Daegu Community 🇺🇿🤝
254 subscribers
93 photos
9 videos
26 links
Instagram 👉🏻 @daegu_community
Download Telegram
Assalomu alaykum hurmatli Daegu Community jamoamiz kuzatuvchilari. Barchangizga hush kayfiyat tilagan holda 5-may, yakshanba kuni vaqtimizni maroqli tarzda õtkazish uchun Apsan tog’iga navbatdagi “Hiking🥾⛰️” ni hech qanday tayyorgarliksiz õtkazishni reja qildik.Asosiy maqsadimiz esa yangi tanishuvlar(networking) Daeguga yangi talabalarga Koreya hayotiga moslashishda bilim kõnikmalar almashinuvi Koreya qonunchiligi haqida kõplab foydali ma’lumotlar berishdir. Dam olish kunlarini energiyaga boy hamda manfaatli õtkazishni hohlasangiz biz sizga aynan bu imkoniyatni maximal berishga harakat qilamiz🤩.


Joylar chegaralanmagan.

Manzil: [KakaoMap] 앞산케이블카

Rõyxatdan õtish uchun
👉🏻@jamshidtursunboy


Ob havo holatiga qarab issiq kiyim, quyoshdan himoyalanish vositalari,yegulik va qaynoq kayfiyat bilan sarguzashtlarga tayyor bõlib keling 🤩🫵🏻💪

Telegram | instagram
👍81
Assalomu alaykum. Salomatmiszlar?

Bugun Apsan tog’iga “Hiking” 🥾⛰️ qilib qaytdik. Taassurotlar barcha ishtirokchilarda ôzgacha bôldi. Yomg’ir bōlishiga qaramay 15 ga yaqin odam iroda kōrsatgan holda tog’ chôqqisini zabt etdik. Ajoyib õtgan yig’inda yangi dõstlar ortirdik. Tajribali ishtirokchilar bilan fikr almshdik.

Sizlarda ham foydali va manfaatli uchrashuvlarga qatnashish, faol harakatda bõlish niyyati bõlsa Koreya bõylab barcha Õzbek communitylar sizlarga bu imkoniyatni beradi🤩🫵🏻.Quyida Hikingimizdan video hamda rasmlarni kõrishingiz mumkin 👍🏻
👍7
Forwarded from Advokatura_Koreya (International Lawyer)
📢🔴DIQQAT! OGOH BO'LING!


"Immigratsiya nomidan foydalanib, shaxsiy ma'lumotingizni so'rayotgan 'voicephishing'dan" ehtiyot bo'ling!

Hozirgi kunda quyidagi telefon raqamdan 1533-6715, 1533-6725 o'zini immigratsiya idorasidan deb chet-elliklarning shaxsiy ma'lumotini so'rayotganlik haqidagi holatlar yuz berayotgan ekan.

ARS(avtomatik javob berish sistemasi) orqali "immigratsiya idorasiga ulanish uchun 0 raqamini bosing" deb shaxsiy ma'lumotingizni berishdan ehtiyot bo'ling.

Immigratsiya idorasi chet elliklar aldanib qolmasliklari uchun ogohlantiryapti.
Ma'lumotni iloji boricha ko'pchilikka ulashing.

https://t.me/koreavisalaw
Assalomu alaykum va rohmatulloh. Salomatmiszlar?

Hozirgi yozmoqchi bôlgan postim butun Koreyadagi Õzbekiston fuqarolari va õzbek zabon barcha insonlar uchun muhumdir. 🚨

Hozirgi kunda Janubiy Koreyada yashab ishchi, student va boshqa bizadagi Õzbeklar uchun katta telegram guruxlariga barchamizning a’zoligimiz yõq emas . Bunday guruxlar Kerakli õrinlarda barchamiz uchun foydali manfaatlidir. Lekin Xaromdan qõrqmaydigan poda ichidagi tirraqilar ham bu guruxlarda yõq emas .

Sizlarga eslatma õrnida shunday katta guruxlarga Õzbekistonga yoki aksincha Õzbekistondan Koreyaga pul õtkazmalarini qilish uchun e’lon yozib odam qidirmang. Naver kursida deb 1 2 sõm arzoniga pulni õtkazma qilaman deb katta miqdorda pulini masheyniklarga ôtkazib telegram akkauntini delete qilgandan keyin boshini qayoqqa urushini bilmay turganlar oramizda köplab topiladi.

Iltimos pul ôtkazma qilishda GmoneyTrans, Hanpass,E9pay,GME,Coinshot va shunga õxshash programmalar orqali ishonchli kompaniyalar bilan ishingizni bitiring. Ana shunda arzimagan pulingiz õrniga butun boshli qiynalib peshona teringiz bilan topgan pullaringizni va qimmatli asab tolalaringizni yõqotmaysiz.

