Daryo | Dunyo
511 subscribers
22.6K photos
37 videos
22.7K links
“Daryo” nashrining jahon yangiliklarini yoritib boruvchi Telegram kanali.

Rasmiy – @daryo
Rasmiy kirill – @daryo_kirill
Lifestyle – @daryo_lotin
Tezkor xabarlar – @daryo_live
Sport – @daryo_sport24
Download Telegram
Ilon Mask AQSH O‘zbekiston paxtakorlarini moliyalashtirganini eshitib kulib yubordi (video)

AQSH mehnat vaziri Lori Chaves hukumat moliyalashtirayotgan tashqi manbalar haqida ma’lumot berdi.

Batafsil — https://daryo.uz/lEEJ9WZ0

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Isroilda o‘rmon yong‘inlari avj oldi (video)

Yong‘inni o‘chirish uchun 13 ta davlatdan yordam so‘raldi. O‘t o‘chirishga harbiylar ham jalb qilingan.

Batafsil — https://daryo.uz/lax4PwEU

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Hindiston Pokiston samolyotlari uchun havo hududini yopdi

Taqiq Pokistonga aloqador barcha uchoqlarga amal qiladi. Hindiston hukumati buning sababini ma’lum qildi.

Batafsil — https://daryo.uz/loEYCkBk

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Yaponiyada avtomobil maktab o‘quvchilari ustiga haydadi

Haydovchi “hayotdan to‘ygani” uchun kimnidir o‘ldirishni istaganini aytdi.

Batafsil — https://daryo.uz/lonXMaO5

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Rossiya mahalliy aholi bilan urishgan migrantni deportatsiya qildi

Muhojir qo‘lga kiritgan Rossiya fuqaroligi esa bekor qilindi.

Batafsil — https://daryo.uz/legAcR7T

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Vatikan tarixidagi eng katta sir: Rim papasining jinsi nega tekshiriladi?

Rim papasi Fransisk 21-aprel kuni 88 yoshida vafot etganidan so‘ng, yangi papani saylash marosimi – konklav 7-may kuni o‘tkazilishi e’lon qildi. Konlav jarayonida yangi papa kardinallar tomonidan saylanadi. Qiziq jihati, saylov ovoz berish bilan yakuniga yetmaydi. Tanlangan yangi papa barcha kardinallar oldida bir nechta tekshiruvlardan o‘tishi zarur. Ular orasida tanlangan papa erkak yoki erkak emasligini tekshirish marosimi ham bor. Bu maxsus stol yordamida amalga oshiriladi. Quyidagi maqolada papani erkakligini aniqlash marosimi, u nima uchun kerakligi hamda bu jarayon bilan bog‘liq tarixiy voqea haqida hikoya qilamiz.

Batafsil — https://daryo.uz/leVOIUq2

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Yangi Zelandiyada yomg‘irdan keyingi suv toshqini tufayli favqulodda holat e’lon qilindi

Soatiga 150 kilometr tezlikda esayotgan kuchli shamol mamlakat poytaxti Vellington shahriga yopirilib, tomlarga zarar yetkazgan, daraxtlarni qulatgan va yo‘llarni to‘sib qo‘ygan.

Batafsil — https://daryo.uz/lCoAQtS7

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Dunyodagi eng keksa ayol 116 yoshida vafot etdi

Shu qadar ozg‘inligidan ko‘pchilik uni bolalikdan omon qolmaydi deb o‘ylagan.

Batafsil — https://daryo.uz/lC9k82zX

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Yaponiyada ilon eng gavjum yo‘nalishdagi poyezdlar harakatini to‘xtatib qo‘ydi

Elektr uzatish liniyasidagi ilon Tokio va Osaka orasidagi poyezdlar qatnoviga ta’sir qilgan.

Batafsil — https://daryo.uz/lUrARAQo

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
AQSH senatorlari Rossiyadan neft va gaz xarid qiluvchi mamlakatlar uchun 500 foizlik bojlarni ma’qulladi

Sanksiyalar to‘g‘risidagi qonun loyihasini ovozga qo‘yish uchun Vakillar palatasida ham yetarli darajada qo‘llab-quvvatlash mavjudligi ma'lum qilingan.

Batafsil — https://daryo.uz/lUCA3SFJ

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Xitoy koronavirus kelib chiqishi haqida bayonot berdi

Bayonotda SARS-CoV-2 koronavirusining AQSHda Xitoyning Uxan shahridan oldinroq paydo bo‘lgani ta’kidlangan.

Batafsil — https://daryo.uz/lx2kN2IJ

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Eronda sodir bo‘lgan zilzilada 29 kishi jabrlandi

Zilziladan Xuroson-Rizaviy viloyatining Torbati Haydariya, Roshxor, Gonobod va Toybod kabi shaharlari aholisi zarar ko‘rgan.

Batafsil — https://daryo.uz/lxPXAwvl

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Tailand ikki nafar firibgarlik qurboni bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarini vatanga qaytarishga yordam berdi

Tailand Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Nikondet Palangkunning aytishicha, mamlakat 9237 nafar qutqarilgan chet ellikni qabul qilgan, ulardan 7520 nafari allaqachon vataniga qaytgan.

Batafsil — https://daryo.uz/lqmIkcJg

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
ChatGPT yoki talabalar... Kim yaxshiroq yoza oladi?

Tadqiqotda 145 nafar haqiqiy talabaning ishlari va ChatGPT yaratgan insholar taqqoslangan.

Batafsil — https://daryo.uz/lqgIHYLF

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Yevropa Ittifoqi Ukraina uchun “B reja” ishlab chiqadi

Bu reja Tramp ma’muriyati Ukrainadagi tinchlik muzokaralaridan chiqqan taqdirda amalga oshadi.

Batafsil — https://daryo.uz/lO2SE8wZ

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Alisher Usmonovning boyligi keskin oshdi

U boyligini eng ko‘p oshirgan rossiyalik milliarderlar safida yetakchilik qilmoqda.

Batafsil — https://daryo.uz/lODwJ2gw

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Tramp Eron neftini sotib oladigan davlatlarga sanksiya qo‘llaydi

U bunday xaridorlar AQSH bilan biznes qila olmasligidan ogohlantirdi.

Batafsil — https://daryo.uz/lbmD1Tuy

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Isroil Suriya prezidenti qarorgohi yaqiniga zarba berdi

Damashqda hukumat kuchlari va druzlar o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berdi. Isroil druzlarni himoya qilish uchun aviazarba yo‘lladi.

Batafsil — https://daryo.uz/lfeKWuqq

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
Isroilda o‘rmon yong‘inlari: 18 kishi qo‘lga olindi

Netanyaxu uning mamlakati “bu vazifani ham uddalashiga” ishonch bildirdi.

Batafsil — https://daryo.uz/lK98WWaj

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world
“Ukraina hududiy yo‘qotishlarni tan olishga rozi” — Tramp maslahatchisi

AQSH urushni yakunlash uchun 22 ta shart taqdim etdi. Kiyev ularga roziligi aytilmoqda.

Batafsil — https://daryo.uz/lEuKmASk

👉 Obuna bo‘ling - @daryo_world