Darkpen | Notes
4.14K subscribers
8 photos
1 video
4 links
Download Telegram
Channel created
Bismillahir rohmanir rohim.

@darkpennotes
❤6⚡2🔥2👍1
Assalomu alaykum!

Darkpen | notes sahifasiga xush kelibsiz!

Ushbu kanal muallifning hayot davomida orttirgan ko‘nikma, tajriba va yutuqlariga asoslanib, yoshlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish, ularni ruhlantirish hamda shaxsiy fikrlarni bo‘lishish maqsadida tashkil etildi.

Kanalda muallif o‘z nasihat va mulohazalarini Xurshid va uning do‘stlari obrazlari orqali — ularga murojaat qilgandek tarzda — yetkazib boradi. Shu orqali har bir yosh o‘ziga kerakli xulosa, motivatsiya va yangi qarashlarni olishi ko‘zda tutilgan.

Kanalga xush kelibsiz — birga o‘samiz, birga fikrlaymiz!

@darkpennotes
❤7🔥4👍1🕊1
Tanishuv…

Xurshid yaxshimisan?
Men seni anchadan buyon taniyman, avval o’zim ham “Xurshid” bo’lganman.

Hayotda hali ham o'zingni qidirib yuribsan, yoki o’zingni ustingda ishlab rivojlanmoqchisan, shundaymi?

Men esa senga o’zimning tajribam va maslahatlarim bilan yordam bermoqchiman.

— Xurshid men bilan rivojlanishga tayyormisan?!

— Tayyorman – 🔥

@darkpennotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥16👍4❤2
Nimani ko'ryapsiz?

Izohlarga yozing 👇

@darkpennotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤔5❤2🔥1👀1
O‘zlikni anglash…

Yuqoridagi post izohlarida ko‘pchilik rasmda o‘zini ko‘rganini yozib qoldiribdi.

Qora fon — bu bo‘shliq emas.
Qora fon — bu niqoblar yechilgan paytdagi siz.
Hech kim ko‘rmayotgan, hech kim baholamayotgan, hech kim kutmayotgan holatingiz.

Inson eng ko‘p o‘zini sukunatda ko‘radi.
Eng ko‘p yolg‘izlikda tan oladi...

50 ta 🔥 dan keyin o‘zlikni anglash bo'yicha tavsiya post yuboraman.

@darkpennotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥27👍3⚡1❤1
Atigi 1 soat…

Hayrli kech, Xurshid. Yaxshimisiz?

Senga bir narsani yana aytmoqchiman. Balki ilgari ham aytgandirman, lekin ko‘rinishidan sen uni bajarmagansan — shuning uchun qayta aytaman.

Bir yil oldin bir donishmand insonning maslahatini eshitib, sinab ko‘rgandim. U shunday degandi:
"Nimadur qilishdan vaqtni tejab bo‘lsa ham, o‘zing uchun bir soat ajrat.”

Shu bir soatni shunday o‘tkaz:

— Xonani qorong‘ula.
— Telefon, noutbuk, internet… hamma chalg‘ituvchi narsalarni boshqa xonaga chiqarib qo‘y.
— Va o‘zing bilan o‘zing gaplash.

Senga g‘alati tuyilishi mumkin. Lekin bir marta sinab ko‘r.

O‘zingdan so‘ra:
• “Men aslida kimman?”
• “Bu hayotda nimaga intilyapman?”
• “Mening hayotdagi haqiqiy maqsadim nima?”

Agar vaqt ortsa, ichingda yillar davomida javobini topolmay yurgan boshqa savollaringni ham so‘ra.


Bir soat o‘zing bilan yolg‘iz qolish — bu jazo emas, o‘zingni eshitish imkonini beradi.
Va ishon, aynan shu bir soat ko‘p narsani o‘zgartirishi mumkin.

Albatta sinab ko'raman - ⚡️

@darkpennotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡16❤5👍3
Odamni o'ldiradi...

Xurshid, kecha ko‘rib qoldim — sigaret chekayotganmushsan. Rostini aytsam, biroz o‘ylantirib qo‘ydi. Balki sen buni “stress”, “odat”, yoki “faqat bitta-ikkita” deb qabul qilayotgandirsan.
Lekin sigaret hech qachon faqat bitta bilan tugamaydi.

Sigaret — bu sekinlik bilan o'zini ko'rsatadigan zarar:

🫁 O‘pka nafasni unutadi

❤️ Yurak tezroq charchaydi

🧠 Miya kislorodsiz qoladi

⏳ Umr sekin-asta qisqaradi, odamni o'ldiradi

Eng yomoni — u seni sezdirmay qaram qiladi. Bugun o‘zingni boshqarayapman deysan, ertaga u seni boshqaradi.


Bir savol:
Agar sog‘lig‘ingni qayta sotib olish kerak bo‘lsa, pulning o'zi yetarmikan?


Tavsiyalar (chin dildan):

🚭 “Ertadan” emas, bugundan kamaytir

☕️ Sigaret o‘rniga suv yoki choy ich

🚶‍♂️ Chekish kelgan payt 5 daqiqa yurgin

📝 Nima sabab chekayapsan — yozib chiq (stressmi, zerikishmi?)

🎯 O‘zingga sabab top: kim uchun tashlayapsan?

Chekishni tashlashga qaror qilsang yaqin do'stinga ham aytib qo'y, u ham seni nazorat qilib turadi.


Xurshid, bu tanbeh emas.
Bu — eslatma.
Sog‘lig‘ing — senga berilgan eng qimmat ne'mat.

Bugun tashlasang — ertaga tanang rahmat aytadi.
Kecha tashlaganingda edi — bugun allaqachon yengilroq nafas olayotgan bo‘larding.

Tanlov — seniki. 💭

O'zingni ehtiyot qil!

@darkpennotes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5🔥3👍2
Shunchaki..

Sekin borayabsan yodimdan o’chib, uyquga berildim dardlardan qochib.

@darkpennotes
❤9👍5🔥2🤔2⚡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qish qishligini qilyapti…

Xurshid havo sovuq, oliftalik qilmasdan issiqroq kiyinib yur!

@darkpennotes
⚡6❤3👍2🔥2
Nimagadur o’zimga begona qizlarni ularga begona bo’lgan yigitlardan ham qizg’onyapti odam.

Nimaga shunaqa ekana?

@darkpennotes
😁10❤4🤔2🔥1👀1
Uxlamaganlar bormi?

Barcelona yoki Real Madrid?

Barcelona – ❤️
Real Madrid – 🍏

Men qaysi jamoa muxlisiman kim topa oladi? 😅

@darkpennotes
❤20😁4🔥2
“Kulayotgan odamlar”...

Eng ko‘p kuladiganlar ko‘pincha eng kam tushuniladiganlardir...

@darkpennotes
🔥8👍4❤2