Tohirjon Odilov | Blog
103 subscribers
133 photos
24 videos
36 files
158 links
Manfaatli bo'lgan bo'lsa hursandman.

https://t.me/t_odilov
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kechagi kundan kichik bir lavha.
🔥4
Forwarded from Jakhongir Rakhmonov - IT
Nega men yalqovman? Nega ishlarimni vaqtida qila olmayman?

Hayotingizni o’yin deb tassavvur qiling. Bu o’yinning maqsadi shokolad yig’ish. Shokolad yig’ish uchun sizga 100ta kuch berilgan. Bu kuchlarni siz qandaydir ishlarni bajarishga ishlatishingiz mumkin. Shu ishlarni bajarsangiz sizga shokolad beriladi.

Masalan, 5ta kuch ishlatib kitob o’qisangiz sizga shokolad beriladi. 10ta kuch ishlatib o’zingizni ustingizda ishlasangiz sizga shokolad beriladi. 1ta kuch ishlatib YouTube ko’rsangiz sizga shokolad beriladi. 0.5ta kuch ishlatib Instagramda o’tirsangiz sizga shokolad beriladi.

Natijada nima qilasiz? Ozroq kuch talab qiladigan ishlarni bajaraverasiz, shokolad yi’gaverasiz. Shokolad ko’payaveradi. Kuchingiz kamayaveradi.

Lekin bu o’yinda yashirin bir qonun bor. Shokoladlar ikki xil bo’lishi mumkin. Bir turdagi shokoladlar sizga hech nima bermaydi. Bir marta yeysiz, mazani qilasiz va bo’ldi. Ikkinchi turdagi shokoladlar esa sizga o’zi talab qilgan kuchdan 2, 3, 4 barobar kuch qaytarib berishi mumkin.

YouTube, Instagram kabi ishlar sizga foydasiz shokoladlar beradi. Ko’proq kuch talab qiladigan kitoblar, o’zingizni ustingizda ishlashingiz esa kuchingizni ko’proq qilib qaytarib beradigan shokoladlar beradi.

Siz esa shokolad yegingiz kelib oson ishlarni qilishda davom etasiz. Natijada qiyin lekin foydali ishlarga kuch qolmaydi. Bor kuchingiz kundan kunga kamayib ketaveradi. Kundan kunga yalqovlashib boraverasiz.

Hayotda ham huddi shunday qonun bor. Faqat shokolad o’rniga sizning miyyangiz “Dopamine” gormonini hohlaydi. Buni siz tezda qoniqtirish uchun YouTube ko’rasiz, Instagramda o’tirasiz, 18+ filmlar ko’rasiz. Oz muddatga tinchlanasiz. Chunki olgan dopamingizning kuchi sizga hech nima bermaydida. Nosni kaypidek kayp holos. Qiyinroq lekin foydaliroq ish qilganingizda natija boshqacharoq bo’lgan bo’lar edi.

Siz esa arzon va tez “dopamine” yig’ishda davom etasiz. Natijada qiyin lekin foydali ishlarga kuch qolmaydi. Bor kuchingiz kundan kunga kamayib ketaveradi. Kundan kunga yalqovlashib boraverasiz.

@jakhonrakhmonov
🔥3
Angular'da qaysi faylni qaysinga ochishni bilmay ikkilanadiganlar uchun maxsus:

src/

├── app/
│ ├── core/
│ │ ├── services/
│ │ │ ├── user.service.ts
│ │ │ ├── course.service.ts
│ │ │ └── ...
│ │ ├── guards/
│ │ │ └── auth.guard.ts
│ │ ├── interceptors/
│ │ │ └── auth.interceptor.ts
│ │ └── core.module.ts
│ │
│ ├── shared/
│ │ ├── components/
│ │ │ ├── header/
│ │ │ │ ├── header.component.ts
│ │ │ │ ├── header.component.html
│ │ │ │ └── header.component.scss
│ │ │ └── footer/
│ │ │ ├── footer.component.ts
│ │ │ ├── footer.component.html
│ │ │ └── footer.component.scss
│ │ ├── directives/
│ │ │ └── custom.directive.ts
│ │ ├── pipes/
│ │ │ └── custom.pipe.ts
│ │ └── shared.module.ts
│ │
│ ├── features/
│ │ ├── user/
│ │ │ ├── user-list/
│ │ │ │ ├── user-list.component.ts
│ │ │ │ ├── user-list.component.html
│ │ │ │ └── user-list.component.scss
│ │ │ ├── user-detail/
│ │ │ │ ├── user-detail.component.ts
│ │ │ │ ├── user-detail.component.html
│ │ │ │ └── user-detail.component.scss
│ │ │ └── user.module.ts
│ │ ├── course/
│ │ │ ├── course-list/
│ │ │ │ ├── course-list.component.ts
│ │ │ │ ├── course-list.component.html
│ │ │ │ └── course-list.component.scss
│ │ │ ├── course-detail/
│ │ │ │ ├── course-detail.component.ts
│ │ │ │ ├── course-detail.component.html
│ │ │ │ └── course-detail.component.scss
│ │ │ └── course.module.ts
│ │ └── feature-routing.module.ts
│ │
│ ├── app-routing.module.ts
│ ├── app.component.ts
│ ├── app.component.html
│ ├── app.component.scss
│ └── app.module.ts

