Progressiv islohotlar markazi
1.02K subscribers
633 photos
207 videos
583 links
O‘zbekistonda barqaror taraqqiyot va samarali boshqaruvni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan mustaqil “aql markazi”

taplink.cc/cpr
Download Telegram
Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohalarida hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Progressiv islohotlar markazi direktori Mirshohid Aslanov Yevropa Ittifoqining Qishloq xoʻjaligini qoʻllab-quvvatlash va soha bilimlarini oshirish dasturi rahbari Adrian Nil bilan uchrashdi.

Batafsil saytimizda o'qing

@cpr_uz

LinkedIn | Twitter | Instagram
🔥6👍5💯2
Progressiv islohotlar markazi direktori Mirshohid Aslanov AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) O‘zbekistondagi missiyasi direktori Devid Xofman bilan uchrashdi.

Batafsil saytimizda o'qing

@cpr_uz

LinkedIn | Twitter | Instagram
👍7❤‍🔥2🔥2
#Sana

Progressiv islohotlar markazi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni Konstitutsiya kuni bilan tabriklaydi!


Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada Oʻzbekiston demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat ekani qatʼiy belgilanib, inson, uning huquq va erkinliklari oliy qadriyat deb eʼlon qilindi.

Bosh Qomusning demokratik, bunyodkorlik salohiyati cheksizdir. Uning meʼyor va qadriyatlarini toʻliq hayotga tatbiq etish uchun davlat organlari, nodavlat tashkilotlar, akademik doiralar, biznes vakillari, keng jamoatchilik, har birimiz harakat qilishimiz kerak.

Bilim va tajribamizni, kuch-gʻayrat va imkoniyatlarimizni birlashtirib, ulkan maqsadlarga erishimiz mumkin!

@cpr_uz

LinkedIn | Twitter | Instagram
👍8❤‍🔥2⚡2👌2
⚡️“Kelajakni loyihalash: “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida rivojlanishning muhim istiqbollari” mavzusida xalqaro konferensiya davom etmoqda.

Konferensiya ekspertlar, siyosatchilar, tadqiqotchilar va amaliyotchilar oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, ularga “Oʻzbekiston–2030” strategiyasi doirasida rivojlanishning asosiy jihatlari boʻyicha bilim, gʻoyalar va innovatsion yondashuvlarni almashish uchun platforma yaratishga qaratilgan.

Ishtirokchilar — “aql markazlari”, universitetlar, nodavlat notijorat tashkilotlari, vazirlik va idoralar, biznes hamjamiyati, xalqaro tashkilotlar vakillari, mustaqil tadqiqotchi va ekspertlar.

👉Onlayn translyatsiya

👉Zoom orqali ulanish

@cpr_uz

LinkedIn | Twitter | Instagram
👍10❤‍🔥3🔥2
“Kelajakni loyihalash: “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida rivojlanishning muhim istiqbollari” mavzusida xalqaro konferensiya mamlakatdagi transformatsiya jarayonlari, mavjud muammolar, rivojlanishning istiqbolli yo‘nalishlarini texnologiya va geosiyosiy voqelikning global tendensiyalarini hisobga olgan holda ekspertlik muhokamasi uchun ochiq maydonga aylandi.

Tadbir uchta asosiy yo‘nalishni qamrab oldi. Bular iqtisodiy o‘sish va transformatsiya strategiyalari; inklyuziv va barqaror jamiyat qurish; energetika va iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va unga moslashish strategiyalaridir.

Taʼkidlangandek, O‘zbekistonda o‘zgarishlar markazida inson, uning huquq va qonuniy manfaatlari turibdi. Inson kapitaliga, bilim va innovatsiyalarga yo‘naltirilgan investitsiyalar, “yashil” iqtisodiyotga o‘tish iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri, uning raqobatbardoshligini oshirish va mamlakatni barqaror rivojlantirish sharti sifatida qaralmoqda.

Batafsil saytimizda o'qing

@cpr_uz

LinkedIn | Twitter | Instagram
👍8❤3🔥2
Markaziy Osiyo davlatlari jamoaviy mintaqaviy oʻziga xoslikni qanday ilgari surishi mumkin? - Modern Diplomacy

​Joriy global tendensiyalar va geosiyosatdagi oʻzgaruvchan dinamikani hisobga olgan holda, Markaziy Osiyo mamlakatlari ASEAN yoki Shimoliy Yevropa mamlakatlari kabi mintaqaviy bloklarga oʻxshash umumiy qadriyatlar va maqsadlar atrofida birlashish mintaqa vakillarining har biri uchun manfaatlidir.

Markaziy Osiyoning beshta davlati umumiy tarix, din, madaniyat va dunyoqarashga ega, shuningdek, hozirda oʻxshash ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy muammolarga duch kelmoqda. Ushbu umumiyliklarga asoslanib, ular umumiy mintaqaviy oʻzlik tuygʻusini kuchaytirishi mumkin.

Batafsil maqolada o'qing

@cpr_uz

LinkedIn | Twitter | Instagram
👍10🔥3💯2
Progressiv islohotlar markazi direktori Mirshohid Aslanov Qatar axborot agentligi jurnalisti Yusuf Axmad El Sayyidga intervyu berdi.

Yaqin kunlarda Toshkentda ilk bor korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha global mukofotning topshirish marosimi boʻlib oʻtadi. Ushbu mukofot 2015-yilda Qatar hukumati hamda BMT shafeligida Qatarda tashkil etilgan Qonun ustuvorligi va korrupsiyaga qarshi kurash markazi tomonidan taʼsis etilgan hamda Sankt-Peterburgda boʻlib oʻtgan Korrupsiyaga qarshi kurashish idoralari xalqaro assotsiatsiyasining VIII konferensiyasida Qatar davlati rahbari Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy tomonidan eʼlon qilingan.

Shu munosabat bilan, suhbat davomida asosiy eʼtibor Oʻzbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishida amalga oshirilgan ishlar, oldinda turgan vazifalar, ushbu yoʻnalishda ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlikka qaratildi. Shuningdek, M. Aslanov ushbu xalqaro mukofotni topshirish marosimining mamlakatimiz uchun ahamiyati, Oʻzbekiston va Qatarning mintaqa va dunyodagi tashabbuslari haqida toʻxtaldi.

Taʼkidlangandek, markaz tomonidan davlat xaridlarida korrupsiya omillarini oʻrganish va ularni bartaraf etish, jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, korrupsiyaga nisbatan toqatsizlik kayfiyatini shakllantirish boʻyicha tadqiqot va loyihalar amalga oshirish rejalashtirilgan.

@cpr_uz

LinkedIn | Twitter | Instagram
👍12👌4🔥3❤1