Chust 49-Ayrim fanlar chuqur oʻqitiladigan sinflari mavjud umumiy oʻrta taʼlim maktabi
250 subscribers
2.29K photos
647 videos
573 files
1.93K links
Namangan viloyati Chust tumani 49-ayrim fanlar chuqur oʻqitiladigan sinflari mavjud umumiy o'rta ta'lim maktabi
Download Telegram
#Vazirlar_murojaati

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining yoshlar, ota-onalar hamda pedagoglarni giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlaridan ogohlikka chaqirishga qaratilgan

QOʻSHMA MUROJAATI ㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤ


Qadrli yoshlar, mehribon ota-onalar va muhtaram ustozlar!

Farzand — insonning dunyodagi eng aziz neʼmati. Ota-ona boʻlish juda katta baxt. Shuning uchun ota-ona bolasini koʻz qorasiday asraydi, himoya qiladi. Bolasiga yaqinlashgan har qanday balodan himoya qilish uchun koʻksini qalqon qiladi. Maʼnaviyatli oʻgʻil-qizlar buni yaxshi bilgan holda aziz ota-onalarini boshlariga koʻtarib, ardoqlaydilar.

Azizlar!

Bu zamonda yoshlarga koʻz tikkan tahdidlar koʻp. Shulardan biri– giyohvandlik balosi. Ming afsuski, mamlakatimizda ham ayrim yoshlar bilib yoki bilmay, vaqtinchalik “zavq” izlab yoxud oson pul topay, deb bu illatga aralashib qolib, oʻzlarining kelajagini barbod qilmoqdalar. Bolalarimizni bu balodan himoya qilishga otlanaylik. Aks holda u yoshlarimizning nafaqat sogʻligini, balki boʻlajak oilalarni, hattoki butun jamiyat kelajagini barbod qiladi. Shunday ekan, har birimiz bu illatga qarshi qatʼiy va birlashgan holda kurashishimiz zarur.

Ardoqli yoshlar!

Sizdagi sogʻlom fikr, kuchli iroda, bilimga tashnalik — mamlakatimiz kelajagining asosidir. Hech qachon “bir marta sinab koʻraman” deb o‘zingizni aldamang. Giyohvand moddalar hayotingizni kemiruvchi zahar, ertangi orzularni oʻgʻirlovchi illat ekanligini unutmang. Giyohvandlik hamda narkojinoyatchilik har bir insonga va oilasiga baxtsizlik olib keladi. Butun jamiyatning osoyishtaligiga putur yetkazadi.

Hurmatli ota-onalar!

Farzandlarimizga eʼtiborli boʻlaylik! Ularga har kuni g‘amxo‘rlik va mehr koʻrsataylik. Ular bilan ochiq muloqot qilaylik, tinglaylik va muammolaridan boxabar boʻlaylik. Yoshlarga yaxshi fazilatlarni oʻrgatib, yomon odatlarni tark etishni, shuningdek, toʻgʻri va notoʻgʻri ishlarni farqlashni oʻrgataylik. Ularning qalbida mehr, ishonch va maʼnaviyat boʻlsa, hech qachon to‘g‘ri yo‘ldan adashmaydilar.

Jigarbandlarimizni giyohvandlik balosidan asrashimiz uchun barchamiz ogoh va hushyor boʻlib, birgalikda kurashishimiz lozim.

Muhtaram ustozlar!

Yosh avlodni tarbiyalashda sizning rolingiz beqiyos. Taʼlim muassasalarida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, giyohvandlikning salbiy oqibatlarini yoshlar ongiga yetkazish — bugungi kunning dolzarb vazifasidir. Har bir dars, har bir suhbat yosh qalbda sogʻlom fikr va masʼuliyat tuygʻusini uygʻotishi lozim. Shogirdlarimizni oʻz farzandlarimizdek asrashimiz lozim!

Barchamiz birlashaylik! Мillat xoinlari boʻlmish narkojinoyatchilarga murosasiz va keskin munosabatda boʻlib, ularga qarshi kurashishda huquqni muhofaza qilish organlariga faol koʻmaklashaylik.

❗️Unutmang! Oʻzbekistonning tinch va sogʻlom kelajagi – har birimizning bugungi hamjihatligimiz va qatʼiy harakatimizga bogʻliq!

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from Umarova Dilnoza Xaydarovna
Biz yana yutuqlarni davom etamiz!!!
🔥41👍1😁1
Insonning bir sekund qarashidagi maʼlumot 21,45 Gb xotira hajmini tashkil etadi.
#bilasizmi #chust49
2👍2😱2
‼️‼️‼️
#Диққат_эълон

📣 📣 Maktablarda qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi

Hukumatning 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qaroriga muvofiq, 2025-2026-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘quvchilari uchun qishki ta’til 2025-yil 28-dekabrdan (boshlang‘ich 1-4-sinflarda 27-dekabr — shanba kunidan) boshlanadi.

