Chingiz Gaffarov
187 subscribers
107 photos
41 videos
59 files
139 links
Frontend dasturlash, "IT" bo'yicha foydali ma'lumotlar va materiallar; shaxsiy tavsiyalar.

Github: https://chingizpro.github.io/portfolio
YouTube: https://youtube.com/@chingizpro
Download Telegram
😱 Ana xolos! iPhone'larga jimgina Starlink sun'iy yo‘ldosh internetini qo'llash funksiyasi qo'shib qo'yildi!

🛰 Apple, SpaceX va T-Mobile hamkorlikda iPhone 14 va undan yangi modellarga Starlink sun'iy yo‘ldosh aloqasini qo‘llab-quvvatlashni joriy qildi. Bu funksiya iOS 18.3 yangilanishi bilan taqdim etiladi.

⚙️ Asosiy jihatlar:
- Dastlab faqat SMS xabarlar yuborish mumkin bo‘ladi, kelajakda qo‘ng‘iroqlar va ma'lumotlar uzatish funksiyalari ham qo‘shilishi rejalashtirilgan.

- iPhone'lar Starlink tarmog‘iga avtomatik ravishda ulanadi, bu esa foydalanuvchilarga qulaylik yaratadi.

- Hozircha ushbu funksiya faqat AQSh hududida mavjud.

📡 Bu yangilik iPhone foydalanuvchilariga sun'iy yo‘ldosh orqali barqaror aloqa imkoniyatini taqdim etadi.

➡️ #apple #spacex | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#info

💼 LinkedIn — Sizning professional dunyodagi pasportingiz!

🔹 Ish qidiryapsizmi?
🔹 Ko‘nikmalaringizni ko‘rsatmoqchimisiz?
🔹 Professional aloqalar o‘rnatyapsizmi?

LinkedIn bilan bularning barchasi oson! 🌐
✔️ Tajribangiz va yutuqlaringizni butun dunyoga namoyish qiling.
✔️ O‘zingizga mos ishlarni qidirib, murojaat qiling.
✔️ Soha mutaxassislari bilan bog‘lanib, o‘z tarmog‘ingizni kengaytiring.

Endi har bir qadamda imkoniyatlarni boy bermang! 😎
LinkedIn’da profil yarating va muvaffaqiyat sari odimlang. 🚀

Havola: https://uz.linkedin.com/

@chingizgaffarov

#LinkedIn #IshQidirish #ProfessionalTarmoq
Forwarded from Aziz Rahimov
Xitoyliklarning bepul DeepSeek sun’iy intellektini ishlatib ko’rdim.

OpenAIning pullik ChatGPTsidan yaxshiroq.

OpenAI shu holga 18 mlrd$ bilan kelgan.

Xitoyliklar esa bir necha million bilan erishishdi. Qanday qilib?

Amerika nVidia chiplarini Xitoyga import qilishga ruxsatlari bermagandi. Asosiy xarajat ham shu edi. Shu chiplardan ko'p ishlatmasdan yechim qilishga majbur bo'lishdi.

Buni kuzatib 1993 yilda Kaliforniyalik Professorning Yaponlar haqida yozgani esimga tushib ketdi:

“Yaponlar tejamkor, ko’p ishlab, ko’p mahsulot ishlab chiqarishadi. Bizlar esa ko’p iste’mol qilamiz, kam tejaymiz, ko’p pul ishlatamiz. Yaponlarga oson, ularning raqobatchilariga qiyin bo’lib boryapti.”

Ha, ba’zan imkoniyatlarimiz cheklanganligi ham imkoniyat bo’ladi.
Forwarded from Aziz Rahimov
Kitob sotib oladiganlar kam.

Sotib olganini ochadiganlar kamroq.

Ochganini tugatadiganlar undan ham kam.

Tugatganini eslab qoladiganlar yanada kamroq.

Eslab qolganiga amal qiladiganlar eng kami.

