DanAds CA
225 subscribers
184 photos
5 videos
62 links
Welcome to the DanAds CA’s official telegram channel!
For more information visit our website: https://danads.com
For inquiries: @DanAdsRec
Download Telegram
🇸🇪Stokgolmdagi bosh qarorgohimizda shved an'analarini nishonladik!

Kechagina Stokgolmda Fettisdagen (Semla kuni) bo‘lib o‘tdi - ushbu kunni jamoa bilan shirinliklar ustida samimiy suhbat qurib, birgalikda vaqt o‘tkazdik. 😋

Shvetsiyada asoslangan ad-tech kompaniyasi sifatida biz har doim mahorat va nozik did bilan yaratilgan an'analarni qadrlab kelganmiz. Garchi Semla tashqi ko‘rinishidan oddiy tuyulsa-da, u puxta tanlangan masalliqlarning o‘zaro mukammal uyg‘unligi natijasidir.
Bizning zamonaviy reklama infratuzilmamiz ham aynan shu tamoyil asosida qurilgan. ⚙️🤔

DanAds jamoasi sifatida biz sahna ortidagi murakkab texnik jarayonlarni soddalashtiruvchi "self-serve" yechimlarini yaratishga e'tibor qaratdik.

An'analar, texnologiya va aqlli dizayn uyg‘unlashgan Shvetsiyadan barchaga Fettisdagen muborak bo‘lsin! 🧁
Bizga obuna bo'lishni unutmang:
📱 Instagram
📱 Telegram
📱 X.com
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥1😍1
#IABALM tadbiridan qisqacha xulosalar!

Palm-Springsdagi IAB ALM konferensiyasida bir narsa yaqqol namoyon bo‘ldi: Sun'iy intellekt endi tajriba emas - u infratuzilmaning asosiga aylandi. 🌐

Tadbirning eng yorqin lahzalari bilan bo‘lishamiz:

IAB Tech Lab yo‘l xaritasi, sun’iy intellektning amaliyotdagi real yutuqlari hamda shaxsni identifikatsiya qilish va signal sifati nima uchun asosiy farqlovchi omilga aylanayotgani haqida qizg‘in suhbatlar qurdik. Shuningdek, "agentic buying" (agentlik xaridlari) tizimi qanday qilib katta tezlikda ommalashayotganini muhokama qildik.

IAB’ning 30 yilligini nishonladik! Sanoatning o‘tgan davrdagi rivojlanish yo‘liga nazar tashlab, kelajakda bizni nimalar kutayotgani haqida mulohaza yuritdik.

Hamkorimiz Sigma Software Group bilan birgalikda soha mutaxassislari uchun tashkil etilgan maxsus kechki ovqatda muloqotni sahna ortida ham davom ettirdik.

Tadbirdan bir xulosa aniq bo‘ldi: avtomatlashtirish va sun’iy intellekt ulkan imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Shu bilan birga, soha vakillari jarayonlarni nazorat qilish, shaffoflik va bevosita aloqalarni himoya qilishga ham birdek e’tibor qaratishmoqda. 🎯

Bizga obuna bo'lishni unutmang:
📱 Instagram
📱 Telegram
📱 X.com
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2👏2🤝1
Bugun Podkast reklamasi haqda gaplashamiz:
Podkast reklamasi butun dunyo bo'ylab yangi bosqichga chiqdi! 🎙️📈

Video-podkast tomoshabinlari oddiy tinglovchilarga qaraganda 1,5 baravar ko'proq kontent iste'mol qilmoqdalar. Bu esa brendlar uchun auditoriya bilan yanada yaqinroq bog'lanish va daromadni oshirish uchun ulkan imkoniyatdir. 🎥

Nashriyotchilar uchun ushbu yuqori qiymatli auditoriyadan daromad olish bugungi kunda zaruratga aylandi. Biroq, qo'lda bajariladigan ish jarayonlari va murakkab tizimlar bu rivojlanishni sekinlashtirishi mumkin.🐢

DanAds esa bunga o'zining yechimlarini taqdim etadi va nashriyotchilarga quyidagi imkoniyatlarni beradi:
Premium formatlarga tezkor va shaffof kirish;
Reklama kampaniyalarini optimallashtirish;
Jarayonni murakkablashtirmasdan biznesni kengaytirish.

Kelajak reklamasi soddalik va samaradorlik uyg'unligidir! 🚀

Bizga obuna bo'lishni unutmang:
📱 Instagram
📱 Telegram
📱 X.com
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🔥1💯1🆒1
🏎️ F1 Mavsumi
Media Biznesi Uchun Asosiy "Poyga"!

