Kimyo | Asilbek Salohiddinov
4.53K subscribers
884 photos
2.89K videos
553 files
864 links
Bog'lanish uchun
@Asilbek_Salohiddinov

Masala berish va yechish 🔻
@kimyo_muhokama

YouTube kanal 🔻
https://www.youtube.com/c/KimyoAsilbekSalohiddinov
Download Telegram
​​MAG‘LUB BO‘LGAN G‘OLIBLAR
Mana mashaqqatli, lekin ta‘surotlarga boy yana bir o‘quv yili ortda qoldi. Eng bilimli va omadi chopgan abituriyentlar ta‘limning keyingi bosqichida o‘qishni davom etdirish imkoniga ega bo‘lishdi. Ularning barchasini bu g‘alabalari bilan chin yurakdan qutlayman! Endi ularning oldida yangi-yangi maqsadlar bo‘y ko‘rsatadi. Abituriyentlikdagi shijoatlari, mehnatsevarlik ko‘nikmalari so‘nib qolmasidan, kamida bir yillik keyingi maqsadlarini aniq belgilab olishlarini maslahat beraman ularga. Markazimizning yangi o‘quv yilidagi ish rejasidan talaba bo‘lgan yoshlarning keyingi o‘qish va ish faoliyatlarini to‘g‘ri yo‘nalishda tashkillash borasida treninglar o‘tkazish ham o‘rin olgan. Shuning uchun bu mavzuga kelgusida batafsil to‘htalaman. Hozirgi aytmoqchi bo‘lganlarim esa o‘qishga kira olmagan abituriyenlar haqida.
" Jang qurbonsiz bo‘lmaydi "
Bugungi qurbon kimlar?
Talaba bo‘la olmaganlarmi?
Aslo unday emas!

☺️ Agar abituriyent o‘qishga kirolmaganini bilganidan so‘ng, o‘sha kunning o‘zida qo‘lini musht qilib, " MEN HECH QACHON ORTGA CHEKINMAYMAN VA ALBATTA KELASI YIL TALABA BO‘LAMAN" desa, u- G‘OLIB.

😔 Aksincha, mandat kunini ko‘z yoshlarga to‘ldirib, o‘zi qolib, ota-onasini va boshqa oila-azolarini ham kayfiyatlarini tushursa, o‘ziga achinib qarashlariga, tasalli berishlariga majbur qilsa, u-MAG‘LUB.

☺️ Ko‘p havotirga qo‘ymay, ustozining oldiga darhol borib, bu yilgi mashg‘ulotlarini boshlab yuborsa, u-G‘OLIB.

😔 O‘z xato-kamchiliklarini tahlil qilish o‘rniga, yomon natijasiga abituriyenlik vaqtidagi atrof-muhitini, sharoitni aybdor deb bilsa, u-MAG‘LUB.

☺️ Ota-onasiga " MEN NIMAGA QODIRLIGIMNI KO‘RSATISHIM UCHUN YANA BIR YIL IMKON BERINGLAR " deyishga kuch topa olsa, u-G‘OLIB.

😔 Qorong‘u xonaga berkinib, qayerda yo‘q pessimist ruhdagi musiqalarni tinglab, " MEN O‘ZI OMADSIZMAN ", " MEN SHUNAQA LANDOVURMAN "... deya kunini, vaqtini o‘tkazsa, u- MAG‘LUB.