Kamchilik erishayotgan narsalarga erishish uchun, kamchilik qilayotgan ishlarni qilish foyda beradi.
#info

GitHub nima?

GitHub — bu dasturlarni ishlab chiqish va boshqarish uchun mo‘ljallangan eng mashhur platformalardan biri. U Git versiya boshqaruv tizimiga asoslangan bo‘lib, dasturchilar kodlarini saqlash, ularga o‘zgartirishlar kiritish va jamoaviy ishlash imkoniyatini beradi.

Asosiy funksiyalari:

Kod boshqaruvi: Loyihalar tarixini kuzatish va kerakli o‘zgarishlarni qaytarish.

Jamoaviy ish: Bir loyihada bir nechta dasturchi bilan ishlash.

Versiyalash: Kodning turli versiyalarini boshqarish.

Ochiq kodli loyihalar: Minglab loyihalarni ko‘rib chiqish va ularda ishtirok etish.


Foydasi:
GitHub dasturchilar va IT-kompaniyalar uchun professional portfolioni yaratish imkoniyatini beradi. Shu bilan birga, ochiq kodli loyihalar orqali bilim va tajribani oshirish uchun ajoyib platforma hisoblanadi.

🔗 www.github.com

@chingizgaffarov
Forwarded from KHURSHID UROKOV
Surxondaryo ahli va yoshlari uchun muhim yangilik, azizlar! 🏔🚀

Hozirda, poytaxtimiz Toshkent shaxrining 21 nuqtasida faoliyat yuritayotgan EVEREST o'quv markazi endi Termiz shaxrida ham o'zining yangi, qulay va zamonaviy filialini ochish arafasida turibdi!

☝🏾EVEREST TERMIZ filiali jamoasi a'zosiga aylaning! Jamoaga IELTS instruktorlari, manzil manageri, administrativ hodimlar, mock exam jamoasi a'zolari va support teachers pozitsiyalariga xodimlar kerak bo'lmoqda!

🔥 Ishga joylashish va traininglar jarayonining dastlabki bosqichi uchun yagona talab kamida IELTS overall 6.0 yoki Multi-Level C1 natijasi hisoblanadi!

Yuqoriroq IELTS natijasiga ega, Termiz shaxri universitetlarining Ingliz tiliga ixtisoslashgan fakultetlarida tahsil olayotgan hamda xozirning o'zida Termiz shaxrida IELTS instruktorlik yoki Ingliz tili ustozligi faoliyati bilan shug'ullanayotgan kandidatlarga ishga joylashish jarayonida ustunlik beramiz!

❗️Kandidatlar dastlab anketa, keyin esa suhbat bosqichidan o'tadilar! Suhbatlar natijasida ishga qabul qilingan bo'lajak xodimlarimizni Toshkentda yoki Termiz shaxrining o'zida kamida 2 oy mobaynida tashkil qilinadigan traininglarga jalb qilamiz! Toshkent shaxriga kelib trainingda qatnashish imkoniga ega kandidatlarni esa EVEREST parallel tarzida ish bilan band qiladi va ularga maosh to'lab boradi! Traininglar so'nggida barcha kandidatlar IELTS imtihonini topshiradilar va natijalariga mos Termiz manzilidagi ish pozitsiyalariga yo'naltiriladilar!

EVEREST Respublikamizdagi eng katta va 7.0+ IELTS natijalari miqdori nuqtai nazaridan birinchi raqamli o'quv markazi hisoblanadi, azizlar! Biz o'z hodimlarimizga har taraflama qulay sharoitlar, muntazam o'sish imkoniyati va eng yuqori oyliklarni ta'minlab beradigan o'quv markazimiz! Ishoning, ochilajak EVEREST TERMIZ manzilimiz jamoasi a'zosiga aylanish bo'lajak kadrlar uchun positive life-changing point bo'ladi, Xudo xohlasa!

