Codemarks
39 subscribers
24 photos
10 videos
62 links
Dasturlash sohasi bo‘yicha (asosan backend) tavsiya, yo‘riqnoma va shaxsiy fikrlar yoki mavzudan tashqari mavzular ;)

©️ Sahifadan ma’lumot olinganda, sahifa havolasi ko‘rsatilishi shart.

Takliflar uchun: @Codephile
Download Telegram
Musulmon kishini uyida qiblani tahorat olayotganingdayoq aniqlab olasan.
Gʻariblar

Bir kuni Nabiy sallollohu alayhi va sallam sahobalarga dedilar:
"Islom g‘ariblik bilan boshlandi. U yana boshidagi kabi g‘ariblikka qaytadi. Gʻariblarga jannat bo‘lsin!".

Gʻariblar deganda dastavval ko‘z o‘ngimizda jamiyatdan bir chekkada yashaydigan, insonlardan ajralgan, eski kiyimlar kiyib olgan, sochlari tartibsiz, mansabi va qiladigan ishi yo‘q, biror joyda o‘qimagan kishilar kelishi mumkin. Bu sifatlar o‘zi bilan o‘zi ovora bo‘lib qolgan kishilarning sifati, g‘ariblarniki emas.

Gʻariblarni jamiyatning barcha bo‘g‘imida uchratishimiz mumkin. Ular shifokorlar ichida ham bor, muhandislar ichida ham bor, temirchilar ichida ham bor, duradgorlar ichida ham bor, haydovchilar ichida ham bor, ko‘cha tozalaydiganlar ichida ham bor, nomini yozishni bilmaydigan talabalar ichida ham bor, uy xizmatkorlari ichida ham bor, muallimlar ichida ham bor, hamshiralar ichida ham bor...

Ularning biz kabi oilasi, ishi, orzulari, istaklari, og‘riqlari, tabassumi va kulgusi bor. Ular biz yashayotgan jamiyatda yashashadi. Ularning g‘aribligi qalbida bo‘ladi. Ularning qalbidan islom va musulmonlar ahvolini o‘ylab qon tomadi. Ularning tungi barlarda birga aralashib o‘yin-kulgi qilayotgan farzandlarimizni ko‘rib, qo‘llaridan hech bir ish kelmasligini o‘ylab qalblari og‘riydi. Ular mahallalarda aroq sotilayotganini ko‘rib, uni qaytarishga toqatlari yetmasdan alam chekishadi. Ular hijobsiz, ochiq yurgan xotin-qizlarimizni ko‘rishsa, masjiddan, namozdan nafratlanadigan yoshlarni ko‘rishsa mahzun bo‘lishadi. Ular jamiyatdagi poraxo‘rlikni ko‘rib, uni tuzata olmay ezilishadi. Millatning boyligi talon-taroj bo‘layotganini ko‘rib ular adoyi tamom bo‘ladi. Ular Robbilari bilan yolg‘iz qolishsa g‘aribliklaridan Unga shikoyat qilishadi. Ohlarini Unga izhor qilishadi. Ular bunaqangi ishlardan rozi emasliklarini Robbilariga aytishadi.

Gʻariblar oddiy va sodda insonlar emas. Moʻminlarning jamiyatdagi muammolardan qalblari og‘riydi.

Islom g‘ariblik bilan boshlandi. O‘sha davrdagi g‘ariblar qanaqa edi. Mana shu savolga javob topishimiz bugungi g‘ariblarni ham bizga aniqlab beradi.

Abu Bakr roziyollohu anhu juda katta savdogar edilar. Oldi-sotdi qilar edilar. Musulmonlardan juda ko‘p qul ozod qilar edilar. Jamiyatda obro‘lari baland edi. Hamma u zotni tanir edi. U zotning g‘aribliklari qalblarida edi. Qavmlarining zalolati va kufrini ko‘rib ezilar edilar.

Miqdod ibn Asvad roziyollohu anhu juda kuchli jangchi, bahodir chavandoz edi. Hech narsadan qo‘rqmas edi. U hayotini qahramonlardek o‘tkazdi. Ammo uning g‘aribligi qalbida edi. Qavmining but va sanamlarga ibodat qilayotganini ko‘rib qalbi pora bo‘lar edi.

Umar ibn Xattob roziyollohu anhu "Dorun Nadva"da Bani Adiyning vakili edilar. So‘zamol, kuchli tanaga ega edilar. Butun Quraysh u zotni tanir edi. Ko‘pchilik u kishidan hayiqar edi. Ammo u zotning ham g‘aribliklari qalblarida edi.

Mus’ab ibn Umayr roziyollohu anhu Makkaning eng go‘zal yigitlaridan edi. Eng yaxshi kiyimlarni kiyar edi. Qizlar Mus’abni ko‘chada ko‘rib qolsa dugonasiga uni ko‘rganini aytib uzoq vaqt maqtanib yurar edi. Ammo Mus’abning g‘urbati qalbida edi. Qavmining, oilasining do‘zaxga kirishini o‘ylab qalbi qon yig‘lar edi.