☺️ Birinchi yili o‘qishga kirolmagan bo‘lsada, keyinchalik ulkan zafarlarga erishgan insonlarni o‘ziga mayoq qilib olsa, u- G‘OLIB.
....
AZIZ UKAGINAM, har bir mag‘lubiyat ortida aniq sabablar yotadi. Sen shu sabablarni top va ularni bartaraf qilishga shoshil. Nahotki oldinga qo‘ygan maqsadlaring yana bir yil mehnat qilishinga arzimasa?!
Sen bilan o‘zing yaxshi yoki yomon deb bilgan nimaki sodir bo‘lsa, unda bir hikmat bor. Lekin bu hikmatini anglash uchun gohida bir kun, gohida bir yil yoki undan ham ko‘p vaqt kerak bo‘ladi. O‘sha vaqt kelguncha senga sabr tilab qolaman.
" HAYOTDA BIZ ISTAGAN EMAS, BIZGA FOYDALI BO‘LGAN HODISALAR RO‘Y BERADI ".
So‘zimning shu yerigacha o‘qishga irodang yetibdiki, Senga ishonsa bo‘ladi. Mana ko‘rasan, kelasi yil albatta TALABA bo‘lasan!
Yana shuni ham eslab qol !
" TASODIFLAR TASODIF EMAS " ©O'tkirbek Sherg'oziyev
​​Hayrli kun! Yangi kun muborak!
Buyuk qaxramonlikni uzoq o’ylamasdan amalga oshirilishi zarur, chunki xafvni tasavvur qilish jasoratni susaytiradi. Yuliy Sezar
📌 @chemic_uz
Kinetika 7 @chemic_uz .pdf
1.7 MB
📘📒📕 TEMATIK 📝✍🏻🎁
KIMYOVIY KINETIKA TERMODINAMIKA
© AsilbekSalohiddinov
Foydalanilgan:
📒 Tematika 1996-2003
📗Variantlar 2003-2017
📕Gazeta va axborotnomalar
📌 @chemic_uz
​​🌟 Kun savoli 09.11.2018
📩 Javoblarni @chemic_uz_bot da qoldiring.
Birinchi to'g'ri topgan insonni javoblari va yechilish usuli kanalda e'lon qilinadi.
1. Quyidagi ma’lumotlardan EN≡N = 900 kJ, EN−H = 400 kJ, EH−H= 450 kJ foydalanib, ammiakning elementlardan hosil bo’lish reaksiyasi uchun entalpiya (kJ) qiymatini toping.
2. 15.5 gramm fosforli namunaga xlor ta’sir ettirilganda 163 kj issiqlik va fosfor (III) xlorid va fosfor (V) xloridlar aralashmasi olindi. Aralashmaga 800g 15.5% li o’yuvchi natriy eritmasi ta’sir ettirildi Oxirgi eritmadagi moddalarning massa ulushlarini (%) aniqlang. Fosfor (III) xlorid va fosfor (V) xloridlarning hosil bo’lish issiqliklari mos ravishda 290 va 380 kj ga teng.
3. Neonga nisbatan zichligi 1,65 ga teng bo'lgan vodorod sulfid va kisloroddan iborat 2,4 mol gazlar aralashmasi yopiq sistemada (hajmi 1 I) reaksiyaga kirishdi. (H2S(g) + O2(g) = SO2+ H2O(g)) Va muvozanat qaror topdi. Hosil bo'lgan gazlar aralashmasini geliyga nisbatan zichligi 9 ga teng bo’lsa muvozanat qaror topishi uchun kislarodni necha foizi sarflangan?
4. A(g) + B(g) = C(g) + D(g) sistemada moddalarning muvozanat holatdagi konsentratsiyalari (mol/l) tenglamaga mos ravishda 6, 3, 2, 9 gа teng. Sistemaga В moddadan 3 mol qo'shib va C moddadan esa 2 mol/l chiqarib yuborilgandan keyin A va D moddalarning yangi muvozanat miqdorlarini (mol) hisoblang (reaksiya hajmi 2 I bo'lgan idishda olib boriladi).
5. A + В = C qaytar reaksiyada to'g'ri va teskari reaksiyalarning tezlik konstantalari 0,5 va 0,15 gа teng. A va В moddalarning boshlang'ich konsentratsiyalari 0,2 va 0,4 mol/l gа teng bo'lsa, muvozanat holatidagi aralashma tarkibini (mol/l) aniqlang.
6. Birinchi reaksiya tezligi ikkinchi reaksiya tezligining 1/3 qismini tashkil qiladi. Birinchi reaksiya uchun temperatura koeffitsiyenti 2, ikkinchisi uchun esa 3 ga teng bo'lsa, qanday temperaturada ikkinchi reaksiyaning, tezligi birinchi reaksiyaning tezligini 1/3 qismini tashkil qiladi?
7. 2HI = J2 + H2 reaksiyaning 600 K dagi muvozanat konstantasi 4 ga teng. 1 litrli idishda 8 mol HI solinib, yuzaga kelgan muvoznatda J2 ning mol miqdori nechaga teng bo'ladi?
8. 2NH3 → N2 + 3H2 reaksiyasida NH3 ning konsentratsiyasi ma’lum vaqt o'tgandan so'ng 2 marta kamaydi. NH3 ning konsentratsiyasi 3 marta kamaygandagi ketgan vaqt 2 marta kamaygandagi ketgan vaqtdan 20 sekund keyin tugaydi. Xuddi shunday konsentratsiyali NH3 ning konsentratsiyasi 5 marta kamaygandagi ketgan vaqtni (sekund) toping.
9. Quyidagi В → R + M reaksiyada В moddaning konsentratsiyasi 4 marta kamayishi uchun t=50°C da 60 sekund vaqt sarflansa. Ushbu moddaning konsenrtatsiyasini 7 marta kamayishi uchun t=70 °C da 25 sekund vaqt ketgan bo’lsa. В moddaning konsentratsiyasini 10 marta kamaytirish uchun t=90 °C da qancha vaqt sekund kerak bo'ladi.
📌 @chemic_uz
​​Kanalimizdagi bazi fayllar parollangan.
🔐 Ularning kalit so'zi (paroli) 🔐
🔑 👉 grand 👈 🔑

