Andijon viloyati bojxona boshqarmasi boshligʻi B.Qutlimuratovning navbatdagi sayyor uchrashuvi Xonobod shahrida joylashgan korxonada oʻtkazildi
Avtomobillarga kabel ishlab chiqaruvchi mazkur korxona yil boshidan buyon qiymati 28 million 634 ming AQSh dollariga teng yangi texnik jihozlar va xom ashyo importini amalga oshirdi. Korxona faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ushbu tovarlarga nisbatan bojxona toʻlovlaridan 17,1 milliard soʻm imtiyoz berildi.
Shu kunga qadar ichki bozorga mahsulotlar yetkazib bergan mazkur korxona joriy yildan boshlab Koreyaga ilk eksportini amalga oshirdi. Boshqarma boshligʻi ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishar ekan, korxona masʼullariga bojxona sohasida joriy etilgan qulayliklar hamda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati haqida batafsil maʼlumotlar berdi.
Qolaversa, eksport hajmini oshirish, ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalangan holda tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlar ulushini kengaytirish yuzasidan fikr mulohazalar bildirildi.

#giyohvandlikka_qarshi_kurash
“Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi tezkor tuzilmalari tomonidan giyohvandlik vositalarining noqonuniy olib kirilishi va ichki hududdagi yashirin aylanmasiga qarshi navbatdagi tezkor tadbirlar o‘tkazildi.
Poytaxt aeroportida Bishkekdan uchib kelgan qo‘shni davlat fuqarosi bojxonadan “yashil” yo‘lak orqali harakatlanib, jomadonida sintetik giyohvandlik vositalarini olib kirishga uringani fosh qilindi.
Go‘yoki sport ozuqasi tarzida olib o‘tilayotgan 2 ta qutidagi 684 dona kapsula tarkibida 560,75 gr. “alfa-PVP” sintetik giyohvandlik moddasi mavjudligi aniqlandi.
Shundan so‘ng mazkur narkojinoyatning ildiziga yetib borish maqsadida kompleksning Kontrabandaga qarshi kurashish sho‘’basi tomonidan davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar idoralari vakillarini jalb qilgan holda Toshkent shahrida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Ya’ni, xorijdan olib kirilgan 560,75 gr. “alfa-PVP” sintetik giyohvandlik moddasini qabul qilib olishi kerak bo‘lgan shaxs ham Bektemir tumanida qo‘lga olindi.
Shuningdek, “Toshkent-Aero” IBK Kontrabandaga qarshi kurashish sho‘’basi tomonidan Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi va Davlat xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda Sariosiyo tumanida navbatdagi tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tezkor tadbirda avvaldan kuzatuvga olingan shaxs yonidagi 14 dona o‘ramga joylangan 14 kg. 680 gr. og‘irlikdagi "opiy" giyohvandlik vositasini 180 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Hozirda har ikkala holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
Eslatib o‘tamiz, respublikamiz bojxonachilari yil boshidan buyon aniqlangan 171 ta holatda 383 kg.dan ziyod giyohvandilk vositalarining bojxona chegaralari orqali olib o‘tilishi va ichki hududdagi yashirin aylanmasiga chek qo‘yishdi.

Ushbu shaxsning xonadoni belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganida, bu yerda 114 dona kapsulada taxminan 80 gr. og‘irlikdagi “ALFA-PVP” sintetik giyohvandlik moddasi va ularni tarqatish uchun hozirlangan 37 dona o‘ramchalar, 2 gr. og‘irlikdagi “marixuana”, 2 dona o‘ramda 30 gr. og‘irlikda boshqa turdagi sintetik narkotik modda, 4 dona elektron tarozi, izolentalar va zip paketlar mavjudligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olindi.
Shuningdek, “Toshkent-Aero” IBK Kontrabandaga qarshi kurashish sho‘’basi tomonidan Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi va Davlat xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda Sariosiyo tumanida navbatdagi tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tezkor tadbirda avvaldan kuzatuvga olingan shaxs yonidagi 14 dona o‘ramga joylangan 14 kg. 680 gr. og‘irlikdagi "opiy" giyohvandlik vositasini 180 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Hozirda har ikkala holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
Eslatib o‘tamiz, respublikamiz bojxonachilari yil boshidan buyon aniqlangan 171 ta holatda 383 kg.dan ziyod giyohvandilk vositalarining bojxona chegaralari orqali olib o‘tilishi va ichki hududdagi yashirin aylanmasiga chek qo‘yishdi.
Qashqadaryoda 27 million dollarlik zamonaviy to‘qimachilik korxonasi ishga tushiriladi
Viloyatning Nishon tumanida zamonaviy to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishga qaratilgan yirik investitsion loyiha “NISHON TEXTELE” MChj tomonidan bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Qiymati 27 million AQSh dollariga teng mazkur loyiha hududda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish hamda aholini ish bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘rganish jarayonida korxonani elektr tarmog‘iga ulash uchun yangi elektr uzatish liniyasini tortish zarurligi ham ta’kidlandi. Mazkur masalani hal etish maqsadida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rilishi ma’lum qilindi.

