Progressiv islohotlar markazi
1.09K subscribers
526 photos
191 videos
515 links
O‘zbekistonda barqaror taraqqiyot va samarali boshqaruvni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan mustaqil “aql markazi”

taplink.cc/cpr
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Amerika Texnologiya Universitetida Ta’lim: Siz bilishingiz kerak bo'lgan ma'lumotlar - tez kunda tomosha qiling!

🎙 CPR Talks’ning navbatdagi mehmoni — Toshkentdagi Amerika Texnologiya Universiteti asoschisi va rektori, professor, doktor Said Irandoust.

📌 Suhbatda universitetning O‘zbekistondagi zamonaviy va dinamik oliy ta’lim muassasasi sifatidagi o‘rni hamda yangi avlod ta’lim tizimini shakllantirishdagi roli muhokama qilinadi.

#TezKunda #CPRTalks #AUT

@cpr_uz

LinkedIn | Twitter | Instagram | Youtube
👏3👍2🕊2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
MEHR: UYGA QAYTISH (hujjatli film)

📌 “Mehr: Uyga qaytish” — O‘zbekiston tomonidan 2018–2021-yillarda amalga oshirilgan noyob “Mehr” insonparvarlik operatsiyalari asosida suratga olingan hujjatli film.

Filmda Yaqin Sharq va Afg‘onistondagi mojarolar hududlaridan 531 nafar ayol va bolalarning Vatanga qaytishi, umid va hayotni qayta boshlashga oid chuqur shaxsiy hikoyalar yoritiladi.

🔗 Filmni to‘liq tomosha qiling

@cpr_uz

LinkedIn | Twitter | Instagram | YouTube
👍7🕊3🔥1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎙 Amerika Texnologiya Universitetida ta’lim: Siz bilishingiz kerak bo‘lgan ma’lumotlar

CPR Talks’ning navbatdagi sonida mehmonimiz — Amerika Texnologiya Universiteti asoschisi va rektori, professor, doktor Said Irandoust.

📌 Suhbat davomida: universitetning O‘zbekistondagi o‘rni va missiyasi, zamonaviy va amaliy ta’lim modeli, talabalar uchun yaratilayotgan global imkoniyatlar, xalqaro hamkorlik va kelajak rejalari muhokama qilindi.

🎓 Amerika Texnologiya Universiteti O‘zbekistonda qanday yangilik olib kirmoqda?
Talabalar uchun qanday real imkoniyatlar mavjud?

👉 To‘liq suhbatni tomosha qiling

🔗 Intervyuni o‘zbek tilida to‘liq saytimizda o‘qing


#CPRTalks #AUT #GlobalImkoniyatlar

@cpr_uz

LinkedIn | Twitter | Instagram | Youtube
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oshxonada suvdan qanday tejamkor foydalanish mumkin? 💧

Oshxona — kundalik hayotimizda suv eng ko‘p sarflanadigan joylardan biridir. Idish yuvish, sabzavotlarni tozalash va ovqat tayyorlash jarayonida sezilmasdan ko‘p miqdorda suv isrof bo‘lishi mumkin.

📊 Oddiy odatlarni o‘zgartirish orqali suv sarfini sezilarli darajada kamaytirish mumkin.

💧Videoda kundalik hayotda suvni tejashga yordam beradigan foydali maslahatlar bilan bo‘lishamiz: idish yuvishda suvni tejash usullari, sabzavot va mevalarni to‘g‘ri yuvish yo‘llari va kundalik oshxona odatlarini ekologikroq qilish usullari

🌿 Suvni tejash kichik qadamlardan boshlanadi.

💙 Keling, oshxonadan boshlab suvni kelajak uchun birga asraylik.

@cpr_uz

LinkedIn | Twitter | Instagram | Youtube
👍4
🤝 2026-yil 16-fevral kuni Markaziy Osiyo Sun’iy Intellekt Assotsiatsiyasi va Progressiv Islohotlar Markazi Strategik Hamkorlik Memorandumini imzoladi.

📌Ushbu memorandum sun’iy intellekt, raqamli transformatsiya va davlat boshqaruvi sohalarida strategik sheriklikni yo‘lga qo‘yish uchun xizmat qiladi.

👉 Batafsil saytimizda o‘qing!

@cpr_uz

LinkedIn | Twitter | Instagram | Youtube
👍7🔥4👏1
🎙 “Xalqaro media bilan samarali muloqot: O‘zbekiston ovozini dunyoga yetkazish” nomli amaliy seminar o‘tkazildi

Bugun Toshkent shahrida Progressiv Islohotlar Markazida davlat tashkilotlari vakillari uchun xalqaro media bilan ishlash bo‘yicha seminar tashkil etildi.

Tadbir Tony Blair Institute for Global Change (TBI) ekspertlari ishtirokida o‘tdi. Shuningdek, Londonning The Times gazetasi Xalqaro yangiliklar muharriri David Rose xalqaro media vakili sifatida qatnashdi.

