Computer_simulations_Uz
552 subscribers
644 photos
95 videos
96 files
487 links
Ushbu kanal talabalarda kompyuterda modellashtirish ko’nikmalarini hosil qilish va kelajakda sohada yetuk kadrlar tayyorlashni maqsad qilgan.
Download Telegram
IntroPyMOL.pdf
5 MB
4-Darsni chuqurroq o’zlashtirish uchun kurs materiallari ichida kitoblar bor:
1) Pymol_usermanual.pdf
2) VMD_manual.pdf
Qo’shimcha qilib Pymol ni boshqa qo’llanmasini ham yuklamoqdaman. Bu qo’llanmada “Mutating protein residues” bo’limi bor. Shu bo’limda oqsillardagi amino kislotalarni boshqasiga mutatsiya qilish ko’rsatilgan. 1v5h.pdb strukturani biror amino kislotasini boshqasiga mutatsiya qilib ko’ring va rasm tayyorlab, tayyorlagan rasmlarni guruximizga yuklanglar. Bu uyga vazifa bo’ladi, qani ko’ramiz kim sifatli va chiroyli rasm tayyorlar ekan.
Video darslarni mp4 formatda kanalga yuklash haqida fikringiz
Anonymous Poll
82%
Xa, yaxshi bo'lar edi
18%
Yo'q, YouTube link qo'yilsa yetarli
Ushbu video darslarimizdan tashqari tayyorlandi. Biotibbiyotni o'zim bilgan ba'zi yo'nalishlari haqida qisqacha ma'lumotlar berib o'tdim. Qiziqqanlar bo'lsa ko'rishingiz mumkin. Kelgusidagi darslarimizga ham qisman aloqador joylari mavjud.
Akademik_faoliyatda_ilmiy_maqolalarni_o'rni_va_maqola_yozish_haqida.mp4
53 MB
Yuqoridagi linkni videosi (sifati pastoq va kichikroq hajmda)
how-to-write-a-great-research-paper-wiley-keys-to-success..pdf
3.5 MB
Talaba ilm olish bilan birgalikda mustaqil tarzda maqola yozishni ham o'zlashtirishi zarur. 2-xaftalik ta'til ilmiy maqolani qanday yozish bo'yicha tajribangizni oshirishingiz uchun qulay fursat. Ushbu kitob maqola yozish strategiyasini sodda qilib ko'rsatib bergan. O'qib chiqing albatta foydali bo'ladi.
Sog'lik_uchun_sportni_ba'zi_foydalari_zK3uaVEdsRA_360p.mp4
16.4 MB
Sport bilan shug'ullanish sog'lik garovi. Ilmiy ish qilish, o'qib o'rganish oson emas, shuning uchun sog'lom va jismonan baquvvat bo'lish albatta o'z foydasini beradi. "Sog'lom tanda sog' aql" maqoliga amal qilamiz.
Essential of Physical Chemistry.pdf
24.9 MB
Fizik va ximiklar uchun juda muhim kitob. Sodda va tushunarli qilib yozilgan. Har bir bobdan keyin mashq va misollar berilgan. Odatda bizda fiziklar ximiyani yoki ximiklar fizikani yaxshi tushunishmaydi. Aynan bu kitobni o'qib chiqish ikki soha vakillariga birday foyda beradi.
Quyidagi saytda juda katta hajmdagi kitob resurslari majvud. Ro'yxatdan o'tib kitoblarni ko'chirib olishingiz mumkin. Ro'yxatdan o'tish uchun email zarur bo'ladi va 100 ball beriladi. Har bir kitobni ommaviyligidan kelib chiqib 10-20 ballga baholanadi. O'zingiz uchun zarur kitoblarni ko'chirib olishingiz mumkin. https://www.twirpx.com/