├── assets/
│ ├── images/
│ └── styles/
│ ├── global.scss
│ └── ...

├── environments/
│ ├── environment.ts
│ └── environment.prod.ts

├── index.html
├── main.ts
├── polyfills.ts
├── styles.scss
└── tsconfig.app.json


#angular #struktura #frontend
31🎉1
Assalomu alaykum barchaga hayrli kech.
Balki kimdir qidirib yurgandir degan gumon bilan tashlab qo'yish fikri paydo bo'ldi.

Foydali bo'lgan bo'lsa ulashib reaksiya qoldirish esdan chiqmasin 🙂

#telegrambot #stuktura #dotnet
👍31🤩1
<NavLink
to="/"
className={({ isActive, isPending }) =>
isPending ? "loading" : isActive ? "active" : ""
}
>
Home
</NavLink>


Agar foydalanuvchi Home sahifasiga o'tayotgan bo'lsa, marshrut yuklanayotgan paytda isPending true bo'ladi, va loading classi qo'shiladi.

Yuklanish tugagandan so'ng, agar marshrut aktiv bo'lsa, active class qo'shiladi.


Tohirjon Odilov | IT Blog

#react #frontend #developing #html
🔥3👍1
Apple yangi reklamalari o'z uslubida, ajoyib, ko'ramiz.

M4 Chip: https://youtu.be/1r3_pPkjOdg

Mac Mini: https://youtu.be/JjpGvjy0Gxk

@nuruddinblogs
🔥1😱1
Forwarded from ICT4ALL
ITea: Navbatdagi sessiyaga tayyorlaning!

🚀 9-noyabr kuni navbatdagi ITea uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bu safar ham Sizni IT sohasidagi yetakchi mutaxassislar bilan qiziqarli va mazmunli suhbat kutmoqda.

📅 Sana: 9-noyabr
📍
Manzil: New Uzbekistan University

✍️ Sessiya davomida Siz o‘zingiz tanlagan mentor bilan kichik guruhda suhbatlashishingiz va qiziqtirgan savollaringizni berishingiz mumkin.

Mentorlarimiz bilan tanishing:

👩🏻‍💻 Backend Developer: Aziza Abdurakhmonova
👨🏻‍💻 Frontend Developer:
Alisher Ijbuldin
👨🏻‍💻 AI Team Lead:
Adham Zohirov

🗣 Uchrashuvning maxsus mehmoni: Plug and Play Partner Success Manager - Rano Sidikova IT sohasidagi loyihalarni muvaffaqiyatli boshqarish haqida so'zlab beradi.

‼️ Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi muddati – 7-noyabr.

👉 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: ITda o‘z karyerangizni rivojlantirishda birinchi qadamni qo‘ying!

Telegram | Instagram | YouTube
1
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh.

Men 1Fit-da mehmon haftalik abonementi uchun promokod bilan bo'lishiyapman

→ CODEEN

1Fit abonementi barcha sport turlari bilan shug'ullanish imkonini beradi. Suzishdan, boks, yoga va toqqa chiqishgacha

💙 Ilovada promokodni faollashtirganingizdan so'ng, siz bir hafta ichida istalgan ikkita darsga qatnashishingiz mumkin

Ilovani yuklab oling: https://1fit.app/mobile/promocode?text=CODEEN&country=UZ
Forwarded from Khumoyun Codes
Nega hozir Juniorlar va internlarga ish yo'q?

Izohlarning birida:

mediumdagi maqolani o'qib miyyam shokka tushishni boshladi, 2019-yil Verstkani bilib Super Dispatchda stajirofka🤯🤯
nima dip o'ylisiz hozirgi bozorga nima bo'gan?


