Codemarks
39 subscribers
24 photos
10 videos
62 links
Dasturlash sohasi bo‘yicha (asosan backend) tavsiya, yo‘riqnoma va shaxsiy fikrlar yoki mavzudan tashqari mavzular ;)

©️ Sahifadan ma’lumot olinganda, sahifa havolasi ko‘rsatilishi shart.

Takliflar uchun: @Codephile
Download Telegram
Forwarded from Jakhongir Rakhmonov - IT
Googleni to'g'ri ishlatish haqida

Dasturchilar uchun Google eng kerakli instrumentlarning ichida TOPda turadi. Lekin ko'pchilik undan notog'ri foydalanadi yoki uning kuchini 100% ishlata olmaydi.

Bu post orqali buni to'g'irlashga urinib ko'raman.

1. Qo'shtirnoq ("") belgisi sizning qidiruv so'rovingiz shunday ko'rinishda aniq ichida bo'lgan natijalarni beradi. Masalan, "Jakhongir Rakhmonov" deb qidirsangiz, qaytarilgan natijalarning hammasida "Jakhongir Rakhmonov" degan so'z bo'ladi. Alohida "Jakhongir" yoki alohida "Rakhmonov" yoki bularning o'rtasida boshqa so'zlar bor (masalan "Jakhongir Alisher o'g'li Rakhmonov") degan natijalar chiqmaydi.

2. Minus (-) belgisi sizga shu belgidan keyingi so'z yo'q bo'lgan qidiruv natijalarini topishga imkon beradi. Masalan siz Obama bo'lmagan Baracklar haqida malumot topmoqchi bo'lsangiz "Barack -Obama" deb yozishingiz mumkin. Shundan natijalarda Barack so'zi bo'lgan lekin Obama so'zi bo'lmagan natijalar qaytadi.

3. Tilda (~) belgisi sizga sinonimlarni qidirshga yordam beradi. Masalan siz Googlega python ~lessons deb yozsangiz natijalarda lessonsdan tashqari yana courses, tutorials, coachinga o'xshagan natijalar ham bo'lishi mumkin.

4. Vertikal chiziq (|) belgisi "yoki" vazifasini bajaradi. Yani siz Python | Java deb Googleda qidirsangiz, sizga yo Python yoki Java so'zlari bo'lgan natijalar qaytariladi.

5. Ikki nuqta (..) belgisi sizga ikki raqam orasida qidirishga imkoniyat beradi. Masalan siz Python books 1990..2020 deb qidirsangiz, sizga shu yillar orasida yozilgan Python kitoblarni qaytarishga harakat qiladi. Yani bundan kitoblarga 2010chi yilda, 1995chi yilda yoki 2013chi yildan yozilgan kitoblar ham kiradi.

6. Site so'zi sizga qidiruv so'rovingizni aynan bitta websaytdan qidirishga yordam beradi. Masalan siz dictionaries site:realpython.com deb Googleda yozsangiz, faqat realpython.com saytidagi to'g'ri kelgan natijalar qaytadi.

7. Location so'zi huddi site so'zi kabi qaysidir manzildan qidirshga imkoniyat beradi. Masalan hurricane location:malaysia deb qidirsangiz, sizga Malayziyada bo'lgan bo'ronlar haqidagi yangiliklar qaytariladi.

8. Filetype so'zi faqat berilgan fayl turkumlarini qidiradi. Masalan learning python filetype:pdf deb qidirsangiz, PDF formatidagi natijalarni qaytaradi. Kitob qidirshda qulay ancha 😉🏴‍☠️

Bonus

Google bazida qiziq qiziq (lekin juda keraksiz) bo'lgan funksiyalar (Easter Egg deyiladi) qo'shib qo'yadi saytga. Masalan:

1. Do a barrel roll deb qidirsangiz ekraningiz...aytmayman. Yaxshizi o'zingiz sinab ko'ring 🙃
2. Askew deb yozib ko'ring 🙃
3. Recursion deb yozib ko'ring. Buni faqat dasturchilar tushinadi 🙃
4. Anagram deb yozib ko'ring 🙃
5. Ross Friends yoki Joe Friends yoki Monika Friends deb yozsangiz Friends serialadi qidirilayotgan qahramonga tegishli bo'lgan rasm chiqadi. Rossda masalan divan rasmi chiqadi. "Pivot! Pivot! Pivot!" Esingizdami? 🙃
6. Pacman deb yozsangiz shu o'yinni o'ynasa bo'ladi.

