Daryo | Rasmiy kanal
408K subscribers
109K photos
4.51K videos
7 files
90K links
Daryo.uz”ning rasmiy kanali.

Reklama — https://daryo.uz/aloqa-malumotlari
Tahririyat — @daryoga_murojaatbot

Lifestyle — @daryo_lotin
Tezkor xabarlar — @daryo_live
Sport — @daryo_sport24
Dunyo — @daryo_world
Global — @daryo_global
Download Telegram
Shaxmat. O‘zbekiston terma jamoasining rapid va blits bo‘yicha JChdagi tarkibi aniq bo‘ldi

Ushbu nufuzli musobaqaning umumiy sovrin jamg‘armasi 1 mln yevrodan ortiq.

Batafsil — https://daryo.uz/cysu-t7DR

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Akmal Shukurov ishi bo‘yicha jazoni yengillashtirgan sudyalar lavozimidan ozod etildi

Prezident farmoyishiga asosan, shu ishga aloqador appelyatsiya sudlov hayʼati aʼzolarining ham vakolati muddatidan avval tugatilgan va yangi tayinlovlar amalga oshirilgan.

Batafsil — https://daryo.uz/Zh4_ypnDg

👉 Obuna bo'ling — @daryo
1
Zelenskiy o‘zining Rojdestvo tabrigida Putinga o‘lim tiladi (video)

Ukraina prezidenti xalqiga murojaat yo‘lladi. U barchaning tilagi bir ekanini aytdi.

Batafsil — https://daryo.uz/VEl1Pp7vg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
1
O‘zbekistonda ko‘p funksional inklyuziv-resurs maktablari tashkil etiladi

Unda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini moslashtirish, ta’lim va muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish hamda rivojlantirish, shuningdek, individual ta’lim rejasi asosida koreksion va qo‘shimcha mashg‘ulotlarni o‘z ichiga olgan inklyuziv sinflar faoliyat yuritadi.

Batafsil — https://daryo.uz/IHP8Pt7vR

👉 Obuna bo'ling — @daryo
Qonunchilik palatasi 2025-yilda davlat xarajatlarini 41 trln so‘mga oshirish masalasini yopiq tarzda ko‘rdimi?

OAVda deputatlar 2025-yilgi davlat budjetini oshirish masalasini hech qanday translyatsiya va xabarlarsiz tasdiqlagani haqida xabarlar tarqaldi. Quyi palata matbuot kotibi Gʻulomjon Samadov “Daryo”ga ayni damda holat oʻrganilayotganini ma’lum qildi. Deputat Alisher Qodirov esa budjetga o‘zgartirish kiritish masalasi yashirincha ko‘rilmagan demoqda.

Batafsil — https://daryo.uz/5OtDxt7vg

👉 Obuna bo'ling — @daryo
Toshkentda yolg‘on yongʻin bahonasida pul yigʻib, mashina olgan qiz boʻyicha izoh berildi

U bilan profilaktik suhbat oʻtkazilganda, yongʻin haqidagi videolarni aslida nima sababdan joylaganini maʼlum qilgan.

Batafsil — https://daryo.uz/Pt3Bfp7Dg

👉 Obuna bo'ling — @daryo
Isroil Livanga havodan zarba berdi: qurbonlar bor

Halok bo‘lganlar orasida “Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi” va “Hizbulloh” a’zolari bor.

Batafsil — https://daryo.uz/0dY53p7Dg

👉 Obuna bo'ling — @daryo
Suriyada ISHIDning yuqori martabali rahbari yo‘q qilindi

Abu Omar Shaddod laqabi bilan tanilgan terrorchini yo‘q qilishda AQSH boshchiligidagi koalitsiya operatsiya o‘tkazdi.

Batafsil — https://daryo.uz/orEgrpnDR

👉 Obuna bo'ling — @daryo
Toshkentda pulli avtoturargohlar bo‘yicha yangi tartiblar joriy etiladi

Yangi tartibga ko‘ra, pulli avtoturargoh zonalari ichida yoki ularga tutash hududlarda yashovchi fuqarolarga rezident maqomi beriladi. Ular uchun maxsus rezident avtoturargoh ruxsatnomasi joriy etiladi. Mazkur ruxsatnoma rezidentlarga o‘z mahallalaridagi pulli to‘xtash joylaridan foydalanish huquqini taqdim etadi.

Batafsil — https://daryo.uz/gSjY6p7Dg

👉 Obuna bo'ling — @daryo
Niger AQSH fuqarolariga viza berishni to‘xtatdi

Cheklov Qo‘shma Shtatlarning Nigerga nisbatan viza tartibini o‘zgartirishi sabab qabul qilindi. Taqiq doimiy va uzil-kesil amal qiladi.

