Co-Learning Center
547 subscribers
667 photos
53 videos
113 links
𝗖𝗼-𝗟𝗲𝗮𝗿𝗻𝗶𝗻𝗴 𝗖𝗲𝗻𝘁𝗲𝗿

💻 Grant asosidagi zamonaviy IT ta'lim
💡 Real loyihalar bilan ishlash imkoniyati
🎓 Tadbirlar uchun maydon

📍 Manzil: INHA universiteti, 1-qavat, 103-xona

☎️ +998900073306
Download Telegram
📖 Qishki taʼtilda yangi bilimlarga ega boʻling!

Qishki taʼtilni bekor oʻtkazmasdan zamonaviy sohalarga oid bilimlar va zarur koʻnikmalarga ega boʻlishni istasangiz ushbu post aynan siz uchun.

📹 Co-Learning Academy YouTube kanali orqali siz:

Kopirayting boʻyicha zaruriy koʻnikmalar
Adobe Photoshop boshlangʻich tushunchalar
Telegram bot ishlab chiqish

kabi video-darslarni koʻrib, qishki taʼtilingizni foydali va unumli taʼtilga aylantirishingiz mumkin. Quyidagi havola orqali YouTube kanalimizga tashrif buyuring.

👉 Co-Learning Academy YouTube kanali

@colearninguz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍61🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥 Adobe Illustrator kurs mentori bilan tanishing!

Yaqin kunlarda boshlanishi rejalashtirilayotgan kursimiz mentori grafik dizayn va illyustratsiya boʻyicha 6 yillik tajribaga ega, 1000 dan oshiq katta va kichik loyihalarni amalga oshirgan mutaxassis — Feruzbek Otaqulov.

🚀 Siz ham ushbu bepul kursda qatnashmoqchi boʻlsangiz quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻting. Shoshiling qabul tugashiga juda oz qoldi.

👉 Kursga roʻyxatdan oʻtish

@colearninguz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍6🔥21💯1
⚡️ Shoshiling!

Adobe Illustrator kursi uchun roʻyxatdan oʻtish yakunlanishiga 1 kun qoldi.

🚀 Turli xil naqshlar, vektorli grafikalar va murakkab rasmlar chizishga qiziqasizmi? Bu sohada bepul taʼlim olishni istaysizmi?

U holda hoziroq quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻting va motivatsion xat qoldiring!

👉 Ro'yxatdan o'tish uchun

@colearninguz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🐳4👍32🔥2🏆2
Eslatma!

📝 Adobe Illustrator kursi uchun roʻyxatdan oʻtish 2 bosqichdan iborat:

1-bosqich: Havola orqali roʻyxatdan oʻtish va motivatsion xat qoldirish.
2-bosqich: Mos ishtirokchilar bilan onlayn yoki oflayn suhbat jarayoni.

@colearninguz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥54👍3
⚡️ Dizaynerlarni ilhomlantiruvchi TOP-5 veb-saytlar

Vaqti-vaqti bilan professionallarning ijod namunalariga nazar tashlash, ularning ishlaridan ilhom olish ham foydalidir.

Co-Learning Center jamoasi dizaynerlarni ilhomlantiruvchi eng yaxshi veb-saytlar roʻyxatini taqdim etadi.

🫥 Yana unutmangki, ijodkor inson nafaqat hamkasbining ishidan balki atrofidagi, tabiatdagi narsalardan ham ilhomlanishi mumkin.

Ha aytgancha, Adobe Illustrator kursi uchun qabul hamon davom etmoqda. Kurs uchun roʻyxatdan oʻtdingizmi?

👉 Kursga roʻyxatdan oʻtish

@colearninguz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍63🐳2🔥1🌚1
❄️ Yangi yilingiz bilan!

Yangi 2023-yilingiz muborak boʻlsin. Co-Learning Center jamoasi barchani yangi yil bayrami bilan chin qalbdan tabriklaydi va ezgu niyatlarni tilab qoladi.

⚡️ Yangi yilda yangi maqsadlar, yangi bilimlar sari intilishingiz va yangi yutuqlarga erishishingiz tilakdoshimiz!

@colearninguz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉10👍43
🤩 Yangi yil uchun sizlarga ajoyib yangilik!