Yana bunday "easter egg"lar ko'p. Bazilari aktualligi qolmagandan so'ng o'chirilib tashlanadi.

@jakhonrakhmon
Dasturchilar uchun maxsus tabrik :)

P.S. Xuddi Google faqat dasturchilar uchun ishlaydigandek...)
"Osmondagi bolalar" loyihasi tashabbusi ortidan Janubiy Koreyadagi Dong-A universiteti talabalari, bitiruvchilari va Pusan shahridagi boshqa vatandoshlarning 50 nafari tomonidan o'zbek so'mida 7 millionga yaqin pul yig'ildi va oqqon bilan kasallanganlarga yordam berish uchun xayriya maqsadida Toshkentdagi VIP Brand doʻkonlarida sotilayotgan "Osmondagi bolalar" futbolkasidan 60 dona sotib olindi.

Futbolkani xarid qilishda yaqindan yordam qilgan @najottalim oʻquv markazi xodimlari, futbolkalarni Oʻzbekistondan Pusangacha bir qismini bepul, bir qismini arzon narxda olib kelib bergan va Koreyada futbolkalarni oʻz egalariga yetkazishda masʼul boʻlgan barcha doʻstlarimizga cheksiz minnatdorchilik izhor qilamiz. Alloh taolo sizlarni mukofotlasin!

Shu bilan birga, Koreya va dunyodagi boshqa universitetlarda oʻqiyotgan, ishlayotgan vatandoshlarimizni ham bu xayrli ishga hissa qoʻshishga chaqirib qolamiz. Sizning arzimas yordamingiz qaysidir bemor qalblarga malham boʻlsa ajabmas!

📌 @javharuz 📌
Forwarded from Inspired Engineer - Ilhom Shamidinov
Bilmayman — Idk

Biror bilmagan mavzuyimizda savol berishsa, mavzuni yaxshi bilmasak ham javob beramiz. Javobimiz noto'gri bo'lsa ham farqi yo'q.

Og'izdan chiqishi eng qiyin bo'lgan so'zlardan biri "Bilmayman" so'zi. Yunus emro filmini ko'rgan bo'lsangiz Toptuq Emro Yunusga bir ajib vazifa beradi: "Kim nima desa ham, Men bilmayman deb javob berasan". Topshiriq Yunus emro endigina darvesh bo'lgan paytida berilgan, asosiy sababi qozilikdan qolgan kibrni sindirish bo'lgan.

Bu voqeani tasvirlashim, har doim insonlarga "Bilmayman" deb javob berishimiz uchun emas. Albatta, bilgan ilm, ma'lumotlarimizni ulashish savob va ilmimizga baraka qo'shilishi sababchisi.

Asosiy maqsad bilmagan savollarimizga javob berish o'rniga bilmayman deyishga kuch topa olishimiz. Ishoning siz bilmagan narsani "Bilmayman" deyishingiz sizga ko'proq foyda bo'ladi.

Yoki hayotdan biror misol keltirsak, siz ish uchun biror interview'ga bordingiz. Biror texnologiya, bo'yicha savol berishdi:
- React'ni bilasizmi?
- Ha yaxshi bilaman.
- Component lifecycle nima ekanligini tushuntirib bera olasizmi?
- Mmm..., aaa... Nima edi? Do'stimdan yordam olsam bo'ladimi?
tugadi.

Bunaqa holatlar nafaqat job interview'larda, balki kundalik hayotimizda oddiy suhbatlarda ham ko'p uchraydi.
Kechki sayr kitob do‘konida yakunlandi)

P.S. Kitob sotib olishni yoqtiradigan, lekin bir tuzikroq o‘qiyolmaydiganlar bormi?😁

P.S.S. O‘zim kitobxonlardan bo‘lmasam-da, lekin ularni yaxshi ko‘raman. Barchamizga manfaatli qilsin)

@Codemarks — kitobxonlik sari)
Kitobga bo‘lgan ilk hislarim audiokitobdan boshlandi. Ustoz Mehmet Yildiz va ularning kitoblarini tarjima qilib, juda sifatli audiokitob holiga keltirgan @misbahkitoblar jamoasidan Alloh rozi bo‘lsin!

