Codemarks
39 subscribers
24 photos
10 videos
62 links
Dasturlash sohasi bo‘yicha (asosan backend) tavsiya, yo‘riqnoma va shaxsiy fikrlar yoki mavzudan tashqari mavzular ;)

©️ Sahifadan ma’lumot olinganda, sahifa havolasi ko‘rsatilishi shart.

Takliflar uchun: @Codephile
Download Telegram
❗️Notion'dan aksiya.

ADALOVELACE promokod orqali notion akkauntingizni PRO versiyaga ko'tarib olishingiz mumkin. Promokodni kiritsangiz notion akkauntingizga $500 pul tushurib beradi (Kartaga emas ❗️) Bu uchun:

Settings => Plans => Upgrade PRO => Visa kartangizni ma'lumotlarini kiritasiz va Coupon'ga ADALOVELACE deb yozasiz.
Tamom)

😋 @Codemarks
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
100++

Barchaga rahmat! Manfaatli postlar qilishga, kamroq forward qilishga harakat qilaman endi😁

P.S. Mas’uliyat his qilmasa, odam hech nima qilgisi kelmaydi-da)

💯 @Codemarks
Diniy ta’limotga aloqasi yo‘q bo‘lgan badiiy kitoblar

Bu bo‘yicha yuqoridagi postda tajribam yo‘qligini aytgandim. Izohlarda esa shu mavzu bo‘yicha juda bir go‘zal javob keldi. Alloh barchamizga manfaat qilsin. Javob yozgan insonni ham Alloh katta ajrlar bilan siylasin! Quyida uni o‘zgartirishlarsiz havola qilaman.

-------------------------------------------

MashaAllah, zo‘r mavzu bo‘libdi. Diniy va dinga aloqasi yo‘q badiiy asarlar ta'sirini solishtirishni yaxshi ko‘raman. Albatta badiiy diniy asarlar kerak, sababini o‘zingiz aytibsiz. Dinsizlariga kelsak, mendan ba'zi misollar:

1. Jojo Moyesning "До встречи с тобой" - oddiy hayotiy badiiy asar. Butun kitob mobaynida ularning tuyg‘ulari va hayotlari bn yashaysiz. Agar, mana shu yerda ISLOM nuqtai nazari bo‘lgandami, hammasi chiroyliroq yakun topishi mumkin edi deb o‘ylaysiz.

2. Verberning "Муравьи" ilmiy-fantastik asari. Aqlingizni stimulyatsiya qiladi. Ajoyib burilishlar va teoretik qarashlarni beradi. Biroq, chuqur umidsizlik hissi bor kitobda. Sababi, yana ma'lum: ISLOM nuqtai nazari yetishmaydi. Xuddi, ko‘zi yopiq holatda, oldingizdan nima chiqishini bilmay ko‘chada ketayotganga o‘xshaysiz. Chunki, ruhiy Nur yo‘q kitobda. Yurakni siqadi.

3. Sharlotta Brontening "Jeyn Eyr" asari. Kuchli xristian xudojo‘y ruhida yozilgan romantik asar. Uni o‘qir ekansiz, ko‘z o‘ngingizdan yozuvchining psixologik portreti namoyon bo‘ladi. U bilan gaplashgingiz, maslahatlar bergingiz, Islomga da'vat qilgingiz keladi 😅 Xullas, mening fikrimcha bu ayol haqiqatda Allohni izlagan. Topa olganmi yo‘qmi, bunisi qorong‘u. Lekin, asari shunga dalolat qiladi.

Bizning dinimizga aloqasi yo‘q badiiy asarlarni o‘qib, faqatgina dinimga bo‘lgan qiziqishim ortgan. To‘g‘ri dinning inson hayotida qanchalik muhim rol o‘ynashini tushunib yetganman. Faqat toza suvdan ichib yursangiz-u, botqoq suv ichib hayot ko‘radiganlar borligini bilmasangiz, uning qadriga yetmaysiz. O‘sha asl fitratlaridan uzoq bo‘lgan insonlar asarlarini o‘qib, ularning dunyosiga nazar tashlay olasiz. Keyin, namoz o‘qib, musulmon qilib yaratgan Allohga hamd aytasiz.
---------------------------------------

🌱 @Codemarks
Google, meni kut 😋

Yangi-yangi mavzularda postlar bo‘ladi, insha'Alloh.

👨🏻‍💻 @Codemarks
Forwarded from Tilmoch qiz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kechirgin bizni, Allohim. Sevganingni sevolmadik. 🍂

@tilmochqiz
Codemarks pinned a video
🥳 Najot ta'limning 3 yilligi ekan, barcha loyihalarini qoʻllab-quvvatlayman.