Batafsil — https://daryo.uz/gAEOih7DR

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
O‘zbekistonda ayrim ishlab chiqaruvchilar uchun 2028-yilgacha soliq stavkalari pasaytirildi

Soliq imtiyozlaridan foydalanilgandan so‘ng jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq summasining kamayishiga olib keladigan aniqlashtirilgan soliq hisobotlari soliq organlari tomonidan asoslangani o‘rganib chiqilgach qabul qilinishi belgilandi.

Batafsil — https://daryo.uz/JpDHW2nvR

👉 Obuna bo'ling — @daryo
Suriyada yanvardan valyuta almashadi

Chora Asad davriga tegishli pullardan voz kechish va milliy valyuta qiymatini mustahkamlashga qaratilgan.

Batafsil — https://daryo.uz/QywXRhnDg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Toshkent shahri uchun dizayn kod ishlab chiqildi

Poytaxtdagi binolar va jamoat joylarining tashqi ko‘rinishi uchun yagona va tushunarli qoidalarni belgilaydigan me’yoriy-huquqiy hujjat tez kunda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi.

Batafsil — https://daryo.uz/b-nrZo7DR

👉 Obuna bo'ling — @daryo
Qozog‘iston: AZAL samolyotiga jangovar qism elementlari zarar yetkazgan, ularning kimga tegishli ekani aniqlanmadi

2024-yil Oqtov yaqinida halokatga uchragan Azerbaijan Airlines samolyoti bo‘yicha hisobot e’lon qilindi. Ilhom Aliyev halokat uchun javobgarlikni Rossiyaga yuklagan edi.

Batafsil — https://daryo.uz/kMyr4T7DR

👉 Obuna bo'ling — @daryo
“Muhlat tugab boryapti”. Kurdlar ash-Shar’a qanoti ostiga o‘tadimi?

Suriya demokratik kuchlari yadrosini AQSH ittifoqchisi, mamlakatning uchdan biri va neft konlarini nazorat qiluvchi kurdlar tashkil qiladi. Biroq ularni davlat bilan integratsiya qilish oson kechmayapti. Damashq hamda Anqara tomonidan yil oxirigacha berilgan muhlat esa tugab boryapti. Agar kurdlar ash-Shar’a hukumatini tan olmasa, urush kelib chiqishi mumkin.

Batafsil — https://daryo.uz/M9S7XtnDg

👉 Obuna bo'ling — @daryo
O‘zbekistonda 2026-yil uchun davlat byudjeti tasdiqlandi

Prezident davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Kelasi yil uchun konsolidatsiyalashgan byudjet taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulotning 3 foizi etib belgilandi.

Batafsil — https://daryo.uz/xl2jvo7DR

👉 Obuna bo'ling — @daryo
Live stream started
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti birinchi marta 145 milliard dollardan oshdi

“Global savdo tizimida “oʻyin qoidalari” oʻzgarayotgan bir paytda biz bu yil eksportimizni 23 foizga oshirib, 33,4 milliard dollarga yetkazamiz.Eng muhimi, islohotlarimiz uchun mustahkam moliyaviy baza boʻladigan oltin-valyuta zaxiralarimiz ilk bor 60 milliard dollardan oshdi”, — dedi prezident Shavkat Mirziyoyev.

👉 Obuna bo'ling — @daryo
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi yil boshidagi 8,9 foizdan 5,8 foizga tushdi

"Bu ishlarni boshlaganimizda aholimizning uchdan bir qismi kambag‘allik chegarasida yashardi. Kredit, subsidiya, kompensatsiya kabi 100 dan ziyod xizmatlar orqali ijtimoiy himoyaning mutlaqo yangi tizimini yo‘lga qo‘yganimiz va bularni mahalladagi “yettilik”ning o‘ziga berganimiz natijasida 8,5 milliondan ziyod odam kambag‘allikdan chiqdi, ishsizlik 2 karra qisqardi" — Shavkat Mirziyoyev.

👉 Obuna bo'ling — @daryo
⚡️O‘zbekistonda 2026-yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” bo‘ladi

Batafsil — https://daryo.uz/1g-GtT7DR

👉 Obuna bo'ling — @daryo
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2026-yil 1-yanvardan boshlab, QQSdan tushumning Toshkent shahrida 5 foizi, qolgan hududlarda 20 foizi qoldirilib, bu mablagʻning yarmi tumanlar byudjetiga oʻtkaziladi.

👉 Obuna bo'ling — @daryo