Avstraliyada boshlangan Formula 1 mavsumi nashriyot va teleradiokompaniyalar uchun ulkan reklama imkoniyatidir.

Buni bizga raqamlar isbotladi:
🌐Global miqyosdagi ulkan auditoriya: 800M+ muxlis
📺Jonli efir kuchi: Muxlislar kechiktirmasdan, real vaqtda tomosha qiladigan kam sonli format.
💰Reklama va homiylik uchun eng qulay payt.

Yevropa va Amerika davlatlarida qanday qilib monetizatsiya qilish mumkin?

🔢Jonli efir lahzalarini platformalarga integratsiya qilish.
🔢Premium kontent orqali yangi obunachilarni jalb qilish.
🔢Homiylik loyihalarini barcha tarmoqlarda kengaytirib kross platforma yaratish.

🇦🇺Melburnda poyga boshlanmoqda. Media biznesi uchun esa eng katta daromad poygasi aynan o‘sha daqiqada start oladi. 🚥

Bizga obuna bo'lishni unutmang:
📱 Instagram
📱 Telegram
📱 X.com
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥21
Qishni ajoyib kayfiyatda yakunladik! ❄️

Hech kimga sir emas biz jamoa bo'lib bir joyga yeg'ilib, ruhni ko‘tarishni, o'zaro networking qilib hordiq chiqazishni hush ko'ramiz.
Bu safargi kichik tadbirda qish faslini kuzatib, "Après-ski" jamoaviy tadbirni o'tkazdik va bu oldimizda turgan ulkan marralar uchun kuch to‘plashning eng yaxshi usuli bo‘ldi. 💪🚀

Rejalarimiz ulkan, taqvimimiz esa voqealarga boy. To‘g‘risi, bizni kutayotgan yangiliklardan jamoamiz hayajonda. 🔥

Barchaga Bahor yangilanish faslida omad va zafarlar tilab qolamiz.🚀🌷

Bizga obuna bo'lishni unutmang:
📱 Instagram
📱 Telegram
📱 X.com
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tenglik nafaqat to‘g‘ri yo‘l, balki muvaffaqiyatli biznes garovidir. Turli qarashlarga ega jamoalar yaxshiroq natijalar beradi, biznesdagi gender tafovutini bartaraf etish esa kelgusi o‘n yil ichida global o‘sishni sezilarli darajada rag‘batlantirishi mumkin. 🌍

Bugun va har kuni biz DanAds kompaniyasida hamda butun media va texnologiya sohasida innovatsiyalarni va yetakchilikni olg‘a surayotgan ayollarni sharaflaymiz. Ayol rahbarlar imkoniyatlarini kengaytirishdan tortib, o‘sish uchun teng sharoitlar yaratishgacha biz o‘rnak bo‘ladigan shaxslarni ko‘rsatish, rivojlanishni jadallashtirish va inklyuziv madaniyatni shakllantirishga sodiqmiz.
Keling, ayollarga sarmoya kiritishda, tenglik va inklyuzivlikni targ‘ib qilishda davom etaylik.💚

Xalqaro xotin-qizlar kuni muborak bo‘lsin! 🌷🌸
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
The Beet Retreat: Tropik osmon ostida media kelajagi 🕶️☀️🌴

Puerto-Rikoda reklama sanoatining eng nufuzli rahbarlari ishtirokida The Beet Retreat anjumani bo‘lib o‘tdi.

Bizning hamkasbimiz Rey Adamson va soha yetakchilari diqqat markazida bo'lib, sohadagi yangiliklarni, monetizatsiya masalalarini, Total TV va raqamli platformalarda avtomatlashtirish orqali daromadni oshirish bo'yicha suhbat qurishdi.

Bu kabi uchrashuvlar bizga sanoatdagi o‘zgarishlarga nafaqat moslashish, balki ularni boshqarish imkonini beradi. 🌐

Bizga obuna bo'lishni unutmang:
📱 Instagram
📱 Telegram
📱 X.com
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Katta yangilik: Yevropada yangi markazimiz ochildi! 🇪🇺 🌎

Biz butun qit’a bo‘ylab nashriyotchilar uchun "self-serve" (o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish) reklama tizimini yanada sodda va qulay qilish yo‘lida yana bir qadam tashladik. Yevropada navbatdagi xabimiz (hub) ish boshladi.

Reklama olami o‘zgarmoqda: avtomatlashtirish, birinchi tomon ma'lumotlari (first-party data) va AI (sun'iy intellekt) media brendlarning auditoriyaga chiqish yo‘llarini tubdan yangilamoqda. Mahalliy miqyosda kengayish orqali biz:
• Nashriyotchilarga individual yo‘l-yo‘riqlar bilan yordam beramiz.
•Ularga daromadni oshirish va reklama beruvchilarga chiqishda ko‘maklashamiz.
• Jamoalarni qo‘lda bajariladigan (manual) ishlardan xalos qilib, bor e’tiborni o‘sishga qaratish imkonini beramiz.

