Dunyo Siyosat Jamiyat
869 subscribers
166 photos
8 videos
4 files
86 links
Илм излаш учун ҳеч қачон кеч эмас.
Download Telegram
Qirqib olinadigan bir martalik kupon
O‘zbekiston Respublikasi 1991 yil 31 avgustda mustaqillikka erishgani e’lon qilingach, mamlakatda sovet rubli pul birligi sifatida muomalada qolavergan edi. 1992 yilning yanvaridan iste’mol bozorini himoyalash va mahsulotlarni faqat O‘zbekiston fuqarolariga sotish uchun bir martalik kuponlar bosib chiqarilgan. 1993 yilning 15 noyabrida so‘m-kupon chiqarilganidan so‘ng 1 hafta o‘tib — 22 noyabrgacha gazeta qog‘ozida chop etilgan va tashkilotining muhri uriladigan kartochkasi qirqib olinuvchi bir martalik kuponlar amal qilgan.

🇺🇿👉@daholar👈🇺🇿
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududida parallel to‘lov vositasi sifatida «so‘m-kuponlar”ni muomalaga kiritish to‘g‘risida»gi 1993 yil 12 noyabrdagi №550-sonli qaroriga ko‘ra, ichki bozorni ortiqcha rubl massasidan himoyalash, aholiga pul mablag‘larini to‘lashni o‘z vaqtida ta’minlash maqsadida 1961–1992 yillarda amalda bo‘lgan sovet rubliga 1:1 nisbatda 1993 yil 15 noyabrdan boshlab muomalaga kiritiladi.

1, 3, 5, 10, 25, 50, 100, 200, 500, 1000, 5000, 10000 so‘mlik pullarning barchasining old qismida O‘zbekiston gerbi va pul nominali, orqa qismida esa Samarqanddagi Registon maydonida joylashgan Sherdor madrasasining surati tushirilgan edi. 1, 3, 5, 10, 25 so‘mlik pullar 120 x 61 mm o‘lchamda, 50, 100, 200, 500, 1000, 5000, 10000 so‘mlik pullar 144 x 69 mm o‘lchamda yasalgan. So‘m-kupon Angliyadagi “Harrison & Sons Ltd” bosmaxonasida chop etilgan.

🇺🇿👉@daholar👈🇺🇿
So‘m-kupon to‘qqiz yarim oy muomalada bo‘lgan.

🇺🇿👉@daholar👈🇺🇿
O‘zbekistonning amaldagi milliy valyutasi so‘m — O‘zbekiston Respublikasi Oliy kengashining 1993 yil 3 sentyabrdagi №952-XII qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 16 iyundagi PF-870 sonli farmoniga binoan, 1994 yilning 1 iyulida, o‘zigacha amalda bo‘lgan so‘m-kuponga 1:1000 nisbatda muomalaga kiritilgan.
So‘m dastlab 1, 3, 5, 10, 20, 50 tiyinlik tangalar hamda, 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100 so‘mlik qog‘oz kupyuralar bilan bir vaqtning o‘zida muomalaga kirgan. 1 so‘m 100 tiyinga maydalangan. Aytish joizki, so‘m muomalaga kiritilgan kunda valyuta birjasida 1 AQSH dollarining qiymati roppa-rosa 7 so‘m bo‘lgan.

🇺🇿👉@daholar👈🇺🇿
1994 yilda muomalaga kiritilgan 100 so‘mgacha bo‘lgan jamiki qog‘oz pullar Germaniyaning “Giesecke & Devrient” firmasida chop etilgan. (Hozir bu yerda YEI valyutasi — yevro ham chop etiladi). 1997 yili muomalaga kiritilgan 200 so‘mlikdan boshlab, keyingi barcha kupyuralar Toshkentdagi “Davlat belgisi” DICHB davlat korxonasida bosilmoqda.