Hamza roziyollohu anhu kuchli, qo‘rqmas bo‘lsalarda g‘arib edilar. Quraysh u zotni "sherlar ovsisi" der edi. Hamza roziyollohu anhu Abu Jahlning yuziga bir musht urib:"Qani qo‘lingdan kelsa qaytarchi!", deganlarida Abu Jahl urishga jur’at qila olmagan edi.

Gʻariblik qalbda bo‘ladi. Insonlardan ajralib olish, bekorchilik va dangasalik g‘ariblik emas. Bu xorlik va mag‘lubiyatdir. Bunda g‘ariblikdan asar ham yo‘q!

(c) Abdulqodir Polvonov

@Codemarks
Forwarded from Osmondagi bolalar
Kitobsevarlar shu yerdamisiz?

🔥 Har qanday kitobxon borki, kitobxonlik madaniyati shakllanishini, ko'proq kitoblar o'qilishini va shu orqali jamiyatning rivojlanishini xohlaydi.

Shunday maqsadlarni ko'zlagan holda, yangi loyiha boshlamoqdamiz. Bu loyihamiz uchun "Kitobsevarlar" nomi ostida ko'ngillilar jamoasini shakllantirmoqchimiz. Loyiha ushbu jamoa ko'magida amalga oshiriladi.😄

Jamiyat uchun foydali bo'lishi kutilayotgan ushbu loyihada o'z hissangizni qo'shishni, xayrli ishlarda ishtirok etishni istasangiz, quyidagi havola orqali ma'lumotlaringizni qoldiring.

👉 Ro'yxatdan o'tish
Forwarded from G'iyosiddin Yusuf
​​Bolalar uchun odobdan onlayn darslar

Telegramdagi @IbnuYusuf kanalida "Kundalik odoblar" kitobidan bepul onlayn darslar olib borilmoqda. O‘quvchilar soni cheklanmagan. Ishtirok etish uchun ovozli chatga qo‘shilish kifoya.

Avval dars tushuntiriladi, keyin bolalar bilan savol-javob bo‘ladi. O‘quvchi ko‘p, vaqt kam bo‘lgani uchun hamma bilan savol-javob qilish imkonsiz. Agar farzandingiz bilan alohida shug‘ullanilishini istasangiz, 10 kishilik kichik guruhga yozdiring. To‘lov 2,5 oy uchun 500 ming so‘m. Darslar payshanba va yakshanba kunlari 19:30 da alohida guruhda bo‘ladi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun: @AkbarAli_Abdulloh

Bepul darslar seshanba va juma kunlari 19:30 da @IbnuYusuf kanalida bo‘ladi.

Dars mavzulari:

Odob nima?
Ota-onani eʼzozlash
Ustozga ehtirom
Uyquga yotish va turish odoblari
Poklik odoblari
Kiyinish odoblari
Ruxsat so‘rash odoblari
So‘zlash odoblari
Salomlashish odoblari
Ovqatlanish odoblari
Hojatxonaga kirish va chiqish odoblari
Ko‘chada yurish odoblari
O‘quvchi odoblari
Kitob o‘qish odoblari
O‘yin odoblari
Mehmon va mezbon odoblari
Do‘stlik odoblari
Birovning haqqi
Kun tartibi

Ustoz: kitob muallifi G‘iyosiddin Yusuf

♻️ Maksimal tarqating. 😊

@IbnuYusuf — ota-onalar va bolalar kanali
Forwarded from Temurbek Adhamov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ta’lim yo’lida yurganlar eshitsin!

Ustozlarimizdan Alloh rozi bo’lsin! Biz ular sababli shu joylargacha keldik…
#tarjima

So‘zlar haqida...

So‘zlar bilan nima sodir bo‘layotganini payqayapsizmi? Nima deb vaysayotgandiz? Eh! So‘zlaringiz buzilgan ko‘rinadi! Aynigan! Fuuuu! Yo‘q, ular hali ham o‘sha ko‘rinishda va jarangdorlikda. Ammo bilasizmi muammo nimada? ULAR UMUMAN HECH QANDAY MA’NONI ANGLATMAYDI!

O‘zingiz qarang. Bir paytlar, odamlar birgalikda bilimlarini oshirish uchun so‘zlardan foydalanishgan. Ammo keyin nima bo‘ldi? Ulardan biri chirigan buyumlarni soddalarga aldab o‘tkazdi. Ikkinchisi tinchlikda yashashga va’da berdi, lekin tunda kelib barchani qirdi. Uchinchisi dordan qutilib qolish uchun do‘stiga tuhmat qildi. To‘rtinchisi esa shunchaki ayollarni ilintirish uchun valdirab yurdi. Shu zayilda avlodlar o‘zgaraverdi - va hozir hech kim so‘zlarni muqaddas ahamiyati haqida o‘ylamaydi ham - ulardan faqat hojatxona qog‘ozi kabi sukunatni tozalash uchun foydalanishyapti.

