DanAds CA
224 subscribers
184 photos
5 videos
62 links
Welcome to the DanAds CA’s official telegram channel!
For more information visit our website: https://danads.com
For inquiries: @DanAdsRec
Download Telegram
#IABALM tadbiridan qisqacha xulosalar!

Palm-Springsdagi IAB ALM konferensiyasida bir narsa yaqqol namoyon bo‘ldi: Sun'iy intellekt endi tajriba emas - u infratuzilmaning asosiga aylandi. 🌐

Tadbirning eng yorqin lahzalari bilan bo‘lishamiz:

IAB Tech Lab yo‘l xaritasi, sun’iy intellektning amaliyotdagi real yutuqlari hamda shaxsni identifikatsiya qilish va signal sifati nima uchun asosiy farqlovchi omilga aylanayotgani haqida qizg‘in suhbatlar qurdik. Shuningdek, "agentic buying" (agentlik xaridlari) tizimi qanday qilib katta tezlikda ommalashayotganini muhokama qildik.

IAB’ning 30 yilligini nishonladik! Sanoatning o‘tgan davrdagi rivojlanish yo‘liga nazar tashlab, kelajakda bizni nimalar kutayotgani haqida mulohaza yuritdik.

Hamkorimiz Sigma Software Group bilan birgalikda soha mutaxassislari uchun tashkil etilgan maxsus kechki ovqatda muloqotni sahna ortida ham davom ettirdik.

Tadbirdan bir xulosa aniq bo‘ldi: avtomatlashtirish va sun’iy intellekt ulkan imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Shu bilan birga, soha vakillari jarayonlarni nazorat qilish, shaffoflik va bevosita aloqalarni himoya qilishga ham birdek e’tibor qaratishmoqda. 🎯

Bizga obuna bo'lishni unutmang:
📱 Instagram
📱 Telegram
📱 X.com
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2👏2🤝1
Bugun Podkast reklamasi haqda gaplashamiz:
Podkast reklamasi butun dunyo bo'ylab yangi bosqichga chiqdi! 🎙️📈

Video-podkast tomoshabinlari oddiy tinglovchilarga qaraganda 1,5 baravar ko'proq kontent iste'mol qilmoqdalar. Bu esa brendlar uchun auditoriya bilan yanada yaqinroq bog'lanish va daromadni oshirish uchun ulkan imkoniyatdir. 🎥

Nashriyotchilar uchun ushbu yuqori qiymatli auditoriyadan daromad olish bugungi kunda zaruratga aylandi. Biroq, qo'lda bajariladigan ish jarayonlari va murakkab tizimlar bu rivojlanishni sekinlashtirishi mumkin.🐢

DanAds esa bunga o'zining yechimlarini taqdim etadi va nashriyotchilarga quyidagi imkoniyatlarni beradi:
Premium formatlarga tezkor va shaffof kirish;
Reklama kampaniyalarini optimallashtirish;
Jarayonni murakkablashtirmasdan biznesni kengaytirish.

Kelajak reklamasi soddalik va samaradorlik uyg'unligidir! 🚀

Bizga obuna bo'lishni unutmang:
📱 Instagram
📱 Telegram
📱 X.com
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🔥1💯1🆒1
🏎️ F1 Mavsumi
Media Biznesi Uchun Asosiy "Poyga"!

Avstraliyada boshlangan Formula 1 mavsumi nashriyot va teleradiokompaniyalar uchun ulkan reklama imkoniyatidir.

Buni bizga raqamlar isbotladi:
🌐Global miqyosdagi ulkan auditoriya: 800M+ muxlis
📺Jonli efir kuchi: Muxlislar kechiktirmasdan, real vaqtda tomosha qiladigan kam sonli format.
💰Reklama va homiylik uchun eng qulay payt.

Yevropa va Amerika davlatlarida qanday qilib monetizatsiya qilish mumkin?

🔢Jonli efir lahzalarini platformalarga integratsiya qilish.
🔢Premium kontent orqali yangi obunachilarni jalb qilish.
🔢Homiylik loyihalarini barcha tarmoqlarda kengaytirib kross platforma yaratish.