Ummatga manfaatli loyihalar bardavom boʻlsin.

@Codemarks
Forwarded from .
Севимли фарзандим!
Амалларим тўхтади.. энди умидим сендан
!

https://t.me/MubashshirAhmad
Abutech jamoasiga middle/senior frontend hamda backend dasturchilar kerak.

📌 Batafsil:
https://t.me/temurbek_adhamov/669
https://t.me/temurbek_adhamov/670

Talablarga to‘gri keladigan nomzodlarni tavsiya qilsangiz va nomzod jamoada kamida 3 oy davomida ishlasa, sizga $300 mukofot beriladi.

👨🏻‍💻 @Codemarks
Forwarded from Ali Zairov (Ali Zairov (Patron))
Hisobotning biri

Najot Ta’limning Recruiting bo’limi hisobot berishicha: oxirgi bir oyda (22-sentabrdan 27-oktabrgacha) ishga kirish uchun topshirilgan 909 ta ariza bilan tanishib chiqilgan. Tanishib chiqish jarayonida 300 kishi bilan qo’ng’iroq orqali suhbatlashilgan.

Bundan 152 kishi ajratib olingan va ular bilan yuzma-yuz birinchi suhbat bo’lgan.

Birinchi suhbatdan esa 29 kishi ikkinchi suhbatga o’tishgan. Bu 19%. Ikkinchi suhbatdan esa 10 kishi o’tgan, ya’ni sinov oyiga qabul qilingan.

Qo’rqib ketdingizmi?) Shunda oxirgi bir oyda umumiy ariza topshirganlarning 1,1 foizi ishga qabul qilingan ekan.

Najot Ta’lim markaziga ishga kirish aslida bunchalar qiyin emas… Biz shunchaki, samimiyat, yaxshi xulq va mas’uliyat so’raymiz xolos.

Shu o’rinda oltinga teng Najot Ta’lim jamoasiga rahmat aytmoqchiman 🔥

Bunday ta’sirli gaplardan keyin ham, o’zingizni sinab ko’rmoqchi bo’lsangiz, sizni jamoamizga taklif qilamiz!

Ushbu havola orqali Najot Ta’lim jamoasiga qo’shilish uchun ariza topshirishingiz mumkin: https://forms.gle/qUiU6j7389Pg9HuNA
Forwarded from .
Кеча уят ҳисобланган ҳолат бугун уят эмас, эртага у «маданият», индинга эса «қадрият», кўп ўтмасдан «аслият»... бу иш асли уят эди..
@gayratkhodja_journal
Forwarded from Bayyina.uz
Қиёматга қадар авлодингдан қори узилмасин!

Ҳиндистоннинг буюк уламоларидан Маҳмуд Девбандий ва у кишининг шогирди Ҳусайн Аҳмад Маданий ҳинд диёрини инглиз мустамлакачиларидан озод қилиб, яна мусулмонларга ўтказишга ҳаракат қилишганини сезган Англия ҳукумати бу икки забардаст олимни Ўрта Ер денгизидаги Малта оролига сургун қилиб, шу ерда ҳибс қилган.

Қамоқхонага кираётган пайтда Маҳмуд Девбандий йиғлаб юборган эканлар. Шунда шогирдлари Ҳусайн Аҳмад Маданий нега йиғлаётганларини сўраганида «Энди Рамазонда Қуръон хатмини қаерда эшитаман?» деган эканлар. Икковлари ҳам олим бўлишган эканлар-у, лекин мураттаб қори эмас эканлар. Рамазонга тўққиз ой қолган пайтда Ҳусайн Аҳмад Маданий бир Мусҳаф топтириб, 9 ой ичида Қуръонни ёд олиб, Рамазонда хатмга ўтиб берган эканлар. Шунда устозлари: «То қиёматга қадар авлодингдан қори узилмасин!» деб дуо қилган эканлар.

Ҳусайн Аҳмад Маданийдан учта ўғил қолган. Улар Асъад Маданий, Аршад Маданий, Асжад Маданий. Бир қизларининг уйида 40 та мураттаб қори бор экан. Аршад Маданийнинг 10 та фарзанди (7 ўғил, 3 қиз) бор, ҳаммаси мураттаб қори экан.
Буюк устозни зиёрат қилиш мақсадида одамлар Ҳиндистондан кемага чиқиб, Малтага боришар экан. Инглизлар эса уларни қамоқхонага қўймагач, ҳеч бўлмаса, шу ерда устоз бор-ку, бизга зиёрат савобини берар дея, қамоқхона атрофини айланиб, дуо қилиб кетишавераркан.

