Tohirjon Odilov | Blog
103 subscribers
133 photos
24 videos
36 files
158 links
Manfaatli bo'lgan bo'lsa hursandman.

https://t.me/t_odilov
Download Telegram
Forwarded from Aziz Rahimov
Ramazon hayiti katta bayramlarimizdan.

Nishonlashimiz sababi esa ramazon tugaganiga xursand bo'lganimizdan emas.

Mo'minlarda rahmat oyi tugashidan xafalik ko'proq bo'ladi.

Yaqinimizni chet elga kuzatgandek bo'lamiz. Ham xursandmiz. Ham xafa.

Nishonlashimiz mag'firat umididan.

Ahmad ibn Hanbal aytganlaridek – haqiqiy hayit haqiqatdan mag'firat bo'lganlarniki.

Ramazon davrida o'zgara olganlarniki.

Shu rahmat oyida orttirgan odatlarimiz, ichki holatimiz keyingi ramazongacha yetib borsin.

Umrimiz oxirigacha yetib borsin.

Omin.

Ramazonni foydali o'tkazganlarga ramazon hayiti muborak!
🔥1
Forwarded from Utamuratovs
Angularni mustaqil o'rganmoqchi bo'lganlar uchun Angular Ustoz-Shogirt kursimiz qo'llanmasini ulashmoqdaman:
https://odilbeks-organization.gitbook.io/angular-ustoz-shogirt

@utamuratovs
🔥21
Forwarded from Turakulov | Mutolaa
Ona — ko'ngli ranjisa ham "shu ranjish sababli bolamga yomonlik yetmasin" deya o'zini ranjimaslikka majbur qila oladigan yagona inson!
2
Gemini o'zgardi endilikda huddi claud kabi kunlik va haflik limit bor ekan kulib qo'ydim 😆🥲
🔥21
Forwarded from alijanov ibrohim
Hammamizni shu qutqarib qoladi

21-asrdagi eng muhim qobiliyat.

@aiblogs
Forwarded from Bek Olimjon (Bek Olimjon)
Bu post er va bo’lajak erlar uchun

Er sifatida oilangiz hayoti sifatiga juda ijobiy ta’sir qiladigan narsalardani biri bu uyga idish yuvish mashinasini o’rnatish.

Atrofingizdagilar qarshilik qilishi mumkin. Qanchalik qarshilik qilishmasin, xato fikrlar ular.

Nega qarshilik qilishadi deb hayron bo'lmang, bu aniq reallik.

Idish yuvish mashinasi kelin ishini yengillashtiradigan imkoniyat bu va buni amalga oshirish shart.

Bu kelinni kuniga kamida 1 soat vaqtini tejaydi.

Bolaga vaqt ajrata oladi. Kitob o’qib bera oladi. Hayot sifati yaxshilanadi. Ijobiy tomonlari juda ko'p azizlar.

Qarshilik qiluvchilar uchun esa mana bu argumentni ishlating.

"Qo’l bilan idish yuvish, mashina bilan yuvishdan ko’ra 8-10 baravar ko’p suv talab etadi." Bu fakt, shunchaki gap emas.

Suv esa ne’mat. Qo’l bilan yuvish bu suvni isrof qilish.

Bek Olimjon
15.11.25
Norvegiya
2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Bek Olimjon (Bek Olimjon)
Bundan 8 yil oldin, men 40 yoshda moliyaviy erkinlikka erishaman deb reja qilgan edim.

Shunga harakat qildim va Allohga shukurlar bo'lsin erisha oldim. Hozir 39 daman.

Moliyaviy erkinlik nima o'zi?
Bu topilgan kapitalni to'g'ri investitsiya qilish hisobiga pul uchun ishlashga ehtiyoj bo'lmasligi.

Ana shu yo'lda olingan bilimlar haqida kichik guruhdagi do'stlarimiz bilan bo'lishganimizda bu bilimlarga ehtiyoj yuqori ekanligi aniq bo'ldi.

Shuning uchun qisqaroq formatda, 10-12 ta epizoddan iborat bo'lgan, videolar to'plami qilishga qaror qildik.

Unda moliyaviy erkinlik borasidagi muhim tushunchalar haqida gaplashamiz.

Hozirdan aytishim mumkin. Videolar tez pul topish yo'llari haqida emas, balki umumiy tuhsunchalar, ko'nikmalar va strategiya haqida.

Kecha shu videolarni birinchi sonini youtube sahifaga joyladik.

Mana bu yerda ko'rish mumkin
https://www.youtube.com/watch?v=6TrIfk0YNtE&t=3319s

Balki foydasi tegar

Bek Olimjon
11.08.26
Norvegiya

PS. Videoda fikr, maslahat va savol berishni unutmang.