🇦🇺Melburnda poyga boshlanmoqda. Media biznesi uchun esa eng katta daromad poygasi aynan o‘sha daqiqada start oladi. 🚥

Bizga obuna bo'lishni unutmang:
📱 Instagram
📱 Telegram
📱 X.com
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥21
Qishni ajoyib kayfiyatda yakunladik! ❄️

Hech kimga sir emas biz jamoa bo'lib bir joyga yeg'ilib, ruhni ko‘tarishni, o'zaro networking qilib hordiq chiqazishni hush ko'ramiz.
Bu safargi kichik tadbirda qish faslini kuzatib, "Après-ski" jamoaviy tadbirni o'tkazdik va bu oldimizda turgan ulkan marralar uchun kuch to‘plashning eng yaxshi usuli bo‘ldi. 💪🚀

Rejalarimiz ulkan, taqvimimiz esa voqealarga boy. To‘g‘risi, bizni kutayotgan yangiliklardan jamoamiz hayajonda. 🔥

Barchaga Bahor yangilanish faslida omad va zafarlar tilab qolamiz.🚀🌷

Bizga obuna bo'lishni unutmang:
📱 Instagram
📱 Telegram
📱 X.com
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tenglik nafaqat to‘g‘ri yo‘l, balki muvaffaqiyatli biznes garovidir. Turli qarashlarga ega jamoalar yaxshiroq natijalar beradi, biznesdagi gender tafovutini bartaraf etish esa kelgusi o‘n yil ichida global o‘sishni sezilarli darajada rag‘batlantirishi mumkin. 🌍

Bugun va har kuni biz DanAds kompaniyasida hamda butun media va texnologiya sohasida innovatsiyalarni va yetakchilikni olg‘a surayotgan ayollarni sharaflaymiz. Ayol rahbarlar imkoniyatlarini kengaytirishdan tortib, o‘sish uchun teng sharoitlar yaratishgacha biz o‘rnak bo‘ladigan shaxslarni ko‘rsatish, rivojlanishni jadallashtirish va inklyuziv madaniyatni shakllantirishga sodiqmiz.
Keling, ayollarga sarmoya kiritishda, tenglik va inklyuzivlikni targ‘ib qilishda davom etaylik.💚

Xalqaro xotin-qizlar kuni muborak bo‘lsin! 🌷🌸
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
The Beet Retreat: Tropik osmon ostida media kelajagi 🕶️☀️🌴

Puerto-Rikoda reklama sanoatining eng nufuzli rahbarlari ishtirokida The Beet Retreat anjumani bo‘lib o‘tdi.

Bizning hamkasbimiz Rey Adamson va soha yetakchilari diqqat markazida bo'lib, sohadagi yangiliklarni, monetizatsiya masalalarini, Total TV va raqamli platformalarda avtomatlashtirish orqali daromadni oshirish bo'yicha suhbat qurishdi.

Bu kabi uchrashuvlar bizga sanoatdagi o‘zgarishlarga nafaqat moslashish, balki ularni boshqarish imkonini beradi. 🌐

Bizga obuna bo'lishni unutmang:
📱 Instagram
📱 Telegram
📱 X.com
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Katta yangilik: Yevropada yangi markazimiz ochildi! 🇪🇺 🌎

Biz butun qit’a bo‘ylab nashriyotchilar uchun "self-serve" (o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish) reklama tizimini yanada sodda va qulay qilish yo‘lida yana bir qadam tashladik. Yevropada navbatdagi xabimiz (hub) ish boshladi.

Reklama olami o‘zgarmoqda: avtomatlashtirish, birinchi tomon ma'lumotlari (first-party data) va AI (sun'iy intellekt) media brendlarning auditoriyaga chiqish yo‘llarini tubdan yangilamoqda. Mahalliy miqyosda kengayish orqali biz:
• Nashriyotchilarga individual yo‘l-yo‘riqlar bilan yordam beramiz.
•Ularga daromadni oshirish va reklama beruvchilarga chiqishda ko‘maklashamiz.
• Jamoalarni qo‘lda bajariladigan (manual) ishlardan xalos qilib, bor e’tiborni o‘sishga qaratish imkonini beramiz.

"Yevropadagi faoliyatimizni kengaytirish — shunchaki yangi ofis ochish emas, bu mahalliy iste’dodlar va mintaqaviy ekotizimga kiritilgan strategik sarmoyadir"

deydi DanAds asoschisilaridan biri Istvan Beres.

"Shvetsiyadagi eng kuchli muhandis va ijodkorlarni birlashtirib, jamoamizni mustahkamlamoqdamiz va nashriyotchilarga global miqyosda raqobatlashishga yordam beradigan AI-yechimlarni joriy qilyapmiz."


