Yoʻldoshev | Kontentblog
4.35K subscribers
311 photos
22 videos
23 files
138 links
Oʻzbekcha. Hamma-hammasi

contact: @copirayter
Download Telegram
Fikrlar hammasini hal qiladi: qanday qilib boshqalarning fikri sotuvni oshiradi?

Men kurslarim sotuvida o‘quvchilarimning kurs haqidagi fikrlarida foydalanmayman. Garchi bu sotuvlarni 4 barobarga oshirishini bilsam ham
Xo'sh nega?


Bu mavzuuda kichikroq tadqiqot o'tkazdim va natijasini sizlar bilan bo'lishmoqchiman
Uzum, Yandex marketda savdo qiluvchilar uchun maxsus

96% iste’molchilar xariddan oldin izohlar va fikrlarni o‘qiydi (BrightLocal, 2025). Northwestern University tadqiqotlari shuni ko'rsatadiki, ijobiy fikrlar konversiyani 270% gacha oshiradi. Chunki oxirgi yillarda reklamalar juda ham ko'p va odamlarning 84% i reklamaga ishonmay qo‘ygan, ijobiy fikrlar esa narxdan ham muhimroq bo‘lgan 1-raqamli xarid omiliga aylangan (PowerReviews, 2023).
Xo‘sh, nega biz brendlardan ko‘ra notanish insonlarga ko‘proq ishonamiz?

Beshta ijobiy fikr = sotuvning deyarli 4 barobar o‘sishi
Spiegel Research Center o'z tadqiqotlarida 57 000 ta izoh va fikrlarni tahlil qilgan: 5 ta ijobiy izohga ega mahsulot va xizmatlar 270% ko‘proq sotib olinadi. Qimmatbaho mahsulotlarda bu ta’sir yanada kuchliroq — +380%. Harvard Business School ma'lumotlariga tayansak, Yelp reytingida 1 yulduzga ko‘tarilishi restoranga 5–9% daromad o‘sishini olib keladi. Ammo bu yerda bir paradoks bor: ideal reyting sizga qarshi ishlaydi.

Besh yulduz xaridorlarni cho‘chitadi
Konversiyaning eng yuqori cho‘qqisi 5,0 emas, balki 4,2–4,7 yulduz oralig‘idir (Spiegel Research). Sababi: xaridorlarning 46% i faqat besh yulduzli baholarni ko‘rganda, bunda qandaydir manipulatsiya bor, deb shubha qiladi. Z avlodi orasida bu ko‘rsatkich 53% ni tashkil etadi. Agar mukammallik bo‘lmasa, unda ishonchni nima hosil qiladi?

Salbiy fikrlar, g‘alati tuyulsa-da, savdoni oshiradi
Xaridorlar salbiy izohlari bor saytlarda 5 barobar ko‘proq vaqt o‘tkazadi, bu esa konversiyani 85% ga oshiradi (Revoo). 82% xaridor xolislik ko‘rsatkichi sifatida aynan salbiy fikrlarni qidiradi. 68% i esa yaxshi va yomon fikrlar, izohlar aralashgan reytinglarga ko‘proq ishonadi. Bundan ham muhimi, biznesning tanqidga qanday munosabat bildirishidir.

Izohga javob berish = +12% yangi izohlar va reytingning o‘sishi
Harvard Business Review isbotlashicha, mehmonxonalar taqrizlarga javob bera boshlagach, ular 12% ko‘proq yangi izohlar olgan va reytinglari 0,12 yulduzga ko‘tarilgan. BrightLocal (2024) ma’lumotiga ko‘ra, iste’molchilarning 88% i barcha izohlarga javob beradigan biznesni tanlaydi, javobsiz qoldiradigan bizneslarni esa atigi 47% holatda tanlaydi. Izohlarning 25% dan ko‘prog‘iga javob beradigan kompaniyalar 35% ko‘proq daromad qiladi. Lekin nima uchun biz umuman notanish odamlarga ishonamiz?


