Daryo | Rasmiy kanal
409K subscribers
109K photos
4.51K videos
7 files
90K links
Daryo.uz”ning rasmiy kanali.

Reklama — https://daryo.uz/aloqa-malumotlari
Tahririyat — @daryoga_murojaatbot

Lifestyle — @daryo_lotin
Tezkor xabarlar — @daryo_live
Sport — @daryo_sport24
Dunyo — @daryo_world
Global — @daryo_global
Download Telegram
Xorij tadbirkorlari qaysi hududlarda eng ko‘p korxona ochmoqda?

Milliy statistika qo‘mitasi bu bo‘yicha ma’lumot berdi. 2025-yil 1-dekabr holatiga O‘zbekistonda chet el investitsiyalari ishtirokida jami 17 900 ta korxona faoliyat yuritmoqda.

Batafsil — https://daryo.uz/0hVrpXMvR

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Belgiyada fermerlar Yevropa Ittifoqi sammitiga qarshi namoyish o‘tkazdi (video)

Ular Janubiy Amerika bilan bahsli savdo shartnomasini tuzishga qarshi chiqdi. Yo‘llar traktorlar bilan to‘sildi, politsiyaga qarata kartoshka va tuxum uloqtirildi.

Batafsil — https://daryo.uz/_-rmLuGvg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Konstitutsiyaviy sud faoliyati yangi bosqichga ko‘tariladi: raqamlashtirish va vakolatlar kengaytiriladi

Farmonda Konstitutsiyaviy sud faoliyatini tashkiliy jihatdan mustahkamlash ham ko‘zda tutilib, qo‘shimcha shtat birliklari ajratilishi, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish choralarini kuchaytirish hamda sudni alohida binoda joylashtirish masalalari belgilandi.

Batafsil — https://daryo.uz/wdx9QuMDR

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Buyuk Britaniyada terrorizm bilan bog‘liq hibslar soni 660 foizga ortdi

Bu misli ko‘rilmagan o‘sishga asosan “Falastin harakati” guruhining terrorchi tashkilot sifatida taqiqlanishi va uning faollariga nisbatan ko‘rilgan ommaviy choralar sabab bo‘ldi.

Batafsil — https://daryo.uz/I4dujuGvR

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
O‘zbekiston Milliy universiteti huzurida Nazariy fizika instituti tashkil etiladi

Institutga boshqa ilmiy tashkilotlar, jamg‘armalar va ta’lim muassasalari, jumladan, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan birgalikda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish uchun shartnomalar tuzish, shuningdek, ilmiy tadqiqotlar uchun zarur bo‘lgan axborotlar, statistik va tahliliy ma’lumotlarni davlat organlari hamda tashkilotlaridan so‘rash va bepul olish huquqlari beriladi

Batafsil — https://daryo.uz/bzsO8uGDR

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
“Tolibon” minglab tojik va o‘zbek jangchilarini tarqatib yubordi — BMT

BMT Xavfsizlik kengashi Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha yangi hisobot e’lon qildi. Unga ko‘ra, “Tolibon” harakati o‘z xavfsizlik kuchlari tarkibini 20 foizga qisqartirdi. Ularning aksarini o‘zbek va tojik etnik ozchilik vakillari tashkil etadi.

Batafsil — https://daryo.uz/_RIuXuMDR

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Shavkat Mirziyoyev Yaponiya imperatori bilan uchrashdi

Imperator Naruxito Oʻzbekiston prezidentining bu galgi tashrifi ikki davlat doʻstlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash yoʻlidagi muhim voqea ekanini aytdi.

Batafsil — https://daryo.uz/XUQzijGDR

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
AQSHda o‘zbekistonlik talabani o‘ldirishda gumonlangan shaxs o‘lik holda topildi

Braun universitetida yuz bergan otishma oqibatida o‘zbekistonlik talaba MuhammadAziz Umurzoqov va yana bir kishi halok bo‘lgandi. Gumonlanuvchi o‘z joniga qasd qilgani aytilmoqda.

Batafsil — https://daryo.uz/svbXijGDR

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Shavkat Mirziyoyev Yaponiya parlamenti yuqori palatasi prezidenti bilan uchrashdi

Masakazu Sekiguchi bilan uchrashuvda ikki davlat oʻrtasidagi strategik sheriklik va koʻp qirrali hamkorlikni rivojlantirishda parlamentlar muhim oʻrin tutishi taʼkidlandi.

Batafsil — https://daryo.uz/gqJ-ZjGvR

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Olimjon Ismoilov Toshkent shahri sudi raisi bo‘ldi

Tayinlovga qadar u oliy sud raisining o‘rinbosari – fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hayʼati raisi lavozimida ishlab kelayotgandi.