🇺🇿👉@daholar👈🇺🇿
So‘m dizaynida qadimiy naqshlarga, yurtimizdagi osori atiqalar tasviriga katta e’tibor berilgan. 1 so‘mlikning orqa tarafida Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik Katta teatri, 3 so‘mlikda — Buxorodagi Chashmai Ayyub maqbarasi, 5 so‘mlikda — O‘zbekiston milliy bog‘idagi Alisher Navoiy sharafiga o‘rnatilgan haykal va me’moriy kompozitsiya, 10 so‘mlikda — Samarqanddagi Go‘ri Amir maqbarasi, 25 so‘mlikda — Samarqanddagi “Shohi Zinda” tarixiy-me’moriy ansambli, 50 so‘mlikda Samarqanddagi Registon tarixiy-me’moriy ansambli, 100 so‘mlikda — Istiqlol saroyi (sobiq Xalqlar do‘stligi saroyi) tasvirlangan.Keyinchalik, Toshkentda 144 x 78 mm o‘lchamda chop etilgan katta kupyuralarning dizayni o‘zgartirilgan. Old qismida O‘zbekiston Respublikasining kattalashtirilgan gerbi, orqa qismida asosan mustaqillik yillarida barpo etilgan inshootlar tasvirlangan.

Chunonchi, 200 so‘mlikda Samarqanddagi Registon ansamblining Sherdor madrasasida tasvirlangan, quyosh orqalagan sherning ramziy tasviri, 500 so‘mlikda Toshkentda Amir Temurga o‘rnatilgan haykal, 1000 so‘mlikda Toshkentdagi Temuriylar tarixi muzeyi binosi, 5000 so‘mlikda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi binosi, 10000 so‘mlikda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senati binosi tasvirlangan.

🇺🇿👉@daholar👈🇺🇿
Ayni paytda eng yirik kupyura bo‘lib turgan 50 ming so‘mlik pul mutlaqo zamonaviy dizaynga ega bo‘ldi. Uning old tarafida Toshkentdagi “Ezgulik arkasi”, orqa tarafida Toshkentdagi Forumlar saroyi tasvirlangan.

U 2017 yilning 22 avgustidan muomalaga kiritilgan. AQSH dollariga ayriboshlansa, hozirgi o‘rtacha kurs bilan qariyb 6,10 dollarga teng bo‘ladi.
Milliy valyutadan foydalanishda qulaylikni oshirish maqsadida joriy yilda yirikroq nominaldagi banknotlarni muomalaga chiqarish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda, degan Kun.uz’ga Markaziy bank raisi birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetov.

🇺🇿👉@daholar👈🇺🇿
So‘m qadri tushib borishi bilan past nominaldagi qog‘oz pullar muomalada ko‘proq ushlab turilishi uchun tanga ko‘rinishidagi so‘mlarga almashtirib borilgan. Jumladan, 1997 yilda ilk marta 1, 5 va 10 so‘mlik tangalar muomalaga kiritilgan. Bunday ko‘rinishdagi tanga so‘mlar 1998, 1999 yillarda ham ishlab chiqarilgan. 2000 va 2001 yillarda 1, 5 va 10 so‘mlik tangalarning hajmi kichraytirilgan va dizayni o‘zgartirilgan.Bundan tashqari, po‘lat, mis va nikel qotishmali 50 so‘mlik (2001) va 100 so‘mlik (2004) tangalar ham muomalaga kiritilgan.

Rasmiy xabarga ko‘ra, Markaziy bank 2018 yil mobaynida mayda kupyuralarni 50, 100, 500 so‘mlik yangi namunadagi tangalarga almashtirish hamda 200 so‘mlik tangalarni chiqarish masalasi ko‘rib chiqadi.

🇺🇿👉@daholar👈🇺🇿
Markaziy bank tomonidan turli yubiley sanalari va boshqa shaxslarga atab esdalik tanglari ham chiqarilgan. Jumladadan qimmatbaho bo‘lmagan metallar — nikel bilan qoplangan po‘latdan Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligiga atab 25 so‘mlik (1999), Shahrisabz shahrining 2700 yilligiga atab 50 so‘mlik (2002), Toshkent shahrining 2200 yilligiga atab ikki xil 100 so‘mlik (2009), O‘zbekiston Mustaqilligining 20 yilligiga atab 500 so‘mlik (2011) esdalik tangalari katta tirajda chiqarilgan va real muomalaga ham kiritilgan.

2001 yilda Alisher Navoiy tavalludining 560 yilliga atab 100 so‘mlik jez tanga chiqarilgan;

Tilla qoplangan qimmatbaho bo‘lmagan metallardan ishlab chiqarilgan tangalar:

1994 — Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligiga bag‘ishlangan 1 so‘mlik tanga;

1994 — O‘zbekiston Mustaqilligining 3 yilligiga bag‘ishlangan 10 so‘mlik tanga;

1999 yilda chiqarilgan “Buyuk siymolar” seriyasidagi kumush tangalar (1999):

Ularning barchasi kumushdan tayyorlangan va ramziy 100 so‘mlik qiymatga ega. Har biri 31,1 gramm og‘irlikdagi 999 sifatdagi kumushdan 1000 donadan tayyorlangan.