📚 @Codemarks
Forwarded from Fikrbank
Google rahbari Sundar Pichai 60 soniyalik nutqida shunday deydi:

Tasavvur qiling hayot siz ularni tushirib yubormaslikka harakat qilib havoda aylantirayotgan 5 koptokdan iborat o‘yin. Ulardan bittasi charmdan qolgan to‘rttasi esa shishadan yasalgan.

Bu besh koptokchalar:
Ish, oila, sog‘lik, do‘stlar, ruh.

Uncha ko‘p vaqt o‘tmay siz anglab yetasizki charmdan qilingan koptokcha bu ish. Qachondir tushib ketsa, u yana sopchib yuqoriga qaytib chiqadi. Biroq qolgan to‘pchalar shishadan yasalganligi uchun, birortasi tushib ketsa qaytib asl holiga kelmaydi. Yorilishi, sinishi, xatto parcha-parcha bo‘lib ketishi turgan gap. Siz bundan ogoh bo‘lib, ularni o‘ta ehtiyotkorlik bilan o‘ynatishingiz kerak bo‘ladi.

Ishlaringizni ish paytida to‘g‘ri taqsimlang, qalbingizni pok saqlashga jiddu-jahd qiling, oilangiz va do‘stlaringiz uchun zarur vaqtni ajrating, o‘z vaqtida hordiq oling va sog‘ligingizni asrang. Ularni yo‘qotsangiz, avvalgi holiga qaytishi dushvor.

© Murodjon Abdullaev
@fikrbank
Badiiy kitob!? Never!

Ha, men shunday odamlardan edim😄 ya’ni badiiy roman, asarlarni o‘qish erish tuyular edi. Aslida, unchalik ko‘p kitob o‘qiydigan odam emasman, lekin kitoblar haqida o‘z qarashlarimga ega edim.

Masalan, diniy bir ta’limot beradigan badiiy kitobdan ko‘ra diniy qoidalarni, sunnat va hadislarni o‘qishni afzal bilardim. Ustoz Mehmet Yildizning “Izlash” hikoyalari esa hayotimda burulish yasadi. “Izlash” meni izlab topdi)

Nega badiiy kitob o‘qish kerak?

Inson o‘rnak oluvchi. Unga ma’lum bir qoidalarni ming tushuntirganigiz bilan uni hayotga tadbiq qilish, amal qilish qiyin. Masalan, dasturlash sohasida ma’lum bir tushunchani ming o‘qisangiz ham asl mohiyatini anglab yetishingiz qiyin. Lekin, bir dona misol ko‘rsangiz yoki uni amalda qo‘llab ko‘rishingiz bilanoq “Aha!” deb yuborasiz. Ustozning kitoblari misolida esa, shu paytgacha o‘zim ming karra eshitgan, bilgan ma’lumotlarimni bir inson hayoti misolida ko‘rib mohiyatni angladim. Hayotimda shu zahoti qo‘llash quvonchiga ham musharraf bo‘ldim. Ya’ni badiiy kitoblar bizga amal qilishimiz kerak bo‘lgan qoidalarni mohiyatan anglashga yordam beradi.

Diniy ta’limotga aloqasi yo‘q bo‘lgan badiiy kitoblar bo‘yicha esa hali tajribam yo‘q.

Izohlarda tajribangiz bilan ulashsangiz xursand bo‘lar edim. Hozircha shu)

💡 @Codemarks
Qaysi kitoblarni, qanday oʻqish kerak?

1/2

Mutolaaga oshiq boʻlgan kitobxonlar uchun kitoblarni qanday o'qish kerak degan savol uncha murakkab emas. Ular har bir tugʻilgan imkoniyatdan foydalanib yoʻldami-choʻldami kitob oʻqib ketaveradilar. Lekin qaysi kitoblarni oʻqish kerak degan savol hamma uchun doim dolzarb boʻlgan. Chunki qoʻlga tushgan kitobni-da o'qib ketilavermaydi. Kiotblarning ham yaxshi-yomoni, kerak-keraksizi boʻladi. Ularni farqlab olish ham biroz tajriba talab qiladi. Albatta, men kitoblar boʻyicha mutaxassis emasman. Ammo "Oliy maqsad" loyihasi uchun yozib olingan suhbat ostida qoldirilgan savol sababchi bo'ldi-yu, eski yozilgan bir qayd yodimga tushdi. Undan kitob o'qish haqida master-klass o'tish ko'zda tutilmagan, shunchaki o'z tajribam haqida yozilgan edi. Shuni quyida sizlar bilan ham ulashmoqchiman. Kimgadir foydasi tegsa, ajab emas.