Neyrofan: miya taqrizlarni tirik qolish signali sifatida qayta ishlaydi
UCL tadqiqoti (fMRI skanerlash) shuni ko‘rsatdiki, miya izohlarni Bayes tamoyili asosida umumlashtiradi, ya’ni ishonchlilik ko‘rsatkichi sifatida reytingni ham, ularning sonini ham hisobga oladi. Robert Cialdini buni “ijtimoiy isbot” deb atagan: noaniqlik sharoitida odamlar boshqalarning xatti-harakatlaridan andoza oladi.
Odamlarning 95 foizi taqlidchilardir; odamlarni har qanday dalildan ko‘ra boshqalarning xatti-harakatlari kuchliroq ishontiradi



Xulosa: Ideal strategiya 5,0 reyting emas, balki salbiy fikrlarga ham ega bo‘lgan va ularga faol javob beriladigan 4,2–4,7 ballik haqqoniy reytingdir. Aynan dastlabki 5 ta izoh maksimal o‘sishni ta’minlaydi — bu eng katta ta’sir kuchiga ega bo‘lgan nuqtadir.

*bu Ramazon oyida yoziladigan 25 ta ilmiy maqolaning birinchisi

@copirayt
🔥18💯5👍4
Rostini aytsam, gavjum joylar, shahar shovqinini yoqtirmayman

Shu sabab ish stolimga gullar qoʻyib olaman. Qishloqni, dalalar, bogʻimizni eslatib turishi uchun
*antistress sifatida ham yordam beradi
1🔥36👍7😁1
Mana, marketing kursini ham tugatib oldik

Endi yangi marralarga qarab yoʻlga chiqsak boʻladi
🔥29💯5😁2
Bobom aytgan edi:
Bu dunyoning ishi, tashvishi tugamaydi, tugata olmaysan.
Faqatgina ozroq vaqtga to'xtatib turish mumkin


Uxlayman)
🔥33😁23💯7👍3
Connectedga yaxshi tahliliy maqola yozib keldim

https://connected.uz/posts/69a55a9b0140681aef94c747
🔥9👍1
Tizim = sifat
Tizim = tezlik
Tizim = natija


Bugun trekerlarning ishga ta'sirini real keysda aytib bermoqchiman

Men Yandexda mahalliylashtirish (локализация) va UX bo'yicha konsultant bo'lib ishlayman. Men Toshkentda yashayman. Men bilan ishlaydigan loyiha menejeri (PM) Yekaterinburg shahrida yashaydi. Uning boshlig'i Belgrad shahrida. Ishlayotganimga yaqinda 1,5 yil bo'ladi.
Sizningcha biz hozirgacha necha marta meet (onlayn uchrashuv) qilganmiz?

Atigi 1 marta, u ham bo'lsa shunchaki tanishish uchun. Bo'ldi

Yaxdex yoki kattaroq kompniyalarda ishlasangiz, albatta tracker (vazifalarni kuzatib borish tizimi) bo'ladi. Masalan, Yandexda bu Яндекс Трекер. Hamma vazifalar shu tizimda beriladi va statuslar ko'rsatib boriladi. Bu kim nima ish qilayotgani, TZ qanchalik to'g'ri berilgani, qaysi loyihada qaysi jarayon ketayogani va ishning umumiy kartinasini ko'rishga yordam beradi.
*sariq undovchalarga e'tibor bermang, bu vazifa boshlangan kun. Men faqat yakunlangan kunni ko'rsataman

Agar tizim bo'lmasa, nima bo'ladi? Suvta'minot bilan Yo'lqurilish bir-birini "his qilmaydi" va kecha yotqizilgan asfaltni buzib, suv o'tkaziladi

Kompaniyalarda ham xuddi shunday. Aniq bir platforma bo'lmasa, buyruqlar, vazifalar bloknotlarda, og'izda qolib ketaveradi va ish yurmaydi. Yoki "it itga buyuradi, it quyrug'iga" kabi vazifalar undan bunga, bundan narigiga bo'lib ketaveradi

Bu nimaga olib keladi?
Majlislarga

Ish yurmayaptimi, majlis qilinadi. Vazifa bajarilmadi, majlis. Kimdir o'z vazifasini bilmaydi, majlis. Majlis, majlis, majlis, meet, meet, meet...

