Kimyo | Asilbek Salohiddinov
4.63K subscribers
880 photos
2.89K videos
553 files
860 links
Bog'lanish uchun
@Asilbek_Salohiddinov

Masala berish va yechish 🔻
@kimyo_muhokama

YouTube kanal 🔻
https://www.youtube.com/c/KimyoAsilbekSalohiddinov
Download Telegram
​​🎁 Kun savoli 13.11.2018
Javoblarni @chemic_uz_bot da qoldiring.
1📝. X mol MeOH dan 60% unum bilan 38,25 g MeNO3, 80% unum bilan esa 35,1 g MeCl olingan bo’lsa, “x” ni aniqlang.
2📝. (Reaksiyasi fotoda 👇👇👇) Yuqoridagi yadro reaksiyasida 68 mg E modda parchalangan bo'fsa, necha dona α-zarracha ajralib chiqqan? (E ning neytronlar soni uglerodniktdan ikki marta ko'p).
3📝. ₱11₩4 + ₮₳₭3 + ₭₮2 → ₩₮3₭4 + ₱₮2₭4 + ₭₳ reaksiyadagi nomalum elementlarni N.E.M qiymatlari quyidagicha ₭ ≤ ₳ ≤ ₱ ≤ ₩ ≤ ₮. N.E.M qiymatlar 0,3 dan 1,24 gacha bo’lsa barcha koeffitsientlar yig’indisini toping.
4📝 Teng hajmli A va В suyuqiiklari qo'shilganda aralashmaning zichligi 1,2 g/ml bo'ldi. Teng massali A va В aralashtirilganda esa zichlik 0,9 g/ml да teng bo'ldi. Suyuqliklarning zichliklarini aniqlang.
5📝. 5,6 litr (n. sh.) asetilenning yonishidan qancha issiqlik (kJ) ajraladi?
C–H = 415 kJ/mol, C=C = 840 kJ/mol,
O=O = 500 kJ/mol, H–O = 466 kJ/mol,
C=O = 708 kJ/mol.
6📝. Element izotopining tarkibida 87 ta neytron mavjud bo’lib, undagi elektronlar soni barcha zarrachalarning 2/7 qismini tashkil etsa, ushbu izotopning oxirgi elektroni uchun barcha kvant sonlar yig’indisini toping.
7📝. (Reaksiyasi fotoda 👇👇👇). Agar oxirgi mahsulot diyenlarning 1-vakili bo’lsa, Hosil bo’lgan B moddani nomlang?
8📝. Molekulyar massalari teng bo’lgan va birgalikda 600 gramm keladigan X2SO4∙nH2O va YSO4∙mH2O kristallogidratlarida vodorod atomlar soni 2,0468 1025 ta bo’lsa X ni toping (Ar (X) – Ar (Y) = 15) .
9📝. C3Hx tarkibli uglevodorod yonish reaksiyasidan hosil bo’luvchi va reaksiyaga kirishuvchi moddalar koeffitsiyentlari ayirmsi 1 ga teng bo’lsa, x ning qiymatini nechaga teng?.
10📝. Uchta gazdan iborat aralashmada NO va Ar laming mol ulushlari 25% va 25% ga, NO ning massa ulushi esa 19% ga teng bo'lsa, noma’lum gazning molyar massasini (g/mol) aniqlang.
11📝. MeSO4 ning 120 g 20%li to'yingan eritmasiga shu tuzdan 2,55 g qo'shildi va qizdirildi. So'ngra eritma boshlang'ich haroratga qadar sovutildi. Natijada. 4,8 g MeSO4∙4H2O cho'kmaga tushdi. Kristallogidrat tarkibidagi suvning massasini (g) aniqlang.
12📝. A + В = C + D reaksiya bo'yicha A va, В moddalardan 2 mol/l dan olindi. Reaksiya boshlanib, muvozanat holatiga kelganda. A moddaning konsentratsiyasi dastlabki konsentratsiyasining 50% ini tashkil etdi, Muvozanat holatida turgan sistemaga В moddadan 1 mol/1 kiritildi va ma’lum vaqtdan keyin yangi muvozanat qaror topdi. Yangi muvozanatda. В va C moddalarning konsentratsiyalarini (mol/l) aniqlang.
Javoblarni quyidagi manzilga yuboring
@chemic_uz_bot
🔺🔺🔺 🔺🔺🔺

