Dalatek | Agro-platforma
2.09K subscribers
183 photos
123 videos
3 files
255 links
👨‍🌾🚛 Dalatek — agro sohasida onlayn savdo platformasi

🤝 Biz bilan birgalikda biznesingiz uchun yangi imkoniyatlarni kashf eting

🔻 Barcha sahifalarimiz:
https://taplink.cc/dalatek.uz

👨‍💻 Admin: @Dalatek_menejer
📞 Telefon: +998993530403
Download Telegram
Dalatekda amaliy ish tajribasini orttirish!

👉🏼 Аniqroq aytadigan bo‘lsak, agent lavozimida ishlash. Amaliy ish tajribasini muvaffaqiyatli orttirgan 50 kishi kompaniyada doimiy ish o‘rniga ega bo‘ladi.

Agentlar o‘zi kim?

▪️ Platformamiz agentlari — fermerlar bilan aloqa o‘rnatib, mamlakatimiz eksport hajmini oshirishga yordam beradigan insonlar.

Asosiy vazifa: ilova bilan tanishtirish, ro‘yxatdan o‘tkazish va qanday foydalanishni tushuntirish. Har bir yangi foydalanuvchi uchun agent 2.000 so‘m oladi.

Qo‘shningiz o‘zi yetishtirgan sabzavot va mevalarni uyda o‘tirib ham sotishini xohlaysizmi?

Unday bo‘lsa, agrosanoat sohasidagi biznesingizni Dalatek bilan birga boshlang! 😉
1
Qanday qilib agent bo‘lish mumkin?

Amaliy tajriba orttirish haqidagi taklif sizda qiziqish uyg‘otdimi? Unday bo‘lsa, ushbu postimizni o‘qing. Unda muhim ma'lumot beramiz.

Bir nechtagina bosqichdan o‘tish kerak bo‘ladi:
1️⃣ Havola orqali o‘tish va google formani to‘ldirish;
2️⃣ Biz nomzodlarga qo‘ng‘iroq qilamiz va 150 ta odamni tanlab olamiz;
3️⃣ Butun O‘zbekiston bo‘ylab agentlar uchun treninglar o‘tkazamiz. May oyida ular Farg‘ona, Namangan, Andijon shaharlarida o‘tkaziladi;
4️⃣ Agent sifatida rasmiylashtiramiz;
5️⃣ Аgent bank kartasini ochadi;
6️⃣ Нamkorlikni boshlaymiz.

Agentga qo‘yiladigan talablar:
▪️ 16 yoshdan 80 yoshgacha bo‘lish;
▪️ Smartfondan bemalol foydalana olish;
▪️ Ishga kuniga kamida 4 soatdan vaqt ajrata olish.

Havola orqali o‘ting va Dalatek agentiga aylaning: https://forms.gle/K9aG3bhhvUA9LkQY6
Dalatek agenti bo‘lishning afzalliklari?

Bizda amaliy ish tajribasini orttirishni istaysiz, ammo bu ishning afzalliklari qanday ekanligi haqida o‘ylanib qoldingizmi? Bajonidil bu afzalliklarni sanab o‘tamiz!

▪️ Kompaniyada ishlash imkoniga ega bo‘lish;
▪️ Har bir fermer uchun foyda olish;
▪️ Qo‘shnilaringizga biznesni yaxshilash bo‘yicha yordam ko‘rsatish;
▪️ Bu ishni asosiy faoliyatingiz bilan birgalikda olib borish imkoni.

Agentimiz bo‘lish uchun havola orqali o‘ting va formani to‘ldiring:
https://forms.gle/K9aG3bhhvUA9LkQY6

Dalatek bilan birgalikda rivojlaning!
Siz fermersiz va Dalatek platformasining bir qismi bo‘lishni istaysizmi?

Platformaning dastlabki foydalanuvchilaridan biri bo‘ling!

Agrar sohada yangi foydali tanishlar orttirishni va daromad keltiruvchi shartnomalar imzolashni xohlaysizmi?