Batafsil — https://daryo.uz/MjtUMjMDg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Yaqinlaringiz kelajagi uchun foyda keltiradigan sovg‘a qiling

Batafsil — https://daryo.uz/Way II

Reklama
Oʻzbekistonda qurilish va ishlab chiqarish korxonalarining soliq qarzi qancha ekani ochiqlandi

Qurilish sohasining oʻzida undirilishi lozim bo‘lgan soliq summasi 100 mln soʻmdan yuqori subyektlar soni 1200 tadan oshgan. Hududlar kesimida Toshkent shahri yetakchi.

Batafsil — https://daryo.uz/NvxmDuMDg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Oʻzbekiston—Yaponiya parlamentlararo hamkorligi kengaytiriladi

Ikki davlat raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt sohasida qonun ijodkorligi boʻyicha tajriba almashadi.

Batafsil — https://daryo.uz/z4doHCGDg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
AQSH “grin karta” dasturini vaqtincha to‘xtatdi

Bunga Braun universitetidagi otishmada gumon qilinayotgan shaxs aynan shu dastur orqali AQSHga kelgani sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Batafsil — https://daryo.uz/cqegdCMvg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
🔴 JONLI EFIR BOSHLANDI

Dialog ko‘rsatuvining navbatdagi sonida Toshkent shahri va 15 ta tumanda joriy etilgan elektron retsept asosida dorilarni xarid qilish tizimi haqida gaplashamiz. Bu bemorlar uchun yengillikmi yoki kutilmagan qiyinchilik?

Mavzu doirasida sizning barcha savollaringizga jurnalist Nurali Oripov SSV bo’lim boshlig‘i Mirzohidjon Qodirovdan javob oladi. Savollaringizni videoning izohlar bo'limida yozib qoldiring.

▶️ JONLI EFIRNI KO'RISH

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Markaziy Osiyoda elektr toki tariflari: narxlar qaysi davlatda qimmatroq?

May oyida Oʻzbekiston aholisi uchun elektr energiyasi tarifi 34 foizga oshirildi. Bu ko‘pchilik oilalar uchun sezilarli narx o‘sishidir. Shuningdek, 2025-yilda qo‘shni davlatlarda ham tariflar qimmatlashgan. Mintaqada eng yuqori narx qaysi davlatda? Oʻzbekistonda kelgusi yillarda tariflar qanday o‘zgarishi kutilmoqda? Maqolada shu haqda so‘z yuritiladi.

Batafsil — https://daryo.uz/oBOdlHMvg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Faqat 20-dekabr! Texnikalar –70% gacha Mega chegirmada

—70% 🔹32 ARTEL TV (A32NHCH001) 50 700 so‘mdan;
—70% 🔹TECNO Spark30C (4/128) 77 700 so‘mdan;
—70% 🔹KLEO Gaz Plita (MS5040BECO) 68 700 so‘mdan;
—70% 🔹32 SHIVAKI TV (S32NHCH900) 50 700 so‘mdan;
—70% 🔹ARTEL (HD276FNDECO) 98 700 so‘mdan.

* Aksiyada texnikalar soni cheklangan va narxlar muddatli to‘lovga yigirma to‘rt oyga moo‘ljallangan.

📞 71-230-7799 | Chat Nigina

📍Lokatsiyalar

–70% chegirmalar|Instagram|Dokonlarimiz

Reklama
Oʻzbekiston prezidenti Yaponiya parlamentidagi Doʻstlik ligasi aʼzolarini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi vitse-prezidenti, parlamentdagi O‘zbekiston bilan do‘stlik ligasi va shu bilan birga Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan do‘stlik ligasi raisi Taro Aso bilan uchrashdi. Unda liga a’zolari ham qatnashdi.

Batafsil — https://daryo.uz/WC7dpjMDg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

Prognozlarga ko‘ra, 20—21-dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga nam havo massalarining yangi qismi kirib keladi.

Batafsil — https://daryo.uz/ApIPhjGDR

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Buyuk Britaniya O‘zbekistondagi to‘rtta kompaniyaga sanksiya kiritdi

Bu kompaniyalar “Ukrainani beqarorlashtirishga yoki uning hududiy yaxlitligi va suverenitetiga putur yetkazishga hissa qo‘shishi mumkin bo‘lgan tovarlar yoki texnologiyalarni yetkazib berganlik”da ayblanmoqda.

Batafsil — https://daryo.uz/67LFhCMvg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Oʻzbekiston va Yaponiya hamkorligidagi loyihalar qiymati 20 mlrd dollardan oshdi

Shavkat Mirziyoyev Yaponiya iqtisodiyot, sanoat va savdo vaziri Ryosey Akazava bilan savdo-investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

Batafsil — https://daryo.uz/Ydz_bCGvR

👉 Obuna bo‘ling — @daryo