Bir og‘och bo‘lsa –
Inonsam,
Uxlasam ko‘lankasida.
Bir yulduz bo‘lsa –
Inonsam,
Katta yo‘lga chiqsam uni qoralab.
Bir qopqa bo‘lsa –
Inonsam,
Qarshimda yurakday ochilsa.
Bir ko‘z bo‘lsa –
Inonsam,
Tikilib bir umr to‘ymasam.
Bir so‘z bo‘lsa –
Inonsam,
Aytsam-da yig‘lasam –
Onasiga erkalanib yig‘lagan go‘dakday.
Bir yurt bo‘lsa –
Inonsam,
Qushday erkin uchsam quchoqlarida,
Og‘och eksam tuproqlarida,
Kelajak og‘ochlarin o‘tqazsam…
@choydosh
Inonsam,
Uxlasam ko‘lankasida.
Bir yulduz bo‘lsa –
Inonsam,
Katta yo‘lga chiqsam uni qoralab.
Bir qopqa bo‘lsa –
Inonsam,
Qarshimda yurakday ochilsa.
Bir ko‘z bo‘lsa –
Inonsam,
Tikilib bir umr to‘ymasam.
Bir so‘z bo‘lsa –
Inonsam,
Aytsam-da yig‘lasam –
Onasiga erkalanib yig‘lagan go‘dakday.
Bir yurt bo‘lsa –
Inonsam,
Qushday erkin uchsam quchoqlarida,
Og‘och eksam tuproqlarida,
Kelajak og‘ochlarin o‘tqazsam…
@choydosh
❤2
Sizni qo‘l-oyog‘ingizni bog‘lab yerga yotqizishadi. Peshonangizni yerga tirab, bo‘g‘zingizga pichoq tortishadi. Ana shunda sal qimirlab qo‘ysangiz, bemalol so‘ya olmaganlaridan shikoyat qilishadi.
Agar ularga qoningiz sachrasa, kiyimlariga teksa, sabrsizligingizdan nolishadi!
@choydosh
Agar ularga qoningiz sachrasa, kiyimlariga teksa, sabrsizligingizdan nolishadi!
@choydosh
❤1