Ayni paytda Chiroqchida ham yerdan samarali foydalanish, aholi daromadini oshirish maqsadida tog‘ yon-bag‘irlarida bog‘zorlarni tashkil etish ishlari boshlab yuborildi.

🟢Batafsil o‘qish

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/chiroqchi_press
Chiroqchi tumani IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari polkovnik Aktamali Beshimqulov bugun sektor hududidagi "Chimqo‘g‘ron" mahallasida hokim yordamchisi bilan birgalikda fuqarolar qabulini o‘tkazdi.

O‘tkazilgan fuqarolar qabulida, tumandagi barcha xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot va muassasalar rahbarlari hamda mutasaddilari ishtirok etdilar. Mahallabay ishlash jarayonida har bir insonning dardini tinglash, ularning taqdirini tubdan o‘zgartirish, jamiyat taraqqiyotini iqtisodiy o‘sishlar bilangina emas, balki aholining o‘z hayotidan mamnunligi bilan o‘lchash kabi mezonlar mavjud.

Qabulda fuqarolarning salomatlik, ijtimoiy himoya, bandlik, uy-joy bilan ta’minlash, kredit va ta’lim masalalarida bildirgan muammolari tinglanib, ijobiy yechim izlandi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/chiroqchi_press
ҚУЁШ ПАНЕЛ ЎРНАТИШ УЧУН ДАВЛАТДАН КОМПЕНСАЦИЯ ОЛИШ МУМКИН

Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Энергия тежовчи технологияларни жорий қилиш ва кичик қувватли қайта тикланувчи энергия манбаларини ривожлантириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида»ги ПФ-220-сонли қарори қабул қилинган.

☑️Фармонга кўра, қайта тикланувчи энергия манбаларидан кенг фойдаланишни қўллаб-қувватлаш мақсадида 2022 йил 1 октябрдан бошлаб:

▪️жисмоний шахсларга Энергетика вазирлиги ҳузуридаги бюджетдан ташқари Тармоқлараро энергияни тежаш жамғармаси маблағлари ҳисобидан республикада ишлаб чиқарилган қуёш ва шамол электр станцияси ҳамда қуёш сув иситиш қурилмаларини 3 йил мобайнида фоизсиз бўлиб-бўлиб тўлаган ҳолда сотиб олиш имконияти яратилади;

▪️қайта тикланувчи энергия манбалари қурилмаларининг қийматини тўлиқ тўлаган ҳолда уларни харид қилган ва ўрнатган истеъмолчиларга харид харажатларининг бир қисми мазкур Фармоннинг 1- ва 2-иловаларига мувофиқ миқдорларда Жамғарма ҳисобидан компенсация қилинади (Қуйидаги расм);

▪️истеъмолчилар томонидан қайта тикланувчи энергия манбалари қурилмалари тўғридан-тўғри маҳаллий ишлаб чиқарувчи корхоналар, етказиб бериш, ўрнатиш ва ишга тушириш хизматларини кўрсатувчи корхоналар, маҳаллий чакана савдо объектларидан, шу жумладан электрон тижорат воситалари орқали сотиб олинганда бўлиб-бўлиб тўлаш имконияти берилади ёки якуний чакана нархдан компенсация миқдори чегириб ташланади.

Қуёш панели ўрнатувчи фуқароларга банклардан ажратиладиган кредитлар тўғрисида
👉мана бу ерда👈 тўхталиб ўтганмиз.

Уларга бериладиган солиқ имтиёзлари ҳақида
👉мана бу ерда👈 ўқинг.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/chiroqchi_press
📊Qashqadaryo viloyatining sanoati qanchaga o‘sdi?

2022- yil yakunlariga ko‘ra Qashqadaryo viloyati bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 8 125,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 10,5 % ga o‘sdi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/chiroqchi_press24
#Эълон Қуёш панеллари ва сув иситиш тизимларини ўрнатиб, имтиёзга эга бўлмоқчимисиз?

Унда Ўзбекистон Савдо саноат палатаси томонидан тавсия этилаётган муқобил энергия билан таъминлашга ёрдам берадиган ишлаб чиқарувчи, етказиб берувчи ва ўрнатувчи тадбиркорлари билан боғланинг!

Муқобил энергия манбалари, уларни харид қилганда компенсация ва имтиёзлар тўғрисида ишончли маълумотларни расмий www.energymarket.uz сайтидан олиш мумкин.

Қашқадарё вилояти ҳокимлиги Ахборот хизмати.
e-auksion.uz platformasi biznes uchun qulay platforma!