P.S. Yangilikni Termiz shaxridagi IELTS 6.0 yoki CEFR C1 natijasiga ega barcha tanishlaringizga ulashing! Termizda xozirda faoliyat yuritayotgan barcha IELTS instruktorlariga va Ingliz tili fakultetlarida tahsil olayotgan talabalarga xabarni yetqazing! Termizda iloji boricha kuchli jamoani shakllantirishimizga ko'maklashing, dostoyniy kadrlar yangilikdan xabar topsin, xullas!

Kaminaga to'g'ridan-to'g'ri murojaat qilishsin va dastlabki anketani to'ldirishsin, ularga albatta aloqaga chiqib suhbatlar tashkil qilaman:

👉 @urokovkhurshid 🗻

🔥🔥🔥🔥🔥

📍Telegram 📹 Instagram  📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Dasturlashni endi boshlaganlar, portfolio uchun qiziq loyiha qidiryapsizmi?

Menda bir yaxshi idea bor. Kunlik harajatlarni yozib yuradigan mobil yoki web app. Ha bu oddiy CRUDku desangiz meni ohirigacha eshiting.

App harajatlarni ovoz orqali qo'shadi. Xuddi Shazam kabi bitta katta button bo'ladi. Uni bosib "10 ming so'm non" desangiz oziq ovqat kategoriyasiga 10 ming so'm qo'shib qo'yadi.

Agar shu loyiha bilan startup boshlasangiz startupni 1% ulushi meniki 😉
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from OQ mobile
Kutib oling, OQ NIGHT — OQ tarixidagi birinchi tayyor tarif!

Atigi 38 000 so‘mga superkombo – kunu tun aloqada bo‘ling🔥

🌑 200 GB tungi internet (01:00 – 08:00) – filmlar, o‘yinlar, seriallar va fayllarni yuklab olish uchun imkoniyat
☀️ 40 GB mobil internet – istalgan vaqtda onlayn bo'ling
📞 300 daqiqa – yaqinlaringiz bilan doimo aloqada bog‘laning
💌 200 SMS – cheklovsiz muloqot uchun

YANGI ABONENTLARGA – 25% CHEGIRMA💥

Hech qanday cheklovlarsiz, trafik muammolarisiz – faqat maksimal erkinlik! Ko‘proq kontent, ko‘proq muloqot, ko‘proq imkoniyatlar!

Qanday ulanish mumkin?
1️⃣ Ilovada “Aloqa” bo‘limiga kiring
2️⃣ “Tariflar”ni tanlang
3️⃣ OQ NIGHT tarifini topib, “Ulanish” tugmasini bosing

24/7 onlayn bo‘ling va internetdan to‘liq foydalaning🚀

––

Встречайте OQ NIGHT — первый готовый тариф в истории OQ!

Суперкомбо за 38 000 сум, которое обеспечит вас связью днём и ночью🔥

🌑 200 ГБ ночного интернета (01:00 – 08:00) — возможность для скачивания, просмотра фильмов, игр и любимых сериалов
☀️ 40 ГБ мобильного интернета — свободный доступ в сеть в любое время суток
📞 300 минут на звонки, чтобы всегда быть на связи
💌 200 SMS для общения без ограничений

НОВЫМ АБОНЕНТАМ – СКИДКА 25%💥

Никаких ограничений, никаких проблем с трафиком – только максимум свободы. Больше контента, больше общения, больше возможностей!

Как подключить?
1️⃣ Откройте конструктор в разделе «Связь»
2️⃣ Выберите «Тарифы»
3️⃣ Найдите OQ NIGHT и нажмите «Подключить»

Будьте онлайн 24/7 и используйте интернет на полную 🚀
150ming so'mdan Ingliz tili😱

Ha ha, to'g'ri ôqidingiz mart oyida ochiladigan birinchi oyi atigi 150ming sômdan Ingliz tili kursiga qabul boshlandi!