Yodingizdami, "Mumkin emas!", "Mumkin emas!", "Mumkin emas!", "Mumkin emas!" deb ota-onalarning doimiy takrorlashi oqibatida bu bema’ni to‘ng‘illashga aylandi? Va siz qanday javob berardingiz: "Boshqa qaytarilmaydi! Chin so‘zim! So‘z beraman!" - hatto nimadir qilishga harakat ham qilib ko‘rmadingiz? "Besh daqiqadan so‘ng", "Dushanbadan boshlayman", "Oxirgi marta", "Men tirbandlikdaman" - bularning barchasi bir-biringizning qulog‘ingizga qayt qilayotgan axlatlarning shitirlashi xolos. Siz shunchaki butun dunyo so‘zlar bilan ifodalangan tushunchalardan iborat ekanligini unutib qo‘ydingiz. Agar so‘zlar salmog‘ini yo‘qotsa - butun dunyo fohishaxona va sirkga aylanib qoladi! Tram-tam-tara-dara-dam-tam-tara!!

Albatta, hammasidan uzoqroq eng kuchli so‘zlar turib berdi: "nomus", "adolat", "haqiqat", "Xudo" - his qilyapsizmi? Endi bu sizni ulardan qaytarmoqda! Kechagina ular rostakam edi. Bilasizmi kim ularni bekorchi g‘avg‘oga aylantirdi? Ha, ha, to‘ppa-to‘g‘ri! Yuristlar, siyosatchilar, ruhoniylar, reklamachilar... Ish quroli kimda so‘z bo‘lsa hammasi. Va sizlar esa postlaringiz va layklaringiz bilan faqat o‘choqqa ko‘mir tashlayapsizlar! Yana! Yana! Yana! Ko‘proq! Qani! Post layk komment! Post layk komment! Post layk komment!

Bilasizmi haqiqiy post qanday bo‘ladi? Og‘zingizni yumib, kamida bir hafta jim yurish. Ammo qo‘rqamanki og‘iz mushaklaringiz sukutni ko‘taraolmaydi! Yo‘q, siz chindan ham so‘zlaringizni kuchini qaytishini xohlaysizmi? Unday bo‘lsa yetti kunga, yaxshisi o‘n kunga sukut saqlang! Bir so‘z aytmasdan! Ijtimoiy tarmoqlarga kirmasdan! O‘zingizni va his-tuyg‘ularingizni tinglang! Oxir oqibat, og‘zingiz orqali ifloslanishni to‘xtatsangiz, miyangizda ajoyib narsalar ro‘y beradi.

Ammo qaysi birimiz bunday qilishga qaror qilaolamiz?

"Ox! O‘ylaymanki: hech narsa qila olmaymiz

Dunyoviy g‘urbatlar orasida tinchlanish uchun;

Hech narsa, hech nima... Insofdan tashqari"...

(c) Komiljon Abdulloh
Forwarded from Bayyina.uz
ТАКАЛЛУФДАН ҚАЙТАРИЛГАНМИЗ!

Расулуллоҳ саллоллоҳу алайҳи ва саллам саҳобалар билан бир сафарга чиқдилар. Кечаси бир кишининг маконига етиб бордилар. У ўзининг ҳовузининг олдида ўтирган эди. Умар ибн Хаттоб розиёллоҳу анҳу унга дедилар:
- Ҳой ҳовузнинг эгаси! Кечаси ҳовузингдан йиртқичлар ичганми?
Шунда Расулуллоҳ саллоллоҳу алайҳи ва саллам ҳовузнинг эгасига дедилар:
- Эй ҳовузнинг эгаси! Бунга ҳеч нарса айтма. Бу зўраки инсон. Қорнида олиб кетгани ҳайвонникидир, қолгани бизга ичимлик ва тозаловчидир!

Ҳазрати Умар розиёллоҳу анҳу ўзларига бу дарсни яхши сингдириб олдилар. Имом Молик роҳимаҳуллоҳннинг "Муватто"ларида келади:
"Умар ибн Хаттоб розиёллоҳу анҳу бир жамоа билан сафарга чиқдилар. Улар орасида Амр ибн Ос розиёллоҳу анҳу ҳам бор эди. Улар бир ҳовузнинг олдига келишди. Шунда Амр ибн Ос розиёллоҳу анҳу ҳовуз эгасига:
- Ҳой ҳовузнинг эгаси! Ҳовузингдан йиртқичлар ичадими?
Шунда Умар розиёллоҳу анҳу ҳовуз эгасига дедилар:
- Унга ҳеч нарса айтма. Йиртқичлар ичган жойдан биз ичамиз, биз ичган жойдан улар ичади!

Имом Бухорий роҳимаҳуллоҳнинг ҳадис тўпламларида келади:
"Умар розиёллоҳу анҳу айтдилар: "Биз такаллуфдан қайтарилганмиз!".

