Dunyo Siyosat Jamiyat
911 subscribers
166 photos
8 videos
4 files
86 links
Илм излаш учун ҳеч қачон кеч эмас.
Download Telegram
7. Turg‘un Fayziyevning “Temuriy
malikalar” asarida yozilishicha, Amir
Temur suyukli rafiqasi Saroy Mulk
xonimdan farzand ko‘rmagan. Ammo
sohibqiron o‘z o‘g‘li Shohruh Mirzoni,
suyukli nabiralari Muhammad Sulton
Mirzo, Xalil Sulton Mirzo, Ulug‘bek Mirzo
va boshqa mirzolarni bevosita zukko Saroy
Mulk xonim tarbiyasiga topshirgan edi.
8. 1405 yil 8 fevralda sohibqiron Amir
Temur O‘trorda vafot qilgach, Samarqand
taxtiga uning nabirasi Xalil Sulton Mirzo
(1384-1411) o‘tirdi. Ibn Arabshohning
bergan ma’lumotiga ko‘ra, Xalil Sulton
Mirzoning xotini Shod Mulk begim 1408
yilda Saroy Mulk xonimni zaharlab
o‘ldirgan.
9. Amir Temurning 1395 yilda
To‘xtamishxon ustidan qozongan g‘alabasi
ruslarning mug‘ullar zulmidan ozod
bo‘lishini 200 yilga tezlashtirgan.

🇺🇿👉@daholar👈🇺🇿
Ohunjon Madaliyev Nusratovich 1963-yil 21-may sanasida Farg'ona viloyati Oltiariq tumani, Yangiarab qishlog'ida duradgor usta Nusrat oilasida dunyoga kelgan. 1980-yilda o'rta maktabni tamomlab, 1981-yilda hujjatlarini Far'ona Davlat Pedagogika institutining musiqa fakultetiga topshirgan. 1985-yilda institutni muvaffaqiyatli tamomlab, yo'llanma bilan Oltiariq tumanidagi 26-sonli o'rta maktabda ashula fani o'qituvchisi bo'lib ishladi.
Keyinchalik Hunar texnika bilim yurtida, bir oz vaqt o'tib, Farg'ona Davlat filarmoniyasida yakkaxon solist sifatida faoliyat yurgizgan.
1989-yili Toshkent shahrida "Kamolot 89" ko'rik tanlovida g'olib bo'lib, shu yilning dekabr oyida "Xalqlar do'stligi" saroyida ilk yakkaxon konsert dasturini taqdim etgan. Keyinchalik xonanda Tojikiston, Qirg'iziston, Qozog'iston va Turkmaniston Respublikalarida konsert bergan.
Qo'shiqchilik san'atiga qo'shgan munosib hissasi uchun Ohunjon Madaliyev 1997-yil 26-avgustda O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan.
1999-yil 25-avgustda "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist" unvoniga sazovor bo'lgan.
1983-yilda "Ziyodam" deb nomlangan ilk qo'shiqlar albomini taqdim qildi. Keyinchalik "Seni asrasin", "Kimligini aytmayman", "Sendadir xayolim", "Yulduzim", "Navbahor", "Javohirim", "O'zbeklarim", "Yolg'iz ayol", "Sog'inch", "Yoshligim", "Unutmoq osonmas bizlarni" kabi musiqiy albomlarni muxlislarga havola etgan.
Ohunjon Madaliyev juda sermahsul ijod qildi. Uning deyarli har bir qo'shig'i hali hamon muxslislar yodida. Jumladan hofizning "Turkman qiz", "Unutmoq osonmas bizlarni", "Ketaman", "Nasibam", "Maqsading nima?", "Seni bugun ko'rmasam bo'lmas", "Javohirim", "Yolg'iz ayol" kabi o'nlab qo'shiqlari juda mashhur bo'lgan.
Ohunjon Madaliyevning odamiyligi haqida so'z ketganda uni yaqindan biladiganlar uning kamtar, tavozuli va sahiy bo'lganini aytadi. Hofiz qo'shig'ida aytgani kabi odamiylikni saqlagan edi. Uning yana bir qo'shig'ida quyidagi misralar bor:

Tengdoshlar qatoridan o'rin olib ketmasang,
Bu kurash maydonida mag'rur g'olib ketmasang,
Ming-minglab yuraklarda mangu qolib ketmasang
Hayotim bor demagin, hayot emas u.