Unday bo‘lsa tezroq Dalatek mobil ilovasini o‘rnating!

Dalatek platformasida O‘zbekistonda bo‘lgan eksportchilar hozirgi paytda qanday mahsulot izlayotganini ko‘rsa bo‘ladi va ularga o‘z mahsulotingizni taklif qilishingiz mumkin.

Mobil ilovani o‘rnatish uchun:
https://t.me/Dalatechbot Telegram-botimizga o‘ting;
anketani to‘ldiring;
platformani o‘rnatishda sizga yordam beradigan operatorimiz qo‘ng‘irog‘ini kuting.

Qishloq xo‘jaligi sohasidagi biznesingizni Dalatek bilan rivojlantiring!
O‘qish va ishni birga olib borish — Dalatek bilan bu juda oson.

Toshkentda yashaysiz va o‘qiysizmi? Biz sizga amaliy ish tajribasini orttirishni taklif qilamiz!

Platformamiz agenti bo‘lsangiz, qator afzalliklarga ega bo‘lasiz:
▪️ qiziqarli tajriba;
▪️ yangi tanishlar;
▪️ qo‘shimcha pul topish imkoni;
▪️ o‘xshashi yo‘q agro platforma bilan ishlash;
▪️ shaxs sifatida o‘sish;
▪️ rivojlanish;
▪️ kelajakdagi istiqbollar.

Amaliy ish tajribasini orttirish imkoniga ega bo‘lish uchun o‘zingiz haqingizda 1 daqiqalik qisqa rolik suratga olib, quyidagi raqamda ro‘yxatdan o‘tkazilgan Telegram'ga jo‘natsangiz bo‘ldi: +998 99 353 04 03.

Dalatek bilan birgalikda rivojlaning!
Xotira va qadrlash kuni bilan! 🎖

Butun Dalatek jamoasi nomidan sizlarni ushbu muhim sana bilan tabriklashni istardik. Tinchlik va erkinligimizni himoya qilgan jasur fahriylarimizga katta rahmat. Frontda jang qilgan har bir qahramonimizning jasorati va kuchi tufayli bugun boshimiz uzra osmon musaffo va xonadonlarimiz fayzu-barokatga to‘la. Ushbu qahramonliklar xotiralarda manguga muhrlansin.

Bu bizning umumiy g‘alabamiz!
Faoliyat yoki qiziqishingiz agrar soha bilan bog’liqmi? Unday bo’lsa Dalatek – sizga kerakli yordamchi!

DALATEK – qishloq xo’jaligi sohasiga jahon darajasidagi innovatsion platforma bilan yordam berishni xoxlaydigan kompaniya.

Biz bilan birga bo’lmoqchimisiz?

Dalatekda amaliy ish tajribasini orttiring!

17 - may kuni Andijon Qishloq Xo’jaligi va Agrotexnolgiyalar Institutida Dalatek platformasining taqdimoti va amaliyotga nomzodlarni tanlash bo'lib o'tadi.

👉🏼 Аniqroq aytadigan bo‘lsak, agent lavozimida ishlashga taklif qilamiz. Amaliy ish tajribasini muvaffaqiyatli orttirgan 50 kishi kompaniyaga ish amaliyotiga olinadi.

Agentlar o‘zi kim?

▪️ Platformamiz agentlari — fermerlar bilan aloqa o‘rnatib, mamlakatimiz eksport hajmini oshirishga yordam beradigan insonlar.

Asosiy vazifa: ilova bilan tanishtirish, ro‘yxatdan o‘tkazish va qanday foydalanishni tushuntirish.

Taqdimotda qatnashish va nomzodlar qatorida bo’lish uchun quyidagi havola orqali formani to’ldirib yuboring:
https://forms.gle/F49v34e6uZtDfVDL6
___
Siz bilan albatta bog'lanishadi.
Imkoniyatni qo’ldan boy bermang!
Телеграм канал: https://t.me/dalatechsupport
Instagram: https://instagram.com/dalatek.uz?igshid=1it9tathn32fo
Facebook: https://m.facebook.com/dalatek/
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Қўрғонтепа туманида “Далатек” корхонасининг тақдимоти бўлиб ўтди.