Имом Табароний, Ҳоким ва Байҳақийларнинг ҳадис тўпламларида Салмон Форсий розиёллоҳу анҳудан ривоят қилинади:
"Расулуллоҳ саллоллоҳу алайҳи ва саллам бизни меҳмонга такаллуф қилишдан қайтардилар".

Бу буюк дин бизни қийналмасдан оддий ҳаёт кечиришимизни истайди. Энг яхши нарсаларни қидириб ўзимизни қийнашимизни хоҳламайди. Бошқаларнинг вазифасини бажариш учун бир уюм қарзни гарданимизга юклаб олишимизни, одамларга ҳашаматли кўриниш учун зўрма-зўраки қиммат нарсаларни сотиб олишимизни истамайди.
Биз шариатда фойда бермайдиган илм изламаймиз. Зарар бермайдиган жоҳилликни қидирмаймиз. Бу ҳам такаллуфдир.
Имом Шаъбий роҳимаҳуллоҳдан бир киши сўради:
- Иблиснинг хотинини исми нима бўлган?
Шаъбий жавоб берди:
- Уларнинг никоҳида гувоҳ бўлмаган эдим!

Иброҳим алайҳис салом сўйган ва тўртта тоғнинг устига қўйган қушларнинг навини билишга интилиш, асҳоби каҳфнинг итининг рангини суриштириш, Қобил ва Ҳобилнинг қайси тилда гаплашганини суриштириш кабилар такаллуфдир!
Ақлий фаолиятимизни ўзгартиришимиз лозим. Такаллуфни тарк қилишимиз керак. Ана шунда ҳаёт енгиллашади!

АбдулҚодир Полвонов
———
Дўстларингизга ҳам улашинг!
@Bayyinauz
Ижтимоий тармоқларда бизни кузатинг!
⬇️
Telegram
| Instagram | YouTube
Muslim Women Fill BBC’s 100 Women List: Are These Our Role Models?

They want to impose on Muslims *their* definition of success.

https://muslimskeptic.com/2021/12/18/muslim-women-fill-bbcs-100-women-list-are-these-our-role-models/
Vaqtni qiymatli yoki beqadr qiladigan narsa, bu o‘sha vaqtning qanday o‘tkazilishidir, uni sarflash shaklidir. Ya’ni vaqt–umr qanday, nima amallar bilan o‘tkazilganiga ko‘ra baholanadi.
– Uning aytayotgan gaplari to‘g‘ri edi. Buni tasdiqlayotganimni ifodalovchi nigohlar
bilan unga qaradim. So‘zida davom etdi:
– Har qanday bir narsaga badal qilib bergan vaqtimiz, o‘sha narsadan ko‘ra qimmatliroq emas. Chunki, haqiqatdan ham qadrli bo‘lganida biz bu oldi-sotdiga rozi bo‘lmagan bo‘lardik. Shu bois, davlatni, mol-dunyoni hamda mansab-maqomni qo‘lga kiritish uchun sarflangan vaqt, xarj qilingan narsalardan ko‘ra qadrsiz holatga tushirilgan.
Uning aytayotgan so‘zlari meni teranroq fikrlashga undardi. Men uning xulosasini
eshitishni istab “Alqissa?” dedim.
– Xulosa shuki, davlatga sohib bo‘lishdan ham muhim, eng qimmatli bo‘lgan nafas,
mol-dunyodan ko‘ra qadrli bir g‘oya, yana-da qimmatliroq maqsad sari berilgan so‘nggi nafasdir.
– Ya’ni?
Hech narsa demasdan Ismoilga qaradi. Bu savolga uning javob berishini istardi.
Ismoil menga kulimsirab qaragancha:
– Buning javobini sen ham o‘rgangansan. Allohni rozi etish uchun, Uning rizosi
istiqomatida yashash,– dedi.

(c) Mahmud Olaqosh - "Peshonamdagi nur"

--------------------------------

Juda muhim! Ilm tomon qadam qo‘yingda, qanday ilm bo‘lishidan qat’iy nazar, maqsading shu ilm bilan Allohga yaqinlashish bo‘lsin. Ana shunda o‘rgangan har qanday ilm shar’iy ilm hukmida bo‘ladi. Men oldin sizlarga ham aytganman, maqolalarimda ham yozganman. Otamning menga aytgan bir gaplari bor edi. Bu gap menga juda qattiq ta’sir qilgan. O‘shanda men 15 yoki 16 yoshlar atrofida edim. Qo‘limdan ushlab shu shahardagi (Damashqdagi) madrasaga qayd qildirib qaytayotganimizda aytgandilar: “Agar ko‘cha tozalash Alloh taologa yaqinlashtirganida seni ko‘cha tozalovchi qilib qo‘yar edim. Lekin, izlanib shuni bildimki, Allohga ilm orqali yaqinlashish mumkin ekan. Shuning uchun seni bu yo‘lga (ilmga) yo‘naltirdim”. Shu joyiga e’tibor qiling! “Endi esa sendan istagim shuki, ilmni bir ishga joylashish uchun o‘rganma! Ilmni faqat va faqat Alloh subhanahu va taoloning roziligi uchun o‘rgan”.