Vodiyning asl o'g'lonlaridan biri bo'lgan Zahriddin Muhammad Boburga o'xshab Ohunjon Madaliyev ham qisqa umr ko'rsa ham, ming-minglab yuraklarda mangu qolib ketdi. U 2000-yil, 29-iyunda yurak infarkti bilan vafot etdi.

🇺🇿👉@daholar👈🇺🇿
АҚШдаги озодлик ҳайкалининг баландлиги 46 метр.

🇺🇿👉@daholar👈🇺🇿
Бруклин кўприги - АҚШдаги энг қадимий осма кўприклардан бири, Ж.Роблинг лойиҳаси бўйича қурилган. Унинг узунлиги 1825 метр.

🇺🇿👉@daholar👈🇺🇿
Balzak yarim soatda 200 bet kitob o‘qigan.
👉🇺🇿@daholar🇺🇿👈
Ню-Йоркга 1624 йилда голландлар савдо пости сифатида асос солишган.

🇺🇿👉@daholar👈🇺🇿
АҚШдаги Конгресс Кутубхонаси дунёдаги энг йирик кутубхона ҳисобланади (1800 йилдан, 120 млн китоб сақланади).

🇺🇿👉@daholar👈🇺🇿
Финляндиянинг пойтахти Хелсинки шахрига швед қироли Густав Ваза томонидан 1550 йилда асос солинган.

🇺🇿👉@daholar👈🇺🇿
Адолф Гитлер 1939 йилда Нобел мукофотига номзодлар қаторида бўлган.

🇺🇿👉@daholar👈🇺🇿
1925 йилда фирибгар Виктор Люстик Эйфел минорасини туриши билан бирга металломга сотишга муваффақ бўлган.

🇺🇿👉@daholar👈🇺🇿
Ўзбекистон Республикасининг биринчи Президенти Ислом Каримов Парижда Амир Темур таваллудининг 660 йиллик байрамига бағишланган тантаналарда сўзлаган нутқида унинг тарихдаги, айниқса, дипломатия тарихидаги оламшумул фаолиятига шундай баҳо берган:
"Бу ерда XV асрдаёқ Амир Темурга ёдгорлик ўрнатилиб, унга "Европанинг ҳалоскори" деган рамзий маъноли сўзлар ёзиб қўйилган.
Айни Амир Темур босқинчи тўдаларнинг Европа ичкарисига қилаётган ҳаракатига чек қўйганини, бошқа тажовузкорлик юришларини узоқ муддатга тўхтатиб қўйганини ҳозир инкор қилиб бўлмайди".
Ислом Каримов ташаббуси ва раҳнамолигида Тошкент, Самарқанд, Шаҳрисабз ва бошқа шаҳарларнинг марказий майдонларида Амир Темурга ҳайкал ўрнатилди, Тошкентдаги Амир Темур хиёбонида Темурийлар даври музейи барпо этилди, "Амир Темур" ордени таъсис этилди ва Халқаро Амир Темур жамғармаси ташкил қилинди.

🇺🇿👉@daholar👈🇺🇿
Eng, Eng, Eng… (Litosfera boyicha) 

Eng katta materik – Yevrosiyo. Maydoni – 54 600 000 km.kv. Geografik o
rni ancha qulay, shimolda Shimoliy Muz, sharqda Tinch, janubda Hind, garbda Atlantika okeanlari orab turadi. Materik ozida Osiyo va Yevropa qitalarini birlashtiradi. Shuningdek, materik bir qator korsatkichlar boyicha dunyoda "rekordsmen” yoxud "super materik” hisoblanadi.

Eng kichik materik – Avstraliya. 7 659 000 km.kv. Avstraliya sharqda Tinch okeani va garbda  esa Hind okeani bilan chegaradosh. Materikda yagona davlat Avstraliya Ittifoqi joylashgan.

Eng sernam materik – Janubiy Amerika. Materikning sernam bo
lishida Atlantika okeanidagi Braziliya va Gviana iliq oqimlarining olib kiradigan yogingarchilik miqdori katta. Namgarchilikning kop saqlanib qolishining yana bir sababi materik qalin ormonzorlar bilan qoplanganligidadir.