📌 Ishtirokchilar xalqaro OAV bilan ishlash, op-ed yozish, dolzarb mavzularni tanlash, intervyularga tayyorgarlik hamda media uchun samarali pitching usullarini o‘rgandilar.

Trening O‘zbekiston haqidagi ishonchli va professional axborotni xalqaro maydonda ilgari surish ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

👉 Batafsil saytimizda o‘qing!

@cpr_uz

LinkedIn | Twitter | Instagram | Youtube
👍4
Pokistonning "The Khyber mail" gazetasida Progressiv islohotlar markazi siyosiy tahlilchisi Islomxon Gafarov va markazning yosh tadqiqotchisi G‘iyosbek Uskanboyev hammuallifligida "O‘zbekiston va Pokiston: ikki mintaqa, yagona korridor" nomli maqolasi e'lon qilindi.

👉 Batafsil saytimizda o‘qing.

@cpr_uz

LinkedIn | Twitter | Instagram | Youtube
👍5
📢Диққат эълон!

Олий Мажлис ҳузуридаги Фуқаролик жамияти институтларини қўллаб-қувватлаш жамоат фонди томонидан 2026 йилда ўтказиладиган давлат гранти танловлари йўналишларини шакллантириш мақсадида очиқ жамоатчилик муҳокамаси эълон қилинади.

👉Давлат гранти танловлари йўналишлари

❗️Муҳокамаларда фаол иштирок этиб, мавжуд муаммолар ечимига ҳисса қўшинг!

Таклифларни 2026 йилнинг 12 мартига қадар тақдим этиш мумкин.

🇺🇿
Oʻzbek (lotin)

🔻 Ахборот каналларимизни кузатиб боринг

Веб-сайт | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
👍1
O‘zbekistonda Inflyatsiya Jarayonlari: 2016-2025-yillar tahlili

2016–2025-yillar tahlili shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonda inflyatsiya dastlab yuqori darajaga ko‘tarilgan bo‘lsa-da, keyingi yillarda bosqichma-bosqich pasayib, 2025-yilda so‘nggi o‘n yillikdagi eng past — 7,3 foiz darajaga tushdi.

📌Mazkur dinamika pul-kredit siyosati samaradorligi, inflyatsion targetlash elementlarining joriy etilishi hamda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan islohotlar natijasini aks ettiradi.

👉 Batafsil saytimizda o‘qing

@cpr_uz

LinkedIn | Twitter | Instagram | Youtube
👍3🔥1
Progressiv islohotlar markazi jamoasi yurtimizning barcha ayollarini, opa-singillarni 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan tabriklaydi!

Siz jamiyatimizning ilhom manbaisiz. Sizning bilim, matonat va fidoyiligingiz tufayli oilalar mustahkam, jamiyatimiz esa yanada kuchli bo‘lib bormoqda. Har biringiz o‘z iste’dodingiz va salohiyatingiz bilan yurtimiz taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shmoqdasiz.

Doimo yangi marralarni zabt etishdan to‘xtamang, o‘z oldingizga katta maqsadlar qo‘yib, ularga dadil intiling. Barchangizga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va cheksiz ilhom tilaymiz. Bayramingiz muborak bo‘lsin!

@cpr_uz

LinkedIn | Twitter | Instagram | Youtube
🔥2👏1🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚿 Hammomda suvdan qanday tejamkor foydalanish mumkin? 💧

Hammom — uyda suv eng ko‘p sarflanadigan joylardan biridir. Dush qabul qilish, tish yuvish yoki qo‘l yuvish jarayonida ko‘pincha sezilmagan holda ko‘p miqdorda suv ishlatiladi.

📊 Oddiy odatlarni o‘zgartirish orqali hammomda suv sarfini sezilarli darajada kamaytirish mumkin.

💧 Videoda hammomda suvni tejashga yordam beradigan foydali maslahatlar bilan bo‘lishamiz: dush vaqtini qisqartirish, tish yuvishda kranni yopib turish, suv oqishini oldini olish va kundalik gigiyena odatlarini yanada ekologikroq qilish usullari.

🌿 Suvni tejash kichik qadamlardan boshlanadi.

📌 Keling, suvni kelajak uchun birga asraylik.

@cpr_uz

LinkedIn | Twitter | Instagram | Youtube
👍3🔥2👏1🕊1
"The Diplomat" jurnalida Progressiv islohotlar markazi siyosiy tahlilchisi Islomxon Gafarov va markazning yosh tadqiqotchisi Saidakbar Shamsiev hammuallifligida "Nega Afg‘oniston dron sanoatini rivojlantirmoqchi?" nomli maqolasi e'lon qilindi.

👉 Batafsil saytimizda o‘qing.

@cpr_uz

LinkedIn | Twitter | Instagram | Youtube
👍6🔥5👏3