Daryo | Dunyo
430 subscribers
29K photos
42 videos
29.1K links
“Daryo” nashrining jahon yangiliklarini yoritib boruvchi Telegram kanali.

Rasmiy – @daryo
Rasmiy kirill – @daryo_kirill
Lifestyle – @daryo_lotin
Tezkor xabarlar – @daryo_live
Sport – @daryo_sport24
Download Telegram
Isroil samolyotlari Livandagi qishloqlar ustiga zaharli modda purkadi

Laboratoriya namunalarida bu gerbitsid ekani aniqlangan. U saraton kasalligini keltirib chiqarishi mumkin.

Batafsil — https://daryo.uz/Snn-krNDg

👉 Obuna bo'ling — @daryo_world
Pokistonda masjidda yuz bergan portlash oqibatida o‘ttizdan ortiq odam vafot etdi

Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif halok bo‘lganlarning oilalariga ta’ziya bildirgan va sodir etilgan voqeani terrorizm deb baholagan.

Batafsil — https://daryo.uz/bsZUMrNvR

👉 Obuna bo'ling — @daryo_world
Turkiy davlatlar tashkiloti Fatvo hay’ati ramazon oyi 19-fevral kuni boshlanishini ma’lum qildi

Qaror Musulmon diniy idoralari rahbarlari kengashining Samarqandda bo‘lib o‘tgan Fatvo hay’atida qabul qilingan.

Batafsil — https://daryo.uz/3HxD29HDg

👉 Obuna bo'ling — @daryo_world
Rossiya aprel oyidan ayrim migrantlarga “iste’dod vizasi”ni berishni boshlaydi

Bunday vizani olish uchun ilmiy-texnologik taraqqiyot, ishlab chiqarish, sport, kreativ (ijodiy) sanoatlar, madaniy-gumanitar sohalarda yutuqlarga erishgan chet elliklar murojaat qilishlari mumkin.

Batafsil — https://daryo.uz/s1UM09Nvg

👉 Obuna bo'ling — @daryo_world
Norvegiya politsiyasi Epshteyn ishi yuzasidan sobiq bosh vazirga qarshi tergov boshladi

Hujjatlarda Turben Yaglandning xalqaro lavozimlarda ishlagan paytida sovg‘alar, sayohat xarajatlari va qarzlar olganini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar mavjud.

Batafsil — https://daryo.uz/Kyt719Hvg

👉 Obuna bo'ling — @daryo_world
JSST moliyalashtirishning qisqarishi tufayli 1,2 mingdan ortiq xodimni ishdan bo‘shatdi

Tashkilotning baholashicha, 2026-yil o‘rtalarigacha JSSTdagi xodimlar soni 7,3 ming kishiga yetishi kutilmoqda.

Batafsil — https://daryo.uz/6YogBrNvg

👉 Obuna bo'ling — @daryo_world
Ummonda Eron va AQSHning yadroviy mavzudagi muzokaralarining Birinchi bosqichi yakunlandi

Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi uchrashuv natijalarini “yaxshi boshlanish” deb baholagan. U tomonlar tashvish uyg‘otayotgan masalalar yuzasidan fikr almashganini, maslahatlashuvlar esa “uzoq va mazmunli” bo‘lganini ta’kidlagan.

Batafsil — https://daryo.uz/n-6G89Nvg

👉 Obuna bo'ling — @daryo_world
Tramp o‘z nomidagi dori-darmonlar uchun chegirma taklif etuvchi saytni ishga tushirdi

Dorilar to‘g‘ridan to‘g‘ri saytda sotilmaydi, biroq foydalanuvchilar u yerda retsept bo‘yicha beriladigan dori-darmonlarni topib, ularni xarid qilishda qancha tejashlarini bilib olishadi.

Batafsil — https://daryo.uz/YEwzE9Hvg

👉 Obuna bo'ling — @daryo_world
Yevrokomissiya TikTok’dan voyaga yetmaganlar himoyasini kuchaytirishni talab qildi

TikTok’ning Yevropa Ittifoqida 170 millionga yaqin foydalanuvchisi bor, ularning aksariyati bolalar hisoblanadi.

Batafsil — https://daryo.uz/32UBlrNDR

👉 Obuna bo'ling — @daryo_world
Ozarbayjon Rossiyaga norozilik notasi yoʻlladi

Rossiyalik deputatning Ozarbayjon suvereniteti va hududiy yaxlitligiga qarshi chiqishlari, shuningdek, Armaniston fuqarolariga nisbatan chiqarilgan sud qarorlarini buzib ko‘rsatishga urinishlari qat’iyan qoralandi.