Eng issiq materik – Afrika. Materikka bunday nom berilishining sababi, geografik o
rniga (ekvator chizigida joylashganligi), havo bosimi, havo massalari, okean oqimlari va relyefiga bogliq. Yuqoridagi unsurlarning barchasi Afrikadagi issiq iqlimining tarkib topishiga sababchi bolgan.

Eng qurg
oqchil materik – Avstraliya. Ushbu eng kichik materikda bunday iqlim xususiyatining tarkib topishida tropik iqlim mintaqasi hukmronlik qilishidadir. Afrikaga nisbatan besh baravar kam yogin yogadi. Yogingarchilikning asosiy qismi Katta Suvayirgich tizmasining sharqiy qismiga tushadi.

Eng sovuq materik – Antarktida. Ushbu muzli materik geografik orniga mos ravishda muz va qor bilan qoplangaligi boisdan unda sovuq iqlim xususiyatlari tarkib topgan. Bu yerda dunyodagi eng sovuq harorat kuzatilgan.

Eng baland materik – Antarktida.

Eng katta qit
a – Osiyo. Maydoni – 44 000 000 km.kv. Qita Yevrosiyo materigining sharqiy qismidagi katta hududlarni egallaydi. Yevropa qitasidan Ural tizmasi orqali bolinib turadi.

Eng kichik qit
a – Yevropa. Maydoni - 10 000 000 km.kv. Qita Yevrosiyo materigining garbiy qismidagi hududlarni egallaydi. Osiyo qitasidan Ural tizmasi orqali bolinib turadi.

Eng katta orol – Grenlandiya. Maydoni – 2 175 600 km.kv. Orol Tabiiy geografik jihatdan Shimoliya Amerika materigi hududining bolagi hisoblanadi. Siyosiy-mamuriy jihatdan Daniyaga qarashli. Aholisi soni 57 000 kishi. Poytaxti – Nuuk shahri.

Eng katta daryo oroli – Morajo. Ushbu orol Amazonka daryosining Atlantika okeaniga quyilish qismida joylashgan.

Eng katta yarimorol – Arabiston. Janubiy-garbiy Osiyoda joylashgan. Maydoni - 3 250 000 km.kv. Yarimorol hududida 7 mamlakat hududi joylashgan.

Eng katta arxipelag – Malayya. Maydoni - 2 000 000 km.kv. Arxipelag tarkibida  10 000 orol mavjud. Eng yirik orollari: Kalimantan, Sumatra, Sulavesi, Yava v.b. Shuningdek, Kanada Arktikasi arxipelagi ham eng katta arxipelag sifatida e
tirof etiladi.

Eng uzun tog tizmasi – Janubiy Amerika materigidagi And tog tizmasi. Uzunligi – 9 000 km. Shimoliy Amerika materigidagi Kordilera tog’ tizmasi ham And tizmasining uzunligi bilan deyarli teng. Har ikkala tog tizmasi ham meridianal yonalishda joylashgan.

Eng baland choqqi – Everest (Jamolungma). Bu choqqi Xitoy va Nepal davlatlarining chegarasida joylashgan. Dengiz sathidan balandligi 8848 metr. Choqqini ilk bor 1953 yil 29 mayda Norvegiyalik Edmund Xillari va Nepallik Tensing Norgey, O’zbekistonliklardan esa birinchi bolib, 1998-yilda Rustam Rajabov zabt etgan.

Eng baland suvlik va quruqlikdagi tog – Gavayi orollarida joylashgan. Mauna-Loa nomi bilan ataladigan vulkanik-tog Everestdan ham balandligi bilan ajralib turadi. Uni Tinch okeani tubidagi qismi bilan qoshib hisoblaganda umumiy balandligi 10205 metrni tashkil etadi. Shundan 4205 metrlik qismi suv ostida joylashgan.

Eng baland harakatdagi vulqon – Janubiy Amerika materigidagi Lyulyaylyako vulqonidir. Balandligi - 6723 metr.

Eng katta tekislik – Amazonka. Maydoni – 5 000 000 km.kv. Janubiy Amerikaning shimoliy qismida, asosan Amazonka dayosining havzasini egallaydi.

Eng katta cho
l – Sahroi Kabir. Afrikaning shimoliy qismida joylashgan bolib, materikning 30% hududini egallaydi. Garbda
n sharqqa 4 800 km ga, shimoldan janubga 800-1200 km masofaga chozilgan. Maydoni 8 600 000 km.kv. Chol hududida 11 mamlakat joylashgan.