Shu sababli ishlar doim yozib borilishi kerak. Shundagina muammo aniq qayerda ekanini topish mumkin

Xulosa: aniq bir doska yoki treker (qandaydir tizim) ishlating. Shunda tushunmovchilik va chigalliklar kam bo'ladi

@copirayt
🔥14💯4👍2
Бир неча марта даволанишига ёрдам берганимиз Маъпура опамизга яна ёрдам зарур.

Шифокорлар текшируви натижасида унинг тизза соҳасида муаммо аниқланган ва жарроҳлик амалиёти қилиш зарурлиги айтилган.

Операция ва даволаниш харажатлари 15 миллион сўмни ташкил қилади.

Ҳар бирингизнинг хоҳ кичик, хоҳ катта қўшган ҳиссангиз унинг соғлигига, ҳаётига умид бағишлайди. Аллоҳ таоло қилган хайр-саховатларингизни катта ажр ва савоблар билан мукофотласин.

Карта рақами: 8600061077554755
5614 6816 2082 6382

Алоқа учун: +998955950605
👍7
Halol nasiya kreditdan qimmatmi?

Oxirgi paytlarda “halol nasiya kreditdan ham qimmatga tushyapti” degan fikrlarni juda ko‘p ko‘ryapmiz. 10 ga yaqin fintex kompaniyalarida ishlagan inson sifatida o‘z fikrlarimni yozib qoldirdim.

Toʻliq maqola: https://connected.uz/posts/69aed790754d29fa63d4606e
🔥6👍2
Yoʻldoshev | Kontentblog
Halol nasiya kreditdan qimmatmi? Oxirgi paytlarda “halol nasiya kreditdan ham qimmatga tushyapti” degan fikrlarni juda ko‘p ko‘ryapmiz. 10 ga yaqin fintex kompaniyalarida ishlagan inson sifatida o‘z fikrlarimni yozib qoldirdim. Toʻliq maqola: https://co…
Halol nasiya kreditdan qimmatmi?

Oxirgi paytlarda “halol nasiya kreditdan ham qimmatga tushyapti” degan fikrlarni juda ko‘p ko‘ryapmiz. 10 ga yaqin fintex kompaniyalarida ishlagan inson sifatida o‘z fikrimni bildirmoqchiman.

Masalan, 10 mln so‘mlik nasiya va kreditni solishtirib ko‘ramiz.

1. Kredit
Iste’mol kreditlari o‘rtacha 30% dan 50% gacha bo‘ladi. Foizi kamroq (masalan, 30%) kredit olmoqchi bo‘lsangiz, odatda kafil yoki garov qo‘yishga to‘g‘ri keladi. Kafil va garovsiz kreditlar esa 42–50% atrofida.

10 mln so‘mni o‘rtacha 45% bilan 1 yilga olsak, natijada 10 mln so‘mni 12,82 mln so‘m qilib to‘laymiz.
Bunda ustama 28,2% ni tashkil qiladi.

(Ha, kredit 45% bo‘lsa ham, asosiy qarzni bosqichma-bosqich to‘lab borganingiz sababli real ustama 28,2% ga tushadi)

2. Halol nasiya
Bu formatda olingan tovar ustiga ustama qo‘yiladi. O‘rtacha 40–41%.

Masalan, 10 mln so‘mlik tovar sizga 14,1 mln so‘mga tushadi va siz kreditga qaraganda 1 180 000 so‘m ko‘proq to‘laysiz (11,8% ko‘proq).

Ko‘rinib turibdiki, halol nasiya qimmatroq bo‘lyapti. Ammo…

Muhim farq
Halol nasiyada penya tizimi yo‘q. Agar siz to‘lovni kechiktirsangiz, sizga qo‘shimcha jarimalar va to‘lovlar hisoblanmaydi.

Kreditda esa to‘lovni kechiktirgan har bir kun uchun qo‘shimcha foiz va jarimalar bor. Shu sabab yuqoridagi 28,2% yana ham oshib ketishi mumkin.

Halol nasiyada esa boshlang‘ich kelishuvdan tashqari boshqa summa to‘lanmaydi.

