Yoʻldoshev | Kontentblog
4.68K subscribers
291 photos
19 videos
22 files
127 links
Oʻzbekcha. Hamma-hammasi

contact: @nurbek_workacc
Download Telegram
Kontent.pdf
920.4 KB
https://t.me/+BsgOx4749kM1YjRi

Ro'yxatdan o'tish uchun: @nurbek_workacc ga murojaat qilasizlar
👍5🔥2👎1
Har ishni o'z mutaxassisi qilgani yaxshi

Masalan, men dizaynerlik yoki videomontajyorlik qila olmayman. Buni YouTube kanalimdagi videoning sifatidan ham bilsangiz bo'ladi

Progrev degan soha bor: sotuvlarni oshirishga yordam beradi. Ya'ni progrev bilan sotuvlar "uchadi". Yaxshi progrevchilardan esa Shahlo Nizomovani taniyman.
18-yanvarda kanalida "Nega sotuv kam?” mavzusida jonli efir qilmoqchi ekan. Jonli efirda sotuv, unga ta'sir qiladigan omillar, blog orqali samarali sotuv haqida foydali ma'lumotlar beriladi

O'zim ham qiziqib turibman
Yana qiziqqanlar bo'lsa, shu link orqali kanalga o'tib olamiz: https://t.me/+9GExLUrm4dcyYmIy
🔥9👍5💯4
Linkedin

Har daqiqa 6 kishi uchbu platforma orqali ish taklifini oladi. Dunyo bo'ylab hozirgacha 122 mlndan ortiq insonlar ish topishgan

O'zbek tilida esa Linkedinni to'g'ri to'ldirish bo'yicha ma'lumotlar juda kam. YouTube kanalimga "Linkedin sirlari" nomli video joyladim

Hoziroq videoni ko'ring, profilingizni to'g'ri sozlang
Va albatta YouTube kanalimga obuna bo'lib qo'ying:
https://youtu.be/yBxIa6-Tpig?si=a75BI1DECb8COUCD
1🔥30👍2


Yuqoridagi belgi, AI eng ko'p ishlatadigan belgilardan biri

Agar matnda tireni ko'rsangiz, demak...

Demak, tireni ishlata oladigan insonlar ham bor. Siz ishlatishni bilmasangiz va faqat AI tire ishlatadi, deb o'ylasangiz, xato qilasiz

Biz bormiz va orangizdamiz...
🔥20😁20💯11
Yoʻldoshev | Kontentblog
Linkedin Har daqiqa 6 kishi uchbu platforma orqali ish taklifini oladi. Dunyo bo'ylab hozirgacha 122 mlndan ortiq insonlar ish topishgan O'zbek tilida esa Linkedinni to'g'ri to'ldirish bo'yicha ma'lumotlar juda kam. YouTube kanalimga "Linkedin sirlari" nomli…
Linkedin sahifasini toʻldirib berish

Koʻpchilik linkedin sahifasini toʻldirishga qiynaladi. Men esa yordam bermoqchiman.

3 kishiga linkedin sahifasini toʻldirishda toʻliq yordam beraman

Shartlar:
1. YouTube'ga oʻtib, “Oddiy” kanaliga obuna boʻlasiz: https://youtube.com/@barchasioddiy?si=sa-Crodo060UmbLg

2. Linkedin sirlari videosini toʻliq koʻrib, video ostida izoh qoldirasiz.

3. Har bir izoh egasiga raqam beriladi va 21-yanvar 21:00 da random orqali 3 kishi tanlanadi

Professional sahifaga ega boʻlishni istasangiz, shoshiling!

@copirayt
🔥20😁4
Hadya olish eng sevimli ishim)

O'quvchilarimdan bo'lsa, 2x xursand bo'laman
😁21🔥8👍4
Natija…

Nega 5 yildan beri kopiraytingdaman va hech narsaga erishmaganman?

Koʻpchilik oʻz muvaffaqiyatini kontent qilib, qolganlarga motivatsiya bermoqchi boʻladi. Ha, insonlar “Mana, falonchi erishdi, men ham bemalol erishaman” deb harakat qilishi mumkin. Ammo…

Ammo “Hamma muvaffaqiyatli, men omadsizman” degan stressni ham berishi mumkin…

Shu sababli turtki bermoqchi boʻlib, dard berish toʻgʻri emas

Men erishmadimmi? Erishdim, ryukzagimdagi narsalarni sotsa, $2,5-3k boʻladi. 2 xonali uyim bor, yana koʻp narsalar

Erishdim, hammasi Allohni fazli, karami bilan. Men hech narsa qilmadim, chizilgan yoʻldan yurib berdim xolos

