Xitoyni o'zi bir boshqa olam. Internetga cheklovlar ko'p, lekin ilmda yuksalish sezilarli darajada katta. Yevropa konferensiyalarida hech ko'rmagan ammo plazma sohasi rivojida o'z hissasini qo'shayotgan olimlar ham ko'p ekan. Konferensiya to'plami haqida batafsil ma'lumot:
'iSPEC conference was finished yesterday and I also given an invited talk about mitochondrial cell death. My collaborator Prof.Zhitong Chen was a chair in a plasma medicine panel. During the presentations got familiar with new approaches to increase the efficiency of plasma devices to kill cancer cells selectively. For instance, preparation of plasma activated water, fine bubble technology, treatment in combination with mist to manage RONS components. The treatment of hydrogel by plasma and application of these gels for wound healing, bacterial decontamination and cancer treatment. Environmental issues also has been becoming a vital problem by participating other sessions gained a knowledge how to use plasma in CO2, harmful gas conversion and nitrogen fixation. Overall conference was impressive and enjoyed my participation."
Shenzhen shahri oxirgi o'n yillikda eng ko'p investitsiya kiritilgan shaharlardan biri ekan. Airport juda katta va dizayni ham ajoyib. Ko'p qavatli binolar, biznes markazlar, katta kompaniyalarni ofislari shaxarni har burchagida ko'rinadi. Kelgan kunim Prof. Chenni postdoc studenti Dr. Fan kutib oldi. Vienna Hotelga joylashdim, ro'yxatdan o'tib Fan bilan "National innovation center for advanced medical devices" ofisga bordik. Markaz 44 etajli binoni 38-41 etajlarida joylashgan. Prof. Chen laboratoriyalarni ko'rsatdi. Laboratoriya kerakli asbob-uskunalar bilan to'liq jihozlangan. Biror qism kerak bo'lsa boshqa kompaniyalarga buyurtma beradi va 3-4 kunda tayyorlab berishadi. Bunday sharoitda ilm qilish va maqola chop etish sezilari darajada tezlashadi. O'zimga alohida xona berishdi. Prof. Chen jamoasi bilan tanishtirdi va hammamiz birga kechki ovqat tanovvul qildik hamda ilmiy munozaralarni davom ettirdik. Deyarli hamma sohalarda rivojlanish hayratlanarli darajada, Xitoy go'yoki XXII asrda yashayapti.