Xo‘sh, nega halol nasiyada 40% ustama mavjud?

1. Inflyatsiya – 10–13%
Pulning qadrsizlanishi hisobga olinadi.
40% − 13% = 27%

2. Biznes xarajatlari
Ijara, xodimlar, yetkazib berish, ombor va boshqa xarajatlar: 15–20%.
Minimal hisoblasak:
27% − 15% = 12%

3. Biznes foydasi – 10%
Biznes zarar bilan ishlamasligi kerak.
12% − 10% = 2%

Mana, 2% qoladi. Bu esa risklar uchun.

Yuqorida aytganimizdek, halol nasiyada jarima va penyalar yo‘q. Kimdir umuman pul to‘lamasligi ham mumkin. Shu kabi risklarni yopish uchun zaxira (rezerv) shakllantirish kerak.

Yana bir muhim narsa
Hozirda bozorda “halol nasiya” deb ataladigan, lekin aslida boshqacha ishlaydigan tizimlar ham bor.

Sotuvchi sizga tovarni bo‘lib to‘lashga berdim deydi, lekin aslida sizning nomingizga kredit rasmiylashtiradi. Siz shartnomadan buni sezmasligingiz mumkin, ammo nomingizga mikromoliya tashkilotidan kredit olinadi.

Agar to‘lovni kechiktirsangiz va sizga penya hisoblanayotgan bo‘lsa, demak bu halol nasiya emas. Bu holatda risk sotuvchida emas, mikromoliya tashkilotida bo‘ladi.

Xulosa
Endi boshidagi savolga qaytamiz:
halol nasiya kreditdan qimmatroqmi?

Ba’zi holatlarda — ha, qimmatroq bo‘lishi mumkin.

Nega?
Chunki halollik dinga bog‘liq masala. Agar siz 12% ko‘proq foyda qilish uchun shubhali yo‘lni tanlasangiz, bu oxiratda ancha katta zarar bo‘lishi mumkin.

Adolat shundaki: halol degani har doim arzon degani emas.

Oddiy misol bilan aytganda, xarom o‘lgan mol go‘shtidan ko‘ra halol so‘yilgan mol go‘shti doim qimmatroq bo‘lgan.

@copirayt
🔥22👍2👎1💯1
1 haftacha oldin qayerdadir oʻqidim:
AI modellar erasi tugab, AI agentlar erasi boshlanyapti

Kecha esa ishxonada 2 ta AI agent oʻrnatishni boshladik
🔥10👍1💯1
Yana darslar yozyapmiz

*bepul darslar
🔥39👍6😁3
AI = qurol

Hozir ishni, kunni, umuman olganda hayotni AI'siz tasavvur qilish qiyin. Dizaynda AI, montajda AI, kreativda AI...
*AI — sun'iy intellekt

Kopiraytingda ham AI'ning ulushi yaxshigina. O'zim 3 yildan beri 3-4 ta AI modellardan foydalanib kelaman. Bu menga tezlik, sifat va resurslarni tejash imkonini beradi.

Ko'pchilik AI kopiraytingni ishini olib qo'yadi, deb o'ylaydi. Aslida AI emas, AI ishlatadigan kopirayterlar raqobatda yutib chiqadi.

Shu tufayli, "Kopitayterlar uchun AI" nomli mini kurs ochyapman
Kurs 1 oy = 8 ta darsdan iborat bo'ladi. Dastur ichida eng yaxshi AI modellar, ularga sifatli prompt yozish (prompt injiniring), promptlar kutubxonasi, prompt chaining va eng muhim blok "AI natijalarini tahrir qilish" bloki ham bo'ladi

Kurs 6-apreldan boshlanadi.
Narxi: 100$

Menda avval o'qiganlar uchun: 80$
*Ramazon oyida joy band qilsangiz, 70$ (hamma uchun)
Faqatgina tajribali kopirayterlar olinadi. Chunki kurs aynan kopiraytingda AI'ni qo'llash bo'yicha

Ro'yxatdan o'tish: @copirayter

@copirayt
🔥11👍6💯4
Yoʻldoshev | Kontentblog
AI = qurol Hozir ishni, kunni, umuman olganda hayotni AI'siz tasavvur qilish qiyin. Dizaynda AI, montajda AI, kreativda AI... *AI — sun'iy intellekt Kopiraytingda ham AI'ning ulushi yaxshigina. O'zim 3 yildan beri 3-4 ta AI modellardan foydalanib kelaman.…
Natijaning 80 foizi promtga bog‘liq

Sun’iy intellekt modeliga yoki mavzuga emas. Aynan so‘rovni QANDAY shakllantirganingizga bog‘liq.