10 gektar maydonda barpo etilayotgan korxona yiliga 7800 tonna ip-kalava ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lishi rejalashtirilgan. Loyiha to‘liq ishga tushirilgach, 400 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Loyiha 8 million dollar miqdoridagi tadbirkor mablag‘lari hamda Germaniyaning “Commerzbank AG” bankidan jalb qilingan 19,2 million yevro kredit mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilmoqda. Hozirga qadar korxona uchun 4,5 million dollarlik zamonaviy texnologik uskunalar import qilinib, ishlab chiqarish jarayonini yo‘lga qo‘yish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Mazkur loyiha Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi rahbariyati tomonidan ham o‘rganilib, korxona faoliyatini yo‘lga qo‘yish jarayonida uskunalarni olib kirish, bojxona rasmiylashtiruvi hamda boshqa zarur tartib-taomillarning tezkor va to‘siqlarsiz amalga oshirilishi ta’minlanmoqda.
O‘rganish jarayonida korxonani elektr tarmog‘iga ulash uchun yangi elektr uzatish liniyasini tortish zarurligi ham ta’kidlandi. Mazkur masalani hal etish maqsadida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rilishi ma’lum qilindi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tezkor lavha: Sirdaryoda o'tkazilgan tezkor tadbirda “Spark” avtomashinasida bojxona rasmiylashtiruvi hamda IMEI ro‘yxatdan o‘tmagan qiymati 700 million so'mlik, 35 dona qo'l telefonlari borligi aniqlandi
#giyohvandlikka_qarshi_kurash
Vagon ostiga berkitilgan giyohvandlik vositasi fosh bo‘ldi
Bojxona organlari tomonidan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi keskin kurash olib borilmoqda.
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Sariosiyo” temir yo‘l chegara bojxona postida qo‘shni davlatdan kirib kelgan temir yo‘l poyezdi tarkibidagi yuk vagonlari belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.
Bojxona ko‘rigi davomida xizmat iti yordamida vagonning tag qismida bojxona nazoratidan yashirilgan, rangsiz polietilen idishga joylashtirilgan “marixuana” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.
Mazkur giyohvandlik vositasi maxsus tarozida o‘lchab ko‘rilganda, idishi bilan birga 113,9 gramm ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi boshligʻi shakar ishlab chiqaruvchi zavodda boʻldi
Viloyat iqtisodiyotining muhim boʻgʻinlaridan biri hisoblangan “Xorazm Shakar” MChJ 1998-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Oʻzbekistondagi yirik shakar ishlab chiqaruvchi zavodlardan biri hisoblanuvchi korxonaning asosiy faoliyati qand qamish xomashyosini qayta ishlash orqali donador shakar ishlab chiqarishdan iborat.
Bugungi kunda bu yerda 1000 nafardan ortiq fuqarolar ish bilan taʼminlangan. Braziliya va Rossiya davlatlaridan xom ashyo hamda koʻmir mahsulotlarini import qilib, sifatli shakar mahsulotlari ishlab chiqarmoqda va ichki bozorni taʼminlab kelmoqda.
Uchrashuv davomida korxona faoliyati batafsil oʻrganilibunga “Vakolatli iqtisodiy operator” maqomini olish tartib-taomillari tushuntirildi. Shuningdek, bojxona imtiyozlarini toʻlash tartibi, sohada yangi qabul qilingan tartib-qoidalar yuzasidan maʼlumotlar berildi.