Eng katta qumli va baland chol – Takla-makon. Xitoyning garbida joylashgan. Maydoni – 300 km.kv. Garbdan sharqqa 1000 km, shimoldan janubga 400 km masofaga chozilgan.

Eng katta dara – Kolorado kanyoni. Chuqurligi 2 km, uzunligi 320 km.

Eng katta yer yorigi – Buyuk Afrika yer yorigi. Afrikaning Akoba qoltigidan Zambezi daryosining quyi oqimigacha davom etib, uzunligi 6500 km. Kelajakda Buyuk Afrika yer yorigidan sharqdagi hududlar Afrikadan ajralib ketadi.

Eng uzun g
or – Flint Mamont. Uning uzunligi 565 metr. Gor AQSHning Kentukki shtatida joylashgan.

Eng chuqur g
or – Jan Bernar. Fransiyaning Alp tog tizmasida joylashgan. Chuqurligi – 1535 metr.

Eng chuqur joy – O
lik dengiz yaqinida joylashgan. Ushbu hudud Isroil va Iordaniya hududida joylashgan. Dengiz sathidan chuqurligi –405 metr.

🇺🇿👉@daholar👈🇺🇿
Eng, Eng, Eng… (Gidrosfera boyicha)

Eng uzun daryo – Nil. Uzunligi – 6671 km. Daryo Sharqiy Afrika tog
liklaridan boshlanib (Kagera daryosidan) shimolga tomon harakatlanadi va Orta dengiziga quyiladi.

Eng qisqa daryo – 17,7 metrni tashkil etadi. Ushbu dunyodagi eng qisqa daryo AQSHning Montana shtatidagi Greyt-Fols degan manzilidan oqib o
tuvchi va Missisipi daryosiga quyiluvchi Rou-River daryosining bir irmogi aynan shu uzunlikdagi masofaga ega xolos.

Eng sersuv va katta havzali daryo – Amazonka. Janubiy Amerikada joylashgan. Havzasi maydoni 7 180 000 km2. Uzunligi – 6400 km. Suv sarfi sekundiga 220 000 m.kub.  Suv hajmi 340 ming m.kub gacha yetadi. Daryoning 500 irmog
i mavjud va daryo Peru, Braziliya davlatlari hududidan oqib otadi.

Eng katta ko
l – Kaspiy. Maydoni 371 000 km.kv va suv hajmi 78 200 km.kub. Kaspiy koli shimoldan janubga 1200 km ga, garbdan sharqqa 435 km ga chozilgan. Ortacha shorlik darajasi 13‰. Kol atrofida quydagi davlatlar joylashgan: Rossiya, Qozogiston, Turkmaniston, Eron, Ozarbayjon.

Eng chuqur ko
l – Baykal. Bu kol dunyodagi eng chuqur kol bolib, Tinch okeani flotining gidrogeografiya xizmati 1974-yili olchash ishlarini olib borganda eng chuqur joyi 1637 metrni tashkil etgan.

Eng shor kol – Olik dengiz. Shorlik darajasi 270 ‰.Eng balanddagi yirik kol – Titikaka. Peru va Boliviya davlatlari ortasida, dengiz sathidan 3812 metr balandda joylashgan. Maydoni 8,3 km.kv, chuqurligi 304 metr.

Eng baland vulqonli kol – Tyanchi deb nomlanadi. Kol Xitoyning Chayboyshan togida joylashgan bolib, balandligi 2744 metrni tashkil etadi

Eng katta muzlik (Antarktidasiz) – Grenlandiya. Maydoni – 2 175 600 km.kv. 

Eng katta harakatdagi muzlik – Lomberto. Uzunligi 470 km, eni 64 km.

Eng katta tog-vodiy muzligi – Fedchenko. Pomir tog tizmasida.

Eng katta vodiy muzligi – Alyaska. Uzunligi 145 km.

Eng baland sharshara – Anxel sharsharasi bolib, balandligi 1054 metrga teng. Sharshara Venesuelladagi Orinoko daryosining irmogi Churunda joylashgan. Sharsharani ilk bor AQSHlik uchuvchi Jeyms Eynjela 1933-yili aniqlagan.

