University preparation - Sohibxon Azizov
334 subscribers
26 photos
2 files
70 links
Ushbu kanal O'zbekistonda faoliyat yuritayotgan maktab maslahatchilari va yuqori sinf o'quvchilari uchun foydali ma'lumotlar bilan boyitib boriladi.
Download Telegram
Assalomu alaykum

Shu haftada men Osiyoda 1-o’rinda, dunyoda 11-o’rinda turadigan universitetda bo’lib o’tgan “Counselor Taster Program” da qatnashdim.

Tadbir davomida universitetdagi fakultetlar, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdim.

Bundan tashqari xalqaro maktablarda kelgan maktab maslahatchilari bilan ham tanishish imkoniyatiga ega bo’ldim.

Ushbu universitetda qabul jarayonlari hali ham davom etmoqda.

Yaqin kunlarda ushbu universitet vakillari bilan ham O’zbekistondagi maktab maslahatchilari uchun onlayn vebinar tashkil etish rejalashtirilmoqda.
🔥17👏1🤔1
Stockholm School of Economics in Riga — iqtisodiyot va biznes yo‘nalishida Yevropaning eng kuchli universitetlaridan biri.

🔹 Kontrakt miqdori: yiliga 7 600 yevro.
💰 Grantlar: O‘zbekiston fuqarolari uchun 2 ta to‘liq yoki qisman grant o‘rni mavjud.
🏠 Yashash xarajatlari: oyiga o‘rtacha 500-600 yevro.

Hujjat topshirish muddati: 8-aprelgacha.

📧 Savollar bo‘yicha mas’ul xodim: Jahid Sakhi (Email: asakhi@sseriga.edu)
👍1
#Muhim

⚡️“El-yurt umidi” jamgʻarmasining Boshqaruv kengashi 2026-yil birinchi ochiq stipendiya tanlovini eʼlon qilish toʻgʻrisida qaror qabul qildi

“El-yurt umidi” jamgʻarmasining Boshqaruv kengashi nufuzli xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalarda tahsil olish uchun 2026-yil birinchi ochiq stipendiya tanlovini eʼlon qilish haqida qaror qabul qildi.

Hujjatlar qabuli ertaga — 3-apreldan boshlanadi va jamgʻarmaning maxsus onlayn-platformasi orqali amalga oshiriladi.

Tanlov iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash hamda mamlakat rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan. Ishtirokchilarga dunyoning yetakchi universitetlarida taʼlim olish va Oʻzbekiston taraqqiyotiga hissa qoʻshish imkoniyati beriladi.


Saralash ochiqlik, shaffoflik va meritokratiya tamoyillari asosida, nomzodlarni baholashning aniq belgilangan bosqichlari va mezonlari boʻyicha oʻtkaziladi.

Ishtirok etish qoidalari, nomzodlarga qoʻyiladigan talablar, hujjatlar roʻyxati va ariza topshirish muddatlari haqidagi batafsil maʼlumot “El-yurt umidi” jamgʻarmasining rasmiy veb-saytida va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida eʼlon qilinadi.

⚠️ Jamgʻarma yoshlarni tanlov shartlari bilan diqqat bilan tanishib chiqishga hamda mamlakat kelajagini shakllantirayotgan yangi avlod mutaxassislari safiga qoʻshilish imkoniyatidan foydalanishga chaqiradi.

🔗 Website: Eyuf.uz

Telegram | Facebook |Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Bugun 19:00 da “El-yurt umidi” jamgʻarmasi sizni navbatdagi ovozli chatga taklif qiladi!

Efir doirasida jamgʻarma yuriskonsulti Yorbek Siddiqov hamda “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati Sirojiddin Raxmatullayev bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtadi.

Suhbat davomida siz:
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi imkoniyatlarni;
ochiq stipendiya tanlovining bosqichlari;
nomzodlar hujjat topshirishda nimalarga eʼtibor qaratishlari lozimligi haqida maʼlumotga ega boʻlasiz.

Shuningdek, oʻzingizni qiziqtirgan savollarga bevosita mutaxassisdan javob olishingiz mumkin.

Murojaatlar uchun: @eyufadmissionbot

🔗 Website: Eyuf.uz

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Ajoyib yangilik! 🎓

Jamoamizga to'rtta yangi, g'ayratli hamkasblarimiz qo'shilganini mamnuniyat bilan e'lon qilamiz!

Yangi a'zolarimizga: Sabringiz uchun rahmat! Kengash a'zolari har bir arizani sinchiklab o'rganib chiqishdi, chunki bizning maqsadimiz - tarmoq sifatini va nufuzini yuqori darajada saqlab qolishdir. Siz bilan bir safda ekanligimizdan juda xursandmiz!