Batafsil sahifamizda o'qing: https://hubs.la/Q046v-x90

Bizga obuna bo'lishni unutmang:
📱 Instagram
📱 Telegram
📱 X.com
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2
Stokgolmdagi AI Interactive Talks: Asosiy xulosalar 🇸🇪

Dagens Industri mezbonligidagi tadbirda CIO’miz Johan Liljelund biznesda sun’iy intellektning (AI) kelajagini muhokama qildi:

⚙️ Poydevor muhim: Kelajak strategiyasi uchun avval eski tizimlarni yangilash va ma’lumotlarni tartibga solish shart.

💰 Aniq foyda 2026-yilda muvaffaqiyat "chiroyli namoyishlar" bilan emas, balki AI keltirgan real daromad (ROI) bilan o‘lchanadi.

🤝 Inson + AI: Asosiy raqobatbardoshlik inson tajribasi va AI agentlarining murakkab masalalardagi hamkorligidir.

Xulosa: Texnologiyaning o‘zi kifoya emas, haqiqiy o‘sish AI va insoniy qarorlar uyg‘unligidadir. 🚀

Bizga obuna bo'lishni unutmang:
📱 Instagram
📱 Telegram
📱 X.com
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Barcha nishonlayotgan hamkorlarimiz va mijozlarimizga Hayit ayyomi muborak! 🌙

Ramazon oyi yakunida kirib kelgan Iyd al-Fitr, barchaga iliq lahzalar, tinchlik, xotirjamlik va yaqinlariga sog'liq tilab qilamiz.

Global hamjamiyatimizning bir qismi bo‘lganingiz uchun tashakkur! 💚
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2
Navro‘zi olam barchamizga muborak bo‘lsin!

DanAds jamoasi barcha yurtdoshlarimizni va hamkorlarimizni yangilanish hamda yasharish ayyomi bo'lgan Navro‘z bayrami bilan samimiy muborakbod etadi. 💐

Ushbu qutlug‘ kunda sizga va oilangizga sihat-salomatlik, xonadoningizga tinchlik-totuvlik hamda ishlaringizda cheksiz zafarlar tilaymiz. Tabiat uyg‘onishi bilan birga, rejalaringizda yangi cho‘qqilar va biznesingizda ulkan muvaffaqiyatlar hamroh bo‘lsin. 🌸

Yangi yil har biringizga fayz va baraka olib kelsin!

Hurmat bilan, DanAds jamoasi.🤝💫

Bizga obuna bo'lishni unutmang:
📱 Instagram
📱 Telegram
📱 X.com
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
DanAds TATU talabalari bilan uchrashdi!🎓

Kechagina biz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetida (TATU) o‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida ishtirok etdi. Ushbu oliygoh mamlakatimizdagi eng ko‘hna texnika universiteti bo‘lib, ko‘plab aloqa va muhandislik mutaxassislarini tayyorlab kelmoqda. Toshkentdagi IT-ta’lim markazida talabalar bilan muloqot qilish biz uchun samarali bo‘ldi.💻

Yarmarkaga 400 dan ortiq talabalar tashrif buyurdi va bizning stendimiz doimiy e’tibor markazida bo‘ldi. Biz yoshlarga DanAds’ning global AdTech yechimlari hamda xalqaro jamoamizdagi ish jarayonlari haqida so‘zlab berdik.

Ishonamizki, yarmarkada tanishgan yoshlarimiz orasidan kelajakda DanAds jamoasiga qo‘shiladigan mutaxassislar chiqadi. Tadbirdagi muhit mahalliy texnologik hamjamiyatning salohiyati yuqori ekanligini ko‘rsatdi. Korxonamizga qiziqish bildirganlarga minnatdorchilik bildiramiz!👋🏻

Bizga obuna bo'lishni unutmang:
📱 Instagram
📱 Telegram
📱 X.com
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥2👏1
Sidneydan xabarlar! 🇦🇺📺

Ayni damda The Future of TV Advertising anjumanidamiz!

Rey Adamson va Robert Farazin “Total TV Masterclass” doirasida an’anaviy TV va raqamli strimingni birlashtirish orqali daromadni oshirish sirlari bilan bo‘lishishdi. 🎤

Asosiy yechimlar:
🔹 Yagona inventar: aqlli narxlar va yuqori foyda.
🔹 AI-jarayonlar: tezkor va oson tranzaksiyalar.
🔹 Avtomatlashtirish: kamroq qo‘l mehnati, samarali natija.