Tangalarda Abu Ali ibn Sino, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Muso al-Xorazmiy,

Mirzo Ulug‘bek, Bobur, Amir Temur, Alisher Navoiy siymolari tasvirlangan.

“O‘zbekiston mustaqilligiga 10 yil” seriyasidagi kumush tangalar (2001):

Bu tangalarning ham barchasi kumushdan tayyorlangan va ramziy 100 so‘mlik qiymatga ega. Har biri 31,1 gramm og‘irlikdagi 999 sifatdagi kumushdan 1000 donadan tayyorlangan.

Tangalarda Toshkentdagi Alisher Navoiy haykali, Toshkentdagi Amir Temur haykali, Toshkent kuranti, Samarqanddagi Registon maydoni, Oq saroy, Oliy Majlis binosi, Temuriylar tarixi muzeyi, Toshkentdagi Mustaqillik maydonidagi monument, Toshkent tennis korti fonidagi tennischi, Milliy kurash tushayotgan polvonlar, futbol maydoni fonidagi futbolchi, Olimpiya shon-shuhrati muzeyi fonida mash’ala ushlagan sportchi tasvirlangan.Bundan tashqari, turli yillarda biror seriya bilan umumlashtirilmagan, 10, 50, 100 so‘mlik kumush tangalar cheklangan muomalaga chiqarilgan.

Tilla qoplangan kumush tangalar 1996 yilda — 50 so‘mlik Mustaqillikning 5 yilligiga atab, 100 so‘mlik pul Amir Temurning 660 yilligiga atab chiqarilgan. Albatta, ular keng muomalaga chiqmagan va numizmatlar kolleksiyasidan o‘rin olgan.

999 sifatdagi, 31,1 gramm sof oltindan 1997 yilda ishlab chiqarilgan cheklangan seriyadagi 100 so‘mlik tanga Amir Temurga atalgan.

🇺🇿👉@daholar👈🇺🇿
Президент «Ўзбекистон Республикаси Давлат хавфсизлик хизмати тўғрисида»ги Ўзбекистон Республикаси Қонунига имзо чекди. Бу ҳақда «Халқ сўзи» online хабар бермоқда.

Ушбу Қонуннинг мақсади Ўзбекистон Республикаси Давлат хавфсизлик хизматининг (бундан буён матнда Давлат хавфсизлик хизмати деб юритилади) фаолиятини тартибга солишдан иборат, дейилади қонуннинг биринчи боб, биринчи моддасида.

Умуман, «Ўзбекистон Республикаси Давлат хавфсизлик хизмати тўғрисида»ги Ўзбекистон Республикаси Қонуни 9 боб, 48 моддадан иборат.

🇺🇿👉@daholar👈🇺🇿
Bugun mashxur italyan olimi Leanarda Da Vinchi tavallud topgan kun. 1452 yil 15 aprel.


