Daegu Community 🇺🇿🤝
254 subscribers
93 photos
9 videos
26 links
Instagram 👉🏻 @daegu_community
Download Telegram
Daegu shahri hamda Gyeongsan shaharlarida istiqomat qilayotgan Musulmonlar Hayit namozini mana shunday shukuh bilan ado etishdi. Taxminan 600 ga yaqin odamlar orasida 99,9% Õzbekiston fuqarolari, qolgan foizda boshqa mamlakat musulmon fuqarolari qatnashdi. Kyongbuk chet el fuqarolari bilan ishlash markaziga va namoz uchun stadion egalari hamda holis hizmat qilib yordam bergan Shayh MuhammadSodiq MuhammadYusuf Hazratlari nomidagi masjid xodimlariga õz minnatdorchiligimizni bildiramiz. 🇺🇿🤝🥳
👍4
Forwarded from OzodaTemurova 6급 | Koreys va Arab tili (Ozoda Temurova)
Xushxabar: "K-Academy" endi oflayn faoliyat yuritadi !

Esimda bundan 3 yil oldin koreys tili olamiga kirib kelishni boshlaganimda koreys tili va dars o'tish mening ishim emas deb hisoblardim. Lekin o'sha vaqtlar qiz bola uchun to'g'ri kelmaydigan og'ir ish joylaridan tezroq chiqib ketishni xohlaridim. O'shanda niyat qilganim "oddiygina uyda daromad topib, o'zimni ta'minlab, har xil kunlik ishlarga majbur bo'lmaslik uchun bir yechim bergin" deb niyat qilardim. Gap mehnatdan qochishda emas edi. (Bir alohida bu haqida so'zlab beraman)

Hozir esa shu niyat ijobati o'ylaganimdanda katta ko'rinishda nasib etdi.

- Xop niyat qilindi deylik va natijada darhol berildimi?

- Yo'q, niyat uchun sabablari o'z chegarasida va o'z ilmi bilan qilinmasa berilmas ekan. (Duoning ham qabul bo'lishi uchun shartlari bor)

Xullas, endi Tegudagi barcha uchun ushbu manzildagi eshiklar xayrli hamkorlik va ilmlar uchun hamisha ochiq.
Manzil: 경상북도 경산시 대학로 336 (조영동) 4층

(Bu joyda nimalar ochilishi davomida)

@OzodaTemurova_KAcademy
👏2🔥1🏆1
Forwarded from WAYU Korea
🇺🇿🇰🇷 Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatovning Koreya Respublikasiga tashrifi
doirasida O'zbekiston elchixonasi va Wayu_Korea vatandoshlar bilan uchrashuv tashkil qilishni reja qilgan.

• Sanasi: 2024-yil 22-aprel.
• Boshlanish vaqti: 18:00
Ishtirokchilar soni: 50 nafar
Manzil: O'zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi
서울특별시 종로구 돈화문로 11 가길 99 , 주한 우즈베키스탄 대사관 1 층

O’zbekistonda IT sohasida ishlash,
— Koreyaning IT korxonalarini vatanimizga olib kirish,
— Yurtimizda IT korxonalarini ochishning yaxshi taraflari singari mavzular muhokama qilinadi.

Ishtirok etishni xohlovchilar quyidagi xavola orqali ro’yxatdan o’ting:
📝 https://forms.gle/2gYJQ9GWeKn5n5nS6

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook | LinkedIn
Forwarded from WAYU Korea
Aziz vatandoshlar, sizga bir yurtdoshimizning xabarini yetkazmoqchimiz!

2023-yil 23-dekabr kuni kechqurun ikki mashinaning to'qnashuvi natijasida baxtsiz avtohalokat sodir bo'ladi. Avtoulovdan biri, ya’ni 2002-yilda tavallud topgan, o'zbekistonlik talaba ALIMOV AKBARALI boshqaruvida bo'lgan mashina beton to'siqqa borib uriladi.
Natijada mashinadan otilib chiqib ketgan Akbaralini orqa tomondan katta tezlikda kelayotgan yuk mashinasi bosib o'tib ketadi.

Bu hodisa haqida Koreya televideniyasida ham xaba qilindi va yuk mashinasi haydovchisi bilan sud ishlari davom etmoqda.

Yurtdoshimiz o'sha kuni Dejon shaxrida joylashgan (대전 서구 둔산서로 95) 수납 접수 (건물) 08층 병동 알리무브 shifoxonaga joylashtirilib operatsiya qilinadi. Mart oyining o'rtalarigacha koma holatida bo'ladi.


