Choydosh
695 subscribers
62 photos
Dardimiz bir...

murojaat uchun: @choydoshsuhbat_bot
Download Telegram
Channel created
Choy damlaydigan mashina sotib oldim. Suv qaynashi bilan "Suv qaynadi, hozir choyni damlayapman", dedi, yana birozdan keyin "Choyingiz tayyor, marhamat qiling", dedi.
Men "Bu qanday ajoyib mashina ekan", deb hayron qoldim. Aslida bundan oldingi choy damlash mashinam ham aynan shu ishni qilardi, faqat indamas edi.

Hayotda ham shunday, sen ishingni jimgina, mukammal bajarsang ham odamlarni ko'p gapirib o'ziga qaratgan, arzimas ishini ham dunyoga ovoza qiladiganlar olqishlanadi.

@choydosh
❤8
"O'zingga o'xshagan yor uchrasin"

Kimgadir duo, kim uchundir badduo.

@choydosh
❤9
Dunyoning eng chiroyli olma daraxti boʻlsang ham sendan apelsin istaydiganlar topiladi.

@choydosh
❤5
Bir og‘och bo‘lsa –
Inonsam,
Uxlasam ko‘lankasida.

Bir yulduz bo‘lsa –
Inonsam,
Katta yo‘lga chiqsam uni qoralab.

Bir qopqa bo‘lsa –
Inonsam,
Qarshimda yurakday ochilsa.

Bir ko‘z bo‘lsa –
Inonsam,
Tikilib bir umr to‘ymasam.

Bir so‘z bo‘lsa –
Inonsam,
Aytsam-da yig‘lasam –
Onasiga erkalanib yig‘lagan go‘dakday.

Bir yurt bo‘lsa –
Inonsam,
Qushday erkin uchsam quchoqlarida,

Og‘och eksam tuproqlarida,
Kelajak og‘ochlarin o‘tqazsam…

@choydosh
❤2
Ba’zi suhbatlar bor — na joy tanlaydi, na fursat.
Ular uchun ikki piyola choy yetarli.

@choydosh
❤1
Ko‘ngilda ko‘p edi orzu-yu havas,
Imorat bitdi-yu yetmadi nafas.

«Hikmatlar chashmasi»dan.

@choydosh
❤4
Muhabbat kapalak misoli:
anglamaganga — bir kunlik,
anglaganga — bir umr.


@choydosh
❤2
Topmoq - yo‘qotmoqdir,
Yo‘qotmoq – topmoq,
Sen so‘lib,
Men yashab, 
To‘lishimga boq.
Sensiz topganimdan
Ko‘proq yo‘qotdim –
Sen meni yupatding,
Seni yig‘latdim,
Sen meni yaratding,
Seni tugatdim.
Uyalmay ONA deb,
Kelishimga boq!..

@choydosh
❤5
Alloh dardsiz, tashvishsiz hayot berishi mumkin boʻlganida eng avval Rasuliga bergan boʻlardi...

@choydosh
❤5
Yusuf surasi bizga nimani bildirdi:

Bugun yigʻlagan ertaga albatta kuladi.
Allohga ishon...

@choydosh
❤5