Men bir vaqtning oʻzida 3 xil yoʻnalishda 3 ta kitob oʻqib boraman (shartli tasnif): oxirat ilmi, dunyo ilmi, badiiy asar. 1 tasini hafta davomida ishdan kelgach, to uyqu vaqtigacha boʻlgan oraliqda fursat topilsa, 1 tasini doim ish vaqtida fursat topilsa, 1 tasini dam olish kunlarida. Qay birini qay vaqtga belgilashda hamma oʻzidan kelib chiqsa boʻladi. Oʻzim uchun bu usul juda samarali, zerikib ham qolmayman. Faqat bir yoʻnalishda uzluksiz kitob oʻqish odamni zeriktirib qoʻyadi deb hisoblayman. Balki bu mening yomonligimdandir, kim biladi deysiz. Lekin men uchun bu muammo bor va unga oʻzim topgan yechim shunday.

Endi har bir yoʻnalishdagi kitoblarga toʻxtalsak. Islomiy ilmlar yoʻnalishida Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratning kitoblari menimcha hammamizga yetib ortsa kerak. Hozirgacha Hazratdan jami oʻqiy olgan kitoblarim soni 30 tadan oshmadi. Mening hisobimga koʻra, Hazratning 126 ta kitoblari borligini hisobga olsak, Islomiy ilmlar uchun kifoya qilsa kerak. Holatga qarab ora-orada boshqa muallifdan yoki boshqa tildagi asarlardan ham qoʻshib oʻqisa boʻladi, albatta. Hazratning kitoblarini oʻqish boʻyicha tuzilgan roʻyxat ham bor, u ham asqotadi. Boshqa mualliflardan boshqa tillardagi asarlarni oʻqish borasida Islomiy ilm yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalar, ustozlardan maslahat olsa boʻladi. Qanchalik toʻgʻri bilmayman, lekin shaxsan men nafaqat kitob oʻqish, balki boshqa maʼlumot olish uchun ham asosan mazhab tutgan ahli ilmlar yoki mazhab tutmagan boʻlsa, mazhablarga yoki biz toʻgʻri deb bilgan aqidaga qarshi gʻarazi bilan tanilmagan, fitna qilmaydigan, boshqa yoʻnalishda samarali ijod qiladigan mualliflarga yuzlanaman.

📌 @javharuz 📌
Qaysi kitoblarni, qanday oʻqish kerak?

2/2

Dunyo ilmlariga kelsak, bu borada tanlov katta, ammo endi asosan til bilishga ehtiyoj bor. Chunki oʻzbek tilida bunday asarlarni topish biroz mushkul. Yaxshi asarlarni asosan inglizcha yoki ruscha, turkcha, arabchada oʻqisa boʻladi. (Aynan shuning uchun ham 21-asrda har bir inson uchun ingliz tilini bilish suv va havodek zarur). Oʻzim bu yoʻnalishdagi kitoblarni asosan tavsiya asosida oʻqiyman: tarix, iqtisod, siyosat, etnografiya, ijtimoiy antropologiya, matbuot yuzini koʻrgan mashhur bestsellar asarlar va h.k. Tavsiya qilingan asarlarni o'qishda avvalo kitob haqidagi qisqacha retsenziya, mundarijaga qarayman. Keyin boshidan ozgina o'qib ko'raman. Agar foydasiz deb hisoblasam, boshqa kitobga o'taman. Yaqinda Murakami degan muallifning "Yugurish haqida gapirganda nimalar haqida gapiraman" (What I talk about when I talk about running) degan asari bilan shunday boʻldi. Juda yaxshi sotilgan asar; Yaponiyadan kelgan doʻstim sovgʻa qilgandi. Bir qadar falsafiy ruhda yozilgan kitob ekan, biroq negadir uning gʻoyalari uncha yangilikdek tuyulmadi, keyin boshqa kitobga o'tib ketdim.

