CyberHack Conf 2026
306 subscribers
37 photos
1 video
8 links
CyberHack Conference 2026
Ready To Hack?
Download Telegram
E'lon ro'za munosabati bilan CTF soat 17:50 da yakunlanadi.

Taqdirlash 18:35 da bo'lib o'tadi, iltimos CTFdagi jamoadoshlaringizni hurmat qilgan holatda taqdirlash marosimiga qolishingizni so'rab qolamiz.

Iftorlikga 1-qavatda Pitsa taqdim etiladi, hammani taklif qilamiz :)
11👍6
CyberHack CTF platformasi 2-mart, 12:00 gacha ochiq holatda turadi.

Registratsiya hamma qiziquvchilar uchun ochiq! - ctf.cyberhackconf.uz

@cyberhackconf
🔥152
Forwarded from Turan Security
CyberHack Conference 2026 muvaffaqiyatli yakunlandi!

Konferensiya turli ekspertlar tomonidan ma'ruzalar, workshoplar (amaliyotga asosanlangan darslar) hamda O'zbekistondagi eng katta offline CTF - CyberHack CTF 2026 musobaqasini o'z ichiga oldi va 450 dan ortiq kiber xavfsizlikka qiziquvchilarni o'ziga jamladi.

Ma'ruzalar:
- Andrey Shishkin (CISO,Uzcard) - Strategic Cyber Leadership;
- Muhayyo Rasulova (PhD, Senior Researcher, Institute of Mathematics) - Quantum Cryptography;
- Zhassulan Zhussupov (Malware Researcher, Author of Malware Development for Ethical Hackers, etc) - AI & Malware R&D va boshqa eskpertlar tomonidan o'tkazildi.

Mutaxassislar tomonidan Web, Mobile security, SEIM - blue team mavzularida amaliy darslar olib borildi.

Turan Security jamoasi CyberHack CTF 2026 musobaqasini xalqaro darajada o'tkazishga harakat qildi, musobaqada oliy ta'lim muassasalari va maktablardan 50 ta jamoa, 200 ga yaqin ishtirokchi qatnashdi. Musobaqa O'zbekistonda birinchilardan bo'lib - white box pentest (web), kernel pwn va h.k (pwn) kabi murakkab topshiriqlarni hamda dinamik flag, instancer tizimlaridan foydalandi.
Musobaqada ushbu jamoalar g'alaba qozondi:

🥇shebang (NewUU)
🥈Dark Void (Cyber University)
🥉pwn4kun (NewUU)

Ushbu topshiriqlar yoshlarni xalqaro musobaqalarga tayyorlanishiga katta hissa qo'shadi va tajribalarini orttiradi.

Jamoamiz nomidan konferensiyani muvaffaqiyatli o'tkazishga yordam bergan hamkor va homiylarimiz - Yangi O'zbekiston universiteti, Domo (former HGT), MilliSec, Bitwalls jamoasiga katta minnatdorchilik bildiramiz!

P.S. Tez orada yana bir yirik tadbir o'tkaziladi. Bizni kuzatib boring!

@turansecurity | www.turansec.uz | info@turansec.uz
🔥163👍3
Forwarded from Turan Security
CyberHack CTF 2026 uchun barcha yechimlar (writeup) githubga yuklandi - havola.

Topshiriqlar sifatli va qiziqarli bo'lishi uchun jamoamiz qattiq harakat qildi:
- Web topshiriqlarda 0 day zailfigi (Agentpwn);
- Crypto topshirig'i uchun 3 ta tadqiqot ishlaridan (research papers) va boshqa usul va bilimlardan (O'zbekistonda birinchi marta) foydalanildi.

@turansecurity | www.turansec.uz | info@turansec.uz
🔥91👍1😁1
Markaziy Osiyo kiberxavfsizlik tarixida yangi bosqich
Turan Security kompaniyasi rasmiy ravishda CVE Numbering Authority (CNA) maqomini oldi.

Bu degani, Turan Security endi aniqlangan xavfsizlik zaifliklari uchun CVE identifikatorlarini berish vakolatiga ega bo‘ldi va shu orqali Markaziy Osiyodagi birinchi CNA tashkilotiga aylandi.
CVE (Common Vulnerabilities and Exposures) — butun dunyo bo‘yicha xavfsizlik zaifliklarini yagona identifikatsiya qilish tizimi bo‘lib, unga qo‘shilish katta ishonch va mas’uliyatni anglatadi.

Endilikda Turan Security
:

- yangi zaifliklarni aniqlaydi
- ularni tekshiradi
- va ularga rasmiy CVE ID biriktiradi

Shu orqali global vulnerability disclosure jarayoniga o‘z hissasini qo‘shadi.

Bu natija jamoamizning professional mehnati va Markaziy Osiyoda kiberxavfsizlikni rivojlantirish yo‘lidagi sa’y-harakatlarining natijasidir.

Batafsil
https://cve.org/Media/News/item/news/2026/03/03/Turan-Security-Added-as-CNA

CNA sahifamiz
https://cve.turansec.uz

Markaziy Osiyodagi birinchi CNA bo‘lish — bu nafaqat yutuq, balki katta mas’uliyat hamdir.

Biz kiberxavfsizlik tadqiqotlari, mas’uliyatli zaifliklarni oshkor qilish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda faol ishlashda davom etamiz.

Safarimiz davom etadi.

EN:
A new chapter in the history of cybersecurity in Central Asia
Turan Security company has officially obtained the status of CVE Numbering Authority (CNA).

This means that Turan Security now has the authority to assign CVE identifiers for discovered security vulnerabilities and has thus become the first CNA organization in Central Asia.
CVE (Common Vulnerabilities and Exposures) is a global system for uniquely identifying security vulnerabilities, and joining it represents great trust and responsibility.

From now on, Turan Security will:

- identify new vulnerabilities
- verify them
- and assign official CVE IDs

In doing so, it contributes to the global vulnerability disclosure process.

This achievement is the result of our team's professional work and efforts to develop cybersecurity in Central Asia.

More details
https://cve.org/Media/News/item/news/2026/03/03/Turan-Security-Added-as-CNA

Our CNA page
https://cve.turansec.uz

Being the first CNA in Central Asia is not only an achievement but also a great responsibility.

We will continue to actively work on cybersecurity research, responsible vulnerability disclosure, and the development of international cooperation.

Our journey continues.
#CyberSecurity #CVE #Infosec #TuranSecurity #CentralAsia
@turansecurity | www.turansec.uz | info@turansec.uz
🔥124😁1