Murakkab tizimlarni real daromad keltiruvchi imkoniyatga aylantirmoqdamiz! 🚀📈


Bizga obuna bo'lishni unutmang:
📱 Instagram
📱 Telegram
📱 X.com
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2🔥2👏1
Marketing va daromad yetakchilari o‘rtasida tajriba almashinuvi 🇸🇪

CMO’miz Mari-Lu Penin Stokgolmdagi SaaSiest CMO & CRO Network uchrashuvlarida ishtirok etib, marketing va biznes rahbarlari bilan ochiq va mazmunli muloqot o‘tkazdi.

Bunday loyihalar korxonalarni kengaytirish yo‘lidagi haqiqiy muammolarni muhokama qilish uchun bebahodir.

Bozorda texnologiyalar qanchalik tez o‘zgarmasin, asosiy rahbarlik savollari o‘sha-o‘sha:

↗️ Marketingni qanday qilib kuchli o‘sish dvigateliga aylantirish mumkin?
💰Barqaror daromad tizimini qanday qurish kerak?
🎯 Murakkab sharoitlarda qanday qilib oqilona qarorlar qabul qilish mumkin?

Boshqa professional hamkasblarning tajribasini tinglash, yangi g‘oyalarni o‘rganish va dars chiqarish esa har qanday maqoladan ko‘ra ko‘proq amaliy bilim beradi⚡️

Shunday mazmunli suhbatlar va yetakchilarni bir joyga to‘plagani uchun SaaSiest jamoasiga minnatdorchilik bildiramiz! ❤️

Bizga obuna bo'lishni unutmang:
📱 Instagram
📱 Telegram
📱 X.com
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Disney o‘z o‘rnini bo‘shatmoqda: YouTube media olamining yangi qiroli! 👑

Bir paytlar oddiy video almashish platformasi bo‘lgan YouTube, bugungi kunda daromad ko‘rsatkichlari bo‘yicha dunyoning eng yirik media kompaniyasiga aylandi. MoffettNathanson tahlillari sohadagi ulkan burilishni ko‘rsatmoqda:

📈 Raqamlar tahlili:

• YouTube yillik daromadi: $62 milliardga yetdi.

• Disney daromadi: $60,9 milliard (ko‘ngilochar bog‘lar biznesisiz).

• Reklama tushumi: YouTube’ning reklama daromadi ($40,4 mlrd): Disney, Paramount, NBCUniversal va Warner Bros. Discovery daromadlarining jami yig‘indisidan ham ko‘proq!

🚀 Global yetakchilik:
2,5 milliard faol foydalanuvchi va 10 million YouTube TV obunachisiga ega platformaning umumiy qiymati hozirda $500–560 milliard oralig‘ida baholanmoqda. Taqqoslash uchun: Netflixning bozor qiymati qariyb $400 milliardni tashkil etadi.

Xulosa: Raqamli striming va video kontent an’anaviy media gigantlarini ortda qoldirib, bozorning mutlaq yetakchisiga aylandi.

Bizga obuna bo'lishni unutmang:
📱 Instagram
📱 Telegram
📱 X.com
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👨‍💻 We’re Hiring: QA Automation Engineer

We’re looking for a skilled and experienced QA Automation Engineer to join our growing team!
If you’re passionate about quality, test automation, and high-impact engineering - we’d love to meet you. You’ll design and maintain automation frameworks, build scalable solutions, and help drive quality across the entire product lifecycle.

🧠🔎 What we’re looking for:
• 2+ years of QA experience (with 2+ in automation)
• Strong hands-on skills in JavaScript/TypeScript
• Proficiency with Playwright, Cucumber, and API testing tools
• Experience with CI/CD, Git, and Agile workflows
• A problem-solver who cares about clean code and continuous improvement

💡Bonus points for knowledge of Docker, Kubernetes, AWS, or performance testing tools.

🔗 Read the full job description & apply here
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
DanAds at INHA University in Tashkent! 🎓

We had an inspiring day representing DanAds at the career event hosted by Inha University in Tashkent (IUT). For us, participating in IUT’s career days has become a wonderful tradition, as we return here every year to meet the new generation of talent. This university is well-known for its high academic standards, and it’s always a pleasure to engage with students whose skills and English proficiency align so well with our international culture.🔘

We would like to express our sincere gratitude to the university leadership and organizers for the invitation and the consistently warm hospitality. It was a pleasure to see so many aspiring developers and managers genuinely interested in our AdTech innovations and global products. I truly believe such events are vital for bridging the gap between academic training and the real-world needs of the tech industry.💻

We value this long-standing relationship and look forward to continued, fruitful cooperation with the university and its bright graduates. We are confident that many of the connections we made will lead to exciting career paths within our team. We are already looking forward to our next visit to IUT!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🙏2🆒1