"Yevropadagi faoliyatimizni kengaytirish — shunchaki yangi ofis ochish emas, bu mahalliy iste’dodlar va mintaqaviy ekotizimga kiritilgan strategik sarmoyadir"

deydi DanAds asoschisilaridan biri Istvan Beres.

"Shvetsiyadagi eng kuchli muhandis va ijodkorlarni birlashtirib, jamoamizni mustahkamlamoqdamiz va nashriyotchilarga global miqyosda raqobatlashishga yordam beradigan AI-yechimlarni joriy qilyapmiz."


Batafsil sahifamizda o'qing: https://hubs.la/Q046v-x90

Bizga obuna bo'lishni unutmang:
📱 Instagram
📱 Telegram
📱 X.com
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2
Stokgolmdagi AI Interactive Talks: Asosiy xulosalar 🇸🇪

Dagens Industri mezbonligidagi tadbirda CIO’miz Johan Liljelund biznesda sun’iy intellektning (AI) kelajagini muhokama qildi:

⚙️ Poydevor muhim: Kelajak strategiyasi uchun avval eski tizimlarni yangilash va ma’lumotlarni tartibga solish shart.

💰 Aniq foyda 2026-yilda muvaffaqiyat "chiroyli namoyishlar" bilan emas, balki AI keltirgan real daromad (ROI) bilan o‘lchanadi.

🤝 Inson + AI: Asosiy raqobatbardoshlik inson tajribasi va AI agentlarining murakkab masalalardagi hamkorligidir.

Xulosa: Texnologiyaning o‘zi kifoya emas, haqiqiy o‘sish AI va insoniy qarorlar uyg‘unligidadir. 🚀

Bizga obuna bo'lishni unutmang:
📱 Instagram
📱 Telegram
📱 X.com
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Barcha nishonlayotgan hamkorlarimiz va mijozlarimizga Hayit ayyomi muborak! 🌙

Ramazon oyi yakunida kirib kelgan Iyd al-Fitr, barchaga iliq lahzalar, tinchlik, xotirjamlik va yaqinlariga sog'liq tilab qilamiz.

Global hamjamiyatimizning bir qismi bo‘lganingiz uchun tashakkur! 💚
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2
Navro‘zi olam barchamizga muborak bo‘lsin!

DanAds jamoasi barcha yurtdoshlarimizni va hamkorlarimizni yangilanish hamda yasharish ayyomi bo'lgan Navro‘z bayrami bilan samimiy muborakbod etadi. 💐

Ushbu qutlug‘ kunda sizga va oilangizga sihat-salomatlik, xonadoningizga tinchlik-totuvlik hamda ishlaringizda cheksiz zafarlar tilaymiz. Tabiat uyg‘onishi bilan birga, rejalaringizda yangi cho‘qqilar va biznesingizda ulkan muvaffaqiyatlar hamroh bo‘lsin. 🌸

Yangi yil har biringizga fayz va baraka olib kelsin!

Hurmat bilan, DanAds jamoasi.🤝💫

Bizga obuna bo'lishni unutmang:
📱 Instagram
📱 Telegram
📱 X.com
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
DanAds TATU talabalari bilan uchrashdi!🎓

Kechagina biz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetida (TATU) o‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida ishtirok etdi. Ushbu oliygoh mamlakatimizdagi eng ko‘hna texnika universiteti bo‘lib, ko‘plab aloqa va muhandislik mutaxassislarini tayyorlab kelmoqda. Toshkentdagi IT-ta’lim markazida talabalar bilan muloqot qilish biz uchun samarali bo‘ldi.💻

Yarmarkaga 400 dan ortiq talabalar tashrif buyurdi va bizning stendimiz doimiy e’tibor markazida bo‘ldi. Biz yoshlarga DanAds’ning global AdTech yechimlari hamda xalqaro jamoamizdagi ish jarayonlari haqida so‘zlab berdik.

Ishonamizki, yarmarkada tanishgan yoshlarimiz orasidan kelajakda DanAds jamoasiga qo‘shiladigan mutaxassislar chiqadi. Tadbirdagi muhit mahalliy texnologik hamjamiyatning salohiyati yuqori ekanligini ko‘rsatdi. Korxonamizga qiziqish bildirganlarga minnatdorchilik bildiramiz!👋🏻

Bizga obuna bo'lishni unutmang:
📱 Instagram
📱 Telegram
📱 X.com
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥2👏1