Co-Learning Center
547 subscribers
667 photos
53 videos
113 links
𝗖𝗼-𝗟𝗲𝗮𝗿𝗻𝗶𝗻𝗴 𝗖𝗲𝗻𝘁𝗲𝗿

💻 Grant asosidagi zamonaviy IT ta'lim
💡 Real loyihalar bilan ishlash imkoniyati
🎓 Tadbirlar uchun maydon

📍 Manzil: INHA universiteti, 1-qavat, 103-xona

☎️ +998900073306
Download Telegram
🫥 G‘oyaviy inqiroz qachon ro‘y beradi?

🔝 Avvalgi postimizda dizaynerlarni ilhomlantiruvchi TOP-5 ta veb-sayt haqida maʼlumot berib o‘tgan edik. Endi esa, dizaynerlarda qachon va nima uchun g‘oyaviy inqiroz yuzaga kelishi haqida suhbatlashamiz.

Dizaynerlardagi g‘oyaviy inqiroz odatda, dizayner noodatiy va original dizayn yaratmoqchi bo‘lgan vaqtda ro‘y beradi.

💡 Bunday holatlarda eng to‘g‘ri yechim, bu to‘g‘ri ilhomlanishni o‘rganish. Siz biror original narsa yaratmoqchi bo‘lsangiz bu degani boshqa narsalardan, dizaynlardan ilhomlanmasligingiz kerak degani emas.

Bunday vaqtlarda sayr qilish, biroz chalg‘ish va atrofga kengroq nazar solish kerak. Atrofda bizni ilhomlantiruvchi, kreativ g‘oya beruvchi holatlar juda ko‘p.

📝 Siz bunday holatlarda qanday usullardan foydalanasiz? Izohlarda yozib qoldiring.

@colearninguz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6🤔321
🕊 Navro'zi olam muborak!

"Co-learning Center" jamoasi barcha yurtdoshlarimiz va markazimiz o'quvchilarini yasharish va yangilanish, mehr-muruvvat, tinchlik va ezgulik ramzi – Navro‘z ayyomi bilan chin qalbdan muborakbod etadi.

🎗 Sizlarga omad, ishlaringizda muvaffaqiyat, maqsadlaringiz sari olg'a intilish uchun kuch-quvvat tilaymiz!

@colearninguz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉5👍211🐳1
Ramazon oyi muborak bo’lsin!

🌙 Ramazon oyi barcha musulmonlar uchun maʼnaviy poklanish va asrlar davomida shakllangan qadriyatlarimizga intilish oyidir.

Shu bilan birga bu oyda insonlar bir biriga mehr-oqibat koʻrsatishga, savobli ishlarni qilishga oshiqadilar.

Muborak Ramazon oyini munosib oʻtkazishingiz uchun barchangizga kuch va sabr-qanoat tilab qolamiz!

@colearninguz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍4🔥3🐳1
Kreativlik tug'ma yoki tarbiya orqali rivojlanishi mumkinmi?

💡Kreativlik - bu asl va g‘ayrioddiy g‘oyalarning haqiqatga aylanishi. Baʼzilar ijodkorlikni tabiiy isteʼdod deb hisoblasa, boshqalari uni amaliyot va yangi g‘oyalar orqali rivojlantirish mumkin deb hisoblashadi.

⚡️ Kundalik hayotda yangi joylarga borib, sayr qilish, o'zi bilan daftar va qalam olib, kuzatishlarni yozib borish ijodkorlikni rivojlantirishga yordam beradi.

🤔 Siz nima deb o‘ylaysiz, kreativlik tug‘ma bo‘ladimi?

@colearninguz
🔥4👍21❤‍🔥1🤔1🐳1
😉 Oramizda SMM’ga endigina qadam tashlagan va bu sohaga qiziqishi bor insonlar bormi?
Anonymous Poll
37%
Ha, men o‘rganishni boshladim 🙋
25%
Bu sohaga qiziqaman, ammo hali boshlamadim 🙅
38%
Yo’q, men dasturchiman 😅
😁3🔥2🐳1👨‍💻1
⚡️ SMM sohasini o‘rganishni boshlagan bo‘lajak SMM mutaxassislari uchun foydali post tayyorlab qo‘ydik.

Bugun 18:00 da postni taqdim etamiz.

Post nima haqida deb o‘ylaysiz? Javobingizni izohlarda yozib qoldiring.

@colearninguz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🔥1🐳1
🚀 SMM menejerlar uchun foydali ilovalar

Boshqa yo'nalishlarda bo'lgani kabi SMM sohasida ham ishni yengillashtiruvchi ilova va saytlar mavjud. Yuqoridagi post orqali bu ilovalardan ayrimlarini sizlarga tavsiya qilmoqchimiz.

⚡️ Ushbu tavsiyalarimiz SMM'ga endigina qadam tashlagan va bu sohaga qiziqishi bo'lgan insonlar uchun foydali bo'ladi, degan umiddamiz.

🤔 SMM menejerlar uchun yana qanday ishni yengillashtiruvchi foydali ilovalarni bilasiz?

@colearninguz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍3
🥳 Bitiruvchilarimizga omad tilaymiz!

Kecha Co-Learning Center markazimizda "Adobe Illustrator" kursimiz o'quvchilarining bitiruv marosimlari bo'lib o'tdi.

🏆 O'quvchilarimiz grant asosida tashkillashtirilgan kursda 3 oy davomida muvaffaqiyatli tahsil oldilar.

⚡️Bitiruvchilarimiz o'z sohalari bo'yicha zarur bilimlarni egallab ularni amalda sinab ko'rishga, kelgusida yuqori malakali dizayner bo'lish va mentorlarini mehnatini oqlashga tayyor.

@colearninguz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥3❤‍🔥2👍21🎉1🐳1👨‍💻1