Inson hodisaga shunday yondashsagina Tibbiyot o‘qisa ham Allohga yaqinlashadi. Kimyo, fizika, matematika, arxetektura, astronomiya...barcha ilmlar... Chunki ilmning vazifasi nima? Haqiqatni to‘sib turgan yopinchiqni ko‘tarish. Koinot haqiqatlarining eng buyugi nima? Shak-shubhasiz haqiqatlarning eng haqiyqisi Alloh subhanahu va taolodir.

(c) Muhammad Sa’id Ramazon al-Butiy rohimahulloh

-----------------------------------

Dasturlash, tibbiyot, iqtisod, marketing yoki boshqa bir o‘z mutaxassisligimiz bo‘yicha qanday Allohga yaqinlashamiz? O‘ylab ko‘rganmizmi?

Fikrlaringizni jon deb o‘qigan bo‘lar edim 👇

@Codemarks
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
NVIDIA takomillashgan rasm chizadigan sunʼiy ongni taqdim qildi

Rasmni taʼriflasangiz u sizga haqiqatga yaqin ko‘rinishdagi rasm chizib beradi. Ajoyib🔥

Bu yerda ishlatib ko‘rishingiz mumkin:
http://gaugan.org/gaugan2/
АҚШдан онлайн мол сотиб олиш учун:
1) Ўзбекистон банкидан Visa карта очтирасиз, долларлигисини. НБУ, Капитал банк ва бошқаларида...

2) Сотиб олинган молни Интернет магазин тўғридан тўғри Ўзбекистонга жўнатмайди, жўнатса ҳам ўта қиммат бўлади, килоси 40 доллар. Шунинг учун АҚШнинг ўзидан сизга почта адреси берадиган ва молингизни Ўзбекистонга жўната оладиган логистик (форвардинг) компанияда рўйхатдан ўтиб, адрес оласиз. Махсус сизнинг номингизга адрес беради. Бундай фирмаларга мисол, wikishop.us. Барча амалиёти автоматлаштирилган.

Рўйхатдан ўтиб, адрес олиш текин, юбориш нархи тахминан килоси 12$ га айланади. Албатта, савдогарлар бундан анча арзон нархларни топишлари мумкин, бироқ бир-икки ойда бир витамин ё кофе сотиб оладиганлар учун сезилмайди.

Wikishop.us нинг хизмати учун Visa картангиз орқали тўлайсиз: мол складга тушгандан кейин викишоп сизга хабар беради, барча молингиз келгандан кейин упаковка қилишга буйруқ берасиз ва викишоп сизга молингиз оғирлигини ва неча пул тўлашингизни ёзиб юборади.

3) Кейин amazon.com га кириб, керакли товарларни сотиб оласиз. Манзилга викишоп берган адресни киритинг. Амазондан бошқа талайгина дўконлардан ҳам ҳарид қилишингиз мумкин, албатта.

Мол чиқиб кетгандан кейин амазон сизга трекинг рақамини юборади, шуни олиб, викишопда кутилаётган мол, деб рўйхатдан ўтказиб қўйсангиз, мол келганда автоматик равишда хабар беради. Охирида, хоҳласангиз, викишоп Тошкентдаги молингизни уйингизгача етказиб беради. Маслаҳатим, викишоп сайти билан танишиб кўринг, телеграм орқали ҳам улар билан сифатли мулоқот қилса бўлади.
Mashhur bo‘lish uchun dindan foydalanmang!

Kechagina do‘stlarim bilan shu mavzuda bahslashib turgandim) Menga tushuntirish uchun vaqtlarini ayamay 2-3 soatlab suhbatlashishdi. Axiri tushungandim...Alloh ulardan rozi bo‘lsin! Endi esa bu mavzuga Islom.uz portalidagi “Dolzarb mavzu” ko‘rsatuvida Shayx Mansur Aliy hafizahulloh to‘xtalib o‘tibdilar. Ajoyib! Alhamdulillah.

Barchaga ko‘rishni va qadamlarimizni to‘g‘rilab olishni tavsiya qilaman. Yoqimli tomosha😊

@Codemarks
Forwarded from Sakinat oila maktabi
Diqqat, ota-onalar uchun tuhfa!

• Farzand tarbiyaning oson yo‘llari bormi?
• Qiz bola bilan o‘g‘il bola tarbiyasida qanday farqlar bor?
• Tarbiyada namuna bo‘lishning o'zi yetarlimi?
• Farzandingiz o‘ta tortinchoqmi?
• O'smir farzandingiz bilan murosa qilishga asabingiz dosh bermayapdimi?
• Yoki boshqa muammolar bormi?
Unda, marhamat!


"Sakinat oila maktabi" ota-onalar uchun farzand tarbiyasi mavzusiga bag‘ishlangan ikki kunlik "Muhim nuqtalar" seminar treningini e'lon qiladi.

