Scopus tomonidan yuritiladigan Scimago sayti ilmiy salohiyat bo’yicha 1996 yildan buyon har yili statistika e’lon qilib boradi. Maqola chop etish bo’yicha davlatlar, universitetlar reytingini hamda turli fan kesimlarida batafsil reyting ma’lumotlarni topish mumkin. 2023 yilda O’zbekiston olimlari tomonidan 6637 maqola chop etilgan bo’lib dunyo reytingida 69 o’rinni egallabmiz. 2022 yilda 3621 maqola bilan 79 o’ringa loyiq ko’rilgan ekanmiz. Statistikadan ko’rinib turibdiki ilm-fanda ancha yuksalish bo’layapti. Har holda bu men uchun yaxshi yangilik. Markaziy Osiyoda Qozoqistondan keyin 2- o’rindamiz. Nasib 2024 yilda liderlikni qo’lga olamiz. Ilm-fan rivojlanishi iqtisodiyot bilan chambarchas bog’liq. Rasmda top 10likdan joy olgan mamlakatlar keltirilgan.
Jamoamiz tomonidan o’tgan yili Scopus bazasida 10 maqolamiz paydo bo’lgan edi. 2024 yil hozirgi kungacha esa 8 maqola chop etildi (Scopusda 5tasi ko’ringan) va yil oxirigacha 20taga yetkazishni niyat qilganmiz. Liderlik uchun astoydil harakatdamiz.
https://www.scimagojr.com/countryrank.php?year=2023

👍14👏3
How real is the existential threat from AI?
BBC Radio 4
The existential threat caused by Artificial Intelligence is a popular theme in science fiction. But more recently it’s started to be taken seriously by governments around the world and the companies developing the technology. Where did this idea come from, and why is so much money being spent on it, rather than on the regulation of AI and the real threat it poses to jobs and to copyright?
Olimni ilmiy hamda shaxsiy rivojlanish bosqichida xorijiy stajirovka va hamkorlikni o'rni juda muhim. Shu yildan boshlab shogirdlarimiz ilmiy safarlarga borish uchun til/ilm jihatdan tayyor bo'lib qoldi. O'zbekiston Milliy Universiteti Fizika fakultetining 4 nafar 4-kurs bakalavr talabalari ayni vaqtda Rossiyaning Dudbna shahridagi 18 davlat a'zoligida tashkil qilingan Birlashgan Yadro tadqiqotlar Instituti (JINR -Joint Institute for Nuclear Research) ning START loyihasida ishtirok etmoqda. Loyiha 8 hafta davom etib talabalar bu yerda o'z yo'nalishlari bo'yicha qabul qilingan laboratoriyalarida ilmiy va amaliy tadqiqotlarda ishtirok etadi. Ulardan jamoamiz a'zosi Javoxir Xursandov Radiatsion Biologiya (LRB) laboratoriyasida amaliyot o'tamoqda. Laboratoriya katta ilmiy xodimi Aleksandr Bugay bilan 2022 yil Namanganda bo'lib o'tgan Fiziklar forumida ko'rishgan edim. Hamkorlik uchun studentlaringni jo'nat kurslarimiz bor degan edi. Birinchi hamkorligimiz Javoxir orqali amalga oshayapti. Radiatsion biologiya laboratoriyasida NMDA receptori kanallariga oksidlanishni ta'sirini molekulyar darajada o'rganilayapti. NMDA miyada kognitiv finksionallikka javob beruvchi oqsillardan biri bo'lib, kosmosda uzoq vaqt bo'lganda oksidlanishi va kosmonavtni aqliy faoliyatiga ta'sir ko'rsatishi mumkin. Shuning uchun NMDA receptori b.n molekulyar dinamika qilib transporter kanallar kengligini baholash kerak. Nasib bo'lsa yil oxiriga borib tadqiqotlarimiz natijalarini nufuzli ilmiy jurnallarda chop etamiz.
👍7
Prof. Faxriddin Ne'matulloh bilan hamkorligimiz davom etmoqda. Payshanba kuni ilmiy gurihi a’zolariga Suniy Intellektdan (SI – ChatGPT, Copilot, Bing, Gemini) foydalanish haqida mahorat darsi o’tib berdim. Savol-javoblar bilan 2 soat qanday o’tganligini bilmay qoldik.
SI 4.0 sanoat inqilobi sifatida deyarli barcha yo’nalishlarga shiddat bilan kirib bormoqda. Chop etilayotgan maqolalarni aksarida SIdan foydalanilganligi ta’kidlanmoqda. Biz olimlar SIdan ilmda va ilmiy maqolalar yozishda qanday foydalanishimiz kerak? Ushbu savollarga batafsil javoblar berishga harakat qildim.
Ilmiy maqolalar yozish ko’p vaqt va energiya talab qiladi. Maqolalar jurnal tomonidan qabul qilinishi uchun avvalo yaxshi yozilishi, matn bir-biriga mantiqiy bog’lanishi zarur. Shunday ekan SIdan foydalanib maqola yozish mumkin, masalan kirish qismida yaxshi reja tuzib bersangiz soniyalar orasida maqolani kirish qismi tayyor bo’ladi. SI generatsiya qilgan matnga doim ham ishonib bo’lmaydi, shunday ekan ma’lumotlar haqiqiyligini tekshirish zarur. Ba’zida yo’lg’on ma’lumotlar yozganligini ham guvohi bo’lganman, lekin plagiat dasturlaridan tekshirganimizda natija 3-4 %! Haqiqatda super!
Shogirdlarimga tegishli ko’rsatmalarni yil davomida berib bordim va hozirda deyarli hammasi maqola yozish uchun SIdan foydalanib kelishmoqda. Avval maqolani tayyor holatga keltirish uchun 20 martalab qayta ishlar edik va vaqt sarfi ham ko’p edi. Hozir esa 5-6 marta urinishda maqola deyarli jurnalga topshirish uchun tayyor bo’ladi. Natijalar qo’lingizda bo’lsa bir xaftada bemalol maqola yozib tugatish mumkin. Oxirgi chop etilgan 5 maqolamizda SIdan foydalanganmiz.
Demak, sizda tayyor yordamchi robot bor, uni to’g’ri manipulyatsiya qilsangiz ilmda samaradorligingiz oshib boraveradi.

👍9
Plazma qishloq xo'jaligi loyihamiz doirasida bug'doy bilan bajarilayotgan dala tajribalari natijalari. 10 tup bug'doyda aniqlangan shonalar soni plazma bilan ishlov berilganlarida 44ta, nazoratda esa 18ta. Batafsil videoda https://www.youtube.com/watch?v=2TVGaIDdNl4&ab_channel=JamoliddinRazzokov
👏7👍5🔥2
Tohir Husanov aka takliflariga binoan Mikrobiologiya instituti yosh olimlariga ilm-fanda suniy intellektdan samarali foydalanish haqida ma'ruza o'qidim. Qo'lingizda natijalar bo'lsa bas, hozirgi kunda maqola yozish muammo emas. Faqat e'tibor berish kerak bo'lgan muhim jihatlar bor. Savol-javoblardan keyin institut direktor o'rinbosari Nodira Azimova va laboratoriya mudiri Husniddin Karimov bilan mazmunli suhbat qildik va yaqindan hamkorlik qilishga kelishib oldik.
👍10
"Exciting update from our lab! 🧪✨ We recently conducted experiments with dye solutions used in textiles, treating them with our plasma device for various durations - 15, 30, 45, and 60 minutes. 🎨 The results are promising! It appears that the pigment has been effectively broken down by radicals generated during the process.
Our next step? To identify the output products, we're diving into mass spec analysis. 🔍 Why are we focusing on dye treatment? Well, besides the obvious benefits for textile industries, which often generate significant wastewater laden with dye residues, our aim is to tackle the water usage crisis in this sector. ♻️
By cleaning up textile wastewater, we're not only reducing environmental impact but also opening up possibilities for its reuse in other applications. Stay tuned for more updates on our journey towards sustainable solutions! 🌱💧 #PhysicalChemistry #NonthermalPlasma #TextileIndustry #Innovation #EcoFriendly "
"Laboratoriyamizdan ajoyib yangilik! 🧪✨ Biz yaqinda toʻqimachilik sanoatida qoʻllaniladigan boʻyoq eritmalari bilan tajriba oʻtkazdik va ularni plazma qurilmamiz yordamida turli muddatlarda – 15, 30, 45 va 60 daqiqa davomida qayta ishladik. 🎨 Natijalar kutganimizdan a'lo! Koʻrinishidan, pigment jarayon davomida hosil bo'lgan radikallar tomonidan samarali ravishda parchalangan.
Bizning keyingi qadamimiz? Hosil bo'lgan mahsulotlarni aniqlash uchun tahlilga junatamiz. 🔍 Nima uchun biz bo'yoqlarni qayta ishlashga e'tibor qaratyapmiz? Hozirda to'qimachilik sanoatida bo'yoq qoldiqlari bo'lgan katta miqdordagi oqava suvlar asosiy muommolardan biri, maqsadimiz ushbu sohadagi chiqindi suvdan foydalanish muommosini hal qilishdir. ♻️
Toʻqimachilik oqava suvlarini tozalash orqali biz nafaqat atrof-muhitga taʼsirni kamaytirmoqchimiz, balki uni boshqa sohalarda qayta ishlatish imkoniyatlarini ham ko'rib chiqyapmiz. Muqobil yechimlar sari faoliyatimiz haqida ko'proq yangiliklar uchun bizni kuzatib boring! 🌱💧 "

🔥5