Мазкур корхона - қишлоқ хўжалиги соҳаси вакилларига, яъни, дехқон ва фермерларга инновацион платформа билан ёрдам бера олади. Экспорт ҳажмини оширишда мутлоқ янги услуб жорий этади.

Ўтказилган тақдимот ҳақида корхона раҳбари Дилдора Отажонова ўз фикрларини билдирди.

@wwwkurgantepauz
«Dalatek kundaligi» YouTube'da! 📹

▪️ Biz yangi loyihani yo‘lga qo‘ydik, unda ish jarayonlarimiz haqidagi ma'lumotlar bilan bo‘lishib boramiz.

Kompaniyamiz o‘sib borayotganligi va taraqqiyotini o‘zingiz ko‘rib, guvohi bo‘lib borishingiz uchun biz haftada 2-3 marta yangiliklarimizni berib boramiz.

👉🏼 Havola orqali o‘ting va kanalga obuna bo‘ling: https://youtu.be/mPPwv5Xp3gM

Biz uchun sizning madadingiz juda ham muhim! 😉
‼️Bizning agentimiz bo'lishni istasangiz, ushbu havola orqali o'tib ma'lumotlaringizni qoldirining.

#DalatekAgentlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Rukn: Dalatek men uchun nima?

❗️ Biz yangi ruknni yo‘lga qo‘ydik, unda xodimlarimiz Dalatek platformasi va o‘z ish faoliyatlari haqida so‘z yuritishadi.

Bizning birinchi qahramonimiz — Sharipov Siroj, Dalatek platformasi mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha menejer. Videoni tomosha qiling! ☝🏼

Nashrlarimizni o‘tkazib yubormaslik uchun sahifamizga obuna bo‘ling.
Yer maydoningiz uchun biznes-reja! 🌳

Biz agrosanoat sohasida turli xizmatlarni taqdim etuvchi ko‘p sonli kompaniyalar bilan birgalikda ishlaymiz. Ulardan biri turli ko‘chatlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi «Mevali Plants».

Agar yer maydoningiz 10 sotixdan ko‘p bo‘lsa, u holda «Mevali Plants» sizga barcha harajatlar va foyda batafsil hisob-kitob qilingan biznes-reja taklif etadi.

👉🏼 Qiziqmi? Unday bo‘lsa, bizga yozib yuboring va biz sizga bajonidil maslahat beramiz!
Qanday qilib Dalatek agenti bo‘lish mumkin?

Platformamiz agentlari — bu, fermerlarni topadigan va yurtimiz eksport hajmini oshirishga yordam beradigan insonlar.

🔸 Ularning vazifasi ilova bilan tanishtirish, ro‘yxatdan o‘tkazish va qanday foydalanishni tushuntirishdan iborat.

Agrar sohada rivojlanishni va ko‘plab foydali tanishlar orttirishni istaysizmi?

Unday bo‘lsa tezroq anketani to‘ldiring va Dalatek agentiga aylaning!

👉🏼 Anketa shakli havola bo‘ylab mavjud: https://forms.gle/5d1L8f9ibABXFWaNA

Biz aynan sizni kutyapmiz! 😉
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ruknimiz uchun navbatdagi intervyu! 🎥

Jamoamiz «Dalatek men uchun nima?» mavzusidagi fikrlari bilan bo‘lishishda davom etadi.

🔸 Bugungi spikerimiz — Abdulazizov Ahmadillo — Andijon viloyati agentlari bo‘yicha menejer.

👉🏼 Videoni tomosha qiling!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dalatek agentlaridan biri bo‘lish imkonidan foydalanib qoling! 😉

Siz uchun formani to‘ldirish bo‘yicha qisqa qo‘llanma tayyorlab qo‘ydik.