Seminar trening ikki qismdan iborat.
1-qism: 21-yanvar kuni soat 09:00 dan 12:00 gacha;
2-qism: 23-yanvar kuni soat 18:00 dan 21:00 gacha yuzma-yuz suhbat tarzida bo‘lib o‘tadi.

Suhbatni "Sakinat oila maktabi" asoschisi - Ikrom Sharif hamda INSIGHT psixologiya markazi rahbari Sayyora Azlarova olib boradi.

Seminarda ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tish shart.
O'rinlar soni chegaralangan.

Murojaat uchun:
📞+998949444447
🔘Adminga yozish

O'tkazish joyi: Avlod 21 Biznes Akademiyasi

Manzil: 1- Mahtumquli tor ko'chasi, 2
Mo'ljal: "Mashhura" o'quv markazi bosh ofisi

Sakinat oila maktabi — baxtiyor turmush sari!

@Sakinat
Yaxshi yangilik!

Margulan Seysembayevning o‘zbek tilidagi YouTube kanali ochilibdi.

------------------------------------

Дўстлар, менда яхши хабар ҳам бор! Сизларга ўзбек тилидаги Ютуб каналим фаолият бошлаганини билдиришдан мамнунман. 🇺🇿

Биламан, обуначиларим орасида ўзбекистонликлар бор, шу боис сизларни янги каналимда кўришдан хурсанд бўламан.

Илк видео — Дмитрий Гордонга берган интервью. Видео қуйидаги ҳаволада 👇
https://youtu.be/WuapKLb2-7M
Forwarded from Iqtisodchi Kundaligi
Бундан сал кам йигирма йил олдин, АҚШда дунё тарихидаги энг катта свет ўчиши содир бўлган эди. Асосий истеъмолчиларга 7 соатда свет қайтди, умуман олсак, барча асоратларини йўқотишга 4 кун кетди. Бу свет ўчишини сабаби изчил ўрганилган, тадқиқот ва тергов натижаларини ўқисангиз бўлади, сабаби программадаги, яъни софтдаги муаммолар ҳам бўлган (инсон фактори, нотўғри бошқарув ва программа хатоси учта асосий сабаб қилиб кўрсатилган). АҚШ ва Канаданинг 50 миллиондан ортиқ аҳолиси бир неча соат светсиз қолиб кетишганинг сабаби кибер сабабларга кўра содир бўлгани албатта диққатга муҳим воқеа. Бу ўчишни натижасида жуда кўп хатолар устида ишлаш қилинди, Европа ва АҚШ электр таъминоти тизимлари киберҳужумлар ва киберхатоларга текширилиши кераклиги ва доим стресс тестлардан ўтказиши кераклиги ҳақида бир нечта қарорларга келинди. Бу кулфат натижасида, ҳар хил сабаблардан 100 та инсон қурбон бўлгани ҳам қайд этилган эди.

Хатоларни устида ишлаш натижасида, АҚШ конгресси машҳур Энергетик Сиёсат Қонунини 2005 да қабул қилди. Ўша қонунчилик лойиҳаси асосида келажакда ҳам, террористик ёки бошқа таҳдидлардан, киберҳужумлардан, программа ва инсон хатоликлардан свет ўчишини олдини олиш ҳаракатлари акс эттирилган. Муҳими, свет ўчиб қолса, қандай стратегия қилиниши кераклиги ҳақида режалар тузилиб чиқилган. Ўша воқеалар асосида қабул қилинган қонунчилик, ҳали ҳам шимолий америкадаги энергетик сиёсатда қўлланиладиган саъй ҳаракатларнинг белгиловчи асосий қонунлардан саналади.

Ўйлайманки, биздаги бугунги кун воқеалари пайтидаги ҳукуматнинг тез ва яхши шаклланган коммуникация тактикаси ва кулфатни олдини олишга бўлган ҳаракатлари келажак учун тайёрланадиган қонунчилик яратилганида тажриба сифатида инобатга олинади. Аминманки, келажакда бундай нарсалар қайтарилмаслиги ҳақида керакли чора-тадбирларни кўрганимизда, бугунги кун тажрибаси энг муҳим нуқта бўлади. Инфратузилма борасидаги қонунчилик — қурилиш ва эксплуатацияга оид масалалар, мавжуд қонунчиликка амал қилиниши ва бажаришдаги муаммолар, электр энергия нархларини бозор сиёсатига ҳамоҳанг қилиш ва энг муҳими, ўрта Осиё энергия тизимини, худди шунга ўхшаш тизим, шимолий америка тизимини асоси бўлмиш NERC стандартларига қараб ислоҳот қилинади. Албатта бу узоқ ва узун жараён, лекин бугунги кун сабоқлари бу масалаларга жиддий эътибор беришимиз кераклигини эслатмоқда.