Badiiy adabiyotga kelsak, buni eʼtibordan chetda qolmasligi kerak boʻlgan yoʻnalish deb hisoblayman. Negaki badiiy adabiyot insonning savodxonlik darajasi va soʻz boyligini oshirib, nutqini goʻzallashtiradi. Alloh taolo goʻzallikni yaxshi koʻradi, shuning uchun bu jabhada ham goʻzallik uchun turli vositalardan foydalansak zarari yoʻq deb bilaman. Shuningdek, hordiq chiqarish uchun ham turli mashgʻulotlarni qilamiz. Ana shuni badiiy adabiyot bilan almashtirsak ham boʻladi. Badiiy asarlarni asosan charchagan, aqlim zaiflashgan paytda oʻqiyman va bu jarayonni xuddi yaxshi bir kino koʻrishga mengzayman. Qaysilarini oʻqishga kelsak, avvalo oʻzbek adabiyotining koʻzga koʻringan barcha asarlarini oʻqishimiz kerak. Ne qilsa ham oʻz millatimizning ong-tafakkurini yaxshi anglab olishimiz zarur. Milliy asarlar esa bunda juda katta yordam beradi. XX asrning bir qancha asarlari buyurtmaga yoki partiyaga xizmat qilish uchun yozilgan boʻlsa-da, ana shu davr muhitini qalban his qilish uchun yaxshi vosita. Shuning uchun ham chet el adabiyotidan oʻqiganim juda kam, asosan oʻzbek adabiyotini oʻqiyman. (Orada bir havasga berilib, oʻzbek adabiyoti tarixidagi barcha asarlarni tadrijiy tartibda "Qissasi Rabgʻuziy"dan boshlab hozirgi zamonga qadar oʻqib tugataman deb niyat qilgandim. Bu ham bir usul, masalan). Yoki yana taʼbga qarab, oʻzbek adabiyoti orasiga ahyon-ahyonda xorijiy mualliflardan ham kitoblarni qoʻshib tursa boʻladi. Eng muhimi, jarayon toʻxtab qolmasa boʻldi.

Aytgancha, unutmaslik kerakki, bu mutolaaning hammasi asosiy ish-oʻqishdan tashqari boʻlishi lozim.

Shunaqa gaplar.

📌 @javharuz 📌
Forwarded from Temurbek Adhamov
Full time Middle/Strong Middle Frontend dasturchi kerak

Talablar:

- 2+ yil Frontend sohasida real loyihalarda tajriba;
- JavaScript, ES6+, TypeScript, OOP;
- React, Redux/Context, WebPack;
- API lar bilan ishlash (GraphQL, REST);
- Git bilan ishlay olish;
- Clean Code, SOLID, Design Patterns;
- Scrum, Agile;
- Ishiga mas'uliyatli bo'lish;
- Time management.
- Ingliz tili.

Maqullanadi:

- Next.js, PWA, React Native bo'yicha tajriba;
- Algoritmlar bo'yicha tajriba;
- UX/UI tamoyillarini tushinish;
- Jamoa bilan ishlay olish.

Imkoniyatlar:

- Ahil jamoa;
- Turli qiziqarli loyihalarda tajriba orttirish imkoniyati.
- Shahar markazidagi ofis (metroga yaqin);
- O'suvchan oylik;

Qo'shimcha:

Abutech
kompaniyasi jamiyatga foydasi tegadigan sifatli loyihalarni amalga oshiradi. Jamoa EdTech, biznesni avtomatlashtirish (CRM/ERP), logistika, real time loyihalar (video streaming) va boshqa loyihalar ustida ishlaydi.

Rezyume yuborish uchun: abdullatifxon.hr@abutech.uz @abdullateefkhan_anvarkhani

PS: No Internship.
❗️Notion'dan aksiya.

ADALOVELACE promokod orqali notion akkauntingizni PRO versiyaga ko'tarib olishingiz mumkin. Promokodni kiritsangiz notion akkauntingizga $500 pul tushurib beradi (Kartaga emas ❗️) Bu uchun:

Settings => Plans => Upgrade PRO => Visa kartangizni ma'lumotlarini kiritasiz va Coupon'ga ADALOVELACE deb yozasiz.
Tamom)

😋 @Codemarks
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM