Чуст ва Дунё🇺🇿🌎
1.95K subscribers
46.6K photos
23.4K videos
169 files
24.4K links
Download Telegram
Yoshlar yetakchisining bir kuni

Bugun Chust tumani "Tinchlik" mahallasining yoshlar yetakchisi O. Qobilov boshchiligida mahalla fuqarolari hamda yoshlar bilan suxbatlashib proflaktik ishlari amalga oshirildi.

Asosiy yo‘nalish esa O'zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 3-yanvardagi "2025-yilda respublika mahallalarida xavfsizlik muhitini yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ 1-sonli Qarori hamda ushbu Qaror bilan tasdiqlangan yo'l xaritasiga asosan "Tinchlik" mahallasida joriy yilning ikkinchi choragida amalga oshirilishi lozim bo'lgan barcha yo'nalishni ta'minlanishini samarali tashkil etish bo‘yicha mahalla yettiliglari bilan fuqarolar xonadoniga borib targ‘ibot va profilaktika ishlari davom etmoqda.

So‘ng mahalladagi 12-sonli maktabda bir-birini takrorlamas sport musobaqalar va uchrashuvlar tashkillandi.

Jumladan Yoshlarni sportga qiziqishini oshirish va ular orasida ommaviy sport turlarini keng jalb qilish maqsadida,

Voleybol 🏐
Shaxmat shashka♟️
Mini Fudbol
"Millatparvar" kitobi 📚

Shu kabi musobaqalar, taqdimot va uchrashuvlar tashkil etildi.

Bugungi kunda mahallalarda faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilari o‘zlariga yuklatilgan vazifa va topshiriqlarni sidqidildan uddasidan chiqib yurtimiz yoshlariga berilayotga imkoniyat va imtiyozlarni ham tag‘iboti borasida, yoshlarning eng yaqin hamrohiga aylanishmoqda.

Davlatimiz rahbari taʼkidlaganlaridek yurtimizdagi barcha mahallalarda faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilari bu mening mahalladagi vakilim, yoshlarning muammo va takliflarini o‘rganuvchi, eshitguvchi, yechimini izlovchi hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etadigan davlat xizmatchisidir deganlari bejiz emas.

Otabek Qobilov
Chust tumani "Tinchlik" mahallasi yoshlar yetakchisi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
64-xalqaro gullar festivaliga tayyorgarlik
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚠️ 🔪 БОЗОРДА АЁЛ ТОМОНИДАН ҲЕЧ БИР САБАБСИЗ ПИЧОҚЛАНГАН 3 ЁШЛИ ҚИЗ ВАФОТ ЭТДИ

Аёл руҳ касалликлар диспансерида рўйхатда турганлиги маълум қилинди. У ушланган ва унга нисбатан жиноят иши қўзғатилган!

Қизалоқнинг яқинларига ҳамдардлик билдирамиз...


🌎@ChustVaDunyo
#Namangan_Flowers_Fest_2025

Намангандаги гуллар фестивали — баҳор нафаси, гўзаллик ва янгиланиш рамзи!


Бу байрам вилоятнинг қалбини гулларга тўлдиради, табиатга бўлган меҳрни тарғиб қилади.

Ҳар бир гул — санъат, ҳар бир композиция — муҳаббат билан яратилган асар!

Фестиваль нафақат гўзаллик, балки дўстлик, ҳамжиҳатлик ва миллий қадриятларнинг ҳам байрами.

Наманган яна бир бор ўзининг беназир гўзаллиги ва маданий бойлигини намоён этишга тайёр!

25 майдан 29 июнгача "64-Халқаро Гуллар Фестивали" сизга ёрқин гуллар, ажойиб тадбирлар ва унутилмас таассуротлар оламини тақдим этади!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Turizm_2025

Tog‘lar bag‘ridagi Gʼova qishlog‘i

Tog‘lar bag‘ridagi go‘zallik, sokinlik va shifobaxsh havo bu tabiatning bebaho sovg‘asi endi nafaqat fotosuratlar uchun ideal joy, balki yaxshi kayfiyat, dam olish va turizm salohiyatining yorqin namunasiga aylanmoqda!

Bahor fasli bo‘lishiga qaramasdan, havo salqin, ayniqsa, o‘pkangizni to‘ldirib bir-ikki nafas olsangiz, yengil tortasiz.