Daegu Community 🇺🇿🤝
254 subscribers
93 photos
9 videos
26 links
Instagram 👉🏻 @daegu_community
Download Telegram
Сунъий интеллект инсониятга таҳдид солмоқда

АҚШ Давлат департаменти буюртмаси асосида тайёрланган ҳисоботда сунъий интеллект одамзодга таҳдид солаётгани, энг ёмон сценарийда инсониятнинг йўқ бўлиб кетишига сабабчи бўлиши айтилган. Ҳисоботда унинг хатарларини камайтириш бўйича чоралар, жумладан, махсус Федерал агентлик ташкил этиш, кучли моделлар тафсилотларини оммага ошкор қилишни тақиқлаш ва СИ хавфсизлиги бўйича тадқиқотларни молиялаштириш таклиф қилинди.

Батафсил: https://azon.global/676

©️Azon Global
👍1
Hurmatli Vatandoshlar!
O'zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Elchixonasi hamda Wayu_Korea Muborak Ramazon oyi munosabati bilan Janubiy Koreyada bo‘lib turgan vatandoshlarimizga muqaddas Islom dinining asl mohiyati to‘g‘risida ma’lumotlar berish va ularning diniy-ma’rifiy savodxonligini yanada oshirish maqsadida sizlarni O‘zbekiston Musulmonlar idorasining mas’ul vakillari bilan bo'lib o'tadigan ilmiy-ma’rifiy ma’ruzalarga taklif qiladi.
Forwarded from BUSA (Javohir)
Assalomu alaykum!

BUSAdan yangilik!

Yana bir Busanning betakror joylaridan bo'lmish IGIDE qirg'og'ida navbatdagi tadbirimiz bo'lib o'tadi!

Sana: 30.03.2024
Soat: 10:30 ~ 16:00
Tadbir: Bepul
Joylar soni: 60 kishi
Yig’ilish joyi: 부산 남구 용호동 950 | kakaomap

Spikerlarimiz:

Ahliddin Teshaboev - "RT Holdings" asoschisi, investor, tadbirkor;
Baxtiyor Muhammad - Huquqshunos, O'zimiznikilar 6-son;
Furqat Davlatyorov - "UzTrip", "Moxie Studio" asoschisi, Content Creator;
Marhabo Usmonova - "Fotima & Zuhra Shop", "Ippo Korea" asoschisi, tadbirkor;

Ro'yxatdan o'tish uchun!

Diqqat! Tadbirga kechikib kelgan har bir ishtirokchi, jamoasiga "-1" ball olib keladi!

Eslatma! Ob-havoga qarab quyoshdan himoya qiluvchi vositalar, to'shak (mat) olib keling. Sarguzashtlarga tayyor bo’ling!

Homiylarimiz:

RT Holdings |Tekpebook | Nahlshop | FotimaZuhraShop

Instagram | Telegram | BUSA Chat
👍4
F-2-R
「2024 yilgi hududiy ixtisoslashtirilgan viza loyihasi」
Mahalliy iste'dodli va chet el fuqarolarini ishga qabul qilish to'g'risida e'lon
Daegu Metropolitan Siti chet ellik iqtidorlarni jalb qilish, aholi soni kamaygan hududlarda yashashni kengaytirish va iqtisodiy hayotiylikni yaxshilash uchun mintaqaga xos viza loyihasini amalga oshiradi.- 2024년 3월 12일 대구광역시장
F-2-R vizasiga o’tkan yilga qaraganda bu yil o’zgartirishlar kiritildi.
Kompaniyada ishlaydigan xodimalar soniga cheklovlar: Mintaqaviy vizalarga ega bo'lgan xorijiy xodimlar soni cheklangan(F-2-R). Mehnat sug’urtasiga a’zo bo’lgan koreys ishchilar soniga qarab nechta chet ellikni ishga qabul qila olishi chegaralangan.
(Osonroq aytadigan bo’lsak, Korxonada mehnat sugurtasiga a’zo bo’lgan 2ta koreys ishlasa 1tagina chet ellikni ishga yo’llashi mumkin. Ya’ni 2ta koreys ishchiga 1ta chet ellik to’g’ri keldi. Agar bu korxonada 10ta koreys ishchilari bo’lsa 5ta chet ellikni ishga yo’llay oladi.
Agar ma'lum bir millatning ulushi har bir asosiy mahalliy hokimiyatga ajratilgan ishchilar sonining 40% dan oshsa, boshqa mamlakatlardan kelgan arizachilar tavsiya etiladi.(Ya'ni bir korxonaga 10ta chet ellik ishchi kerak deylik. Va bu korxonaga 10ta o'zbek va boshqa millat vakillari ham F-2-R vizasi uchun ishga ariza topshirdi. Shu holatda 40% o’zbek millat vakillarini qabul qiladi va qolganlari boshqa millat vakillarini(vetnam, rus, kambodiya....) tashkil qilishi kerak. To'liq ma'lumot uchun
Facebook: Janubiy Koreya LOHAS huquq tartibot idorasi Telegram: @koreyaadvokatura
Hurmatli Vatandoshlar!
O'zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Elchixonasi hamda Wayu_Korea Muborak Ramazon oyi munosabati bilan Janubiy Koreyada bo‘lib turgan vatandoshlarimizga muqaddas Islom dinining asl mohiyati to‘g‘risida ma’lumotlar berish va ularning diniy-ma’rifiy savodxonligini yanada oshirish maqsadida O‘zbekiston Musulmonlar idorasining mas’ul vakillari tashrif buyurishgan. Ustozlarimiz ayni vaqtda Daegu Gyeongsan shaxrimizda mehmon bõlib turibdilar. Muborak oyda Taroveh namozlarini birgalikda ado qilinib, savol javoblar va Musofirdagilar, mushkulotlardagilar uchun uzundan uzoq duolar qilindi. Ustozlardan Alloh rozi bõlsin 🤲✊🏻.
1
Mening farzandim xorijga o'qishga chiqib, gaterbayter holida qaytib kelsa...

Xayf menday onaga!
Kunda uydagi kamchilikni aytib, yangi imorat, yangi kvartira, qizimning sarposi, kichik o'g'limning to'yi, tilla taqqim kegani uchun, "Odamlarning og'zini ochib qo'yishni xohlagan"im uchun, "Mahallada duv-duv gap bo'lishini xohlagan"im uchun! hayf menday onaga!

Manbalarga qaraganda, Koreyada shu kunlarda 12mingga yaqin o'zbek talaba tahsil olayapti. Bu talaba har 6oyda 2000~3000ming dollar kontrakt to'lab, kamiga O'zbekistondagi yaqinlarining ham ehtiyojlarini qondirib kelayapti. Endi hisoblaylik, qonimizga singib ketgan moddiyat ustunligini yuvib tashlab, o'sha Koreyadagi 12ming talaba chinakam yetuk shaxs bo'lib qaytsa, bilasizmi nima bo'ladi!!! Albatta, o'sha talabalarning ota-onaga qilayotgan ehtiromini yuqori baholayman. Lekin Koreyaga kelib ko'rmaganlarning so'roqlari ham ba'zida oshib ketadi. Men endi o'qishga kelganimga ikki yillar bo'lganida yurtga ta'tilga borganimda, ota-onamga turmush o'rtog'imdan yashirincha "necha ming" jo'natishimni so'rardi. Onamdan qizingiz sizga Koreyadan zo'r narsa ob kegandur, Koreyaning tillasidan olib kelmabdimi? Deb so'rardi. O'zimdan "Uy oldilaringmi? Mashina-chi?" deb so'rab tinmasdi. Hech kim "Mutaxassisligingni cho'qqisiga yetib olmaguningcha tinma", "Avval o'qi, keyin ko'rasan, sen xohlaganing o'zi keladi", demasdi.

Biz shunday moddiyatparastmiz. Moddiyat har nedan ustun. Bir necha kun oldin bir o'zbek talaba yurtdoshimiz haydab ketayotgan mashidasida katta yuk mashinasi bilan to'qnashuv oqibatida oramizdan ketdi. U ham balki ishdan horib charchab qaytayotgandur. Bir necha oy oldin boshqa yurtdoshimiz katta trassada yuk mashinasi balonlari ostida qolib necha oydirki komada. Koreyada yukni qadoqlab jo'natish markazlari bor. O'sha yerda kechalari ishlaydigan talaba yurtdoshlarimiz "ostrexondroz" va umurtqa pog'onasi bilan bog'liq kasalliklarni orttirib olishadi. U yerda ishlab kelgan kursdoshimning gapini eshitgandim: "Umrimda bu qadar og'ir mehnat qilmagandim", degandi qo'llari qaltirab. Va o'sha ishdan keyin bellari qotib qolib bir kun o'rnidan tura olmagani haqida ham aytib bergan edi.

