Daegu Community 🇺🇿🤝
254 subscribers
93 photos
9 videos
26 links
Instagram 👉🏻 @daegu_community
Download Telegram
Namozni O’zbekistondan tashrif buyuradigan Mehmonimiz Toshkent viloyati Yakkasaroy masjidi imom xatibi
Toshanov Salohiddin domla o’qib beradilar !!
Assalomu alaykum. Salomatmiszlar?

Qurbon hayiti barchamizga birdek Muborak bõlsin 🤲✊🏻. Daegu community jamoasi hammalaringizni bu gõzal bayram bilan chin didan qutlaymiz🥳.

Bugun Daegu Gyeongsan shahrimizda Hayit namoz katta shukuh,bayramona kayfiyat bilan õqildi. 800 ~ 1000 nafar Vatandoshlar va qõshni davlat Qirg’iziston,Qozog’izton ,Tojikistonlik musulmonlar bir joyda jam bõldilar. Õzbekistondan tashrif buyurgan Imom domlamiz uzundan uzun duo qilib,musofirlikda barchamizga kuch quvvat tiladilar 🤲🇺🇿 Birdamligimiz va birlashuvimizga kõz tegmasin . Jumlamizga foydali ilm bersin 🤲.
👍4
Forwarded from Ibrohim Mahmudov
Toshkent shahridagi "Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf" jome masjidi imom-xatibi Ismoil domla Muhammad Sodiq bilan "Musofirning odoblari" mavzusida to'g'ridan-to'g'ri jonli suhbat o‘tkaziladi.

Muloqotda siz ham o‘z savollaringiz bilan ishtirok etishingiz mumkin!

Muloqot vaqti: 29 iyun, Toshkent vaqti bilan soat 18:30.

Suhbat “Vatandoshlar” jamoat fondining telegram ijtimoiy tarmogʻida (https://t.me/vatandoshlar_fond)gi sahifasida onlayn amalga oshiriladi.
👍2
Assalamu aleykum. Sizlarni “Daegu community” bilan birgalikda 2-noyabr kuni Pusandagi Yaxta Turiga taklif qilamiz. Yaxta turiga joylarni kechgi 6 dan 9 gacha biz orqali buyurtma qilishingiz mumkin. Bir yaxtaga 20 kishiga odam joylashib, bortda ingliz va koreys tillarida gaplasha oladigan bort gidlari sizga hamrohlik qilishadi. Sayohat davomiyligi 1 soat bo’lib snek va ichimliklar bepul. Aytgancha 9-noyabrga qadar Pusan dengiz bo’yida mushakbozlik va dron shou o’tkaziladi va siz bularni Yaxtada ko’rishingiz mumkin!
Joylar soni chegaralangan va har bir qayiqga 20 kishigacha odam olinadi. Bizga qo’shilib dam olish kunini maroqli o’tkazing!

Yaxta Tur narxi: 45.000₩
Joyni band qilish uchun @syrusone ga yozing yoki +821022549699 ga qo’ng’iroq qiling.
🔥2
Forwarded from WAYU Korea
WAYU Koreya hamda Bir ilm jamoasi hamkorligida tashkil qilinayotgan "Sof o'zbek tili" nomli maxsus uchrashuvga taklif qilamiz.

Uchrashuv maqsadi: o'zbek tilini rivojlantirishga hissa qo'shish, ishtirokchilarning o'zbek tili borasidagi ilmlarini sinovdan o'tkazish.  
Sana: 26-oktyabr, 2024 (Shanba)   
Soat: 11:00 ~ 15:00
Jamoalar soni: 6 ta
Bir jamoada: 5 nafardan ishtirokchi (jamoasi yo'qlar yakka tartibda ham ro'yxatdan o'tishlari mumkin).
Ariza yuborish: https://forms.gle/G3CdLYr26Pj46cXP8

Sovrinlar:
1-o'rin 200 000 KRW
2-o'rin 150 000 KRW
3-o'rin 100 000 KRW  
Qolaversa, barcha ishtirokchilarga o'zbek tilidagi adabiyotlar sovg'a qilinadi.  