Шунда Ҳусайн Аҳмад Маданий устозларига: «Устоз, бизни зиёрат қилгани келаётган одамларнинг кети узилмайди, лекин уларни бизга кўрсатишмаяпти, шу ерни айланиб-айланиб қайтишаётган экан» деса, Маҳмуд Девбандий айтган эканлар: «Қараб тургин, буларнинг ихлоси сабаб Аллоҳ таоло уларнинг болаларини қори қилади!»
Девбанд қишлоғининг нарироғида Амроҳа деган кичкина қишлоқ бор. У ерда 5000 та мураттаб қори бор. Ундан ҳам нарида Кандеҳла деган қишлоқ бор. Унда эса биронта ҳам мураттаб қори бўлмаган аёл йўқ!

Ёрқинжон қори раҳимаҳуллоҳ
———
Дўстларингизга ҳам улашинг!
@Bayyinauz
Ижтимоий тармоқларда бизни кузатинг!
⬇️
Telegram
| Instagram | Youtube
Codemarks
Contact
Nimani ko‘ryapsiz?)
Musulmon kishini uyida qiblani tahorat olayotganingdayoq aniqlab olasan.
Gʻariblar

Bir kuni Nabiy sallollohu alayhi va sallam sahobalarga dedilar:
"Islom g‘ariblik bilan boshlandi. U yana boshidagi kabi g‘ariblikka qaytadi. Gʻariblarga jannat bo‘lsin!".

Gʻariblar deganda dastavval ko‘z o‘ngimizda jamiyatdan bir chekkada yashaydigan, insonlardan ajralgan, eski kiyimlar kiyib olgan, sochlari tartibsiz, mansabi va qiladigan ishi yo‘q, biror joyda o‘qimagan kishilar kelishi mumkin. Bu sifatlar o‘zi bilan o‘zi ovora bo‘lib qolgan kishilarning sifati, g‘ariblarniki emas.

Gʻariblarni jamiyatning barcha bo‘g‘imida uchratishimiz mumkin. Ular shifokorlar ichida ham bor, muhandislar ichida ham bor, temirchilar ichida ham bor, duradgorlar ichida ham bor, haydovchilar ichida ham bor, ko‘cha tozalaydiganlar ichida ham bor, nomini yozishni bilmaydigan talabalar ichida ham bor, uy xizmatkorlari ichida ham bor, muallimlar ichida ham bor, hamshiralar ichida ham bor...

Ularning biz kabi oilasi, ishi, orzulari, istaklari, og‘riqlari, tabassumi va kulgusi bor. Ular biz yashayotgan jamiyatda yashashadi. Ularning g‘aribligi qalbida bo‘ladi. Ularning qalbidan islom va musulmonlar ahvolini o‘ylab qon tomadi. Ularning tungi barlarda birga aralashib o‘yin-kulgi qilayotgan farzandlarimizni ko‘rib, qo‘llaridan hech bir ish kelmasligini o‘ylab qalblari og‘riydi. Ular mahallalarda aroq sotilayotganini ko‘rib, uni qaytarishga toqatlari yetmasdan alam chekishadi. Ular hijobsiz, ochiq yurgan xotin-qizlarimizni ko‘rishsa, masjiddan, namozdan nafratlanadigan yoshlarni ko‘rishsa mahzun bo‘lishadi. Ular jamiyatdagi poraxo‘rlikni ko‘rib, uni tuzata olmay ezilishadi. Millatning boyligi talon-taroj bo‘layotganini ko‘rib ular adoyi tamom bo‘ladi. Ular Robbilari bilan yolg‘iz qolishsa g‘aribliklaridan Unga shikoyat qilishadi. Ohlarini Unga izhor qilishadi. Ular bunaqangi ishlardan rozi emasliklarini Robbilariga aytishadi.

Gʻariblar oddiy va sodda insonlar emas. Moʻminlarning jamiyatdagi muammolardan qalblari og‘riydi.

Islom g‘ariblik bilan boshlandi. O‘sha davrdagi g‘ariblar qanaqa edi. Mana shu savolga javob topishimiz bugungi g‘ariblarni ham bizga aniqlab beradi.

Abu Bakr roziyollohu anhu juda katta savdogar edilar. Oldi-sotdi qilar edilar. Musulmonlardan juda ko‘p qul ozod qilar edilar. Jamiyatda obro‘lari baland edi. Hamma u zotni tanir edi. U zotning g‘aribliklari qalblarida edi. Qavmlarining zalolati va kufrini ko‘rib ezilar edilar.