Keling, yangi hamkasblarimizni qutlaymiz:

Azizbek Asamov – Termiz shahridagi Prezident maktabi
Asadbek Raxmonkulov – Termiz shahridagi 3-sonli ixtisoslashtirilgan maktab
Otabek Haydarov – Uzun tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab
Aziza Boboqulova – Narpay tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab

Ushbu maktablar va ularning maslahatchilari xalqaro etika standartlari asosida ishlashga hamda o'z o'quvchilarini nufuzli oliygohlarga tayyorlashga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.

Siz ham bizga qo'shilmoqchimisiz?
Boshqa barcha maktablar va maslahatchilar uchun a'zo bo'lish jarayonini soddalashtirdik. Hamjamiyatimizning bir qismiga aylaning!

🔗 Arizani bu yerda to'ldiring: Ariza berish


Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | LinkedIn
🔥4
Assalomu alaykum!

Shanxayda joylashgan UM-SJTU Joint Institute (Global College) universitetida bo’ldim. Ushbu oliygoh QS reytingida 47-o‘rinda turadi. Bu Xitoydagi darslar to‘liq ingliz tilida o‘tiladigan ilk ta’lim muassasalaridan biridir.

🔹 Asosiy yo‘nalishi: Muhandislik sohalari.
🔹 Kampus: Shanxayda bir nechta zamonaviy kampuslarga ega.

Quvonarlisi, College Counselor Network Uzbekistan bilan hamkorlik qilish bo‘yicha kelishib oldik. Tez orada yangiliklar bilan bo‘lishamiz! 🇺🇿🤝🇨🇳
👍13🔥6
Assalomu alaykum, hurmatli hamkasblar!

CIS (Council of International Schools) tashkiloti har yili xalqaro universitetlarga qabul jarayonlariga bagʻishlangan forum oʻtkazadi. Ushbu tadbir doirasida bir nechta yoʻnalishlar boʻyicha maktab maslahatchilari (counselors) ham taqdirlanadi.

Ushbu jarayonda siz ham oʻz nomzodingizni koʻrsatishingiz (Nominate) mumkin. Asosiy talab — siz ovoz berayotgan maslahatchi faoliyat yuritadigan maktab CIS tashkilotiga aʼzo boʻlishi lozim.
Barcha Prezident maktablari ushbu tashkilotga aʼzo hisoblanadi. Shuning uchun oʻzingiz tanigan yoki hududingizdagi maktab maslahatchisiga ovoz berishingiz mumkin.

Atigi 2 daqiqa vaqt ajratib ovoz bersangiz, yurtdosh maslahatchilarimizning nomlari ham xalqaro maydonlarda yangraydi!

Ovoz berish uchun havola (link): https://survey.cois.org/s3/Celebrating-excellence-in-international-higher-education-admission-guidance
CCNU safi kengaymoqda: yana 17 ta yangi maktab bizga qo‘shildi! 🗺🚀

O‘zbekistonda professional universitetlarga tayyorlov tizimini rivojlantirish yo‘lidagi harakatimiz tobora kuchayib bormoqda. Bugun tarmog‘imizga butun respublika bo‘ylab yana 17 nafar kuchli va fidoyi maktab maslahatchilari rasman a’zo bo‘lganini g‘urur bilan e’lon qilamiz!

Farg‘onadan Chimboygacha bo‘lgan hududlardagi davlat ixtisoslashtirilgan maktablari hamda yetakchi xususiy ta’lim muassasalari endi biz bilan birga.

Yangi a'zolarimizni qarshi oling:

Guliston shahridagi Prezident maktabi – Madina Saparova
Qo‘qon shahridagi 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktab – Inomjon Fayzullaev
Bandixon tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab – Yusupov Sherzod
Toshloq tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab – Ulug'bek Muhammadjonov
Termiz shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab – Xalmuratov Zakirjan
Pastdarg‘om tumanidagi 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati – Munira Nazarova Shakirovna
Chinoz tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab – Doniyorbek Yuldashev
Koson tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab – Mehriniso
Uychi tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab – Asqarova Nozimaxon
Farg‘ona shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab – Latifjonova Shoira
Yangikurgan ixtisoslashtirilgan maktabi – Nargiza
Bog‘ot tumanidagi 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati – Matnazarova Laylo
Chimboy tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab – Tolganay Sarsenbaeva
Zangiota tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab – Shahzod Raxmonov
Xo‘jayli tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab – Anvar Kenjebaev
Rustam Bosimov International School – Firdavs Juraev
Sehriyo School – Javonsher Salakhutdinov


Yangi a’zolarimiz diqqatiga! 📧 Sizning elektron pochtangizga CCNU tomonidan rasmiy xat yuborildi. Iltimos, pochtangizni tekshiring va u yerdagi havola (link) orqali yopiq a’zolarimiz uchun mo‘ljallangan Telegram kanalimizga qo‘shiling!