📌 @chemic_uz #kun_savoli loyihasi
13.11.18 @chemic_uz.pdf
460.6 KB
🎁 Kun savoli 13.11.2018 (electron var)
Javoblarni @chemic_uz_bot da qoldiring
​​​​ #chemical_facts
Eng ko'p elementni kashf qilgan olimni bilasizmi?
K. Shelli
📝 Kimyoviy elementlarni kashf qilishda rekordchi K.Shelli. U kislorod, xlor, volfram, marganets, ftor, molibden va bariy elementlarini topgan. Ikkinchi o'rinda esa Y.Berselius, Karl Monsander, H Devi, Lekock de Bouabordan. Ular har biri 4 tadan kimyoviy elementlarni kashf qilishgan. Yuqoridagi olimlar hozirgi davriy sistemadagi elementlarning 1/4 qismini kashf qilishgan.
📌 @chemic_uz
Kimyo | Asilbek Salohiddinov pinned «​​🎁 Kun savoli 13.11.2018 Javoblarni @chemic_uz_bot da qoldiring. 1📝. X mol MeOH dan 60% unum bilan 38,25 g MeNO3, 80% unum bilan esa 35,1 g MeCl olingan bo’lsa, “x” ni aniqlang. 2📝. (Reaksiyasi fotoda 👇👇👇) Yuqoridagi yadro reaksiyasida 68 mg E modda parchalangan…»
​​✏️🗒
Ⓜ️asala va uning yechimi

Savol 📝
82,6 gramm ikki valentli metall nitrati kristallogidrati uzoq vaqt davomida
qizdirildi. Natijada 57,4 gramm suvsiz tuz hosil bo'ldi. Qizdirish davom
etdirilganda 19,6 gramm qattiq metall oksid qoldi. Dastlabki kristallogidrat
formulasini aniqlang
Yechim ✍🏻
Jarayonlar quyidagi reaksiya tenglamasi orqali ifodalanishi mumkin:
Me(NO3)2·nH2O → Me(NO3)2 + nH2O;
2Me(NO3)2 → 2MeO + 4NO2 + O2.
MeO massasi Me(NO3)2 massasidan ( Me+124 ) - ( Me + 16 ) g ga
kam. Hosil bo'lgan MeO ning miqdori 57.4-19,6/108=0,35 mol, molyar massasi esa 19,6/0,35=56 g/mol (MgO). Kristallogidratdagi suvning miqdori n=82,6-57,4/0,35x18=4 mol
Javob
Mg(NO3)2·4H2O
Barcha ishtirokchilar uchun tashakkur! Ilmingiz bundanda ziyoda bo'lsin! (Bazi yechimlarning bermadik sababi ulardan oldingi jo'natgan yechimlar blan mohiyatan o'xshash)
​​🔆 TEMATIKA TESTLAR
Eritmada kechadigan fizik, kimyoviy jarayonlar

Dissotsiyalanish
Gidroliz
Suvning ion ko'paytmasi pH, pOH
yuklab olish uchun ilova quyida berilgan
👇👇👇👇👇👇 hajmi: 1,3 mb
Eritma hoosassalari @chemic_uz.pdf
1.3 MB
🔆 TEMATIKA TESTLAR
Eritmada kechadigan fizik, kimyoviy jarayonlar
Dissotsiyalanish
Gidroliz
Suvning ion ko'paytmasi pH, pOH
📌 @chemic_uz
​​Hayrli kun! Yangi kun muborak!
💎💎💎💎💎💎💎💎💎💎
Haqiqiy istak minglab imkoniyatlarni,
Istamaslik esa bahonalarni keltirib chiqaradi.

