#asosiy_tushunchalar_lugʼati
🔰TASHABBUSKORLIK – faoliyat jarayonida biror ishni boshlash, da'vat etish, ijodiy yondashishda namoyon bo‘ladigan shaxs xususiyatini anglatuvchi tushuncha. Tashabbuskorlik belgilangan maqsad yoki ish, harakatni amalga oshirishda o‘ziga xos uslubdan foydalanish va uni shu maqsad yoki ishga aloqador barcha kishilar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga erishishni ham ifodalaydi.
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | YouTube| Instagram

Forwarded from MARKAZ XABARLARI
#asosiy_tushunchalar_lugʼati
🔰ORIYAT –inson ma’naviy qiyofasiga xos izzat-nafs, qadr tuyg‘ularini ifodalovchi tushuncha.
▫️Oriyat insoniy xususiyat bo‘lib, oriyatli inson o‘zi va oilasi, millati va Vatanining izzat-nafsini, qadrini yuksak tutadi. U o‘zini ham, o‘zgalarni ham qadrlay biladi.
▫️Oriyat insonning xatti-harakati, o‘zini tutishi, muomalasida ifodalanadi. Inson oriyati oilasi va butun millatning oriyatini ifoda etadi.
▫️O‘zgalar qadr-qimmati, sha’nini o‘z qadr-qimmati, sha’ni darajasida ko‘radigan oriyatli inson yuqori obro‘ga ega bo‘ladi. U hamisha adolat uchun kurashadi, bunda uning eng asosiy ko‘makchisi pok vijdonidir.
▫️Oriyat shaxsni – shaxs, millatni – millat, davlatni – davlat sifatida saqlab qolishga xizmat qiladi.
▫️Oriyat insonni noto‘g‘ri, nojo‘ya xatti-harakatlardan asraydi. Chunki bunga uning vijdoni, oriyati yo‘l qo‘ymaydi.