CYBER-BRO Kiberxavfsizlik kompaniyasi
2.76K subscribers
293 photos
52 videos
1 file
174 links
Elite offensive security consulting for corporates & governments.

CYBER-BRO - cyber security company official telegram channel!

Contact: @cbro_support | cyberbro@exat.uz - | info@cyber-bro.uz
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚠️ Kiberxavfsizlikni yangi bosqichga olib chiqing: Cyber Threat Intelligence (CTI) yordamida auditlash, pentesting va Red Team xizmatlarimiz orqali yanada mukammal xavfsizlikga erishing

✅ Kompaniyangiz kiberxavflardan to‘liq himoyalanganmi? Tashqi va ichki tahdidlar doimiy ravishda rivojlanmoqda, shuning uchun proaktiv yondashuv – muvaffaqiyat kaliti! Bizning Cyber Threat Intelligence (CTI) asosidagi xizmatlarimiz orqali auditlash, pentesting va Red Team operatsiyalarini yangi darajaga olib chiqamiz, bunda CTI yangi imkoniyatlarni va global xavfsizlik tahlilini o'tkazishga yordam beradi.

💡 CTI nima va nima uchun muhim?

Cyber Threat Intelligence – bu kiberxavflarni aniqlash, tahlil qilish va ularga qarshi choralar ko‘rish uchun real vaqtda ma’lumot to‘plash va tahlil qilish jarayoni hisoblanadi.

CTI yordamida:

- TIBER-EU (Threat Intelligence-Based Ethical Red Teaming) standarti asosida tekshiruv o'tkazish
- Tashqi tahdidlar (masalan, xakerlar, malware, phishing) haqida oldindan ogohlantirish.
- Ichki tahdidlar (xodimlar xatolari, zaifliklar, ruxsatsiz kirish) monitoringi.
- Potentsial xavflarni minimallashtirish uchun aniq strategiyalar ishlab chiqish.
- TAS (Threat Assessment Services): Tashqi va ichki tahdidlarni doimiy monitoring qilish va tezkor javob berish.

🚀 CTI yordamida nimaga erishasiz?

- Tezkor reaktsiya: Yangi xavflarni aniqlab, ularga zudlik bilan qarshi choralar ko‘rish.
- Xarajatlarni optimallashtirish: Zaifliklarni oldindan aniqlash orqali katta zararlarning oldini olish.
- Ishonchli himoya: Tashqi va ichki tahdidlarni doimiy monitoring qilish orqali, hotirjam faoliyat yuritasiz

📊 Nega bizni tanlash kerak?

- O'zbekistonda birinchi unikal CTI asosida real vaqtda tahlil va monitoring qilish xizmatiga egamiz
- Tajribali va milliy mutaxassislar jamoasi
- Har bir kompaniyaga moslashtirilgan yechimlar taklif qilamiz

🔥 Kiberxavfsizlikda bir qadam oldinda bo‘ling! Biz bilan bog‘laning va audit, pentesting va Red Team | TAS xizmatlari orqali biznesingizni himoya qiling!

📩 Bog‘lanish uchun: info@cyber-bro.uz

✅ CYBER-BRO - Xavfsiz sarhadlar sari!


X - Telegram - Linkedin - Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7👏4👍3❤2🏆2
⚡️ Xakerlik guruhlari va APT o'rtasida qanday farq bor ? qaysi guruhlar global xavfsizlikga jiddiy tahdid tug'dirmoqda ? Ularning maqsadi nima ?

Shu savollarga ushbu rasmlardan ma'lumot olasiz.

✅ CYBER-BRO - Xavfsiz sarhadlar sari!