Eng korkam sharshara – Niagara. Balandligi – 51 metr. AQSH va Kanada chegarasida joylashgan. Sharsharaning maftunkorligini korish uchun yiliga 10 mln sayyoh boradi.

Eng sersuv sharshara – Kongo Demokratik Respublikasida joylashgan Bayoma sharsharasidir. Suv sarfi sekundiga 17 000 metr.kub.

Eng katta delta – Nil daryosining Orta Yer dengiziga quyilish joyida. Maydoni - 24 000 km.kv.

Eng katta suvosti deltasi – Hind okeanida joylashgan.

Eng katta okean – Tinch.  Shuningdek,  okean  dunyodagi   eng keksa, eng issiq, eng ko
p baliq ovlanadigan, eng kuchli shamollar esadigan, biomassaga eng boy, orollari eng kop, suv tubi vulkanlari eng kop okean ham hisoblanadi. Maydoni – 178 700 000 km.kv, suv hajmi esa 710 400 000 km.kubga teng. Okean Dunyo okeanining 50% maydonini egallaydi. Eng chuqur chokmasi – Mariana.

Eng kichik okean – Shimoliy Muz. Okean maydoni – 14 100 000 km.kv, suv hajmi 18 000 000 km.kub, ya
ni shu nisbatga kora u eng kichik okean hisoblanadi. Shuning bilan birga eng sovuq, eng sayoz, eng yirik oroli bor okean hisoblanadi. Shimoliy Muz okeani Yevrosiyo va Shimoliy Amerika materiklarining shimoliy qismida joylashgan. Eng chuqur chokmasi – Grenlandiya dengizi yonida.

Eng shor okean – Hind. Okeanga quyiladigan daryolar sonining kamligi sababli u shorligi yuqori.  Bundan tashqari Hind okeani dunyodagi eng issiq korfazi mavjud, chokindi jinslari eng qalin, osimlik va hayvonlarga eng kambagal, neft-gaz zaxirasiga eng boy okean hisoblanadi. Maydoni – 76 170 000 km.kv, suv hajmi 282 700 000 km.kub ga teng. Eng chuqur joyi – Zond chokmasi.

Eng uzun okean – Atlantika. Okean shimoldan janubga 12 ming km masofaga cho
zilgan. Maydoni – 91 700 000 km.kv, suv hajmi 330 000 000 km.kub. Okean bir qator korsatkichlariga kora ham takrorlanmas hisoblanadi. Masalan, qirgoqsiz dengizi bor, ichki dengizlari eng kop, eng sersuv daryolar quyiladi, eng baland suv qalqishlari kuzatiladi, dunyo suv transportida birinchilikni egallaydi va h.k. Eng chuqur joyi
– Puerto-Riko chokmasi.

Eng chuqur okean – bu Tinch okeanidir. Okeanning o
rtacha chuqurligi 3960 metr. Eng chuqur joyi – Mariana chokmasi, 11022 metr. Fransuz tadqiqotchisi Jan Pikar batiskafi 1960-yil Mariana chokmasini "zabt” etgan.

Eng kop dengizli okean – Tinch. Ushbu okeanda 26 ta dengiz mavjud. Ular quyidagilar: Bering, Oxota, Yapon, Sariq, Sharqiy Xitoy, Janubiy Xitoy, Filippin, Suluv, Sulavesi, Maluk, Xolmaxer, Seram, Yava, Bali, Flores, Savu, Banda, Yangi Gvineya, Solomon, Marjon, Fidji, Koro, Tasman, Ross, Amundsen, Bellinsgauzen. 

Eng katta dengiz – Tinch okeanidagi Filippin dengizidir. Maydoni 5 mln 726 ming km.kv.

Eng katta qirg
oqsiz dengiz – Atlantika okeanidagi Sargasso dengizi. Maydoni 7 mln km.kv ga yaqin.

Eng katta ichki dengiz – Atlantika okeanida, Yevrosiyo va Afrika materiklari ortasidagi Orta dengiz.

Eng kichik dengiz – Osiyo va Yevropa qitalari oraligidagi Marmar dengizi. Maydoni 11,5 km.kv.

Eng shor dengiz – Hind okeanidagi Qizil dengizdir. Suvining shorlik darajasi 42 ‰. Dengiz suvining shorligi yuqori bolishiga sabab unga hech qanday daryo quyilmaydi. Bu esa oz-ozidan malumki shorlik darajasining ortishiga sabab boladi.