🇺🇿👉@daholar👈🇺🇿
Deyl Brekenrij Karnegey (1922 yildan keyin Karnegi deb o'zgartirilgan) Amerikalik pedagog, yozuvchi. U o'z zamonasining ruhshunoslari ilmiy tajribalarini amaliy jihatdan o'rganib, o'zaro munosabatlar nazariyasini yaratgan, ixtilofsiz va muvaffaqiyatli muomala san'atini ishlab chiqqan. O'z-o'zini kamolga yetkazish bilan bog'liq kurslar ochib, shaxsiy munosabatlarni shakllantirish, so'zga chiqish va boshqa mavzularda maxsus tizim yaratgan. Karnegining kitoblari hozirgi kunga qadar ommabop sanaladi. Deyl Kanegi 1888 yil 24 noyabrda Missuri shtatida tug'ilgan. U Jeyms Uilyam Karnegey va Amanda Elizabet Xarbisonning ikkinchi o'g'li edi. Oila nochorlikda kun kechirardi. Fermer ota ichmas, chekmas, ertalabdan kechgacha tinim bilmay ishlar edi. Shunga qaramay, nuqul ziyon ko'rardi. U talab bo'lmagan chorva mollarini ko'paytirishni o'ylar, ekin maydonida esa narxi tushgan boshoqli o'simliklarni yetishtirish bilan ovora edi. Oila ba'zida yiliga yigirma dollar atrofida daromad ko'rardi, xolos. O'smir yoshida Deyl sigirlarni sog'ish uchun tongi soat to'rtda uyg'onishga majbur edi. Shunga qaramay, u Uorensburgdagi pedagogik kollejga o'qishga kirib, yaxshigina ma'lumot oldi. O'shandayoq notiqlik san'ati bilan qiziqib, munozara-tortishuvlarda faol qatnashar edi. O'qituvchilar Deylining chiqishimli ekanligini ilg'agan edilar. Deyl kollejda o'qir ekan, uning oilasi yotoq uchun pul to'lashga qurbi etmas, shu bois yigit har kuni otda olti mil yo'l bosib, ushbu ilm dargohiga qatnar edi. Qolaversa, Deyl fermadagi turli-tuman ishlardan bo'shagan paytidagina mashg'ulotlarga qatnar edi. Shu bois kollejdagi ko'plab tadbirlarda ishtirok eta olmas, bunga vaqti ham, tuzukroq usti-boshi ham yo'q edi: uning bittayu-bitta odmiroq kostyumi bor edi, xolos. 1908 yil yigirma yoshga to'lgan Deyl doimiy ravishda och-nahor yurardi. Tahsildan keyingi ilk faoliyati rancho egalariga sirtdan dars berish bo'ldi. Nebraskada hujjat tashuvchi, chopar bo'lib, keyin esa Nyu-Yorkda aktyor sifatida ishlay boshladi va notiqlik san'ati bo'yicha saboq olishga bel bog'ladi. Mashg'ulotlar muvaffaqiyatli o'tib, u shaxsiy amaliyot sari qadam tashlashga qaror qildi. Deyl futbol jamoasidan joy olishga harakat qildi, biroq vazni yengilligi sababli trener uni qabul qilmadi. Bolaning ko'ngli o'ksib, o'ziga nisbatan norasolik tushunchasi shakllanishi mumkin edi. Onasi buni to'g'ri anglab, unga mubohasa to'garagiga borishni maslahat berdi. Bir necha martalik urinishdan so'ng Deyl mazkur to'garakka qabul qilindi. To'garakdagi mazkur chiqishlar haqiqatan ham Deylning o'z kuchiga ishonch, notiqlik borasida muayyan amaliyot paydo qildi va muvaffaqiyatga erisha boshladi. Bir yil ichida Deyl notiqlik bo'yicha o'tkazilgan tanlovlarda yuqori o'rinlarga sazovor bo'ldi. U muntazam ravishda munosabatlar ko'nikmasinining ulkan ta'lim tizimini shakllantirib bordi. Mazkur tizim shu qadar o'ziga xos ediki, Karnegi mualliflik huquqini ham rasmiylashtirishga qaror qildi. Ish jarayonida Louel Tomas bilan hamkorlik qildi va 1934 yilda ularning “Taniqli kishilar hayotidan uncha ma'lum bo'lmagan sahifalar” nomli kitobi nashr etildi. O'qitish, ma'ruzalar va publisistika Karnegini tanitibgina qolmasdan, odamlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning o'ziga xos tizimini takomillashtirishga ham sababchi bo'ldi. Karnegi astoydil izlanish olib borib, biri necha risola chop ettirdi, uning risolalari tinglovchilar tomonidan tashnalik bilan tinglana boshlandi. Tashkil qilgan kursi esa yanada ommalashib, bir darsi uchun odatdagi ikki dollar o'rniga unga o'ttiz dollardan to'lanar edi. Yosh murabbiyning muvaffaqiyati haqida eshitgan boshqa prfessional klublar Karnegiga iltimosnomalar bilan murojaat eta boshladilar. 1933 yilda “Saymond end shuster” nashriyoti boshqaruvchisi Leon Shimkin Deyl Karnegining Larchmontdagi mualliflik kursida tinglovchi sifatida ishtirok etdi. Bu saboq Shimkinda katta taassurot qoldirdi. U Karnegiga tinglovchilarga bergan manbalarini kitob shaklida chiqarishni maslahat berdi.