Miqdod ibn Asvad roziyollohu anhu juda kuchli jangchi, bahodir chavandoz edi. Hech narsadan qo‘rqmas edi. U hayotini qahramonlardek o‘tkazdi. Ammo uning g‘aribligi qalbida edi. Qavmining but va sanamlarga ibodat qilayotganini ko‘rib qalbi pora bo‘lar edi.

Umar ibn Xattob roziyollohu anhu "Dorun Nadva"da Bani Adiyning vakili edilar. So‘zamol, kuchli tanaga ega edilar. Butun Quraysh u zotni tanir edi. Ko‘pchilik u kishidan hayiqar edi. Ammo u zotning ham g‘aribliklari qalblarida edi.

Mus’ab ibn Umayr roziyollohu anhu Makkaning eng go‘zal yigitlaridan edi. Eng yaxshi kiyimlarni kiyar edi. Qizlar Mus’abni ko‘chada ko‘rib qolsa dugonasiga uni ko‘rganini aytib uzoq vaqt maqtanib yurar edi. Ammo Mus’abning g‘urbati qalbida edi. Qavmining, oilasining do‘zaxga kirishini o‘ylab qalbi qon yig‘lar edi.

Hamza roziyollohu anhu kuchli, qo‘rqmas bo‘lsalarda g‘arib edilar. Quraysh u zotni "sherlar ovsisi" der edi. Hamza roziyollohu anhu Abu Jahlning yuziga bir musht urib:"Qani qo‘lingdan kelsa qaytarchi!", deganlarida Abu Jahl urishga jur’at qila olmagan edi.

Gʻariblik qalbda bo‘ladi. Insonlardan ajralib olish, bekorchilik va dangasalik g‘ariblik emas. Bu xorlik va mag‘lubiyatdir. Bunda g‘ariblikdan asar ham yo‘q!

(c) Abdulqodir Polvonov

@Codemarks
Forwarded from Osmondagi bolalar
Kitobsevarlar shu yerdamisiz?

🔥 Har qanday kitobxon borki, kitobxonlik madaniyati shakllanishini, ko'proq kitoblar o'qilishini va shu orqali jamiyatning rivojlanishini xohlaydi.

Shunday maqsadlarni ko'zlagan holda, yangi loyiha boshlamoqdamiz. Bu loyihamiz uchun "Kitobsevarlar" nomi ostida ko'ngillilar jamoasini shakllantirmoqchimiz. Loyiha ushbu jamoa ko'magida amalga oshiriladi.😄

Jamiyat uchun foydali bo'lishi kutilayotgan ushbu loyihada o'z hissangizni qo'shishni, xayrli ishlarda ishtirok etishni istasangiz, quyidagi havola orqali ma'lumotlaringizni qoldiring.

👉 Ro'yxatdan o'tish
Forwarded from G'iyosiddin Yusuf
​​Bolalar uchun odobdan onlayn darslar

Telegramdagi @IbnuYusuf kanalida "Kundalik odoblar" kitobidan bepul onlayn darslar olib borilmoqda. O‘quvchilar soni cheklanmagan. Ishtirok etish uchun ovozli chatga qo‘shilish kifoya.

Avval dars tushuntiriladi, keyin bolalar bilan savol-javob bo‘ladi. O‘quvchi ko‘p, vaqt kam bo‘lgani uchun hamma bilan savol-javob qilish imkonsiz. Agar farzandingiz bilan alohida shug‘ullanilishini istasangiz, 10 kishilik kichik guruhga yozdiring. To‘lov 2,5 oy uchun 500 ming so‘m. Darslar payshanba va yakshanba kunlari 19:30 da alohida guruhda bo‘ladi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun: @AkbarAli_Abdulloh

Bepul darslar seshanba va juma kunlari 19:30 da @IbnuYusuf kanalida bo‘ladi.

Dars mavzulari:

Odob nima?
Ota-onani eʼzozlash
Ustozga ehtirom
Uyquga yotish va turish odoblari
Poklik odoblari
Kiyinish odoblari
Ruxsat so‘rash odoblari
So‘zlash odoblari
Salomlashish odoblari
Ovqatlanish odoblari
Hojatxonaga kirish va chiqish odoblari
Ko‘chada yurish odoblari
O‘quvchi odoblari
Kitob o‘qish odoblari
O‘yin odoblari
Mehmon va mezbon odoblari
Do‘stlik odoblari
Birovning haqqi
Kun tartibi

Ustoz: kitob muallifi G‘iyosiddin Yusuf

♻️ Maksimal tarqating. 😊

@IbnuYusuf — ota-onalar va bolalar kanali
Forwarded from Temurbek Adhamov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ta’lim yo’lida yurganlar eshitsin!

Ustozlarimizdan Alloh rozi bo’lsin! Biz ular sababli shu joylargacha keldik…