Daryo | Rasmiy kanal
408K subscribers
109K photos
4.51K videos
7 files
90K links
Daryo.uz”ning rasmiy kanali.

Reklama — https://daryo.uz/aloqa-malumotlari
Tahririyat — @daryoga_murojaatbot

Lifestyle — @daryo_lotin
Tezkor xabarlar — @daryo_live
Sport — @daryo_sport24
Dunyo — @daryo_world
Global — @daryo_global
Download Telegram
Rossiyadan 31 nafar o‘zbekistonlik talaba chiqarib yuborilishi oldi olindi

Ularni migratsiya qoidalarini buzgan deb baholab, 40 ming rubl miqdorida jarimaga tortish ham istisno tariqasida bekor qilingan.

Batafsil — https://daryo.uz/iqr9oUGvg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Saida Mirziyoyeva Urgut tumaniga bordi

Samarqand shahridan Urgut vokzaligacha yangi temiryo‘l orqali kelgan Prezident administratsiyasi rahbari O‘zbekiston–Tojikiston chegarasida savdo, logistika va tibbiyot markazlarini tashkil etish loyihasi bilan tanishdi.

Batafsil — https://daryo.uz/-yBUy_Mvg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatida qancha pul ishlab topadi?

17-dekabr, chorshanba kuni Dohada bo‘lib o‘tgan FIFA Kengashi yig‘ilishidan so‘ng, tashkilot 2026-yilgi FIFA Jahon chempionati yakunlariga ko‘ra a’zo davlatlar o‘rtasida jami 727 million dollar taqsimlanishini ma’lum qildi.

Batafsil — https://daryo.uz/Eu9wB_MvR

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
O‘zbekistonda davlat xizmatlari sifati aholi tomonidan baholanadi

Bunda xizmat ko‘rsatish sifati, xizmat o‘z vaqtida ko‘rsatilgani, xizmatdan foydalanish imkoniyati 1 dan 5 gacha baholanib, fikr qoldiriladi. Salbiy fikrlar Adliya vazirligiga avtomatik yuboriladi.

Batafsil — https://daryo.uz/wrr4DlGvg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xonadonlarning 50% dan ortig‘i dastlabki bosqichda sotildi! Taras Shevchenko ko‘chasi yaqinida joylashgan Newmon Residence premium majmuasi

Ishlar muddatidan oldin amalga oshirilmoqda
:
🔹 deyarli 20 yillik tajribaga ega qurilish kompaniyasidan;
🔹 kam sonli xonadonlar;
🔹 obodonlashtirilgan hovli, maxsus narxlarda 5 yulduzli mehmonxona qulayliklari, kokalamzor bog yaqinida.

📞 77 277-00-02
Savdo ofisi: Niyozbek yo'li 5-tor ko‘chasi, 31 A
📍Mirobod tumani, Amir Temur kochasi, 30 B @Newmonresidence

Reklama
Braziliyada qalam uchidek keladigan qurbaqa turi aniqlandi

Yangi tur Braziliya prezidenti Lula da Silva sharafiga Brachycephalus lulai deb nomlandi.

Batafsil — https://daryo.uz/QHHM2wGDR

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
“Yuklama nihoyatda katta, sharoit esa izoh talab qilmaydi” — Saida Mirziyoyeva Urgutning chekka qishloqlaridan biridagi poliklinikani borib koʻrdi

Prezident administratsiyasi rahbari ushbu tibbiyot muassasasining holati taʼmirtalab ekanini taʼkidlab, bu bitta poliklinikaning muammosi emasligini aytdi.

Batafsil — https://daryo.uz/9zS4ClMDg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Qorli ob-havo sabab Toshkent xalqaro aeroportidagi reyslar vaqti oʻzgarishi mumkin

Uchib ketishdan oldin havo kemalariga muzlashga qarshi ishlov berish qisqa muddatli kechikishlarga olib kelishi ehtimoli bor.

Batafsil — https://daryo.uz/dUJC3_Gvg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonga kontrabanda yo‘li orqali olib kirilgan 9 milliard so‘mlik tamaki yo‘q qilindi

Tadbir Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi zavodlardan birida o‘tkazildi. Umumiy hisobda 421 500 quti tamaki mahsuloti yaroqsiz deb topilgani sababli maydalash yo‘li orqali yo‘q qilindi. Maʼlum qilinishicha, bojxona organlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar bilan hamkorlikda 2025-yilda 681 ta holatda qiymati 28 mlrd soʻmlik 1 mln 397 ming quti tamaki mahsulotlari bilan bogʻliq huquqbuzarliklar aniqlangan.