Eng issiq dengiz – Qizil dengiz.

Eng yosh dengiz – Qora dengiz. Bu dengiz materikning ichkarisida bo
lganligi uchun kech shakllangan.

Eng katta qoltiq (korfaz) – Bengaliya. Maydoni - 2 191 000 km.kv. Qoltiq Yevrosiyo materigining janubiy qismida Hindiston yarim orolining sharqida va Andaman dengizining garbiy qismida joylashgan. Eng chuqur joyi 4519 metr.

Eng uzun bogoz – Mozambik. Bogoz 950 km uzunlikka ega, u Afrika materigi va Madagaskar oroli oraligida joylashgan.

Eng keng bo
goz – Dreyk. Mazkur bogoz Janubiy Amerika va Antarktida materiklari oraligida joylashgan. Tinch va Atlantika okeanlarini birlashtirib turadi. Kengligi 820 km. Bogoz nomi Frensis Dreyk sharafiga qoyilgan.

Eng serqatnov bogoz – La-Mansh bogozidir. Bogozdan sutkasiga 500 dan ortiq kema otadi.

Eng baland suv qalqishi – Atlantika okeanidagi Fandi qoltigida kuzatilgan. Suv tolqinining balandligi 18 metrga yetgan.

Eng uzun iliq oqim – Golfstrim. Oqim Meksika qo
ltigidan boshlanib to Shimoliy Yevropagacha davom etib, 10 000 km masofani oz ichiga oladi.

Eng uzun sovuq oqim – G`arbiy shamollar oqimidir. Ushbu oqim Antarktida materigi atrofida joylashgan. Kengligi 1000 km, uzunligi 30 000 km ga  teng.

🇺🇿👉@daholar👈🇺🇿
Eng, Eng, Eng… (Atmosfera boyicha)

Eng issiq hudud – Tripoli shahri yaqinidagi Al-Aziziyada +58o C li harorat kuzatilgan.

Eng quruq joy – Chili davlati hududidagi Atakama cho
li. Yillik yogin miqdori 50 mm ga teng. Bazida yogin miqdori bundan ham kam bolishi mumkin.

Eng sovuq hudud – Antarktida materigining Rossiyaga qarashli Vostok stansiyasi. Bu hududda 1960 yil -89,2o C li manfiy harorat kuzatilgan.

Eng sovuq odam yashaydigan hudud – Oymyakon. Bu yerdagi eng past harorat -71 C ni tashkil etgan. Qish oylarida ortacha havo harorat -40o va undan ham past bolishi mumkin.

Eng seryogin hudud – Hindistonning Cherrapunji hududi. Yillik ortacha yogin miqdori 12 665 mm. Yogingarchilikning kop miqdorda bolishida Hind okeanidan keladigan musson oqimining hissasi katta. Cherrapunjida 1860-yil 1-avgustdan 1861-yil 31-iyulgacha 22 987 mm li rekord darajadagi yogin tushgan.

Eng sertuman hudud – Shimoliy Amerikadagi Nyufaundlend oroli.

Eng kuchli shamol – Tornado. Shimoliy Amerikada ko
p kuzatiladi va tezligi soatiga 600 km ga yetadi. 

🇺🇿👉@daholar👈🇺🇿
Eng, Eng, Eng… (Biosfera boyicha)

Eng katta o
rmon – Tayga.

Eng uzun daraxt – Avstraliya evkalipti.  Balandligi 155 m.

Eng yengil daraxt – Balsa. Uning 1 m.kub bolagining ogirligi 120 grammga teng.

Eng semiz daraxt – Baobab. Diametri 4-10 metrgacha boladi. Balandligi 20 metrgacha yetishi mumkin. Asosan Afrikada osadi.

Eng uzoq umr koruvchi daraxt – Sekvoya. Daraxt Simoliy Amerikada osadi. 5000 yilgacha umr koradi.

Eng zaharli o
simlik – Strixnos.

Eng katta gul – Raffleziya – Arnoldi bolib, uning aylanasi, yani diametri  1 metrni tashkil etadi. Indoneziyaning Sumatra orolida osadigan ushbu gulni ilk bor botaniklar – Raffleziya va Arnoldi uchratganligi sababli ularning nomi berilgan.