Xaromdan qõrqmaydigan xaromxõrlarga Allohning lanati bõlsin . Alloh õzi kifoya qilsin. Juda kõplari hisob raqami orqali qidiruvga berilgan. Hammasini birma bir tutib xalqqa kõrsatamiz In Shaa Alloh☝️

Ushbu postni iloji boricha Koreya bõylab guruxlarga yuboring va adminlardan pin 📍 qilib qõyishlarini iltimos qiling. Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuhu.
👍1
Iltimos ogoxlantiringlar. Befarq qoldirmanglar. Hammamiz birdek harakat qilmasak kõplab odamlar halol mehnat pullarini osmonga uchurib yuborishdan saqlay olmaymiz. Aksincha bôlsa Xaromxõrlarning kõpayishini oldini olgan bõlamiz.
👍1
Hozirgina yozilgan postdan keyin kelgan xabar. Bunday insonlar juda kõp. Shu hisob raqamini eslab qolinglar .
👍1
Assalamu alaykum va Rohmatulloh va barakatuh.
Aziz birodarlar kirib kelayotgan Qurbon hayiti barchangizga muborak bo’lsin!

📍Daegu, Gyeongsan jamoati uchun namoz o’qiladigan joy va vaqt rasmda ko'rsatilgan.

📝Eslatmalar ❗️

1.Hayit namoziga g'usl qilish va tishlarni tozalab chiqishlik ! 🧖🏻‍♂️
2.Namozga eng yaxshi liboslarda, hushbo’ylangan ,poklangan holatda kelish!
3.Namozga ketayotganda taomlanmaganingiz ma'qul va namozdan so’ng ovqatlansangiz sunnatga ergashgan bo’lasiz !🧎🏻‍♂️
4.Namozga ketayotganda takbir aytib ketishingiz a’lo amallardan bo’ladi !🚶🏻‍♂️
5.Namozga ketayotganda boshqa yo’ldan qaytayotganda boshqa yo’ldan qaytganingiz yaxshi !🚶🏻‍♂️
6.Namozga kelganda nafl namozi o’qilmaydi !
7.Namoz o’qilishidan avval ma'viza va xutbani e’tibor bilan shovqinsiz tinglashingiz talab qilinadi !!!📌

Namoz vaqti 6:00 gacha namozgohga kelib o’z joylaringizga kelishingizni so’rab qolamiz
Iltimos kech qolmang ‼️

Bayramni yaxshi kayfiyatda do’stlar davrasida nishonlashingizni tilab qolamiz😊

https://t.me/kyongsanmasjid
1
Namozni O’zbekistondan tashrif buyuradigan Mehmonimiz Toshkent viloyati Yakkasaroy masjidi imom xatibi
Toshanov Salohiddin domla o’qib beradilar !!
Assalomu alaykum. Salomatmiszlar?

Qurbon hayiti barchamizga birdek Muborak bõlsin 🤲✊🏻. Daegu community jamoasi hammalaringizni bu gõzal bayram bilan chin didan qutlaymiz🥳.

Bugun Daegu Gyeongsan shahrimizda Hayit namoz katta shukuh,bayramona kayfiyat bilan õqildi. 800 ~ 1000 nafar Vatandoshlar va qõshni davlat Qirg’iziston,Qozog’izton ,Tojikistonlik musulmonlar bir joyda jam bõldilar. Õzbekistondan tashrif buyurgan Imom domlamiz uzundan uzun duo qilib,musofirlikda barchamizga kuch quvvat tiladilar 🤲🇺🇿 Birdamligimiz va birlashuvimizga kõz tegmasin . Jumlamizga foydali ilm bersin 🤲.
👍4
Forwarded from Ibrohim Mahmudov
Toshkent shahridagi "Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf" jome masjidi imom-xatibi Ismoil domla Muhammad Sodiq bilan "Musofirning odoblari" mavzusida to'g'ridan-to'g'ri jonli suhbat o‘tkaziladi.

Muloqotda siz ham o‘z savollaringiz bilan ishtirok etishingiz mumkin!

Muloqot vaqti: 29 iyun, Toshkent vaqti bilan soat 18:30.

Suhbat “Vatandoshlar” jamoat fondining telegram ijtimoiy tarmogʻida (https://t.me/vatandoshlar_fond)gi sahifasida onlayn amalga oshiriladi.
👍2
Assalamu aleykum. Sizlarni “Daegu community” bilan birgalikda 2-noyabr kuni Pusandagi Yaxta Turiga taklif qilamiz. Yaxta turiga joylarni kechgi 6 dan 9 gacha biz orqali buyurtma qilishingiz mumkin. Bir yaxtaga 20 kishiga odam joylashib, bortda ingliz va koreys tillarida gaplasha oladigan bort gidlari sizga hamrohlik qilishadi. Sayohat davomiyligi 1 soat bo’lib snek va ichimliklar bepul. Aytgancha 9-noyabrga qadar Pusan dengiz bo’yida mushakbozlik va dron shou o’tkaziladi va siz bularni Yaxtada ko’rishingiz mumkin!
Joylar soni chegaralangan va har bir qayiqga 20 kishigacha odam olinadi. Bizga qo’shilib dam olish kunini maroqli o’tkazing!

Yaxta Tur narxi: 45.000₩
Joyni band qilish uchun @syrusone ga yozing yoki +821022549699 ga qo’ng’iroq qiling.
🔥2