Tuz sho‘rroq, shakar shirinroq va maysalar yashilroq bo‘lgan u paytda, ish o‘rinlari soni, ish qidirayotgan odamlar soniga yaqinroq edi. Hozir esa ular orasidagi farq yildan yilga kattalashib bormoqda. Nega bunday? Nega juniorlarga ish kamayib ketdi? desak, bunga bir nechta sabab bor:

- Birinchidan, sohaga bo‘lgan qiziqish ancha ortdi, ayniqsa pandemiya vaqtida ko‘p odamlar dasturchilarni rostakam kimligini bilishdi (undan oldin Malika bozorida telefon "proshivka" qiladigan inson deb ko‘plar o‘ylardi). Bunga bir tomondan sohaga yaqin kishilarning media-olamida ko‘zga ko‘rinishni boshlagani ham asosiy sabablardan biri bo‘ldi. Shuni ortidan sohaga kirgan odamlar soni ortdi.

- Ikkinchidan dasturchilikni o‘rgatadigan yaxshi va yomon ta’lim markazlari juda ham ko‘payib ketdi, ko‘pchiligida hali (alifni kaltak deyolmasdan) productionda 1 kun ham ishlab ko‘rmasdan, dars berishni boshlagan o‘qituvchilar, sifatsiz "Junior" deb nomlangan intern-dasturchilarni o‘qitib chiqarishni boshlashdi. Ularga, bitirsang Junior bo'lib chiqasan, 500$+ oylik olasan deb va'dalar berishdi. O'quvchilar esa ularga ishonib, o‘z o‘rnida, katta-katta oyliklar so‘rab, yuqori talablar qo‘yib bozorga eshikni tepib kirishni boshlashdi.

- Uchinchidan, ish beruvchilar bunday "derzkiy" "junior"larni ishga olib, ishlatib ko‘rib, undan keyingi keladigan odamlarga talabni yuqoriroq qo‘yishni boshlashdi. Katta oylik olish uchun ko‘proq narsa bilish, qo‘lidan bir ish kelishi kerak. 

- To‘rtinchidan, har bir ishxona "junior" larni ishga olganda, unga o‘z vaqti va resurslarini sarflaydi, tajriba orttirishi va o‘rganishiga imkon beradi. "Junior"lar esa, endi 2 oy ishlab, oyligimni x2 qilib bering deb so‘rashni boshlaydi, qilib bermasa ishdan bo‘shab ketadi. Shuning uchun ularga bo‘lgan talab ham, ishonch ham kamayib ketdi. Qisqa qilib aytganda bunday "Junior"lar bilan ishlash ko‘pgina kompaniyalarga "nevigodno" bo‘lib qoldi. Shuning uchun hozir qimmatroq bo‘lsa ham, ko‘proq ishga tayyor middle va seniorlarni izlashmoqda.

Hozirgi paytda ish qidirib yurgan juniorlarga maslahatim esa, sal kamtarroq bo‘ling, CVni to‘g‘ri yozishni o‘rganing, muomala madaniyatingizni to‘g‘rilang va suhbatlarga tayyorlaning. Kompaniyaga ishga qabul qilinsangiz ko‘proq harakat qiling va puldan ko‘ra ko‘proq tajriba uchun ishlang. Unga qo‘ldan kelguncha "loyalty" saqlab turing. Asosiysi, ishxona menga "doljen" deb hech qachon o‘ylamang. Shunda hammasi yaxshi bo‘ladi.

Men karyeramni boshlaganimda juda ham xom va tajribasiz, HTML & CSS dan boshqa narsani bilmaydigan kadr edim, lekin menga ba’zilar ishlashga imkon berdi, ba’zilar o‘z tajribasini ulashdi, ba’zilar bilim o‘rgatdi, ba’zilar ishdan ketkizib yuborib ko‘zimni ochishdi 😅. Xato va yutuqlarimdan o‘rganib, "Senior"likgacha yetib keldim. Vaziyatdan foydalanib ularga rahmat aytaman.

@khumoyun_codes
1
Sal avvalroq Khumoyun Inayotov o'z kanallarida Nega hozir Junior va Intern'larga ish yo'q mavzusida o'z mulohazalari bilan ulashibdilar.