Eng kichik gul – Volffiya.

Eng qadimiy gul – Xrizantema. Gul tarixi 2500 yilga borib taqaladi.

Eng katta qush – Tuyaqush.

Eng kichik qush – Kolibri. Og
irligi 2 gramm.

Eng katta in quradigan qush – Burgut.

Eng tez uchadigan qush – Qora lochin.

Eng baland uchadigan qush – Qora goz.

Eng ko
p quyon – Avstraliyada uchraydi.

Eng katta maymun – Gorilla. Ogirligi 200 kg.

Eng katta ayiq – AQSHning Alyaska shtatidagi Kadyak orolida yashovchi qo
ngir ayiq, uning ogirligi 680 kg.

Eng katta quruqlikdagi hayvon – Fil.

Eng katta suvlikdagi hayvon – Kok kit.

Eng katta sut emizuvchi hayvon – Kit.

Eng uzun bo
yli hayvon – Jirafa.

Eng chopqir hayvon – Gepard. Soatiga 140 km masofani bosib otishi mumkin.

Eng baqiroq hayvon – Timsoh.

Eng uzoq umr ko
ruvchi hayvon – Toshbaqa.

Eng sovuqqa chidamli hayvon – Pingvin.

Eng tili uzun hayvon – Jirafa. Tilining uzunligi 60 sm.

Eng katta kemiruvchi – Kobibara.

Eng chuqurga shongiy oladigan hayvon – Kashalot. U 1248 metrgacha suv tubiga tushishi mumkin.

Eng katta pingvin – imperator pingvindir. Ogirligi 40 kg, boyi 1,17sm.

Eng katta qurbaqa – Golliaf. Uzunligi 30 sm, og
irligi 3,5 kg.

Eng katta kaltakesak – Indoneziyaning orollarida yashaydigan Komod echkemarlari dunyodagi eng katta kaltakesak hisoblanadi. Uning uzunligi qariyb 4 metrga, ogirligi 160 kg ga teng. U bazan odamlarga ham tashlanib turadi.

Eng katta baliq – Kit-akula, uning uzunligi 14 metr, ogirligi 12 tonnani tashkil etadi.

Eng yirtqich baliq – Piraniya. U Amazonka daryosida uchraydi.

Eng uzun ilon – Anakonda.

Eng tez sudralib yuruvchi – qora mamba iloni hisoblanadi. U soatiga 21 km yo
l bosadi.

Eng zaharli ilon – Avstraliyada yashovchi Taypan iloni bolib, zahrining dozasi 100 odamni oldirishga yetadi.

Eng uzoq umr koruvchi orgimchak – Tarantul.

Eng zaharli orgimchak – Braziliyadagi "sayohatchi” orgimchakdir.

🇺🇿👉@daholar👈🇺🇿
Dunyodagi eng mitti odam Nepal fuqorasi Boxodur xisoblanadi uning bo‘yi atiga 14,95 smni tashkil qiladi.

🇺🇿👉@daholar👈🇺🇿
Dunyodagi eng ko‘p ishlatilgan so‘z Ginnesning rekordlar kitobidagi aynan "eng" sozi bo'lib bu so'z 148302773789920 marta ishlatilgan.

🇺🇿👉@daholar👈🇺🇿
Hindistonlik kinoaktrisa Shridevi (haqiqiy ismi Shri Amma Yanger Ayyapan) 24-fevralga o‘tar kechasi Dubayda yurak xurujidan vafot etdi, deb yozadi “TASS” NDTV telekanaliga tayanib. Aktrisa 54 yoshda edi.Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Shridevi Dubayga jiyanining to‘yida qatnashish uchun borgan.

Shridevi hind kinosining eng mashhur yulduzlaridan biri hisoblanadi, u Mumbaydagi Bollivud studiyalarida ham, Janubiy Hindiston kinosida ham suratga tushgan. Aktrisa jami 270 da kartinada rol o‘ynagan.

O‘zbek tomoshabinlari Shridevini “Artist” (1983), “Mehribonginam” (1987), “Janob Hindiston” (1987) filmlari orqali yaxshi taniydi.

Aktrisaning vafoti munosabati bilan Hindiston bosh vaziri Narendra Modi va prezident Ram Natx Kovind ta’ziya bildirdi.

🇺🇿👉@daholar👈🇺🇿