Computer_simulations_Uz
549 subscribers
644 photos
94 videos
96 files
487 links
Ushbu kanal talabalarda kompyuterda modellashtirish ko’nikmalarini hosil qilish va kelajakda sohada yetuk kadrlar tayyorlashni maqsad qilgan.
Download Telegram
Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari bilan ham hamkorlikni boshlab yubordik. Bir necha kun avval Oybek Shukurov bilan institut tajriba dala maydoniga borib plazma bilan ishlov berilgan urug'larni rivojlanishini ko'zdan kechirdik. Ishlov berilgan urug'lar 20 kun keyin ekilgan bo'lishiga qaramasdan nazorat paxtalariga yetishib olgan. Institut doktaranti Alisherni aytishi bo'yicha unib chiqish va rivojlanish darajasi ancha yaxshi ekan. Tez rivojlanib tez yetilsa katta miqdorda suv tejalishiga sabab bo'ladi. Hamkorlikdagi sinovlarimiz davom etadi.
👍14
[Uz] 🌏✈️ Bugun shogirdim Davronjon Izzatulla Õğli va hamkasbim Maqsudbek Yusupov bilan Pekinga uchamiz! Eng katta konferensiyalardan biri bo'lgan — Plazma fanlari bo‘yicha 51-IEEE xalqaro konferensiyasi (ICOPS) va plazma bo‘yicha 4-Osiyo-Tinch okeani konferensiyasida ishtirok etamiz.
Tashkiliy qo‘mita tarkibiga kirgan sobiq hamkasblarimiz tomonidan taklif etildik. Ushbu konferentsiya olimlar va muhandislar uchun plazma fani va texnologiyasining so'nggi yutuqlari bilan tanishish, yangi tadqiqot yo'nalishlarini o'rganish va kelajakdagi tadqiqot yo'nalishlarini muhokama qilish uchun ajoyib forumdir.
Umid qilamizki, bu anjuman biz uchun samarali bo‘ladi.
https://www.icops2024.com/
#ICOPS2024 #PlasmaScience #ResearchJourney
👍14🔥1
Forwarded from Jamoliddin Razzokov
👍7
Forwarded from Link Data
Link Data jamoasi O'zbekiston havo sifati indeksi (AQI) interfaol veb-ilovasini ishga tushirdi.

🌳Ushbu platforma O‘zbekiston uchun tumanlar miqyosida so'nggi 5 yillikda oylar va yillar kesimida havo sifati indeksini aks ettiradi.

☁️Ma'lumotlar to'plashda Google Earth Engine platformasi, Copernicus atmosfera kuzatuv markazi (CAMS) va Yevropa o'rta muddatli ob-havo prognozlari markazining manbalaridan foydalanildi, hamda AQSh Atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi (EPA)ning havo sifati indeksini (AQI) baholash metodologiyalari yordamida tayyorlandi.

🌏Ushbu veb-ilova 2019-yildan to hozirgi kungacha tumanlar miqyosida havo sifatini va unga ta'sir etuvchi asosiy omillarni oy va yillar kesimida kuzatish va kerakli xulosalarga kelish imkoniyatini beradi.

☀️Batafsil (pdf)

Website | Instagram | LinkedIn | Telegram | X | Facebook
👍2
Bugun konferensiyadan keyin Yusufjon Gafforov aka bilan uchrashdik. Avval o'tirib bafurja gaplasholmagan edik. Pekinda shu imkoniyat bo'ldi. Olimpiya stadioni atrofidagi maydonni aylanib, mikrobiologiya, gen injeneriyasi, hozirgi loyihalarimiz va kelajakda hamkorlik qilishimiz mumkin bo'lgan loyihalar haqida 4 soatdan oshiqroq suhbatlashdik. Soat 12.50 munozaralarimiz hotel lobbisida davom etayapti. Ajratgan vaqtingiz uchun katta Rahmat!
👍6👏1
🌟 ICOPS konferensiyasining asosiy yangiliklari 🌟
17-iyun kuni ICOPS konferensiyasi ochilishi bo’lib o’tdi! Hamkasbim, professor Zhitong Chen bilan uchrashib amalga oshirilayotgan loyihamiz tafsilotlari bilan fikr almashdik.
Ikkinchi kuni saratonni davolashda plazma qurilmalarining immunogenligi bo'yicha ishimizni taqdim etdim. Taqdimotga ko’plar qiziqdi, xususan Dr Dixang Liu (Jiaotong universiteti, Xitoy) va Dr. Seunghoon Li (Koreya material fanlari instituti) kelgusida hamkorlikni yo'lga qo'yishdan mamnun ekanliklarini bildirdilar. Hamkasbim Dr. Maqsudbekning reaktiv molekulyar dinamika orqali oligosaxaridlarning oksidlanishi haqidagi ma’ruzasi ham jozibali bo‘lib, sohamizdagi tadqiqotlarning chuqurligini ko‘rsatdi. PhD talabam Davronjonning elektroporatsiya haqidagi posterini ishonch bilan taqdim etayotgani men uchun faxr bo'ldi.
Ma'ruzamdan so'ng, ko'rgazma zalida Springer tomonidan Prof. Michael Keidar (Plazma saratoni terapiyasi) muharrirligi ostida nashr etilgan kitobni ko'rdim. Bu men uchun surpriz bo’ldi. Men, Maqsudbek va boshqa hamkasblarimiz tomonidan yozilgan ushbu kitobning bir bobiga o'z hissamizni qo'shganmiz.
Prof. Ruixie Vang (plazma tibbiyoti), Prof. Yuantao (plazma bilan faollashtirilgan suv) va Prof. Lu (plazma reaktorini ishlab chiqaruvchi) bilan uchrashib plazma biofanlari bo'yicha hamkorlik qilishga kelishib oldik.
ICOPS haqiqatan ham samarali bo’layapti. Konferensiya davom etadi.
👍6🔥1👌1💯1