Xorijga o'qishga chiqqanlarga aytiladigan gap: "Mazza qilib o'qib yuribsanmi". Ha "Mezza!" Ayniqsa, o'qish davomida farzandli bo'layotganlarga mezza! Siz bu "mezza"ning ta'mimi kimingizdur chetda ishlab junatgan puliga olingan shashlikmi, tabakami yeganizdayam his qilolmaysiz! Siz o'sha yaqiningiz qora terga botib ishlagani yoki barmog'ini aparat kesib ketganida his qilgan o'sha "mezza"ni uning puliga kashmir paltomi, tilla taqinchoqni olganingizda ham his qilolmaysiz! O'sha talaba xarom yeb qo'ymay deb, ko'chadan ovqatlanmay, necha oyda bir o'zbek oshxonasiga yo'li tushganidagina somsa yeyishini bilmaysiz! Siz yozda to'y mavsumida to'ylarga borib, yaqinlaringiz bilan chaq-chaqlashib yurganingizda o'sha yaqiningiz kecha tunda og'ir mehnat qilgani, yoki tarvuz tergani, yoki 1kamaz piyoz ortib beli og'rig'iga chidolmay, bir o'zi azob chekayotganidan bexabarsiz! Yigit kishi ko'z yoshlarini ko'rsatmaydi, naqliga amal qilib, faqatgina tushlarida ingrab yiglaydigan yigitlarning ovozi hech kimga eshitilmaydi!

Men farzandimni chinakam mutaxassis bo'lishi uchun xorijga o'qishga jo'nataman. Yarim sog'ligini o'sha davlatga tashlab kelishi uchun emas! Men farzandimni kelajakda oxori kiyimlar kiyib diplomat ko'tarib katta tashkilotlarda ishlashi uchun jo'nataman. Tinmay ishlab chala mutaxassis bo'lib qaytishi uchun emas! Aks holda, hayf bizday ota-onaga!

Muallif: ©️ Malohat Gaffarova
👍7🔥3👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum va rohmatulloh. Barchangizni jamoamiz nomidan Eid-ul Fitr ayyomi bilan muborakbod etamiz .

Hayit Muborak 😇🥳
👍1🔥1
Daegu shahri hamda Gyeongsan shaharlarida istiqomat qilayotgan Musulmonlar Hayit namozini mana shunday shukuh bilan ado etishdi. Taxminan 600 ga yaqin odamlar orasida 99,9% Õzbekiston fuqarolari, qolgan foizda boshqa mamlakat musulmon fuqarolari qatnashdi. Kyongbuk chet el fuqarolari bilan ishlash markaziga va namoz uchun stadion egalari hamda holis hizmat qilib yordam bergan Shayh MuhammadSodiq MuhammadYusuf Hazratlari nomidagi masjid xodimlariga õz minnatdorchiligimizni bildiramiz. 🇺🇿🤝🥳
👍4
Forwarded from OzodaTemurova 6급 | Koreys va Arab tili (Ozoda Temurova)
Xushxabar: "K-Academy" endi oflayn faoliyat yuritadi !

Esimda bundan 3 yil oldin koreys tili olamiga kirib kelishni boshlaganimda koreys tili va dars o'tish mening ishim emas deb hisoblardim. Lekin o'sha vaqtlar qiz bola uchun to'g'ri kelmaydigan og'ir ish joylaridan tezroq chiqib ketishni xohlaridim. O'shanda niyat qilganim "oddiygina uyda daromad topib, o'zimni ta'minlab, har xil kunlik ishlarga majbur bo'lmaslik uchun bir yechim bergin" deb niyat qilardim. Gap mehnatdan qochishda emas edi. (Bir alohida bu haqida so'zlab beraman)

Hozir esa shu niyat ijobati o'ylaganimdanda katta ko'rinishda nasib etdi.

- Xop niyat qilindi deylik va natijada darhol berildimi?