-Darslar 10 kishilik guruhda olib boriladi;
-0dan boshlab ingliz tilini ôrganuvchilar uchun;
-Darslarni IELTS 6.5lik tajribali ustoz olib boradi;
-Ikkinchi oydan narxlar odatdagi narxda!

Yangi ochiladigan guruhlar:
Toq kunlari: 14:20-15:40
va 15:40-17:00.

Hoziroq kelajak uchun qadam tashlash: 937911511 yoki @kafolattalim_admin
tg_image_1428892630.png
150.2 KB
#html #css #marker

HTML da ul va li teglari orqali tartibsiz ro'yxat hosil qilish mumkin.
CSS da ::marker orqali ro'yxat dizaynini o'zgartirish mumkin.

@chingizgaffarov
https://www.instagram.com/chingizgaffarov

Instagrami borlar “follow” qilib qo’yinglar menga.
Forwarded from Aziz Rahimov
6 yoshida boyish haqida YouTubeda videolar ko’ra boshlaydi.

7 yoshida quyon boqishni boshlab, fermaga aylantiradi.

8 yoshida daromadiga qo’shnisining mashinasini sotib oladi.

9 yoshida o’z puliga 40 sotix yer sotib olib, fermasiga echkilarni ham qo’shadi.

10 yoshida eski uy sotib oladi. YouTubedan o’rganib o’zi ta’mirlab chiqadi. To’rt barobar qimmatiga xaridor chiqadi.

12 yoshida qishlog’idagi suv yo’qolib borish muammosini hal qilishga kirishadi.

14 yoshida kitob yozadi. O’qib tugatdim. Qiziqarli.

Bu yutuqlarga asosiy sabab qilib, ota-onasinig puli yo’q nogironlar bo’lgani va qiladigan ishlarida unga ishonishganini aytib o’tadi.

Bu Cole Summers hikoyasi edi.

Oladigan darsimiz:

Ota-onaning ishonchi qanot bo’ladi. Har qanday cheklovlarni kesib chiqishga yordam beradi.
Chingiz Gaffarov pinned Deleted message
Forwarded from Muallim Muhammad
Nechta Nobelimiz bor?

Yer yuzida atiga 16 millionga yaqin yahudiy yashaydi, yarmi Isroilda, qolgani AQShda. Dunyo siyosiy-iqtisodiy tashkilotlarining ko’pchiligi ular tomondan boshqariladi. G’arbda Isroil lobbysi judayam kuchli.

Shu kichik millat 216 ta Nobel mukofoti yutgan, jami mukofotning 22%i. 2mlrdga yaqin musulmonlarda esa atiga 16 ta. Balki 12 tadir. Dahshatli farq-a?

Agar sovuq miya bilan o'ylab qaralsa, muammoning tag ildizi aynan shu yerda ko'rinadi. Dunyoning turli nuqtalaridagi musulmonlar nega genotsid qilinayotganiga sabab ham oydinlashadi.

Nega biz G’azo va Uyg’urlarda bo’layotgan qirg’inlarga qarshi tik-tok va instagramda yig’lab video qilishdan, ularni qarg’ashdan boshqasini qila olmayapmiz? Nega amaliy hech qanday yordam yo’q? Savol ritorik!

Biz ojizmiz, qo’limizdan bundan boshqasi kelmaydi ham. Chunki ilm olmaymiz. Ilm orqali kuchaymaymiz. Birlashmaymiz. Pulimizni, vaqtimizni, energiyamizni bilim uchun tikmaymiz.

Sabablar dunyosida yashayapmiz. Demak harakat qilish kerak. O’zimiz, farzandimiz, jiyanimiz, ukamiz, singlimiz, kimimiz bor? O’qitaylik, ilm yo’lida jahd qilaylik. Kuchli bo’laylik.

Bo’lmasa yana 100 yildan keyin ham G’azo qiynalayotganda biz faqat yig’lab video qila olamiz xolos.

@MuallimMuhammad