X - Telegram - Linkedin - Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥5⚡2
🟦🟦
🟦🟦🟦🟦🟦

Ayni paytda Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Axborot xavfsizligi sohasida raqamlashtirish muammolari va istiqbollari” mavzusiga bag‘ishlangan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Anjumanda yurtimizda kiberxavfsizlik bo‘yicha vakolatli organ hisoblangan “Kiberxavfsizlik markazi” DUK xodimlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi va “CYBER-BRO” kiberxavfsizlik kompaniyasi xodimlari, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professor-o‘qituvchilari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|✅Facebook|🌐Instagram|✅Telegram|📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥3🤩2🏆2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Axborot xavfsizligi sohasida raqamlashtirish muammolari va istiqbollari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

Unda CYBER-BRO Kiberxavfsizlik kompaniyasi “Zamonaviy kibertahdidlar va O‘zbekiston internet sarhadlarida kiberxavfsizlik holati” mavzusida taqdimot o'tkazdi.

✅ CYBER-BRO - Xavfsiz sarhadlar sari!

X - Telegram - Linkedin - Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8👏3👍2⚡1
⚡️ ESET 2024-yil oktabr – 2025-yil mart oylari uchun asosiy APT guruhlari faoliyati haqida hisobot e'lon qildi

Unda O'zbekiston kibersarhadlarida faol kibertahdidlar amalga oshirayotgan kiberjinoyatchilar haqida ma'lumot beradi. Jumladan Qozog'iston bilan bog'liq bo'lgan "BladedFeline" xakerlik guruhi qayta xujumlarni amalga oshirgani haqida faktlar keltiriladi, biz bu haqida o'tgan yili ma'lum qilgan edik, asosiy xujum nishonlari sifatida xakerlar O'zbekiston telekommunikatsiya provayderlariga xujum qilishgan, balki oldingi xujumlar orqali qo'lga kiritilgan imkoniyatlar orqali boshqa provayderlarga ham zarar yetkazgan bo'lishlari mumkin.

☝️ "BladedFeline" guruhining hujum texnikalari Eronning "MuddyWater" xakerlik guruhi texnikalariga juda mos keladi va bu haqida ESET mutaxassislari quyidagicha fikrda :

Bu taktika MuddyWater guruhidan olingan bo‘lishi mumkin, chunki MuddyWater uzoq vaqtdan beri PowerShell skriptlaridan foydalanadi, yoki MuddyWater BladedFeline uchun qayta kirishni amalga oshirib bergan bo‘lishi mumkin, ammo bunga aniq dalil yo‘q. BladedFeline O‘zbekistondagi yana bir telekom tashkilotini nishonga olgan bo‘lishi mumkin ehtimol. Bu voqealar Eron va O‘zbekiston o‘rtasidagi diplomatik aloqalar mustahkamlangan (2025-yil fevralida 400 AQSh dollari tranzit to‘lovi bekor qilingan) davrga to‘g‘ri keladi, bu Eron bilan bog‘liq kiberjosuslik guruhlari faoliyatini ko‘rsatishi mumkin.


🔥 CYBER-BRO Cyber Threat Intelligence tizimi orqali biz xakerlik guruhlarining izlarini faol kuzatmoqdamiz va yangi tahdid ma'lumotlarini doimiy hisobotlab boramiz, batafsil.

Batafsil ESET hisoboti bilan bu yerda tanishing :

https://www.welivesecurity.com/en/eset-research/eset-apt-activity-report-q4-2024-q1-2025/

https://web-assets.esetstatic.com/wls/en/papers/threat-reports/eset-apt-activity-report-q4-2024-q1-2025.pdf
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6👍3🏆2❤1⚡1
⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktab va maktabgacha ta'lim vazirligi, Yangi Asr Universiteti va Grand Ta'lim Maktabi hamkorligida

2025 yil 24 may kuni Yangi Asr Universitetida "Raqamli transformatsiya davrida kiber tahdidlar: Zamonaviy texnologiyalar va ularning jamiyatga ta'siri" mavzusidagi Respublika ilmiy va ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda CYBER-BRO Kiberxavfsizlik kompaniyasi "Zamonaviy kibertahdidlarga javob bera oladigan mutaxassislar tayyorlash" mavzusida taqdimot o'tkazdi.