Buni bilarmidingiz? Amalda qo‘llaysizmi?

“Kopirayterlar uchun sun’iy intellekt” mini-kursi
8 ta dars · 1 oy · 6-apreldan boshlanadi

Dasturda:
→ Sun’iy intellekt modellari — har birining kuchli tomonlari
→ Promt-injiniring — ideal so‘rov formulasi
→ Prompt chaining — murakkab vazifalar uchun promtlar zanjiri
→ Promtlar kutubxonasi — shaxsiy arsenalingiz
→ Tahrirlash — SI variantini o‘z matningizga qanday aylantirish mumkin

Kursdan so‘ng: matnlaringiz tezroq, sifatliroq va kuchliroq bo‘ladi. Va birorta mijoz uni “qo‘lda yozilgan” matndan farqlay olmaydi.

Tajribali kopirayterlar, kontentmeykerlar uchun.

Kurs narxi: $100
Ramazon oyida barcha uchun — $70

Chegirma tugashiga oz qoldi

Chegirmadan foydalanib qoling
Ro'yxatdan o'tish uchun @copirayter'ga murojaat qiling
🔥11👍3
Ramazon Hayiti muborak boʻlsin!
🔥20👍4💯3
Qishloqda hech qachon tugamaydigan ishlardan biri: ariq qazish
😁39🔥15💯10
Men startapchi emasman, ammo...

Oxirgi 2-3 yil ichida davlat ko'magi, venture fondlar paydo bo'lishi, angel investorlar bozorga kirishi kabi omillar startaplar ko'payishigi kuchli zarba bo'ldi (turtki so'zi bu yerda ojiz)

Natija nima bo'ldi?
Hamma o'zining startapini ishlab chiqa boshladi. Senior dasturchilar, marketologlar, iqtisodchilar ham ishdan bo'shab, bor resursini startapga sarflay boshladi.

Kompaniyalar kadrlarni, kadrlar esa o'z resursini yo'qota boshladi. Dunyo bo'ylab 90-95% startaplar "o'lishini" hisobga olsak, bu umumiy bozorning orqaga ketishiga sabab bo'ladi

Nima qilish kerak?
Men bu yerda birgina yechim ko'ryapman: birlashish. 2 ta kichikroq startap birlashib, tezroq va kuchliroq bo'lishi mumkin.

Men hozirda tanish va ko'rib turgan loyihalarim: connected.uz va publink.uz

Chunki connected ham o'z jurnalini yaratishga harakat qilyapti. Publink esa ayni shu sohadagi platforma.

Siz qaysidir funksiya ustida oylab ishlayotganingizda kimdirda xuddi shu narsa tayyor turibdi. Shu sabab birlashish yaxshi yechim

Men startapchi emasman, ammo ko'rib turganim shu.

@copirayt
🔥14👍1
Kurslarni qachon sotib olmaslik kerak?

Hozir bozorda turli-tuman kurslar bor. O'zim ham kurs o'tgan odam sifatida, qachon kurs olish kerak va qachon olmaslik kerakligi haqida yozmoqchiman.

Hozir kurslar shunchalik ko'p va jozibadorki, go‘yoki o‘qimasangiz, hayotdan orqada qolib ketayotgandek tuyuladi.

Qachon kurs sotib olmaslik kerak?

1. Hech qachon oxirgi pulingizga kurs olmang
Agar kursni “bu hamma narsani o‘zgartirish uchun yagona imkoniyat” degan xayol bilan sotib olayotgan bo‘lsangiz, demak, siz allaqachon tavakkal qilyapsiz.