- Yo'q, niyat uchun sabablari o'z chegarasida va o'z ilmi bilan qilinmasa berilmas ekan. (Duoning ham qabul bo'lishi uchun shartlari bor)

Xullas, endi Tegudagi barcha uchun ushbu manzildagi eshiklar xayrli hamkorlik va ilmlar uchun hamisha ochiq.
Manzil: 경상북도 경산시 대학로 336 (조영동) 4층

(Bu joyda nimalar ochilishi davomida)

@OzodaTemurova_KAcademy
👏2🔥1🏆1
Forwarded from WAYU Korea
🇺🇿🇰🇷 Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatovning Koreya Respublikasiga tashrifi
doirasida O'zbekiston elchixonasi va Wayu_Korea vatandoshlar bilan uchrashuv tashkil qilishni reja qilgan.

• Sanasi: 2024-yil 22-aprel.
• Boshlanish vaqti: 18:00
Ishtirokchilar soni: 50 nafar
Manzil: O'zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi
서울특별시 종로구 돈화문로 11 가길 99 , 주한 우즈베키스탄 대사관 1 층

O’zbekistonda IT sohasida ishlash,
— Koreyaning IT korxonalarini vatanimizga olib kirish,
— Yurtimizda IT korxonalarini ochishning yaxshi taraflari singari mavzular muhokama qilinadi.

Ishtirok etishni xohlovchilar quyidagi xavola orqali ro’yxatdan o’ting:
📝 https://forms.gle/2gYJQ9GWeKn5n5nS6

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook | LinkedIn
Forwarded from WAYU Korea
Aziz vatandoshlar, sizga bir yurtdoshimizning xabarini yetkazmoqchimiz!

2023-yil 23-dekabr kuni kechqurun ikki mashinaning to'qnashuvi natijasida baxtsiz avtohalokat sodir bo'ladi. Avtoulovdan biri, ya’ni 2002-yilda tavallud topgan, o'zbekistonlik talaba ALIMOV AKBARALI boshqaruvida bo'lgan mashina beton to'siqqa borib uriladi.
Natijada mashinadan otilib chiqib ketgan Akbaralini orqa tomondan katta tezlikda kelayotgan yuk mashinasi bosib o'tib ketadi.

Bu hodisa haqida Koreya televideniyasida ham xaba qilindi va yuk mashinasi haydovchisi bilan sud ishlari davom etmoqda.

Yurtdoshimiz o'sha kuni Dejon shaxrida joylashgan (대전 서구 둔산서로 95) 수납 접수 (건물) 08층 병동 알리무브 shifoxonaga joylashtirilib operatsiya qilinadi. Mart oyining o'rtalarigacha koma holatida bo'ladi.


Bu orada O'zbekistondan bemor ukamizning akalari yetib kelib Akbaralini holidan ko'z-quloq bo’ladi. Akbaralini shu yolg'iz akasidan boshqa hech kimi yo'q ekan.

Atrofdagi do'stlari va yaqinlari ko'magi bilan akasi doimiy ishlab Akbaraliga biriktirilgan hamshiraning to'lovlarini to'lab kelmoqda.
Hozirgi kungacha 13 mln won atrofida hamshiraga to'lanibdi.


Allohga shukrki, hozirda Akbaralini ahvoli ancha yaxshilangan. Lekin qo'l oyoqlari hali ham to’liq ishlamayapti.

Shifokorlar tez orada ukamizga ruxsat berishlarini aytishibdi. Endi navbatdagi sinov - shifoxona to'lovlari bo'lib turibdi. Taxminan 100 mln won atrofida chiqadi deyishmoqda.

Sezib turganimizdek Buncha miqdordagi mablag'ni  yolg'iz aka topa olmasligi aniq. Bir kishiga qiyin, ammo ko’pchilik uchun imkonsiz emas. Zero, mo'minning og'irini yengil qilishning ajri buyukdir.

Quyida Akbaraliga tegishli hujjatlar, manzil, aloqa uchun kontakt va hisob raqam qoldiramiz.

— Fayzulla ( Akbaralining yaqini)
010-5639-7848

— Sidiqjon ( Akbaralining akasi )
010-5961-5939

전북은행 1013 01 5238765
ALIMOVAKBARALI

(ma’lumotlar tekshirilgan)

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook | LinkedIn