Forwarded from Link Data
Link Data jamoasi O'zbekiston havo sifati indeksi (AQI) interfaol veb-ilovasini ishga tushirdi.
🌳Ushbu platforma O‘zbekiston uchun tumanlar miqyosida so'nggi 5 yillikda oylar va yillar kesimida havo sifati indeksini aks ettiradi.
☁️Ma'lumotlar to'plashda Google Earth Engine platformasi, Copernicus atmosfera kuzatuv markazi (CAMS) va Yevropa o'rta muddatli ob-havo prognozlari markazining manbalaridan foydalanildi, hamda AQSh Atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi (EPA)ning havo sifati indeksini (AQI) baholash metodologiyalari yordamida tayyorlandi.
🌏Ushbu veb-ilova 2019-yildan to hozirgi kungacha tumanlar miqyosida havo sifatini va unga ta'sir etuvchi asosiy omillarni oy va yillar kesimida kuzatish va kerakli xulosalarga kelish imkoniyatini beradi.
☀️Batafsil (pdf)
Website | Instagram | LinkedIn | Telegram | X | Facebook

👍2
Bugun konferensiyadan keyin Yusufjon Gafforov aka bilan uchrashdik. Avval o'tirib bafurja gaplasholmagan edik. Pekinda shu imkoniyat bo'ldi. Olimpiya stadioni atrofidagi maydonni aylanib, mikrobiologiya, gen injeneriyasi, hozirgi loyihalarimiz va kelajakda hamkorlik qilishimiz mumkin bo'lgan loyihalar haqida 4 soatdan oshiqroq suhbatlashdik. Soat 12.50 munozaralarimiz hotel lobbisida davom etayapti. Ajratgan vaqtingiz uchun katta Rahmat!
👍6👏1
🌟 ICOPS konferensiyasining asosiy yangiliklari 🌟
17-iyun kuni ICOPS konferensiyasi ochilishi bo’lib o’tdi! Hamkasbim, professor Zhitong Chen bilan uchrashib amalga oshirilayotgan loyihamiz tafsilotlari bilan fikr almashdik.
Ikkinchi kuni saratonni davolashda plazma qurilmalarining immunogenligi bo'yicha ishimizni taqdim etdim. Taqdimotga ko’plar qiziqdi, xususan Dr Dixang Liu (Jiaotong universiteti, Xitoy) va Dr. Seunghoon Li (Koreya material fanlari instituti) kelgusida hamkorlikni yo'lga qo'yishdan mamnun ekanliklarini bildirdilar. Hamkasbim Dr. Maqsudbekning reaktiv molekulyar dinamika orqali oligosaxaridlarning oksidlanishi haqidagi ma’ruzasi ham jozibali bo‘lib, sohamizdagi tadqiqotlarning chuqurligini ko‘rsatdi. PhD talabam Davronjonning elektroporatsiya haqidagi posterini ishonch bilan taqdim etayotgani men uchun faxr bo'ldi.
Ma'ruzamdan so'ng, ko'rgazma zalida Springer tomonidan Prof. Michael Keidar (Plazma saratoni terapiyasi) muharrirligi ostida nashr etilgan kitobni ko'rdim. Bu men uchun surpriz bo’ldi. Men, Maqsudbek va boshqa hamkasblarimiz tomonidan yozilgan ushbu kitobning bir bobiga o'z hissamizni qo'shganmiz.
Prof. Ruixie Vang (plazma tibbiyoti), Prof. Yuantao (plazma bilan faollashtirilgan suv) va Prof. Lu (plazma reaktorini ishlab chiqaruvchi) bilan uchrashib plazma biofanlari bo'yicha hamkorlik qilishga kelishib oldik.
ICOPS haqiqatan ham samarali bo’layapti. Konferensiya davom etadi.

👍6🔥1👌1💯1
Konferensiyani muvaffaqiyatli tamomlagandan so'ng Yusufjon Gafforov aka bilan bozorlarni aylandik. Kerakli harajatlarni qilib, sobiq hamkasbimiz Quan-Zhi Zhang taklifiga asosan birga kechki ovqat tanovul qildik. Suhbat rosa qizidi. Hammasi uchun Sizlarga katta Rahmat Akbarjon Ro'zimov, Yusufjon aka va Quan-Zhi. Vatanga qaytish vaqti keldi. Hamkorlarimiz bilan ishlarimiz rejadagiday natijalar bersa nasib yana Pekinga kelamiz albatta.