Tohirjon Odilov | Blog
103 subscribers
133 photos
24 videos
36 files
158 links
Manfaatli bo'lgan bo'lsa hursandman.

https://t.me/t_odilov
Download Telegram
Sal avvalroq Khumoyun Inayotov o'z kanallarida Nega hozir Junior va Intern'larga ish yo'q mavzusida o'z mulohazalari bilan ulashibdilar.

Do'stimiz ko'piroq O'zbekistondagi vaziyat haqida mulohazalar bildiribdilar. Fikrlariga to'liq qo'shilaman. Ishga kirishda ko'plab omillar muhim ahamiyatga ega. Har doim ham dasturchilik yo'nalishida universitet yoki biron bir o'quv markazini bitirib, 3-4 ta pet project'lar qilib ishga kirib ketib bo'lmaydi. Ba'zida mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat sabab bo'lsa, ba'zida nomzodlar orasidagi kuchli raqobat sabab bo'ladi.

Inglizlarda bir maqolga ko'zim tushgan edi:

A fish in an aquarium cannot imagine beyond the walls of its tank.


Ya'ni inson o'zining atrofidagi mavjud sharoitlari va dunyo qarashidan tashqariga chiqib fikrlay olmaydi.

Negadur bizda doim ingliz tili va shu til atrofidagi kompaniyalar yoki davlatlarga bog’lanib qolingan. Ingliz tili dunyo bo’yicha eng ko’p ishlatiladigan va eng ko’p ma’lumot ham aynan ingliz tilidagiliga shubha yo’q.

Lekin ma’lum bir dasturlash yo’nalishni o’rganib, keyin ish topolmasa boshqa turli xil texnologiyalarni o’rganib vaqt yo’qotmasdan boshqa millat tilini o’rganib ko’rib, shu til ishlatiladigan kompaniyalarga topshirib ko’rish haqida xech o’ylamaymiz.

O'zbekistonda bilimlari zo'r bo'lgan junior ,intern yoki new grad darajasidagi dasturchilarni ishga kirishi qiyinlashib borishi yoki ularga ma'lum bir muddat tajriba olguncha bepul ishlash imkoniyati berilayotgan bir vaqtda, Yaponiya dasturchilar kamligidan juda qiynalyapti. Ularga dasturchilar shu darajada kerak-ki, xatto adabiyot yo'nalishini bitirib kelganlarni ham ishga olib ularga oylik to'lab, dasturchilikni 0 dan o'rgatishgacha tayyor. Vietnam’dagi outsource kompaniyalar haqida alohida bir maqola yozsa bo’ladi.

O'zim oxirgi 2 yildan beri dasturchilik sohasida Yaponiyada ishlab kelyapman. Shu yil Aprel oyidan boshlab, new grad software engineer bo'lib full-time ishga joylashdim. Bundan avval talaba bo'lganim sabab, part-time ishchi bo'lib ishlaganman.

Men bilan yana 5 ta bola Software Development bo'limiga qabul qilingan va ularning barchalari gumanitar yo'nalishlarda ta'lim olishgan. Yangi ishchi bo'lib kompaniyaga qo'shilganimizda, bizni boshqa kompaniyalar bilan birga qo'shib turli xil training'lar o'tildi. Shu training'lar vaqtida kim bilan gaplashmay, xamma gumanitar yo'nalishda o'qib, IT kompaniyalariga qiziqib kirishgan. Kompaniyalar esa ularga sarmoya qilishga tayyor. Chunki boshqa yo'l yo'q. Juda ko'p odam ingliz tilini biladi, Yapon tilini biladigan esa kam. Bilganlari ham dasturchilikda emas boshqa sohalarda ishlashyapti.

O'zbekistondagi dasturchilarimiz orasida agar kimdadur bakalavr diplomi bo’lsa va Yapon tilidan intermediate level’ga chiqa olsa, 100% ishga kirishiga yordam beraolaman. Nobodo Yaponiyaga kelib o’qib, ishga kiraman desalar unda minglab kompaniyalar orasidan o’zlariga yoqgan ishni tanlab oladilar. Muhimi yaxshi yapon tili darajasi. Dasturlashni esa ishga kirgandan so’ng Yaponlar o’zi o’rgatib qo’yadi agar qiziqish va o’z ustida mehnat qilishga tayyor bo’lsa.

Do'stlar ko'plab yangi dasturlash tillarini emas yangi millat tillarini o'rganing. Ana shunda olomondan tez ajralib chiqasiz va albatta yutasiz.
👍32🎉2😱1
ICT4ALL
Photo
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
Tohirjon Odilov
Video message
Juda yaxshi insaytlar boʻlyapti. Choy ustida "AYTI" lashyapmiz.
11👍1
Qisqa qilib aytadigan boʻlsam Microsoft uchun event tashkillastirilmoqda ekan. Boradiganlar boʻlsa nasib qilsa Alloh, balki koʻrishib qolarmiz.
Forwarded from MDC Uzbekistan
Microsoft Community Conference 2024 | Uzbekistan

Join us for a premier gathering of the Microsoft Developers Community in Uzbekistan! The annual Microsoft Community Conference is back and promises an unparalleled experience of innovation and technology. Mark your calendar for November 30, 2024, and get ready to immerse yourself in the latest advancements and ideas shaping the tech industry.