Do'stimiz ko'piroq O'zbekistondagi vaziyat haqida mulohazalar bildiribdilar. Fikrlariga to'liq qo'shilaman. Ishga kirishda ko'plab omillar muhim ahamiyatga ega. Har doim ham dasturchilik yo'nalishida universitet yoki biron bir o'quv markazini bitirib, 3-4 ta pet project'lar qilib ishga kirib ketib bo'lmaydi. Ba'zida mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat sabab bo'lsa, ba'zida nomzodlar orasidagi kuchli raqobat sabab bo'ladi.

Inglizlarda bir maqolga ko'zim tushgan edi:

A fish in an aquarium cannot imagine beyond the walls of its tank.


Ya'ni inson o'zining atrofidagi mavjud sharoitlari va dunyo qarashidan tashqariga chiqib fikrlay olmaydi.

Negadur bizda doim ingliz tili va shu til atrofidagi kompaniyalar yoki davlatlarga bog’lanib qolingan. Ingliz tili dunyo bo’yicha eng ko’p ishlatiladigan va eng ko’p ma’lumot ham aynan ingliz tilidagiliga shubha yo’q.

Lekin ma’lum bir dasturlash yo’nalishni o’rganib, keyin ish topolmasa boshqa turli xil texnologiyalarni o’rganib vaqt yo’qotmasdan boshqa millat tilini o’rganib ko’rib, shu til ishlatiladigan kompaniyalarga topshirib ko’rish haqida xech o’ylamaymiz.

O'zbekistonda bilimlari zo'r bo'lgan junior ,intern yoki new grad darajasidagi dasturchilarni ishga kirishi qiyinlashib borishi yoki ularga ma'lum bir muddat tajriba olguncha bepul ishlash imkoniyati berilayotgan bir vaqtda, Yaponiya dasturchilar kamligidan juda qiynalyapti. Ularga dasturchilar shu darajada kerak-ki, xatto adabiyot yo'nalishini bitirib kelganlarni ham ishga olib ularga oylik to'lab, dasturchilikni 0 dan o'rgatishgacha tayyor. Vietnam’dagi outsource kompaniyalar haqida alohida bir maqola yozsa bo’ladi.

O'zim oxirgi 2 yildan beri dasturchilik sohasida Yaponiyada ishlab kelyapman. Shu yil Aprel oyidan boshlab, new grad software engineer bo'lib full-time ishga joylashdim. Bundan avval talaba bo'lganim sabab, part-time ishchi bo'lib ishlaganman.

Men bilan yana 5 ta bola Software Development bo'limiga qabul qilingan va ularning barchalari gumanitar yo'nalishlarda ta'lim olishgan. Yangi ishchi bo'lib kompaniyaga qo'shilganimizda, bizni boshqa kompaniyalar bilan birga qo'shib turli xil training'lar o'tildi. Shu training'lar vaqtida kim bilan gaplashmay, xamma gumanitar yo'nalishda o'qib, IT kompaniyalariga qiziqib kirishgan. Kompaniyalar esa ularga sarmoya qilishga tayyor. Chunki boshqa yo'l yo'q. Juda ko'p odam ingliz tilini biladi, Yapon tilini biladigan esa kam. Bilganlari ham dasturchilikda emas boshqa sohalarda ishlashyapti.

O'zbekistondagi dasturchilarimiz orasida agar kimdadur bakalavr diplomi bo’lsa va Yapon tilidan intermediate level’ga chiqa olsa, 100% ishga kirishiga yordam beraolaman. Nobodo Yaponiyaga kelib o’qib, ishga kiraman desalar unda minglab kompaniyalar orasidan o’zlariga yoqgan ishni tanlab oladilar. Muhimi yaxshi yapon tili darajasi. Dasturlashni esa ishga kirgandan so’ng Yaponlar o’zi o’rgatib qo’yadi agar qiziqish va o’z ustida mehnat qilishga tayyor bo’lsa.

Do'stlar ko'plab yangi dasturlash tillarini emas yangi millat tillarini o'rganing. Ana shunda olomondan tez ajralib chiqasiz va albatta yutasiz.
👍32🎉2😱1
ICT4ALL
Photo
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
Tohirjon Odilov
Video message
Juda yaxshi insaytlar boʻlyapti. Choy ustida "AYTI" lashyapmiz.
11👍1
Qisqa qilib aytadigan boʻlsam Microsoft uchun event tashkillastirilmoqda ekan. Boradiganlar boʻlsa nasib qilsa Alloh, balki koʻrishib qolarmiz.