Jak-Iv Kusto
📌 @chemic_uz
​​Barchangizga tashakkur!!!
Safimiz 1000 dan oshdi.
​​​​ #chemical_facts
Kilogramm nima, va uning birligi nimaga asoslanib olinganini bilasizmi?
Hozirda kilogrammni belgilash uchun qo‘llanuvchi platina-iridiy silindri 1889 yilda O‘lchovlar va og‘irliklar bo‘yicha bosh anjuman tomonidan chiqarilgan. U bilan birga uning 40 ta nusxasi yasalib, turli davlatlarning o‘lchovlar va og‘irliklar milliy byurolariga tarqatilgan. (rasmi quyida👇) Bu nusxalar vaqti-vaqti bilan asl etalon bilan tekshirib turiladi.
📝Etalon 3 ta germetik oynavand qalpoq ostida saqlanishiga qaramay, u baribir changlanadi va ifloslanadi. Ba'zida u tozalab turiladi, biroq bu jarayonning o‘zi uning og‘irligi o‘zgarishiga olib kelishi mumkin.
1989 yilda o‘tkazilgan tekshiruv natijalariga ko‘ra, Parijda saqlanuvchi etalon va uning nusxalari o‘rtasidagi maksimal farq 50 mikrogrammni tashkil qilgan. Bu esa zamonaviy fan va tibbiyotdagi o‘ta yuqori o‘lchashlar talablariga javob bermaydi.
Olimlar ushbu etalon o‘rniga “Kibbl balansi” deb ataluvchi qurilmani qo‘llashni taklif qilishmoqda. Bu qurilma “elektron” kilogrammni hosil qilishga imkon beradi. Bunda kilogrammning og‘irligi tok va kuchlanish ko‘paytmasiga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi.
Bugungi kunda kilogramm SI tizimidagi jismoniy etalonga, ya'ni odam tomonidan yaratilgan buyum bilan o‘lchanuvchi yagona o‘lchov birligi bo‘lib qolmoqda. 1960-yillarda olimlar metrning jismoniy etalonidan voz kechishgandi. Hozirda metr Plank doimiysi bilan aniqlanadi. Unga ko‘ra, metr yorug‘lik nuri vakuumda 1/299 792 458 soniyada o‘tuvchi masofaga tengdir.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, kilogramm etalonining “elektroni”ga o‘zgartirilishi kundalik turmushga hech qanday ta'sir ko‘rsatmaydi.
📌 @chemic_uz
​​✏️🗒
Ⓜ️asala va uning yechimi

Savol 📝 003
13 gr metallni to'liq eritish uchun 10% li nitrat kislota eritildi. Hosil bo'lgan eritmaga ishqor qo'shilishidan 1,12 l (n,sh) gaz ajralib chiqdi. Metallni aniqlang.
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️
Yechim ✍🏻
Reaksiyada faqat gaz holatida amiak chiqishi mumkin.
8Me + 10nHNO3 = 8Me(NO3)n + nNH4NO3 + 3nHOH
nNH4NO3 + nNaOH= nNH3⬆️ + nHOH + nNaNO3
Umumiy holatda 8Me = nNH3
Proporsiya tuzamiz
8Ar---------22,4 n
13-----------1,12
Ar = 13 x 22,4 / 8 x 1,12 = 32,5
32,5 x I valentlik yo'q
32,5 x II 65 bor
Javob
Zn
​​🎁 Hurmatli #kun_savoli ishtirokchilari, ustozlar. Agar siz ham savollaringizni kun savoli loyihasida savol qoldirmoqchi bo'lsangiz, ularning javoblari bilan @chemic_uz_bot yuboring. Bundan juda xursand bo'lamiz. Barchangizga tashakkur!!!