Бундай фавқулодда ҳодисаларида, ўз кучи ва ғайратини аямай хизмат қилаётган барча хизматчилар ва масъул ташкилотларда фаолият олиб борувчиларга ўз миннатдорчилигимни билдирмоқчиман. Кутилмаган кулфатлар пайтида оқилона чоралар кўриб, иложи борича бу кулфат асоратларини олдини олишга ҳаракат қилаётган барча инсонларга ўз чуқур миннатдорчилигимни айтмоқчиман. Ҳақиқатдан, шундай пайтларда қанчалик давлат хизматлари сифати муҳимлиги ва кераклиги ҳақида инсон ўйланиб қолади. Давлатнинг асосий функциялари ҳам, айнан шундай кунларда энг яққол билинади.
Elektrsiz kun...

Kundan-kunga shashti oshib, qiyomatga yaqinlashib borayotgan dunyoda 30 daqiqa tin olib, hayotimga nazar tashladim.

“Oliy maqsadim nima?”, “Qayoqqa qarab ketayapman?”, “Oxiratga nima olib boryapman?”, “Ummatga qanday manfaat bera olaman?” savollariga javob izlab ko‘rdim. “Yana qanday savollar javobi hayotimda burulish yasashi mumkin?” deb o‘yladim.

Lekin, bilasizmi, bu savollarning bari ikkilamchi ekan. Dastlab, hayotimda eng muhim markaziy nuqtani topib olishim va u tomon “markazga intilma harakat” amalga oshirishim kerakligini tushundim. Bunda payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning so‘zlari yo‘lchi yulduz bo‘ldi. Shu onda u zot sollallohu alayhi vasallamning eng ma’lum va mashhur “Amallar niyatga bog‘liq” hadislari sharhini esladim va bu hayollarni qalbimga solgan Kariym bo‘lgan zotga hamd aytdim.

Bilasizmi, ushbu 30 daqiqa yuqoridagi hadisni eslamasdan, anglamasdan o‘tishi mumkin emas edi. Alhamdulillah!
Forwarded from Sulaymon NE'MATOV
Дастурчининг жаннатга йўли.

Абу Ҳурайра розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади:
“Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам: “Бир киши йўл юзидаги дарахт шохчаси олдидан ўтаётиб: “Аллоҳга қасамки! Уни мусулмонлардан йироқлаштираман, (шунда) уларга озор етказмайди”, деди. Бас, у жаннатга киритилди”, дедилар”
(Муслим)

Росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам рост сўзлайдилар.

Сиз дастурчимисиз?

Одамларнинг йўлида одамларга қийинчилик бўлиб турган тўсиқларни кўряпсизми?

Маҳалладан справка, поликлиникадаги тартибсиз навбат, вилоятга бориш учун алдоқчи таксистларга боғланиб қолиш, чет элга учиш учун узундан узоқ навбатли авиакассага келиш, касал бўлганда овқат пиширолмаслик, етимларга ҳақларининг етиб бормаслиги, пенсия тўловларидаги муаммолар, сифатли таълимга эришишдаги бюрократик ва географик тўсиқлар ва ҳоказо....

“Аллоҳга қасамки! Уни мусулмонлардан йироқлаштираман, (шунда) уларга озор етказмайди” денг-да, иқтисодиётни ва жамиятни рақамлаштиринг. Қийинлаштирманг, осонлаштиринг.

Иншааллоҳ, жаннат йўлингиз шу.

© Саидкомил Муҳаммадкарим
ҲАРОМ ИШЛАРГА БОШ БЎЛИШ

@Savollar_kanal 10337-савол

Ассалому алайкум! Бир яқин дўстим номидан. Мен Ислом динини энди тушуна бошладим. Мен интернетдаги турли хил спорт ўйинларига пул тикиб оладиган қимор сайтларни Ўзбекистонга олиб кирган одамлардан бир собиқ амалдорман. Ўша пайт илмсиз одам бўлган эканман. Қанчалар гуноҳ ишлар бўйнимга илинганини ўйласам йиғлагим келади. Мен ўзим шу ҳаром қимор ўйинларни ўйнаб катта катта пуллар ютдим. Ҳаром барибир ҳақиқатда тешиб чиқар экан. Бошида хурсанд бўлиб юравердим. Кейин кейин ҳаммаси чаппасига кетди. Ҳозир 2 та фарзандим бор 2 таси ҳам ногирон. Ўзим ҳам яқинда авто ҳалокатга учраб оёқларимдан айрилдим. Мени орқамдан қанчадан қанча мусулмон биродарларимиз ҳам шу ҳаром ўйинларга берилиб кетишди. Энди мен нима қилай маслаҳат беринглар. Шу осон йўллар билан пул топаман деб юрган мусулмон биродарларимиз бу йўлларидан қайтишсин. Бу ҳаром пуллар қачонлардир тешиб суриб кетар экан бу дунёда бўлмаса Охиратда. Телеграм саҳифаларингизга ҳам жойланг илтимос.