Bu orada O'zbekistondan bemor ukamizning akalari yetib kelib Akbaralini holidan ko'z-quloq bo’ladi. Akbaralini shu yolg'iz akasidan boshqa hech kimi yo'q ekan.

Atrofdagi do'stlari va yaqinlari ko'magi bilan akasi doimiy ishlab Akbaraliga biriktirilgan hamshiraning to'lovlarini to'lab kelmoqda.
Hozirgi kungacha 13 mln won atrofida hamshiraga to'lanibdi.


Allohga shukrki, hozirda Akbaralini ahvoli ancha yaxshilangan. Lekin qo'l oyoqlari hali ham to’liq ishlamayapti.

Shifokorlar tez orada ukamizga ruxsat berishlarini aytishibdi. Endi navbatdagi sinov - shifoxona to'lovlari bo'lib turibdi. Taxminan 100 mln won atrofida chiqadi deyishmoqda.

Sezib turganimizdek Buncha miqdordagi mablag'ni  yolg'iz aka topa olmasligi aniq. Bir kishiga qiyin, ammo ko’pchilik uchun imkonsiz emas. Zero, mo'minning og'irini yengil qilishning ajri buyukdir.

Quyida Akbaraliga tegishli hujjatlar, manzil, aloqa uchun kontakt va hisob raqam qoldiramiz.

— Fayzulla ( Akbaralining yaqini)
010-5639-7848

— Sidiqjon ( Akbaralining akasi )
010-5961-5939

전북은행 1013 01 5238765
ALIMOVAKBARALI

(ma’lumotlar tekshirilgan)

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook | LinkedIn
Assalomu alaykum hurmatli Daegu Community jamoamiz kuzatuvchilari. Barchangizga hush kayfiyat tilagan holda 5-may, yakshanba kuni vaqtimizni maroqli tarzda õtkazish uchun Apsan tog’iga navbatdagi “Hiking🥾⛰️” ni hech qanday tayyorgarliksiz õtkazishni reja qildik.Asosiy maqsadimiz esa yangi tanishuvlar(networking) Daeguga yangi talabalarga Koreya hayotiga moslashishda bilim kõnikmalar almashinuvi Koreya qonunchiligi haqida kõplab foydali ma’lumotlar berishdir. Dam olish kunlarini energiyaga boy hamda manfaatli õtkazishni hohlasangiz biz sizga aynan bu imkoniyatni maximal berishga harakat qilamiz🤩.


Joylar chegaralanmagan.

Manzil: [KakaoMap] 앞산케이블카

Rõyxatdan õtish uchun
👉🏻@jamshidtursunboy


Ob havo holatiga qarab issiq kiyim, quyoshdan himoyalanish vositalari,yegulik va qaynoq kayfiyat bilan sarguzashtlarga tayyor bõlib keling 🤩🫵🏻💪

Telegram | instagram
👍81
Assalomu alaykum. Salomatmiszlar?

Bugun Apsan tog’iga “Hiking” 🥾⛰️ qilib qaytdik. Taassurotlar barcha ishtirokchilarda ôzgacha bôldi. Yomg’ir bōlishiga qaramay 15 ga yaqin odam iroda kōrsatgan holda tog’ chôqqisini zabt etdik. Ajoyib õtgan yig’inda yangi dõstlar ortirdik. Tajribali ishtirokchilar bilan fikr almshdik.

Sizlarda ham foydali va manfaatli uchrashuvlarga qatnashish, faol harakatda bõlish niyyati bõlsa Koreya bõylab barcha Õzbek communitylar sizlarga bu imkoniyatni beradi🤩🫵🏻.Quyida Hikingimizdan video hamda rasmlarni kõrishingiz mumkin 👍🏻
👍7
Forwarded from Advokatura_Koreya (International Lawyer)
📢🔴DIQQAT! OGOH BO'LING!


"Immigratsiya nomidan foydalanib, shaxsiy ma'lumotingizni so'rayotgan 'voicephishing'dan" ehtiyot bo'ling!

Hozirgi kunda quyidagi telefon raqamdan 1533-6715, 1533-6725 o'zini immigratsiya idorasidan deb chet-elliklarning shaxsiy ma'lumotini so'rayotganlik haqidagi holatlar yuz berayotgan ekan.

ARS(avtomatik javob berish sistemasi) orqali "immigratsiya idorasiga ulanish uchun 0 raqamini bosing" deb shaxsiy ma'lumotingizni berishdan ehtiyot bo'ling.

Immigratsiya idorasi chet elliklar aldanib qolmasliklari uchun ogohlantiryapti.
Ma'lumotni iloji boricha ko'pchilikka ulashing.

https://t.me/koreavisalaw