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Toshkent viloyatidagi maktabda o‘quvchilar tarbiyaviy jazo sifatida majburiy ishlatildi

O‘quvchilarni mehnatga ma’muriy tarzda majburlagani uchun Zangiota tumanidagi maktab ma’muriyati jarimaga tortildi.

Batafsil — https://daryo.uz/y9kIN8GvR

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
O‘tkir Yusupov “Navbahor”ga qaytdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni bir yarim yillik tanaffusdan so‘ng yana Namangan klubi safiga qo‘shildi.

Batafsil — https://daryo.uz/yNoOiuMvR

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Senat 2026-yil uchun “Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi

Davlat budjetining har bir taqsimlanish jarayonlari mahalliy Kengash sessiyalari va Senatning qomita majlislarida batafsil muhokama qilindi. Davlat budjeti xarajatlarining qariyb 55 foizi ijtimoiy sohaga yo‘naltirilmoqda.

Batafsil: senat.uz

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
“Rossiyaning migrantlarni tahqirlashi zaharli mevalarini bera boshladi” — faollar Moskvada tojikistonlik Qobiljonning o‘ldirilishi haqida

Jamoat faollarining fikricha, RFdagi millatchilik bugun yo kecha boshlangan emas. Bolalar esa aksilmigrant siyosat va ksenofobiya bilan zaharlagan muhitning qurboniga aylanmoqda. MO davlatlari o‘z fuqarolarini tahqirlaganlarni jazolashga erishganida va bu OAVda keng yoritilganida, rus o‘smiri pichoq ko‘tarolmagan bo‘lardi.

Batafsil — https://daryo.uz/ZyeXQ_MDR

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
5
Faqat 20-dekabr. Texnikalar –70% gacha Mega chegirmada

70% 🔹 32 Artel TV (A32NHCH001) 50 700 so‘mdan
70% 🔹KLEO Gaz Plita (MS5040BECO) 68 700 so‘mdan
70% 🔹TECNO Spark30C (4/128) 77 700 so‘mdan
70% 🔹Honor Pad X7 (4/128) 59 700 so‘mdan
70% 🔹Artel (HD276FNDECO) 98 700 so‘mdan

* Aksiyada texnikalar soni cheklangan va narxlar muddatli to‘lovga yigirma to'rt oyga ko'‘rsatilgan!

📞 71-230-7799 | Chat Nigina

📍Lokatsiyalar

-70% Chegirmalar | Instagram | Do‘konlarimiz

Reklama
Misrdagi o‘zbekistonliklar ogohlikka chaqirildi

Qohira va boshqa yirik shaharlarda xorijliklarning migratsiya qonunchiligi hamda jamoat tartib-qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat kuchaytirilgan. O‘zbekistonliklar mahalliy huquq-tartibot organlari tomonidan ushlab turilishi holati ortgan.

Batafsil — https://daryo.uz/h1rViuMvR

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Senat: 2025-yilgi davlat byudjeti xarajatlari 41 trln soʻmga oshiriladi

Bunda iqtisodiy oʻsishni taʼminlash, aholi ijtimoiy himoyasini kuchaytirish asosiy maqsad qilingani aytildi. Senator Erkin Gadoyev qoʻshimcha ajratilayotgan pullar qaysi sohalarga yoʻnaltirilishini ochiqladi.

Batafsil — https://daryo.uz/JuNmMuGvg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo
Centrum Air bortlarda bulutli ko‘ngilochar tizimni joriy etmoqda

Batafsil — https://daryo.uz/CentrumAir

Reklama
Narxlar oshdi, maydon kichraydi: oʻzbekistonliklar tobora kichikroq uylar sotib olmoqda

Koʻchmas mulk bozorida narxlarning oshishi fonida respublikada 2025-yilga kelib birorta hududda sotib olingan uylarning oʻrtacha maydoni 40 kvadrat metrga yetmadi. Uy-joy taqchilligini qoplash uchun esa uch barobar ko‘proq kvartiralar qurilishi zarur.

Batafsil — https://daryo.uz/E-fhWuGDg

👉 Obuna bo‘ling — @daryo