ЖАВОБ:

– Ва алайкум ассалом! Энг аламли жойи сиз олиб кирган қимор қанча давом этса ва кимлар ўйнаса ҳаммасининг гуноҳидан насибадорсиз. Астойдил тавба қилинг. Валлоҳу аълам!


«Зикр аҳлидан сўранг» ҳайъати

Манба

➡️ Каналга уланиш
Forwarded from Javhari fard
ҲАҚНИ БАЁН ҚИЛИШ ҚОИДАСИ

Инсон ҳар бир ишни аниқ қасд билан бажаради. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам буни ният деб атадилар. Амаллар ниятлар билан боғланди. Ният – илдиз, амал – ниҳол, дарахт.
Рўй берган воқеани аслича баён қилиш, бизнинг наздимизда, ҳақиқатни айтиш саналади. Ҳақиқатни баён қилишдан қасд нима? Ният нима?
Дейлик, бир инсон фаҳш содир қилди. У, масалан, аёл киши ва депутат бўлиши ҳам мумкин. Уни ошкор этишдан мақсад нима?

Бир аёл бир гўдакни ёввойи ҳайвон олдига отиб юборди. Уни оммага етказишдан мурод қандай бўлиши мумкин?

Эҳтимолий жавоблар:
1. Ода
мларни ҳаёт даҳшатларидан, жамият бузилиб кетганидан огоҳ қилиш.

2. Бирор инсоннинг обрўсини тўкиш, ерга уриш, шарманда қилиш.

Бошқа жавоб борми? Йўқ бўлса, шу иккисини таҳлил қиламиз. Одамларни огоҳ қилдик, энди одамлар нима қилиши керак? Огоҳ бўлган одам эҳтиёт чорасини кўради. Эҳтиёт чораси қаерда? Фаҳшда эҳтиёт бўлиш лозимми? Ё болани ҳайвонга ем қилишдами? Умуман, болани ваҳший ҳайвонга ташлаш ғалати эмасми?! Ғайритабиий эмасми?! Эси жойида инсоннинг ишими? Агар буни қилган жинни бўлса, жиннини сазойи қилиш тўғрими?

Иккинчи жавобга муносабатимиз маълум – бир одамни шарманда қилиш учун унинг гуноҳларини фош этиш оқланмайди. Бу тубан бир амалдир.

Асосий масалага қайтамиз.
Содир бўлган мункар иш, гуноҳ ва айб иш қаршисида мусулмоннинг қиладиган амали – уни тузатишдир. Оламга жар солиш эмас. Фаҳш содир бўлса, унинг олдини олиш ва тўхтатиш, унинг кенгайиши учун йўл қўймаслик керак. Бола айиқ олдига ташланган бўлса, сабабини аниқлаб, бартараф этиш, бу ишни қилган аёл она бўлса, унга ёрдамлашиш лозим – руҳий касал бўлса, даволанг. Боланинг ҳам руҳи синди, унга бу даҳшатни унутиш учун кўмакчи бўлинг. Ва ҳукумат тепасидагилар, олим ва воизлар халқнинг руҳий ҳолатини муолажа қилсин. Инсонлар нафсини тарбияласин. Одамларни ёмонликдан қайтариб, яхшиликка чорлаш учун ишласин.

Бу кирдикорни омма билгани билан қандай фойда олинди? “Фойда” шу бўлдики, яна бир ярамас иш қаршисида этимиз сесканмайди ортиқ. Мункар иш қаршисида совуққон бўлишни, бу ишга қаршиликка ўрганмоқдамиз.

Амир Темур ҳақида видео қилишибди.
Соҳибқиронни ўлим отаси деб атаганларидан ташқари тасвирларга қаранг! Ғарб Соҳибқирон қабри устида югуриб юрибди, ҳеч ким индамаяпти. Энг фожиали лавҳа шуки, охирида бир гўдак талашилган ханжарни олди. Бу ханжарни беш-олти минг сўмга сотиб юборди! Сотиб олган одам ҳам уни савдога қўйди! Бизнинг тарихимизни ёш авлод ҳам сотяпти ва савдога қўймоқда деганими бу?!
Бу видео учун қанча харажат ва ҳаракат бор, лекин у бизнинг қадриятларимиз ва тарихимиз қиймати олдида бир тийинлик ҳам эмас-ку! Бегоналар тупроқларимизни тепиб, улуғларимизни беҳурмат қилишларини кўриш қандай аянчли! Ишоралар тилини тушунмайдиган даражада савиямиз паст! Бу ҳақиқатни эса айтиш керак. Лекин халқ ичидаги бузуқлик хабарини ёйиш керак эмас.

Алишер Навоий ҳазратлари айтган эди:

Хирадманд чин сўздан ўзгани демас,
Лекин бори чин ҳам дегулик эмас.

Мазмуни:
Ақлли одам ҳақиқатни айтади, чин сўздан бошқа сўзни айтмайди, лекин барча ҳақиқатларни ҳам айтиш мумкин эмас. Чунки айрим ҳақиқатларни айтиш фақат зиён келтиради.

Акром МАЛИК