Qashqadaryo viloyatidan 2 000 ga yaqin ko'chma savdo joylarini 3 yilga ijaraga oling!

🟢 G'uzor tumanidan 177 ta (ko'rish)
🟢 Dehqonobod tumanidan 135 ta (ko'rish)
🟢 Qamashi tumanidan 130 ta (ko'rish)
🟢 Qarshi tumanidan 87 ta (ko'rish)
🟢 Koson tumanidan 101 ta (ko'rish)
🟢 Kitob tumanidan 102 ta (ko'rish)
🟢 Mirishkor tumanidan 173 ta (ko'rish)
🟢 Muborak tumanidan 116 ta (ko'rish)
🟢 Nishon tumanidan 141 ta (ko'rish)
🟢 Kasbi tumanidan 81 ta (ko'rish)
🟢 Ko'kdala tumanidan 64 ta (ko'rish)
🟢 Chiroqchi tumanidan 47 ta (ko'rish)
🟢 Shahrisabz tumanidan 62 ta (ko'rish)
🟢 Yakkabog' tumanidan 37 ta (ko'rish)
🟢 Qarshi shahridan 299 ta (ko'rish)
🟢 Shahrisabz shahridan 229 ta (ko'rish)

Ushbu obyektlar Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 485-son qaroriga ko'ra savdoga chiqarilmoqda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/chiroqchi_press
#Tashabbusimiz_iqtidorimiz_kuch_qudratimiz_Vatan_uchun

YOSHLAR O'RTASIDA UCH BOSQICHLI TANLOV VA MUSOBAQALAR DAVOM ETMOQDA

🏆 Bugun Chiroqchi tumani 1-sektor hududidagi mahallalar yoshlari ishtirokida “Tashabbusimiz, iqtidorimiz, kuch-qudratimiz – Vatan uchun” shiori ostida "Suxondonlik" tanlovini sektor bosqichi tashkil etildi.

⚡️ Musobaqada mahalla bosqichida yuqori o'rinni qo'lga kiritgan qizlar faol ishtirok etdi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/chiroqchi_press
Forwarded from CHIROQCHI OVOZI
⚡️Хитой компанияси уч вилоятда қуёш электр станцияси қуради

Энергетика вазирлигига кўра, 15 февраль куни Қашқадарё, Бухоро ва Самарқанд вилоятларида умумий қуввати 2000 МВт бўлган қуёш электр станцияларини қуриш бўйича CEEC ENERGY CHINA компанияси билан англашув меморандуми имзоланди.

Хитой компанияси Ўзбекистонга 2 млрд $ миқдорида инвестиция киритади.

Станцияларининг илк қувватлари 2023 йил якунига қадар ишга туширилиши режалаштирилган, 2024 йилда улар тўлиқ қувват билан ишлай бошлайди.

Натижада йилига 5,2 млрд кВт⋅соат электр энергияси ишлаб чиқарилиб, 1,4 млрд куб метр табиий газ тежалишига эришилади.

𝐂𝐇𝐈𝐑𝐎𝐐𝐂𝐇𝐈 𝐎𝐕𝐎𝐙𝐈| 𝗞𝗔𝗡𝗔𝗟👇
https://t.me/CHIROQCHIOVOZI
#raqamlashtirish #ozini_ozi_band_qilish

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar soni o‘sish dinamikasi e'lon qilindi

2023-yil 1-fevral holatiga –
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar 1,7 mlntaga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 31,6%ga (402 mingta) oshgan.

👉Batafsil

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/chiroqchi_press
Chiroqchi tumani tibbiyot birlashmasiga zamonaviy laparaskop uskunasi keltirildi

- Ko‘p yillar davomida "og‘ir tuman" hisoblanib kelgan Chiroqchi tumani aholisi murakkab jarrohlik amaliyotlari uchun poytaxtga yoki viloyat markaziga qatnab, ovora bo‘lishar edi, - deydi tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Erkin Arziyev. - Endilikda hududga tibbiyotning zamonaviy yutuqlari joriy etilmoqda.

Ayniqsa, tumanimizning o‘zida jarrohlarimiz yurtimizning sanoqli klinikalarida amalga oshirilayotgan eng zamonaviy yuqori texnologiyali miniinvaziv jarrohlik amaliyotlarini bajarish imkoniyatiga ega bo‘lganligi ko‘pchilikni quvontirdi. Uskuna o‘rnatilgan dastlabki kunning o‘zidayoq laparoskopik usulda o‘t qopi toshini olib tashlash bo‘yicha 4 ta operasiya muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/chiroqchi_press