Kurs sehrli tayoqcha emas.
Bu faqat amaliyot, mashqlar bilan birga ishlaydigan vosita.

Qo‘lda pul qolmaganda, bosim paydo bo‘ladi:
xarajatni tezroq qoplash kerak → kutuvlar oshib ketadi → hafsala pir bo‘lishi tezlashadi.

To‘g‘ri mantiq esa quyidagicha:
avval poydevor qurasiz → keyin o‘qish orqali o‘zingizni kuchaytirasiz.
Aksincha emas.

2. Aniq maqsadingiz bo‘lmasa

Eng ko‘p uchraydigan xato: “har ehtimolga qarshi” yoki “bo‘laversin-chi” deb kurs sotib olish.

Sotib olishdan oldin o‘zingizga oddiy savol bering:
bu kurs aynan qaysi muammoyimni hal qiladi?

“Yaxshiroq bo‘laman” degan mavhum javob emas, aniq maqsad bo‘lishi kerak:
• reklama uchun matn yozishni o‘rganaman;
• targetni qanday yoqishni tushunib olaman;
• daromadimni X% ga oshira olaman.

Agar aniq javobingiz bo‘lmasa, demak, bu kurs sizga kerak emas.
90% ehtimol bilan uni hatto oxirigacha o‘qib tugatmaysiz.

3. Muallifni tekshirmagan bo‘lsangiz
Hozir deyarli hammaning “qadog‘i” chiroyli.
Lekin chiroyli qadoq — bu professionallik degani emas.

Masalaning ichiga chuqurroq kiring:
— muallifning o‘zi hozir shu sohada ishlayaptimi?
— “muvaffaqiyatli muvaffaqiyat” haqidagi ertaklar emas, real keyslari bormi?
— murakkab narsani oddiy tilda tushuntira oladimi?
— o‘quvchilarida natijalar bormi?

Agar kimdir faqat kurs sotish orqali pul ishlayotgan bo‘lsa, bu allaqachon o‘ylanib ko‘rish uchun jiddiy sabab.

4. Doim keyingi kursga yugurayotgan bo‘lsangiz
Juda keng tarqalgan holat:
sotib oldim → ko‘rdim → ilhomlandim → yana bittasini sotib oldim.

Bu rivojlanish illyuziyasini yaratadi, lekin hech qanday natija bermaydi.

To‘g‘ri ketma-ketlik quyidagicha:
kurs → amaliyotga tatbiq etish → natija → bo‘shliqni aniqlash → yangi kurs.

Agar avvalgi kursda olgan bilimlaringizni qo‘llamagan bo‘lsangiz, keyingisi yordam bermaydi.
Siz shunchaki “bilimlar ombori”ni to‘ldirasiz, daromadingizni emas.

5. Tizim emas, motivatsiya kutayotgan bo‘lsangiz
Kurs — motivatsiya manbai emas.
U shunchaki bilim va tartibli tizim beradi.

Agar siz undan “turtki”, ilhom yoki muhit kutib borayotgan bo‘lsangiz, bilingki, bularning ta’siri tezda tugaydi.
2–3 kundan keyin yana avvalgi holatingizga qaytasiz.

Faqat bir narsa ishlaydi:
intizom + amaliyot.

Xulosa:

Kurslar — bu kuchaytirgich.
Lekin ular hech qachon amaliy harakatning o‘rnini bosa olmaydi.

10 ta kursni o‘qib, bir joyda qolib ketish mumkin.
Bitta kursni o‘qib, shuning ortidan daromad qilish ham mumkin.

Farq olingan bilimlar sonida emas.
Farq — siz u bilimlar bilan nima qilganingizda.

Mana bu kursga esa qabul davom etmoqda
6-aprel kuni darslar boshlanadi, ulgurib qoling


@copirayt
😁14🔥5💯3
Aprel oyida hamma daromad va xarajatlarimni ushbu 4 ta ilovada yozib bormoqchiman

May oyi boshida shaxsiy tajribam bilan boʻlishaman

*karmon oʻzimizning, qalta qozoq qardoshlarning loyihasi
🔥25👍4