🇺🇿👉@daholar👈🇺🇿
“Do'st orttirish va odamlarga ta'sir o'tkazish haqida” kitobi shu tariqa dunyo yuzini ko'rdi. Bir yil mobaynida mazkur kitob million nusxada sotildi. 1948 yilda Deyl Karnegining “Bezovtalikdan xalos bo'lish va yangi hayot boshlash sirlari” nomli kitobi nashrdan chiqdi. “O'z-o'ziga ishonch hosil qilish va omma oldida so'zlash san'ati” ham qo'lma-qo'l bo'lib ketdi. U yaratgan institutning dovrug'i tobora keng yoyilardi. Pedagogik faoliyatida namuna bo'lish uchun u uylanishga qaror qildi. Lolita Boker o'zining graf sulolasidan ekanligini bot-bot ta'kidlar edi. Luiza erining oddiy xalqqa mansubligidan junbishga kelar, uyda domiy ravishda g'avg'o ko'tarar edi. Ayni shu paytlarda Karnegi “Baxtli turmush uchun yetti qoida” aks etgan kitobini yoza boshladi. Oradan o'n yil o'tib, kitob tayyor bo'ldi, muallifning sabr-toqati esa tugagan edi. Maxfiy ravishda ajralishga to'g'ri keldi. Qo'lyozma “Do'st orttirish va odamlarga ta'sir ko'rsatish haqida” deb nomlangandi.

🇺🇿👉@daholar👈🇺🇿
Mamlakat iqtisodiy tanazzulni boshidan kechirar, zudlik bilan hammabop omad formulasiga muhtojlik sezilardi. Karnegi kitobi uchun o'zaro kelishuv asosidagi sotuvdan beriladigan 25 foizli to'lov, ya'ni yuz ellik ming dollarni qo'lga kiritdi. Mazkur kitob o'nta milliy bestseller ro'yxatiga kiritilib, hozirgi kungacha mavqeyini yo'qotmagan. Menejerlar, kotibalar, uy bekalari va advokatlar o'z yaqinlari bilan munosabat ko'nikmasini amalda qo'llashardi. Karnegi ta'limi har sohada asqotardi. Keyinchalik Karnegi ishdan deyarli uzoqlashdi. Baxtli tasodif tufayli omadli kechgan ikkinchi nikohidan benihoya rohatlanardi. Deyl Karnegi 1955 yil 1 noyabrda xojkin kasali tufayli vafot etdi. Ko'pchilikning fikricha, har qanday nozik masalalarda ham Karnegi tamoyillari ustun keladi va u “1-raqamli ruhshunos” sifatida qoladi.

🇺🇿👉@daholar👈🇺🇿
Ички ишлар вазирлиги ва Молия вазирлигининг қарори (16.04.2018 йилда 2998-сон билан рўйхатдан ўтказилган) билан Ички ишлар органларида мажбурий хизматни ўташ ҳақидаги шартномаларни тузиш ҳамда шартнома шартлари бажарилмаганда харажатларни қоплаш тартиби тўғрисидаги низом тасдиқланди. Бу ҳақда Norma ёзмоқда.

Ҳужжатда ўқишни тамомлагандан кейин 5 календарь йили мобайнида ички ишлар органларида (ИИО) ёки тақсимот бўйича юборилганда бошқа давлат идораларида мажбурий узлуксиз хизмат ўташ ҳақида шартнома тузиш тартиби белгиланган.

Қуйидагилар билан шартнома тузилади:

• курсантлар – ИИВ олий ҳарбий таълим муассасаларининг кундузги таълим шаклига ўқишга кирган фуқаролар;
• тингловчилар – ИИВ томонидан хорижий давлатлар олий таълим муассасаларига ўқишга юборилган фуқаролар.

Шартнома шартлари ҳамда унинг бажарилмаслиги сабабли моддий жавобгарлик ҳақида номзод (шунингдек унинг ота-онаси) ўқишга киргунига қадар дастлабки танлов даврида ёзма равишда огоҳлантирилади.

Курсант билан шартномани ИИВ номидан олий ҳарбий таълим муассасаси раҳбари, тингловчи билан эса – ички ишлар вазирининг ўринбосари – Кадрлар бош бошқармаси бошлиғи имзолайди. Курсантлар ёки тингловчилар сафидан чиқарилиб ўқишга қайта тикланган курсант ва тингловчи билан қайта шартнома тузилиши шарт.