🎉 Highlights:
Inspiring Keynote Presentations: Hear from leading tech innovators and industry experts.
Interactive Workshops: Explore hands-on sessions with the latest Microsoft tools and technologies.
Engaging Panel Discussions: Dive into trends and best practices shaping today’s tech landscape.
Networking Opportunities: Connect with fellow developers, tech professionals, and enthusiasts.

📅 Date: November 30, 2024
📍 Location: Tashkent, Uzbekistan

Don’t miss out on this exciting opportunity to learn, network, and grow within a vibrant community. Whether you're a developer, tech professional, student, or simply passionate about technology, this is an event you won’t want to miss!

🔗 Register Now: https://mdcuzbekistan.com/register

Stay tuned for more updates and join us in shaping the future of technology in Uzbekistan!

#MDCConf2024 #MicrosoftDevelopersCommunity #UzbekistanTech #TechConference #CommunityEvent

@mdcuzbekistan
Doʻstlar shuni mamnuniyat bilan eʼlon qilamanki, Toshkentda birinchi qor ❄️
😱31
Bismillah!

"Zinoga yaqinlashmang! Zero, u buzuqlikdir va juda yomon yo‘ldir."
(Al-Isro, 17:32)

Fahsh — milliligimiz, qadriyatlarimiz va dinimizga qilinayotgan hurmatsizlikdir.

Shaxsan men:
Bunday kimsalarni kuzatayotgan har bir kishi ularni bloklashi kerakligini tushunishlarini xohlayman. Chunki ular o‘ziga va jamiyatga hattoki yoshlarga ruhan ta’sir qiladi. Qolaversa qiyomatda ularni bloklamaganim yoki ularni kuzatgan bo‘lsam, bu haqida so‘ralaman deb o‘ylayman.

Quyida men bloklagan 10 ta bloger ro'yhati keltirilgan. Agar siz ham bloklagan bo'lsangiz reaksya qoldiring va postni imkon qadar tarqating.
teletype.in/@webbrain_ceo/fahsh
💯3🤝3🔥1🤔1🎉1
Imom Azam aytadilar: "Musibatlarning eng kattasi bu vaqtni behuda o‘tkazishlikdir".

Vaqtimiz, imkonimiz va yoshligimiz bor. Ertaga qani edi yosh bo‘lib qolsam, qani edi falon narsani qilib qolganimda edi deb afsuslanib yurmaslik uchun hozir undan to‘g‘ri va unumli foydalanish kerak.
5👍2🔥2
Uztelecom ham oʻz foydalanuvchilarini xafa qilgisi yoʻq. Kutib oling qaynoq tariflar, kimgadur kerak boʻlib qolar. 😁

Narxlarni boplashibdi oma 👍🤩

Diqqat diqqat bu aslo reklama emas shunchaki maʼlumot !!!
1🔥1
Assalomu alaykum va rahmatulloh. Boshlagan kuningiz hayrli bo'lsin. Bugungi juma kunga beriladigan savoblardan barcha baxramand bo'lishini Allohdan tilab qolaman. 🤲
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qandaydir har safar ushbu video'lavhani ko'rganimda boshqacha maza qilamanda. 😁

Sababi o'zim, Inteldan voz kechganimga 1 yil bo'libdi. 😂

Intelchilar xafa bo'lish yo'q !
#humor #IT
🔥4
Yandex browser'dan shedevr boplapdi oma nimadur yozsangiz archaga ilib berar ekan 😁

Sun'iy intelekt jadallik bilan rivojlanayotgan bu davrda, rasm generatsiya qilish oddiy holga aylandi.
🔥2
Forwarded from Zehniyat
#iqtibos

DUNYONI EMAS, O‘ZINGNI O‘ZGARTIR!

Bir podshoh juda bepoyon mamlakatni boshqarar ekan. Bir kuni u o‘z mamlakatini aylanmoqchi bo‘libdi. Yo‘llarning yomonligidan, tikanlar zaxridan oyoqlari shishib ketibdi. So‘ngra butun mamlakat yo‘llarini teri bilan qoplab chiqish haqida farmon chiqaribdi. Ammo uning maslahatchilaridan biri unga shunday debdi:
-Podshohim! Bu ish muholdir. Ammo oyog‘ingizga teri bog‘lasak muammo oson yechim topar edi. Nima deysiz? Shunda barcha yo‘llar siz aytgandek bo‘lar edi.
    Podshoh maslahatchisining fikridan taajjublanibdi va nihoyat oyoq kiyimi kashf qilinibdi.
   Hamma olamni o‘zgartirishni istaydi. Ammo hech kim o‘zini o‘zgartirishni istamaydi. Vaholanki, insonlar o‘zini o‘zgartirsa olam o‘z-o‘zidan o‘zgaradi. Bu olamning haqiqati unga boqiladigan ko‘zga bog‘liq. Hammada bir xil ko‘z bor. Ammo hamma ham bir xil qarashga ega emas.

©

✈️ @zehniyat_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥211
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
7👍1
Tohirjon Odilov | Blog
Video message
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh.

Doʻstlar Toshkentda kuchli qor yoʻgʻmoqda.

Kamerada yaxshi bilinmagan boʻlishi mumkin!!!
4👍22