@copirayt
5👍36🔥23💯10😁3
Yoʻldoshev | Kontentblog pinned «Kecha nima uchun yana bir yil jonli kurs o‘tkazmasligimni aytgan edim 2022-yilda kurslarni olib borishni boshlaganimda 1 yillik tajribam bor edi. Hozir esa 5 yil. Shu vaqt ichida Yandex, payme, PAYNET, Visa, OLX, Kärcher va yana o‘nlab kompaniyalar bilan…»
Kelinglar, bir ish qilamiz

Kopirayting, kontent boʻyicha 100 ta savol yigʻamiz. Keyin men hamma savollarga javob beraman. Shu tariqa foydali kontent qilamiz

Izohlarda savollarni yozib qoldiring.

Raqamlash esdan chiqmasin
M: 1. Kontent nima?
🔥15👍2
Bugun YouTube kanalim uchun video olamiz
Mavzu: fishing

Kanalga obuna boʻlib qoʻyinglar
👍12🔥7
1 ta dars = 0,8$

Yopiq pulli kanalga qo'shilish narxi 70$ edi

Kanalda har hafta 1 ta videodars (faqatgina kopirayting emas, balki SMM, kontent, marketing mavzularida) berib boriladi, 1 yil davomida (kamida 50 ta dars)

Undan tashqari foydali ma'lumotlar, shablonlar, AI'lar uchun TOP darajadagi promtlar namunalarini ham olasiz

Bugun esa ajoyib chegirma e'lon qilamiz
Faqatgina 20 kishi kanalga atigi 35$ evaziga qo'shilishi mumkin

Qanday qilib?
2 ta qadam

1. Kanalga obuna uchun so'rov yuborasiz: https://t.me/+Ej0iJ82yOE1mZWVi

2. @nurbek_workacc'ga "chegirma" so'zini yuborasiz

Shoshiling, faqat ilk 20 kishi

@copirayt
👍5
Faqat yopiq kanalni reklamasi boʻlib qoldi-ku buyogʻi)
Foydali post ham yozgim keldi


Tilmoch.ai yoki inson

Koʻpchilik, jumladan oʻzim ham tilmoch.ai xizmatida koʻp foydalanaman. Lekin u qanchalik toʻgʻri ishlaydi?
Hozir shu haqida gaplashamiz


Oxirgi paytda AI bizga ancha yordam beryapti. Katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash, tahlil qilish kabi ishlarda uning yordami juda koʻp tegmoqda. Tarjima sohasida ham koʻpchilik ChatGPT, Claude, Gemini kabi AI’lardan foydalanyapti

Tilmochdan ham oyiga 250 000 ga yaqin inson foydalanadi. AI uchun Muhammadsaid va uning jamoasiga katta rahmat

Lekin hech qanday AI tilga 1:1 tarjima qila olmaydi. Chunki barcha tillarda faqat nativ foydalanuvchi tushunadigan nozik jihatlar, kosa tagida nimkosalar bor.

Shaxsiy tajribamda 50-100 sahifali fayllarni sekin Tilmoch.ai bilan tarjima qilib qoʻyaman. Lekin…

Lekin natijani albatta tahrirlab chiqaman. Nega?

Agar AI bilan koʻp ishlayversangiz, jonli tildan koʻra AI tiliga moslashib boraverasiz. Soʻzlar joylashuvi, ketma-ketligida ham sun'iylik ortib boradi. Oxir-oqibatda AI qolipida yozadigan boʻlib qolasiz (tajribamdan oʻtgan va koʻpchilikda buni koʻraman).

Nima qilish kerak?
Koʻproq suhbat va badiiy adabiyotlar oʻqish sizga yordam beradi. Ayniqsa Oʻtkir Hoshimov, Togʻay Murod, Tohir Malik asarlari, Ozod Sharafiddinov qaydlari tilni jonli qolipda saqlab turishingizga yordam beradi

Shunda tilning jozibasini toʻliq boʻlmasa ham, haminqadar ishlata olasiz

@copirayt
1🔥26👍5💯2
2 ta yaxshi yangilik bor

1. Yopiq kanalga vakansiyalar ham joylab boraman
2. Kopirayting bo'yicha 2-kitobning ham 70-80% qismi bitdi. Birinchi kitobdan farqi: mavzulashtirilgan, to'liq yorilitgan kitob
🔥10
Marketing ko'rsatkichlari.pdf
365.3 KB
LTV, CAC, ROI, ROAS, MAU...