Biz bilan birga o‘quvchilar kelajagini qurayotganingiz uchun rahmat. Safimizga xush kelibsiz! 🎓

Qo'shilish istagidagi maktab maslahatchilari uchun link: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSeLXS845X_DJt-0LpQrlWDahzcCczUGy8voTAzUlk_E_pbmLA/viewform

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | LinkedIn
2👍1
Feeling lost about your future career? Check out Roadtrip Nation! 🧭

If choosing a university major feels impossible, this platform is a lifesaver.

It’s basically a massive video library of young people road-tripping to interview cool professionals—from NASA rocket scientists to tech CEOs. They don't just talk about success; they open up about their failures, doubts, and how they actually figured their lives out.

Why check it out?
Real Videos: Watch thousands of honest interviews with people who were once just as lost as you.
The Roadmap: Plug in your interests on their site to get custom video matches that fit your vibe.

🎥 Curious about STEM/Engineering? Check out this awesome documentary featuring women breaking barriers in space exploration and engineering: https://roadtripnation.com/roadtrip/women-in-stem-documentary
🔥1
Shu yil kuzda ilk bor College Board Toshkentda tadbir o'tkazishni rejalashtirgan, imkon topib qatnashsangiz manfaatli bo'ladi xudo xohlasa:

https://eventreg.collegeboard.org/event/bb1aa031-c264-4f4f-a4d1-6d5696089615/about?environment=P2


Ushbu tadbirga top universitetlardan ham vakillar keladi.
🔥1
🎯 Chet el universitetlariga hujjat topshirmoqchi bo'lgan 11-sinf o'quvchilari diqqatiga!

Agar siz hozirda 11-sinf bo'lsangiz va xorijiy OTMlarga topshirishni maqsad qilgan bo'lsangiz, sentabr oyiga qadar quyidagilarni taxt qilib olsangiz, ariza topshirish jarayoni juda yengil kechadi:


1. Shaxsiy tayyorgarlik:

College list (Universitetlar ro'yxatini shakllantirish)
Extracurricular activities description (Darsdan tashqari faoliyatlaringiz tavsifi)
Insho loyihalari (Essay drafts): Eng kamida 1tadan qoralama yozing
Common App essay
UCAS personal statement (Buyuk Britaniya uchun)


2. Maktab hujjatlari: Agarda siz umumta'lim maktabida tahsil olsangiz, maktabingizda quyidagi hujjatlar ingliz tilida borligiga ishonch hosil qiling yoki ingliz tili ustozi / maktab maslahatchisi (counselor) bilan birga ularni hozirdan tayyorlashni boshlang:

School profile (Maktab haqida umumiy ma'lumotnoma)
Student transcript (Baho va baholar daftarchasi)

⚠️ Unutmang: Yuqoridagi ishlarni oxirgi kunlarga taqash ortiqcha stress va sifatsiz arizaga olib keladi. Tayyorgarlikni hozirdan boshlang!


Bizning telegramdagi sahifamiz: https://t.me/collegeprepcentral
Forwarded from JN
Dear School Counselors,
 
We hope this message finds you well and that you had a wonderful summer.
 
As we all prepare to start a new academic year, we'd like to invite you to refresh your knowledge about admissions to U.S. universities and colleges by joining our upcoming webinar.
 
EducationUSA and Match School Counselor Session
Date: Thursday, August 20 
Time: 3:00 PM (Tashkent time)
Please see the announcement at the end of this message for further details.
 
During the event, you'll meet representatives from EAB Match and learn about the services they offer to students and school counselors.
We hope you'll join us for this valuable event and take the opportunity to explore new resources available to you.
 Please note that registration is required.
 We'd also appreciate it if you could share this invitation with other colleagues at your school who are involved in providing counseling services to students.
 
Counselor Session, Thursday, August 20th at 3pm
Title: Introducing Match: A New Pathway for Your Students to Universities Abroad
Registration Link: https://eab.zoom.us/meeting/register/3dt4PEIBS5WMYirjrxhrbg
Overview: Join Match and EducationUSA Uzbekistan to learn about Match. Match is a unique, free software that reverses the traditional application process and allows universities to apply to students. This opportunity is for students in at least their final year of secondary school (Class of 2027) seeking first-time undergraduate enrollment. Match connects you with universities that are a strong fit for you personally, academically, and financially, including schools you may not have had on your list. During the session, you'll learn how Match works, and sign up and complete your Match profile.
 
Let us know if you have any questions.
 
Thank you.
👍1