🇺🇿👉@daholar👈🇺🇿
У 2 нусхада давлат ёки рус тилида тузилади, улардан бири курсант ёки тингловчига берилади, иккинчиси – унинг шахсий ҳужжатлар йиғмажилдига бириктирилади. Курсант ёки тингловчи шартнома тузишни рад қилганда, сабабларни кўрсатган ҳолда тегишли далолатнома расмийлаштирилади.

ИИО ходими муддатдан олдин хизматдан бўшатилганда унинг таълим олиши учун давлат бюджетидан сарфланган маблағлар 30 кун ичида қайтарилиши кераклиги ҳақида огоҳлантирилади. Ходим учун харажатлар юридик шахслар томонидан тўлаб берилиши мумкин (давлат бюджетидан тўлаб беришга йўл қўйилмайди). Харажатлар қопланганлигини тасдиқловчи ҳужжатнинг нусхаси унинг сўнгги иш жойига тақдим қилиниши лозим.

Кўрсатилган харажатларни қоплаш мажбурияти бажарилмаган тақдирда улар суд тартибида ундирилади. Харажатларни тўлаган ходим хизматга тикланган тақдирда ундан ундирилган пул маблағлари тўлиқ қайтарилади. Мажбурий 5 йиллик хизматни қисман ўтаганда харажатлар ўталмай қолган хизмат даврининг нисбатидан келиб чиқиб қопланади.

Битта курсант ёки тингловчининг ўқиши учун сарфланган харажатларни ҳисоблаш тартиби белгиланди, унга қуйидагилар киритилади:

• профессор-ўқитувчилар таркибининг иш ҳақи;
• курсантга тўланадиган стипендия;
• дори воситалари таъминоти;
• кийим-кечак таъминоти;
• озиқ-овқат таъминоти;
• иш ўрганиш амалиётига (стажировкага) хизмат сафари харажатлари;
• йўл харажатлари (тингловчилар учун).

Маълумот учун. Ички ишлар органларида хизматни ўташ тартиби тўғрисидаги низомнинг 68-бандига мувофиқ:

1) шартнома тузишни рад этган фуқаролар мазкур таълим муассасаларига қабул қилинмайди;
2) қуйидаги ҳолларда ходимнинг таълим олишига сарфланган маблағлар ундирилмайди:

• ИИОдан ҳарбий-тиббий комиссия хулосаси асосида ёки ташкилий-штат ўзгаришлари сабабли бўшатилганда;
• курсант (ходим)нинг ота-онаси, ака-укалари ёки опа-сингилларидан бири назорат ёки ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар ходими ёхуд Қуролли Кучларнинг ҳарбий хизматчиси бўлиб, хизмат вазифаларини бажариш чоғида ҳалок бўлган тақдирда;
• курсант (ходим) вафот этганида.

Ҳужжат 16.04.2018 йилдан кучга кирди.

🇺🇿👉@daholar👈🇺🇿
Ўзини ДХХ ходимлари деб таништириб, 1 млн доллар талаб қилган босқинчилар қўлга олинди
16:14 / 21.04.2018 42052
Бухоро вилоятининг Когон шаҳрида жиноят юз берди. Бу ҳақда Ўзбекистон Республикаси ИИВ Жамоатчилик ва оммавий ахборот воситалари билан алоқалар бошқармаси хабар қилмоқда.

Маълум бўлишича, 2018 йил 14 апрель куни 1952 й.т. А.Ў. ИИБга мурожаат қилиб, унда шу йил 13 апрель соат 21.30ларда номаълум шахслар давлат рақами аниқланмаган “Ласетти” русумли автомашинада унинг уйига келиб ўзларини ДХХ махсус хизмати ходимлари деб таништириб, улардан бири хизмат гувоҳномасини кўрсатиб, унга нисбатан Тошкент шаҳрида жиноят иши қўзғатилганлиги ва тергов ҳаракатларини ўтказиш учун уни Тошкент шаҳрига олиб бориш кераклигини айтиб қўрқитиб, унга нисбатан тазйиқ ўтказмаслик ҳамда ишни ижобий томонга ҳал қилиб беришлари эвазига 1.000.000 АҚШ доллари беришини талаб қилганлар.

Шундан сўнг А.Ў.нинг уйи олдида номаълум шахслар ундан 500 минг АҚШ долларини товламачилик йўли билан олиб воқеа жойидан яширинганликлари маълум бўлган.