Hamma gapiradi. Hamma ma'qullaydi. Hech kim tushunmaydi.
Mayli, hamma emas)


Lekin men 5 yillik tajribaga ega bo‘lgan, ROMI va ROASni farqlay olmaydigan marketologlarni ko‘rganman.

20 dan ortiq ko‘rsatkichlar bo‘yicha qo‘llanma tayyorladim.
Formulalarsiz. Murakkab tushunchalarsiz. Har biri oddiy misollar orqali tushuntirilgan.


Qo‘llanmada quyidagilar bor:
• ROI, ROMI, ROAS - ular orasidagi farq
• CAC, CPA, CPL, CPC, CPM - mijozlarni jalb qilishning barcha bosqichlari
• LTV, ARPU, AOV - mijozning qiymati
• CR, CTR, Bounce Rate - konversiyalar va foydalanuvchi xatti-harakatlari
• Retention, Churn, NPS - mijozlarni saqlab qolish va yo‘qotish

Yuklab oling, amaliyotchilarga yuboring.

Marketing — sehr emas. Bu oddiy so‘zlar bilan tushuntirish mumkin bo‘lgan matematika.


@copirayt
🔥23👍2💯1
Marketing ≠ yolg'on

Hozir bir reklama ko'rib qoldim. Bir bloger "Shunaqa mashina olish uchun nima qilish kerak. Albatta, xyzxyz sohani o'rganish kerak. ..." deyapti. Men o'sha blogerni taniyman. Mashinani qaysi pulga olganini ham bilaman

Nimanidir reklama qilayotganingizda yolg'on illuziya yasamaslik kerak. Masalan, siz blogersiz va instagramdagi reklamalaringiz orqali uy oldingiz. Ertaga bitta buxgalteriya maktabini reklama qilayotganda "Mana, buxgalteriya orqali 1 yilda shunaqa uy oldim" degan konseptni bermaslik kerak. Chunki asliyat bunaqa emas.

Bu juda nozik mavzu. Ertaga sizga ishonib, 100 kishi buxgalteriya kursiga borishi, lekin bir yil tugul o'n yilda ham uy ololmasligi mumkin. Bloger o'zini "O'zi harakat qilmagan, mana odamlar olyapti-ku" deb oqlashi mumkin. Lekin reklamada "Mana, buxgalteriya orqali 1 yilda shunaqa uy oldim" deb motivni u bergan

O'zi blogerlar qiladigan reklamalarni tartibga solish kerak. "100% javob, kafolat, men qildim" deyaptimi, oqibatiga ham javobgar bo'lishi kerak. Shunda pulini to'lasa, ***ni ham reklama qilavermaydigan bo'ladi

@copirayt
1🔥25💯16😁7👍1
O'tgan hafta Prezidentimiz kiberxafvsizlik sohasida ishlar juda sust ekanligini tanqid qilgan edi. Bugun esa bu gap. Taxminan 15 mln kishining shaxsiy ma’lumotlari darknetga tarqalib ketibdi

O'zbekistonda pasport olganlar 20-25 mln desak, 15 mln aholi juda katta son
💯11👎2
Tez kunlarda kopirayting bo'yicha o'zbek tilida kitob chiqadi
Muallif: o'zim

Eski kitobdan farqi: mavzularga bo'lingan. UX, AI bo'yicha mavzular qo'shilgan. Batafsil yozilgan

Batafsil ma'lumotlar, yangiliklar va narx haqida @kopirayting kanalida tanishasiz
2🔥19👍4
Marketing, kopirayting, psixologiyani tushunganing sari odamlarni ayashni boshlaysan...

*kitob narxi 10$ atrofida bo'ladi)
🔥36👍9💯6😁4
Yoʻldoshev | Kontentblog
Bugun YouTube kanalim uchun video olamiz Mavzu: fishing Kanalga obuna boʻlib qoʻyinglar
Mac'im qotib ishlay boshladi
Ha, mac ham qotar ekan))

Keyin "Fayllarni o'chirsam, yegillashib qolar" deb o'ylab, 50GB atrofida fayllarni o'chirdim.

Keyin qarasam, fishing haqida 2 ta FX3ga olingan video ham o'chib ketibdi. 70-80% montaji ham tayyor edi.

Shunaqa gaplar, endi qayta olamiz shekilli
🔥9😁4👎1💯1
Siz bilan Nurbek akani kurslaridaf o’qigan o’quvchilarga xech qanday gap so’z bo’lishi mumkin emas. Chunki sizlardan o’z qadriyatiga ega o’quvchilar chiqadi)


Doniyorbekka yozishibdi
🔥15💯2👍1