Arizalarni qabul qilish muddati:
25-oktyabr, 2024 (23:59) ga qadar   
Manzil: O’zbekiston elchixonasi

Hamkorlarimiz:
"Bir Ilm" - kitobxonlik loyihasi
Baraka book - online kitob do'koni
Tekpe book - online kitob do'koni

Qo’shimcha ma’lumotni havola orqali tekshiring!

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook
👍5
Forwarded from WAYU Korea
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Abdusalomov Alisher Azamjonovich Seul shahridagi O’zbekiston elchixonasida vatandoshlar bilan online va offline uchrashuv tashkil qilgan edi.

Endilikda ushbu uchrashuv, ko’pchilikning talabi bilan, 7-dekabr kuni soat 13:00 da Koreyaning Busan shahrida joylashgan Dong-A universiteti binosida bo’lib o’tadi.

Uchrashuvdan maqsad:
vatandoshlar bilan suhbatlashish,
• diplomat o‘zi va missiyasi haqida maʼlumot beradi,
• vatandoshlar bilan aloqa o‘rnatish,
• vatandoshlarning taklif va izohlarini eshitishdan iborat.


Online uchrashuv havolasi keyinchalik e'lon qilinadi!

O'rinlar chegaralangan: 100 nafar

Ro’yxatdan o’tish uchun havola: https://forms.gle/PsZiz8dM4MHWjdCY8

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook
Forwarded from BUSA
🏓 BUSA SPORTS da 2-stol tennisi musobaqasi! 🏆

🤩BUSA Sportsni sog'inganlar shu yerdamisiz?

Siz uchun STOL TENNISI MUSOBAQA siga start berdik! O‘zingizni sinab ko‘rish va haqiqiy raqobat muhitidan zavqlanish uchun ajoyib imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

📅 Tadbir tafsilotlari:
🗓 Sana: 16-mart (yakshanba)
Vaqt: 10:00 - 17:00
📍 Manzil: Havola
👥 Ishtirokchilar soni: 32 ta (joylar cheklangan!)
💰 Qatnashish to‘lovi: 10,000 won
🎁 Sovrin: G‘oliblar uchun Maxsus sovg’alar!

🚀 Maxsus bonus!
Kelgan har bir ishtirokchiga iftor pack taqdim etiladi! 🍱

Tartib va qoida:
- Turnir boshlanish vaqti (10:00) ga kechikmasdan yetib kelish majburiy!
- Qiziqarli va adolatli bahslar kafolatlanadi!

📲 Ro‘yxatdan o‘tish uchun: Havola

P.S. Yig'ilgan pullar ishtirokchining o'z xarajatlari uchun ishlatiladi.

🏓 Kuchlilar g‘olib bo‘lsin!💪

BUSA — kuch birlikda!💪
Instagram | Telegram
🔥2
Forwarded from BUSA
Kutib oling: Koreyadagi Oʻzbek Diasporasi! 🇺🇿🇰🇷

Koreyada rivojlanish va oʻsish uchun eng kerakli kanallarni bir joyga jamladik! 🔥

📌 Muhim maʼlumotlar
📌 Ish va biznes imkoniyatlar
📌 Hamjamiyatni qoʻllab-quvvatlash

Barchasi bitta linkda! Marhamat, qoʻshiling va oʻsish tezligingizni 2x oshiring! 🚀

👉Qo'shib olish👈

(Albatta, bundan boshqa foydali kanallar ham koʻp. Biz hozircha faqat bizga maʼlum va foydali deb bilganlarimizni saralab oldik.)

BUSA — kuch birlikda!💪
Instagram | Telegram
Forwarded from BoburMirzo)
Busandagi tennis turnirida Daegu Gyeongsanda yashovchi O’zbek aka ukalarimiz faol ishtirok etishmoqda. Turnir BUSA(Busan Uzbek Students Association) tomonidan tashkil etilgan. Koreyaning turli manzillaridan 45 ga yaqin O’zbeklar yig’ilgan bòlib 32 nafar ishtirokchilar ózlarining kuchlarini sinab kòrishmoqda.

Mahallamiz yigitlariga omad tilaymiz 🤲🏻✊🏻
👍5