Кўрилган чоралар натижасида ушбу жиноятни Бухоро вилояти Когон тумани Думлиён кўчасида яшовчи, муқаддам судланган, 1984 й.т. Б.Қ., Самарқанд шаҳри Беруний кўчасида яшовчи, муқаддам судланган, 1984 й.т. П.Г., шу кўчада яшовчи, 1984 й.т. С.М., Самарқанд шаҳри Спитамен кўчасида яшовчи, 1977 й.т. М.Ю. ва Самарқанд шаҳри Ҳ.Байқаро кўчасида яшовчи, 1984 й.т. А.М. содир этганликлари аниқланиб, Б.Қ. ва П.Г. ушланган.

С.М., М.Ю. ва А.М. Россия Федерацияси Татаристон Республикаси Қозон шаҳрида қўлга олинган.

🇺🇿👉@daholar👈🇺🇿
GM Uzbekistan Chevrolet Orlando ишлаб чиқаришни тўхтатди
10:41 7114

Фото: Wikipedia
Chevrolet Orlando русумли автомобилларни GM Uzbekistan АЖ томонидан ишлаб чиқарилиши жорий йил 16 апрелидан тўхтатилди. Бу ҳақда компания матбуот хизмати хабар бермоқда.

Chevrolet Orlando автомобилларини харид қилиш тўғрисидаги аризаларни рўйхатдан ўтказиш 2017 йил ноябрь ойидан тўхтатилган эди.

“GM Uzbekistan АЖ Chevrolet Orlando русумидаги автомобилларга тузилган шартномалар бўйича истеъмолчилар олдида ўзининг мажбуриятларини ўз вақтида бажарилишини ҳамда шартнома шартларида белгиланган муддатларда автомобилни тўлиқ етказиб берилишини таъминлашини яна бир бор таъкидлайди”, - дейилади хабарда.

Эслатиб ўтамиз, 2018 йил январь ойи охирларида GM Uzbekistan альянси Ўзбекистоннинг Хоразм вилоятидаги ишлаб чиқариш қувватида Chevrolet Orlando русумли автомобилни ишлаб чиқаришни тўхтатиши ҳақида хабар берилганди.

🇺🇿👉@daholar👈🇺🇿
Ўзбекистон Республикаси президенти давлат маслаҳатчиси Турсинхон Худойберганов фавқулодда вазиятлар вазири лавозимига қайтарилган. Фавқулодда вазиятлар вазирлиги сайтида у вазир лавозимида кўрсатилган.

Вазирлик вакилининг «Kun.uz»га маълум қилишича, Худойбергановга вазирлик вазифаси юклатилган, яъни, у давлат маслаҳатчиси лавозимини тарк этмаган ҳолда, вақтинча вазир вазифасини бажарувчи бўлган.

Шунингдек, генерал-майор Абдулла Қўлдошев фавқулодда вазиятлар вазирининг биринчи ўринбосари этиб тайинланган. У бироз аввалроқ лавозимдан олинган полковник Комилжон Арипов ўрнини эгаллади.

Турсинхон Худойберганов 2010-2016 йилларда ҳам айнан шу лавозимда ишлаган, 2017 йилнинг январида президент маслаҳатчиси лавозимига тайинланганди. Ўшанда унинг ўрнига Рустам Мирзаевич Жўраев Ўзбекистон Фавқулодда вазиятлар вазири бўлганди. 2018 йилнинг февралида Рустам Жўраев Тошкент шаҳар Ички ишлар бош бошқармаси бошлиғи этиб тайинланди.

🇺🇿👉@daholar👈🇺🇿
O‘zbekiston Respublikasida 4 ta siyosiy partiya mavjud : 

1).O'zbekiston xalq demokratik partiyasi (XDP) 1991-yil 1-noyabrda ro'yxatdan o'tgan 

2). ,,Adolat" sotsial demokratik partiyasi. 1995-yil 18-fevral kuni ro'yxatdan o'tgan 

3) O'zbekiston ,, Milliy tiklanish '' demokratik partiyasi 2008- yil 11-avgust kuni ro'yxatdan o'tgan. 

4). Tadbirkorlar va ish bilarmonlar -- O'zbekiston Liberal demokratik partiyasi ( O'zLiDeP) 2003-yil 3- dekabr kuni ro'yxatdan o'tgan.

🇺🇿👉@daholar👈🇺🇿