🌐 Qo‘llanmaga o‘tish uchun havolani bosing: https://forms.gle/5d1L8f9ibABXFWaNA!"
Fermerlik mahsulotlarini izlash uchun vaqt sarflashga endi hojat yo‘q!

Dalatek platformasi siz uchun bu muammoning yechimini topdi. Ilovadan foydalansangiz bo‘ldi, takliflar sizni uzoq kuttirib qo‘ymaydi. 😉

10-iyun kuni soat 18:00 da esa Dalatek kompaniyasi tadbirkorlarga fermerlar takliflari bazasidan foydalanish uchun bir zumda imkon ochib beruvchi multitomonlama platforma haqida so‘zlab beradi.

👉🏼 Eksportchimisiz? Unday bo‘lsa, tadbirimizda albatta ishtirok eting!

Batafsil ma'lumot olish uchun qo‘ng‘iroq qiling: 99 353 04 03.
«Zamonamiz qahramonlari» ruknini yo‘lga qo‘ydik.

Unda biz agrar sohaga o‘z hissasini qo‘shgan insonlar hikoyalari bilan bo‘lishib bormoqchimiz.

Bizning birinchi mehmonimiz: Navruza — Rossiyada agro sanoatini rivojlantiradigan innovatsion mahsulotni yaratgan o'zbekistonlik qiz.

Navruza:
▪️ Vestminster universiteti (bakalavr), Inopolis universiteti (magistr) bitiruvchisi;
▪️ Fermapolis loyihasining asoschisi (qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun moliyalashtirishni jalb etuvchi onlayn platforma);
▪️ men bu g'oyaga Inopolisda (Tataristondagi IT shahar) yashaganimda kelganman, fermer xo'jaligi mahsulotlarini iste'mol qilishni yaxshi ko'rar edim, lekin shaharda ular sotiladigan do'konlari kam edi;
▪️ odamlarga fermer xo'jaligi mahsulotlarini sotib olishlarida qulay bo'lishi uchun nima qilish mumkinligi haqida o'ylab qoldim;
▪️ fermerlar muammolarini o'rganib chiqib, mazkur muammolarni kompleks yechimlarini o'z loyihamga kiritdim;
▪️ ilovaning pilot versiyasi muvaffaqiyatli ishga tushirilgandan so'ng, grant yutib oldim va Tatariston Qishloq xo'jaligi Vazirligining moliyaviy ko'magi bilan to'laqonli ishlab chiqishni boshladim;

👉🏼 Uning loyihasining mohiyati: xaridorlar mahsulotni o'yin shaklida tanlaydilar, Fermer esa mahsulotni yetishtirishning birinchi kunlaridan boshlab mablag' oladi va savdo jarayonini kuzatib borish imkoniga ega bo'ladi.
Yaqinlashib kelayotgan agromarafonga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

👉🏼 Tadbirning barcha muhim jihatlari va uni qanday tashkillashtirish muhokama qilindi. Marafon haqidagi barcha tafsilotlarni bilib olish uchun esa sahifalarimizni kuzatib boring! Tez orada biz barcha ma'lumotlarni e'lon qilamiz!
👉🏼 Ruknimiz davom etmoqda!

Biz xodimlar platformamizdagi ish faoliyati haqida so‘zlab beradigan roliklar chiqarmoqdamiz.

Bugun «Dalatek men uchun nima?» savoliga Dildora — platforma direktori javob berdi. Videoni tomosha qiling! 😉

Nashrlarimizni o‘tkazib yubormaslik uchun sahifamizga obuna bo‘ling.

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Telegram
Instagram
Facebook
YouTube
Dalatek ilovasining Andijon viloyatidagi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Xodimimiz Qo‘rg‘ontepa tumanidagi Obod mahallasiga yo‘l oldi va fermerlarni platforma bilan tanishtirdi.

Bu respublikaning Dalatek tomonidan raqamlashtirilgan birinchi tumani bo‘ldi!

👉🏼 Tadbir qanday o‘tganini bilish uchun fotohisobotimizni tomosha qiling!