mahorabada Sovet Ittifoqi o‘zining kuchi bilan muvaffaqiyat qozongani baralla aytiladi. Vaholanki, SSSR urushning dastlabki yillarida misli ko‘rilmagan darajadagi yo‘qotishlar bilan ortga chekinadi.
Keyinchalik AQSH va Buyuk Britaniyaning Lend-liz dasturi orqali Moskvaga ko‘rsatgan harbiy-iqtisodiy yordami — bu urushda Sovet Ittifoqini muqarrar mag‘lubiyatdan saqlab qolib, yakunda uning g‘alabasida muhim rol o‘ynadi. Quyidagi maqolada, Germaniya bilan urush arafasidagi Sovet armiyasining holati, Lend-Liz yordami tafsilotlari va uning g‘alabaga real ta’siri haqida so‘z yuritiladi.

Batafsil — https://daryo.uz/lDxkz2hz

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
“Agar AQSH Rossiyaga hujum qilsa, yordamchi qo‘shin yuboramiz” — Kim Chen In

“Bu bizning birodar va quroldosh sifatidagi muqaddas burchimiz, deb hisoblayman”, dedi KXDR rahbari.

Batafsil — https://daryo.uz/lDrAfHgb

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Sovet kosmik kemasi “Kosmos-482” Hind okeaniga qulab tushdi

“O‘zkosmos” mutaxassisi mazkur qurilmaning O‘zbekiston hududiga tushishi ehtimoli 0,3-0,5 foizni tashkil etishini ma’lum qilgandi.

Batafsil — https://daryo.uz/lnhALUX1

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Afg‘onistonda shaxmat rasman taqiqlandi

Ushbu tashabbus Ezgu ishlarni targ‘ib qilish va yovuzlikning oldini olish vazirligi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.

Batafsil — https://daryo.uz/lqVtXPyY

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Tramp Rossiya va Ukraina uchun “buyuk hafta” boshlanayotganini aytdi

AQSH prezidenti Ukrainadagi urush tez orada yakunlanishiga umid bildirgan.

Batafsil — https://daryo.uz/lmmXjEqK

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Putin Ukrainaga hech qanday shartlarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokara o‘tkazishni taklif qildi

Rossiya rahbari muzokaralar 15-may kuni Turkiyada qaytadan boshlanishini va sulh bo‘yicha kelishib olish mumkinligini ta’kidlagan.

Batafsil — https://daryo.uz/lmDk6iF2

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
“Qimmatbaho taqinchoqlar va kiyim-kechaklardan o‘zini cheklardi” — Qozog‘iston prezidenti onasi va eng qiyin damlari haqida gapirdi

Qozog‘iston rahbarining yozishicha, oilasi oddiy va kamtarona hayot kechirgan. Oila boquvchisi faqat otasi bo‘lib, u oylik ish haqidan tashqari, ba’zan maqola va kitoblari uchun gonorar ham olib turgan.

Batafsil — https://daryo.uz/l2hAGyWh

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Shahboz Sharif Hindiston bilan o‘t ochishni to‘xtatishni Pokistonning “g‘alabasi” deb atadi

Pokiston bosh vaziri ikki davlat o‘rtasidagi yechilmagan masalalar, jumladan, suv resurslarini taqsimlash va Kashmir muzokaralar yo‘li bilan hal etilishiga umid bildirgan.

Batafsil — https://daryo.uz/lDnPz7jb

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
AQSH Ukrainaga Patriot raketalarini topshirishini ma’qulladi

AQSH Davlat departamenti Kiyevga birinchi marta Donald Tramp davrida qurol sotishni ma’qulladi.

Batafsil — https://daryo.uz/lnukHKrt

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
“Ruslar nihoyat o‘ylay boshlashdi” — Zelenskiy

Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan muzokaralarga tayyorligini tasdiqladi. Faqat Rossiya 12-may kuni o‘t ochishni to‘xtatishi kerak.

Batafsil — https://daryo.uz/lrrkcJJN

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Rossiya 30 kunlik sulh uchun shart qo‘ydi

Putin “urushni tinch va diplomatik yo‘l bilan hal qilish uchun harakat qilayotgani” aytilmoqda.

Batafsil — https://daryo.uz/lu2X8Ypp

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world