✅ CYBER-BRO - Xavfsiz sarhadlar sari!

X - Telegram - Linkedin - Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥11❤2👍2🏆2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗ 1-Iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan, zamonaviy tahdidlardan shaxsiy va oilangiz, bolalaringiz xavfsizligini ta'minlash uchun muhim bo'lgan quyidagi tafsiya va "Deutsche Telekom" tomonidan ishlangan ijtimoiy rolikni taqdim etamiz

Videoda ota-ona o‘z qizlarining bolalikdagi suratlarini ijtimoiy tarmoqlarda ochiq joylashtirgan, ammo qiz o‘sib ulg‘aygach, bu ma’lumotlar uning shaxsiy hayotiga putur yetkazishi mumkinligi haqida ogohlantiruvchi xabar beradi. Kinoteatrda ota-onaga qizlarining katta bo‘lganidagi hayotini ko‘rsatish orqali ular ijtimoiy tarmoqlarda ehtiyotsiz ulashgan ma’lumotlarning oqibatlari dramatik tarzda namoyish etiladi. Qiz ota-onasidan o‘z suratlari va shaxsiy ma’lumotlarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirmaslikni so‘raydi, bu esa shaxsiy hayotni himoya qilish muhimligini ta’kidlaydi.

✅ Farzandlaringiz va ularning shaxsiy hayotini himoya qilish bo‘yicha tavsiyalar :

🔴 Shaxsiy ma’lumotlarni cheklang: Bolalarning suratlari, ismlari, tug‘ilgan sanasi, maktab yoki yashash joyi kabi ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlarda umuman joylashtirmaslik yoki faqat cheklangan doiradagilar bilan ulashish tavsiya etiladi. Bu ma’lumotlar kiberjinoyatchilar tomonidan suiiste’mol qilinishi mumkin.

🔴 Maxfiylik sozlamalarini tekshiring: Ijtimoiy tarmoq platformalaridagi maxfiylik sozlamalarini muntazam ravishda ko‘rib chiqing va faqat ishonchli do‘stlar yoki oila a’zolari bilan ma’lumot ulashing. “Faqat do‘stlar” yoki “maxfiy guruh” sozlamalaridan foydalaning.

🔴 Bolalar bilan suhbatlashish: Farzandlaringizga ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy ma’lumotlarni ulashish xavflari haqida o‘rgating. Ularga o‘z rasmlari yoki ma’lumotlari internetda paydo bo‘lishining oqibatlari haqida tushuntiring.

🔴 Ruxsat so‘rang: Farzandingizning suratini yoki ma’lumotlarini joylashtirishdan oldin, agar ular yetarlicha yoshda bo‘lsa, ulardan ruxsat so‘rang. Bu ularning shaxsiy chegaralarini hurmat qilishga yordam beradi.

🔴 Raqamli izlarni minimallashtiring: Bolalarning shaxsiy ma’lumotlari internetda qancha kam bo‘lsa, ularning kelajakdagi maxfiyligi shuncha yaxshi himoyalanadi. Masalan, yuzni aniqlash texnologiyalari suratlardan shaxsiy ma’lumotlarni osonlikcha olishi mumkin.

🔴 Kiberxavfsizlik vositalaridan foydalaning: Parol boshqaruvchilari, ikki faktorli autentifikatsiya va xavfsiz internet ulanishlaridan foydalanib, hisoblaringizni himoya qiling.

🔴 Ogohlantirish belgilarni sezing: Agar kimdir sizning yoki farzandingizning ma’lumotlarini noto‘g‘ri ishlatayotganini sezsangiz, darhol ijtimoiy tarmoq platformasiga shikoyat qiling va kerak bo‘lsa, huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qiling.


✅ CYBER-BRO - Xavfsiz sarhadlar sari!

X - Telegram - Linkedin - Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9🏆2👍1