Batafsil — https://daryo.uz/5-2oXjNvg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world
Rossiyaning NATO davlatiga “bostirib kirishi” bo‘yicha o‘yin o‘tkazildi

O‘yin ssenariysiga ko‘ra, Rossiya “gumanitar” bahona bilan Litvaga hujum qiladi va atigi 15 ming nafar harbiy bilan mamlakat ustidan nazorat o‘rnatadi.

Batafsil — https://daryo.uz/-M9MjCHvg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world
Tramp Eron bilan savdo qiluvchi davlatlarga rasman boj solishni boshlaydi

AQSH prezidenti tegishli farmonni imzoladi, u Eron bilan bevosita yoki bilvosita savdo qiladigan har qanday davlatga ta’sir qiladi.

Batafsil — https://daryo.uz/UsJ_ejNvR

👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world
SSSR harbiy salohiyatiga yetgan jiddiy zarar — 16 nafar admiral halok bo‘lgan hodisa qanday yuz bergandi?

1981-yil fevral oyi boshlari. Bir tomonda sovet armiyasi Afg‘onistonga bostirib kirib, u yerda o‘z “baynalmilal vazifasini bajarmoqda”. Boshqa tomonda AQSH boshchiligidagi kollektiv G‘arb ana shu Afg‘on urushi uchun SSSRga keskin sanksiyalar qo‘llagan, oqibatda mamlakat iqtisodiyoti ortga ketmoqda.

Batafsil — https://daryo.uz/GyAXQ9HDR

👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world
1
Rossiya Eronga, taxminan, 2,5 mlrd dollar naqd pul yuborgan — OAV

AQSH sanksiyalari joriy etilganidan soʻng 2018-yilda ilk joʻnatma amalga oshirilgan. Pullar dastlab poyezdda, soʻngra kema va temiryoʻlda Tehronga tashilgan.

Batafsil — https://daryo.uz/Sj0m73NDg

👉 Obuna bo'ling — @daryo_world
😁1
Bangladeshda nipah virusidan oʻlim qayd etildi

Vafot etgan bemor xorijga safar qilmagan. JSST kasallikning xalqaro miqyosda tarqalish xavfini hali ham past baholamoqda.

Batafsil — https://daryo.uz/VzZWm3Nvg

👉 Obuna bo'ling — @daryo_world
Keniyada puldan guldasta yasaganlar qamaladi

Mamlakat Markaziy banki bunday guldastalar valyuta yaxlitligiga putur yetkazishi va “muomalaga yaroqsiz” holga keltirishidan ogohlantirdi.

Batafsil — https://daryo.uz/PNvNH3HDg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world
AQSH Xitoyni 2020-yilda maxfiy yadroviy sinovlar oʻtkazganlikda aybladi

Pekin sinovlarni “butun dunyodan” yashirish uchun seysmik monitoring samaradorligini pasaytirishga uringani aytilmoqda. Xitoy yadro kallaklari soni bo‘yicha AQSH va Rossiyadan keyin uchinchi o‘rinda turadi.

Batafsil — https://daryo.uz/kZeJpqHDR

👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world
“AQSH urushni yozgacha tugatishni taklif qildi” — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Abu Dabida boʻlib oʻtgan muzokaralar haqida ma’lumot berdi. Unda Zaporojye AES taqdiri, hududiy masala va energetika obyektlariga zarba bermaslik muhokama qilingan.

Batafsil — https://daryo.uz/XPO1A3Nvg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world
Fransiya sobiq madaniyat vaziri Epshteynga aloqasi sabab tergov qilinadi

Jak Lang ismi Epshteyn hujjatlarida 600 martadan ortiq tilga olingan. U qariyb 20 yil davomida madaniyat va ta’lim vaziri bo‘lib ishlagan. Langning qizi esa Epshteyn bilan birgalikda egalik qilingan offshor kompaniya hujjatlarida uchraydi.

Batafsil — https://daryo.uz/uQTx-qNDg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world
Niderlandiya fir’avn Tutmos III davriga oid o‘g‘irlangan byustni Misrga qaytardi

Byust Misrning Luksor shahrida “arab bahori” paytida o‘g‘irlangani aniqlangan. Uning kelib chiqishini tasdiqlovchi hujjatlar sotuvchilar tomonidan soxtalashtirilgan.

Batafsil — https://daryo.uz/frOAw3Nvg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo_world
Britaniya Erondagi vaziyat tufayli qiruvchi samolyotlarini Kiprga yubordi

Samolyotlar Eron atrofidagi vaziyat keskin kuchaygan taqdirda kafolat sifatida xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.

Batafsil — https://daryo.uz/K3-p93Nvg

👉 Obuna bo'ling — @daryo_world