Kelinglar, sizlarga zo'r sxema haqida aytib beraman
Menga buni dadam ancha yillar avval, sodda va yosh paytimda tushuntirgan
Sizga pul kerak. Lekin hech ish qo'lingizdan kelmaydi.
Avval nima ish qilishingizni aniq o'ylab olasiz. Masalan, tabiblik yoki psixolog. Demak, ishning yarmi bitdi hisob.
Keyin qo'lingizdagi bor sarmoyani 5-10 ga bo'lasiz-da, agentlar izlashga tushasiz. Har bir mahalladan 1 kishi. Keyin ularga pul berasiz va siz haqingizda gap tarqatishini tayinlaysiz
Boshlandi: qaysidir agentning qo'shnisi gap orasida "Bo'ynim og'rib turibdi-da" deb qolsa, agent "Mana, falonchi, zo'r tabib. Bo'yningizga bir silasa, tuzalib ketadi" deydi. Kampaniya shu tariqa davom etavetadi. Keyin birorta "ko'r"ni ko'zini ochasiz, "nogiron"ni yuradigan qilib yuborasiz. Va butkul mashhurlik va ulkan mijozlar oqimiga ega bo'lasiz
*unutmang, ular haqiqiy ko'r yoki nogiron bo'lishi kerak emas
Xo'sh, nega odamlar bunga ishonadi?
Chunki odam doim yengilini izlaydi. Bitta silash — kasallik yo'q. Haftalab, oylab do'xtirga qatnash, analiz topshirish shart emas
Siz aslida firibgar bo'lsangiz, nega odamlar buni ochiq aytmaydi?
Buning bir nechta sabablari bor
1. Ichki qo'rquv
Siz tabibni do'stingizga maqtadingiz. Do'stingizni oldida yolg'onchi bo'lmaslik uchun ham "Menga foydasi bo'ldi" deb turaverasiz. Chunki siz o'zingizni "Ha, men yolg'onchi va axmoqman. Belim hali ham og'riyapti, seni esa ham aldagandim. O'zim sodda va "lox"man" deb pastga urmaysiz.
2. Ijtimoiy bosim
Tabibga keldingiz, siladi. Lekin bel haliyam og'riyapti, so'raydi: "Og'riq bormi?"
Atrofga qaraysiz, sizni boshqa viloyatdan olib kelgan akangiz, navbatda umid bilan qarab turgan o'nlab kishilar, baqrayib qarab turgan tabib...
Og'rimayapti, deb yuborasiz
Agar "Og'riyapti" desangiz, sizni jinniga chiqarishadi. Chunki navbatning ichida ham bemor niqobidagi agentlar bor. Ular olomonga "Bu odam yolg'onchi ekan-ku" deb yuborsa, tamom. Hech kim sizni eshitmaydi ham
3. Gormonal o'zgarish
Belingiz og'riydi, tabib haqida eshitdingiz va qiynalib bordingiz. Organizm va ruhiyat o'sha silashga muhtoj, umid katta. Tabib bir siladi, dofamin olindi. O'zingizni ozroq yaxshi his qilgandek bo'lasiz. Ammo kasallik yo'qolmaydi.
Balki keyinchalik doimiy mijozga aylanarsiz...
Yana bir omil: biz o'zbekmiz. Kimnidir yuziga qarab: sen qallobsan, firibgarsan, deya olmaymiz. Uyalamiz va insonlar ham bizga o'xshab aldanishiga qarab turamiz
Soxta tabiblar, biznes trener, ongosti psixologlari...
Hammasi bilib yoki bilmasdan shu sxemadan foydalanaveradi, odamlar esa aldanaveradi, aldanaveradi, aldanaveradi...
Qo'qonlik tabibga mendan "salom" deb qo'yinglar
Ogoh bo'ling odamlar, ogoh bo'ling...
@copirayt

6🔥21😁15👍7
Yoʻldoshev | Kontentblog
Kelinglar, sizlarga zo'r sxema haqida aytib beraman Menga buni dadam ancha yillar avval, sodda va yosh paytimda tushuntirgan Sizga pul kerak. Lekin hech ish qo'lingizdan kelmaydi. Avval nima ish qilishingizni aniq o'ylab olasiz. Masalan, tabiblik yoki psixolog.…
Yana biror narsa aytib beraymi?))
🔥17😁8👍1
Fikrlar hammasini hal qiladi: qanday qilib boshqalarning fikri sotuvni oshiradi?
