Чуст ва Дунё🇺🇿🌎
1.97K subscribers
46.2K photos
23.2K videos
169 files
24.3K links
Download Telegram
Чуст тумани "Дехқонобод" маҳалласида Ўзбекистон Либерал демократик партиясидан халқ депутатлари Наманган вилоят Кенгашига сайланган депутат, НамДПИ ректори - Хусанов Баходир Эргашевичнинг сайловчилар билан учрашуви ўтказилди.

Учрашувда Чуст туман Ёшлар ишлари бўлими бошлиғи- Сунатилла Ахатжонов хам иштирок этди. Тумандаги 10-мактабда ўтказилаган мазкур учрашув сайловчилар ва ёшлар билан самимий мулоқот тарзда ўтди.

Муҳтарам президентимиз томонидан бугун кунда яратиб берилаётган барча имкониятлар ва шароитлар аввало ёшлар учун, дейди- Б.Хусанов.

Худуддан сайланган депутат сайловчилари билан учрашувда асосий масалалар, таклиф ва ташаббуслар ҳам билдирилди.

Жумладан таълим бўйича, контракт, уй таъмирлаш борасидаги мурожаатлар тизимли ҳамда қонун доирасида кўриб чиқилиши алоҳида таъкидланди.

Учрашувда иштирок этаётган сайловчилар ва ёшлар ўзлари учун ташриф буюрган ректордан бир-бирини такрорламас мотивациялар олишди.

Бундай сайловчилар ва ёшлар билан учрашувлар давомий бўлиши алоҳида таъкидлаб ўтилди.
"MUHAMMAD YUSUF LIRIKASI"

26.04.2025y Chust tuman 2-son politexnikumida òquvchi yoshlar òrtasida Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 71-yilligi munosabati bilan "Muhammad Yusuf lirikasi" mavzusida davra suhbati òtkazildi. Suhbat jarayonida Ona tili va adabiyot fani òqituvchisi S.Boltayeva tomonidan el ardogʻidagi otashnafas,vatan madhini kuylab tinmagan,onalarning munis siymosini dillarda gavdalantira olgan xalqning suyukli farzandiga aylangan shoirning hayoti va ijodi haqida maʼlumotlar berildi, hamda uning qoʻshiqqa aylangan sheʼrlari oʻquvchilar tomonidan tinglandi.Suhbat sòngida tarix fani òqituvchisi F.Sharopov hamda psixolog G.Mamadjonova tomonidan shoir ijodi qalblarda mangu barhayot ekanligi ta'kidlandi.

@chustvadunyo

Kir👆ing
"KORRUPSIYA ADOLAT KUSHANDASI"

26.04.2025y "Ózbekiston Respublikasi Oliy ta'lim,fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida korrupsiyaviy omillarni aniqlash va bartaraf etish hamda " Korrupsiyadan xoli " muhitni yaratish borasida aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish bòyicha "Yòl xarita" sida belgilangan tartibda Chust tuman 2-son politexnikumida òqituvchi va òquvchi yoshlar òrtasida "Biz korrupsiyaga "yòq" deymiz" shiori ostida xeshtek òtkazildi.
Bundan erishilgan natija òg'il qizlarimizga halollik,birovni haqqiga xiyonat qilmaslik kabi ezgu g'oyalarni tushuntirishdan iboratdir.

@chustvadunyo

Kir👆ing
#Chorlov

Бағри баҳор Наманган!

Кундан кунга кўзни қувонтираётган гулчиларнинг машаққатли меҳнатлари ва гуллар ифоридан баҳраманд бўлинг!

Наманганда 64-халқаро гуллар фестивалига қизғин тайёргарлик кўрилмоқда.

Барча гул ихлосмандларини гуллар фестивалига таклиф этиб қоламиз!
Namangan viloyati yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i yoshlar bilan ochiq muloqot qildi

Bugun Namangan viloyati yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Baxtiyor Mirzatov Chust tumani yoshlari bilan uchrashdi.

“Bibiona” mahallasida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda hududda istiqomat qiluvchi 21 nafar ishsiz yoshlar va ularning ota-onalari ishtirok etishdi.

📝 Ular asosan ishga joylashish, yer olish, subsidiya asosida asbob-uskuna olish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun imtiyozli kredit olishda yordam va boshqa masalalarda murojaat qilishdi.

Viloyat yoshlar rahbari murojaatlarni birma-bir tingladi. Murojaatlarning ikkitasi joyida xal etilib, qolgan murojaatlar yechimi yuzasidan manzilli rejalar ishlab chiqilib ijrosi bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berdi.