Ta’til 2026-yil 10-yanvargacha (14 kalendar kun) davom etadi.

❗️2026-yil 11-yanvar, yakshanba — dam olish kuniga to‘g‘ri kelgani bois, III chorak darslari 2026-yil 12-yanvardan boshlanadi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
49-AFCHOʻSMUTMning 11-B sinf oʻquvchimiz Rasulova Mubina AQSHning Wingate universitetining 28500$ lik granti sohibasi boʻldi.
🎉107👍7
Konstitutsiya kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi

Праздничное поздравление народу Узбекистана по случаю Дня Конституции

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍1
Forwarded from E’zoza Karimova
Aziz yurtdoshlar!
Qadrli ustozlar!


Bugun 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kundir.

Konstitutsiyamiz — davlatimiz barqarorligi, jamiyat rivoji va fuqarolar huquqlarining ishonchli kafolati hisoblanadi. U yurtimiz taraqqiyotini belgilab beruvchi asosiy huquqiy hujjat sifatida barcha sohalar, jumladan ta’lim tizimidagi keng qamrovli islohotlarni izchil amalga oshirishda muhim tayanch bo‘lib xizmat qiladi.

Mamlakatimizda bolalarning sifatli ta’lim olishi, ular uchun teng imkoniyatlar yaratilishi va pedagoglarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifalardan biridir. Bu jarayonda ustoz va murabbiylarimizning fidoyiligi, mehnati va mas’uliyati jamiyat taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shmoqda.

Sizga salomatlik, ish faoliyatingizda rivoj va yangi yutuqlar tilayman. Ta’lim sifatini oshirish yo‘lidagi hamjihatlik va hamkorligimiz yurtimiz ravnaqiga hissa qo‘shaversin!

E'zoza Karimova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri


#Konstitutsiyamiz_33_yoshda

E’zoza Karimova
1👍1
Forwarded from Бахтиер Дадабаев
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#САНА

Конституция инсон қадри, эркинлик, тенглик ва адолат гарови.

©Шавкат Мирзиёев.


▪️Веб-сайт ▪️Youtube ▪️Facebook
▪️Instagram ▪️Telegram
👍1
🔴Gripp eng keng va tez tarqaladigan o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, deyarli dunyoning barcha mamlakatlarida uchraydi. Bu kasallik uchun mavsumiylik xos bo‘lib, asosan kuz va qish oylarida ko‘p holatda ro‘yxatga olinadi.

🟢Kasallik manbai faqat bemor odam hisoblanadi. Kasallik atrofdagi sog‘lom odamlarga asosan havo-tomchi yo‘li bilan bemor aksirganda, yo‘talganda, gaplashganda tez yuqadi.

‼️Sanepidqo‘mita Axborot xizmati tomonidan tayyorlangan infografikada gripp alomatlari va kasallikning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar o‘rin oldi.

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati
👍21
Yana ikkita mamlakat hukumati bolalarga ijtimoiy tarmoqni taqiqlamoqchi

Avvalroq, Avstraliyada dunyoda birinchi bo‘lib 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish rasman taqiqlangandi.

Endilikda Malayziya hamda Daniya hukumati ham bolalarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlash bo‘yicha choralar ko‘rmoqda.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1446

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Instagram l YouTube
👍21
📄 Расман: Янги йил байрами муносабати билан барча ўзбекистонликлар кетма-кет 5 кун дам олади

❗️Бу ҳақида Президент фармони имзоланди. Унга кўра 31 декабрь ва 1-2-3-4 январь кунлари барча ўзбекистонликлар дам олади.

Фармон билан қуйидаги қўшимча дам олиш кунлари белгиланди:

▫️2025 йилда барча ходимлар учун (иш ҳафтасининг туридан қатъи назар) 31 декабрь – чоршанба;

(2026 йилда:

◻️барча ходимлар учун (иш ҳафтасининг туридан қатъи назар): 

▫️2 январь – жума;
▫️28 май – пайшанба;
▫️29 май – жума;
▫️31 август – душанба;

◻️олти кунлик иш ҳафтасида ишлайдиган ходимлар учун:

▫️3 январь – шанба;
▫️30 май – шанба;
▫️31 декабрь – пайшанба.
👍2
O‘zbekistonda 2026-yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deya e’lon qilindi.
👍2
#ДИҚҚАТ #РАСМАН

‼️Мактабларда қишки таътил 28 декабрдан бошланади

2025/2026 ўқув йилида умумий ўрта таълим мактаблари ўқувчилари учун қишки таътил 28 декабрдан (бошланғич 1–4-синфларда 27 декабрь — шанба кунидан) бошланади. Таътил 2026 йил 10 январгача (14 календар кун) давом этади.

2026 йил 11 январь якшанба — дам олиш кунига тўғри келгани сабабли, III чорак дарслари 2026 йил 12 январдан бошланади.

Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги
1👍1