CHIRCHIQ ZIYOSI
3.68K subscribers
2.41K photos
401 videos
1 file
770 links
Download Telegram
#KUN_HIKMATI

📖 Avval o‘zing egallab adab,
So‘ng o‘zgadan aylagin talab.

©️ Abdurahmon Jomiy
#KUN_HIKMATI

📖 O’zgalar ustidan hukmronlik da’vo qiluvchi odam avvalo o‘zini boshqara bilmog‘i lozimdir.

© Demokrit
#KUN_HIKMATI

📖 Haqiqat vaqti-soati bilan har bir xonadonga so‘roqsiz kirib keladi. Chaqirilmagan qo‘noq hech kimni ayamaydi. Yashirinishga, qochishga urinamiz, ammo u endi avvalgidek yashashimizga yo‘l qo‘ymaydi.

© Andrey Biljo
#KUN_HIKMATI

📖 Ziyoli deganda ko‘z oldimizga ko‘p kitob o‘qigan, badastir ta’lim olgan, chet mamlakatlarga sayohat qilgan va bir necha tilni biladigan inson keladi. Biroq odam shularning bariga ega bo‘laturib ham ziyoli bo‘lmasligi va, aksincha, o‘shalardan mosuvo inson ich-ichidan ziyoli bo‘lishi mumkin. Ziyolilik faqat keng bilimda emas, balki boshqalarni tushunish iqtidoridadir.

© Dmitriy Lixachyov
#KUN_HIKMATI

📖 "Nega meni yoqtirmay qoldi? Axir, unga biror yomonlik qilmadim-ku?" deya hayron bo‘lib yurgan odamlarni ko‘p uchratasiz. Unutmangki, siz o‘z samimiyatingiz va a’lo xulqingiz bilan o‘sha kimsaning qabohatga to‘la borlig‘ini inkor etarak uni "haqorat" qilgansiz.

© Andre Morua
#KUN_HIKMATI

📖 Oddiy fikrla, oddiy qabul qil va oddiy yasha! Chunki haqiqat ham juda oddiydir.

© Jaloliddin Rumiy
#KUN_HIKMATI

📖 Men ko‘p joylardan orom izladim va uni bir burchakda – kitob mutolaa qilganimda topdim.

© Umberto Eko
#KUN_HIKMATI

📖 O‘zidan boshqa hammani yomon ko‘radigan odam oxir-oqibat o‘zidan boshqa hammaning nafratiga yo‘liqadi.

© O‘tkir Hoshimov
#KUN_HIKMATI

📖 Haddan tashqari ko‘p o‘ylash baxtingizni o‘ldiradi.

© Rohit Bora
#KUN_HIKMATI

📖 Men katta masalalar xususida uzoq bahslashib, hech narsaga erisholmagandan ko‘ra, arzimas narsalarga oid kichik bir haqiqatni kashf etishni afzal ko‘raman.

© Galileo Galiley