Men kurslarim sotuvida o‘quvchilarimning kurs haqidagi fikrlarida foydalanmayman. Garchi bu sotuvlarni 4 barobarga oshirishini bilsam ham
Xo'sh nega?
Bu mavzuuda kichikroq tadqiqot o'tkazdim va natijasini sizlar bilan bo'lishmoqchiman
Uzum, Yandex marketda savdo qiluvchilar uchun maxsus
96% iste’molchilar xariddan oldin izohlar va fikrlarni o‘qiydi (BrightLocal, 2025). Northwestern University tadqiqotlari shuni ko'rsatadiki, ijobiy fikrlar konversiyani 270% gacha oshiradi. Chunki oxirgi yillarda reklamalar juda ham ko'p va odamlarning 84% i reklamaga ishonmay qo‘ygan, ijobiy fikrlar esa narxdan ham muhimroq bo‘lgan 1-raqamli xarid omiliga aylangan (PowerReviews, 2023).
Xo‘sh, nega biz brendlardan ko‘ra notanish insonlarga ko‘proq ishonamiz?
Beshta ijobiy fikr = sotuvning deyarli 4 barobar o‘sishi
Spiegel Research Center o'z tadqiqotlarida 57 000 ta izoh va fikrlarni tahlil qilgan: 5 ta ijobiy izohga ega mahsulot va xizmatlar 270% ko‘proq sotib olinadi. Qimmatbaho mahsulotlarda bu ta’sir yanada kuchliroq — +380%. Harvard Business School ma'lumotlariga tayansak, Yelp reytingida 1 yulduzga ko‘tarilishi restoranga 5–9% daromad o‘sishini olib keladi. Ammo bu yerda bir paradoks bor: ideal reyting sizga qarshi ishlaydi.
Besh yulduz xaridorlarni cho‘chitadi
Konversiyaning eng yuqori cho‘qqisi 5,0 emas, balki 4,2–4,7 yulduz oralig‘idir (Spiegel Research). Sababi: xaridorlarning 46% i faqat besh yulduzli baholarni ko‘rganda, bunda qandaydir manipulatsiya bor, deb shubha qiladi. Z avlodi orasida bu ko‘rsatkich 53% ni tashkil etadi. Agar mukammallik bo‘lmasa, unda ishonchni nima hosil qiladi?
Salbiy fikrlar, g‘alati tuyulsa-da, savdoni oshiradi
Xaridorlar salbiy izohlari bor saytlarda 5 barobar ko‘proq vaqt o‘tkazadi, bu esa konversiyani 85% ga oshiradi (Revoo). 82% xaridor xolislik ko‘rsatkichi sifatida aynan salbiy fikrlarni qidiradi. 68% i esa yaxshi va yomon fikrlar, izohlar aralashgan reytinglarga ko‘proq ishonadi. Bundan ham muhimi, biznesning tanqidga qanday munosabat bildirishidir.
Izohga javob berish = +12% yangi izohlar va reytingning o‘sishi
Harvard Business Review isbotlashicha, mehmonxonalar taqrizlarga javob bera boshlagach, ular 12% ko‘proq yangi izohlar olgan va reytinglari 0,12 yulduzga ko‘tarilgan. BrightLocal (2024) ma’lumotiga ko‘ra, iste’molchilarning 88% i barcha izohlarga javob beradigan biznesni tanlaydi, javobsiz qoldiradigan bizneslarni esa atigi 47% holatda tanlaydi. Izohlarning 25% dan ko‘prog‘iga javob beradigan kompaniyalar 35% ko‘proq daromad qiladi. Lekin nima uchun biz umuman notanish odamlarga ishonamiz?
Neyrofan: miya taqrizlarni tirik qolish signali sifatida qayta ishlaydi
UCL tadqiqoti (fMRI skanerlash) shuni ko‘rsatdiki, miya izohlarni Bayes tamoyili asosida umumlashtiradi, ya’ni ishonchlilik ko‘rsatkichi sifatida reytingni ham, ularning sonini ham hisobga oladi. Robert Cialdini buni “ijtimoiy isbot” deb atagan: noaniqlik sharoitida odamlar boshqalarning xatti-harakatlaridan andoza oladi.
Xulosa: Ideal strategiya 5,0 reyting emas, balki salbiy fikrlarga ham ega bo‘lgan va ularga faol javob beriladigan 4,2–4,7 ballik haqqoniy reytingdir. Aynan dastlabki 5 ta izoh maksimal o‘sishni ta’minlaydi — bu eng katta ta’sir kuchiga ega bo‘lgan nuqtadir.