Koʻplab kuzatuvchilarimiz xohish-istaklariga koʻra yaqin kunlarda 3 kunlik Workshop tashkillashtirish niyatidamiz.

Workshop qaysi yoʻnalishda boʻlishini xohlaysiz?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7🎉3🔥2
💻 Diplomsiz dasturchi boʻlish mumkinmi?

Dasturchi boʻlish yaxshi oylik maosh, masofadan ishlash imkoniyati va qiziqarli ish boʻlganligi uchun hozirgi vaqtda juda yaxshi kasb sanaladi. Bu kasb boʻyicha eng keng tarqalgan savollar, “Dasturchilarga diplom kerakmi?”, “Katta kompaniyalarga diplomsiz kirsa boʻladimi?” kabilardir.

Dasturchi boʻlish uchun kerakli bilimlarni olish yoʻllari koʻp: universitet, onlayn kurslar/maqolalar va bootcamp'larga borish orqali. Har qanday sohada mutaxassis boʻlish uchun universitetga borish shart emas, bunga koʻp misollar topsa boʻladi. Shuningdek dasturchi boʻlish uchun ham universitetga borish shart emas.

🎓 Ammo maʼlumotlarga koʻra, katta texnologik kompaniyalardagi 75% ga yaqin dasturchilar kamida bakalavr darajasini olishgan.

Shunday ekan, siz tanlagan universitet sizga kerakli bilimlarni bersa, sizni talabingizni qondirsa oʻqish optimal usul. Agar siz tanlagan universitet yaxshi bilim bermasa, boshqa kurslardan bilim olish kerak. Universitetga esa, diplom va muhit uchun borgan afzalroq.

@colearninguz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7👍32
🤔 Bu borada sizning fikringiz qanday? Dasturchi bo'lish uchun diplom qanchalik ahamiyatli?
Anonymous Poll
32%
Yo'q, umuman kerak emas
65%
Diplom olib qo'yaverish kerak, zarari tegmaydi
3%
Javobimni izohda yozib qoldiraman
🌚4
💸 Dasturchilar qancha maosh oladi?

Sir emaski, IT sohasi dunyodagi eng istiqbolli va yirik moliyalashtirilgan sohalardan biridir.

💰 Ish haqi masalasi dasturchi boʻlishni istaydigan har bir kishini qiziqtiradi. Aslida, dasturchining ish haqi oʻzgarib turadi va bu mutaxassisning dasturlash tillarini bilish darajasi va tajribasiga bogʻliq. Mantiqan olib qaraganda, IT mutaxassisi qanchalik tajribali boʻlsa, uning maoshi shunchalik baland boʻladi.

Yuqoridagi postlar orqali HH.uz sayti maʼlumotlariga koʻra dasturchilar qancha oylik maosh olishlarini bilib olishingiz mumkin.

❗️Har bir oylik maosh summasi uchun maʼlum bilim, koʻnikma va talablar qoʻyilishini ham unutmasligimiz kerak.

@colearninguz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍2🔥2🐳1💯1
🎤Soʻnggi bosqich: Suhbat jarayoni

Co-Learning Center
va INHA universiteti hamkorligidagi Adobe Illustrator yoʻnalishi boʻyicha eʼlon qilingan kursga roʻyxatdan oʻtish 1-yanvar kuni yakunlangan edi.

🎯 Ushbu kurs uchun 100 dan ortiq talabgor roʻyxatdan oʻtdi. Dastlabki bosqichda shundan 40 nafari tanlab olindi.

Endi esa hayajonli daqiqalar yaqinlashmoqda. Sababi, bugundan suhbat jarayoni boshlanadi. Kurs ustozi tomonidan 15 nafar nomzod saralab olinadi.

Suhbat jarayonida yoshlarning sohaga qay darajada qiziqayotgani, nima uchun oʻrganmoqchi ekanligi va kelajagini qanday tasavvur qilayotgani alohida e'tiborga olinadi.

📣 Talabgorlar bilan suhbat jarayoni ZOOM platformasi orqali onlayn tarzda tashkil etiladi. Natijalar esa, 15-yanvarga qadar eʼlon qilinadi.

@colearninguz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥65👍4