*bu Ramazon oyida yoziladigan 25 ta ilmiy maqolaning birinchisi

Odamlarning 95 foizi taqlidchilardir; odamlarni har qanday dalildan ko‘ra boshqalarning xatti-harakatlari kuchliroq ishontiradi
Xulosa: Ideal strategiya 5,0 reyting emas, balki salbiy fikrlarga ham ega bo‘lgan va ularga faol javob beriladigan 4,2–4,7 ballik haqqoniy reytingdir. Aynan dastlabki 5 ta izoh maksimal o‘sishni ta’minlaydi — bu eng katta ta’sir kuchiga ega bo‘lgan nuqtadir.
*bu Ramazon oyida yoziladigan 25 ta ilmiy maqolaning birinchisi
@copirayt
🔥17💯5👍4
Bobom aytgan edi:
Uxlayman)
Bu dunyoning ishi, tashvishi tugamaydi, tugata olmaysan.
Faqatgina ozroq vaqtga to'xtatib turish mumkin
Uxlayman)
🔥33😁23💯7👍3
🔥9👍1
Tizim = sifat
Tizim = tezlik
Tizim = natija
Bugun trekerlarning ishga ta'sirini real keysda aytib bermoqchiman
Men Yandexda mahalliylashtirish (локализация) va UX bo'yicha konsultant bo'lib ishlayman. Men Toshkentda yashayman. Men bilan ishlaydigan loyiha menejeri (PM) Yekaterinburg shahrida yashaydi. Uning boshlig'i Belgrad shahrida. Ishlayotganimga yaqinda 1,5 yil bo'ladi.
Sizningcha biz hozirgacha necha marta meet (onlayn uchrashuv) qilganmiz?
Atigi 1 marta, u ham bo'lsa shunchaki tanishish uchun. Bo'ldi
Yaxdex yoki kattaroq kompniyalarda ishlasangiz, albatta tracker (vazifalarni kuzatib borish tizimi) bo'ladi. Masalan, Yandexda bu Яндекс Трекер. Hamma vazifalar shu tizimda beriladi va statuslar ko'rsatib boriladi. Bu kim nima ish qilayotgani, TZ qanchalik to'g'ri berilgani, qaysi loyihada qaysi jarayon ketayogani va ishning umumiy kartinasini ko'rishga yordam beradi.
*sariq undovchalarga e'tibor bermang, bu vazifa boshlangan kun. Men faqat yakunlangan kunni ko'rsataman
Agar tizim bo'lmasa, nima bo'ladi? Suvta'minot bilan Yo'lqurilish bir-birini "his qilmaydi" va kecha yotqizilgan asfaltni buzib, suv o'tkaziladi
Kompaniyalarda ham xuddi shunday. Aniq bir platforma bo'lmasa, buyruqlar, vazifalar bloknotlarda, og'izda qolib ketaveradi va ish yurmaydi. Yoki "it itga buyuradi, it quyrug'iga" kabi vazifalar undan bunga, bundan narigiga bo'lib ketaveradi
Bu nimaga olib keladi?
Majlislarga
Ish yurmayaptimi, majlis qilinadi. Vazifa bajarilmadi, majlis. Kimdir o'z vazifasini bilmaydi, majlis. Majlis, majlis, majlis, meet, meet, meet...
Shu sababli ishlar doim yozib borilishi kerak. Shundagina muammo aniq qayerda ekanini topish mumkin
Xulosa: aniq bir doska yoki treker (qandaydir tizim) ishlating. Shunda tushunmovchilik va chigalliklar kam bo'ladi

🔥12💯4👍2
Forwarded from Muhammad Ali | Rasmiy Blog
Бир неча марта даволанишига ёрдам берганимиз Маъпура опамизга яна ёрдам зарур.
Шифокорлар текшируви натижасида унинг тизза соҳасида муаммо аниқланган ва жарроҳлик амалиёти қилиш зарурлиги айтилган.
Операция ва даволаниш харажатлари 15 миллион сўмни ташкил қилади.
Ҳар бирингизнинг хоҳ кичик, хоҳ катта қўшган ҳиссангиз унинг соғлигига, ҳаётига умид бағишлайди. Аллоҳ таоло қилган хайр-саховатларингизни катта ажр ва савоблар билан мукофотласин.
Карта рақами: 8600061077554755
5614 6816 2082 6382
Алоқа учун: +998955950605

👍5