📌 @chemic_uz
​​Hayrli kun! Yangi kun muborak!
Jilmay. Sening muammolaring hech kimga kerak emas. Jim Kerri
📌 @chemic_uz
​​Mulohaza:
Бир чолнинг уч ўғли бор экан. Кунларнинг бирида чол ўғилларини тонг-саҳар вақти уйғотибди...................
📌 @chemic_uz
​​🎁 Kun savoli 10.11.2018
📬 Javoblarni @chemic_uz_bot da qoldiring.
Birinchi to'g'ri topgan insonni javoblari va yechilish usuli kanalda e'lon qilinadi.
1📝. Teng massada olingan ishqoriy metal gidridi va fosfidi suv bilan ishlanganda D(He)=2,2 bo’lgan gazlar aralashmasi olindi. Metalni toping.
2📝. Quyidagi reaksiyada barcha koeffitsiyentlar yig‘indisini toping.
(C4H9)3N + HNO3 = CO2 + N2 + NO2 +H2O
3📝. Argon bilan to’ldirilgan idish (n.sh) bo’shatilib 126,66 kPa bo’simgacha noma’lum gaz bilan to’ldirilganda idish massasi o’zgarishsiz qolgan. Noma’lum gazni aniqlang.
4📝 Stexiometrik nisbatda olingan alkan va galogenlar aralashmasidan freon-234 sintez qilindi. Jarayon davomida 7,3 gr HCl hosil bo’lsa, sarflangan alkan hajmini (n.sh) aniqlang.
5📝. Xlorning ikki oksidi suvda eritilganida hosil bo’lgan kislotalar (HClO3, HClO4)ning massa farqlari 751,5 gr bo’lsa, oksidlarni massa farqini toping.
6📝. Agar AxByZt tarkibli metallar qotishmasida A ni atom ulushi 12%, massa ulushi 13,7%. Aralashmani 0,625 moli 21,35 g kelsa B va Z metallarni toping.
7📝. 85 gr NH3 ajratilgan sistema 819 K ga qadar qizdirilganda hosil bo’lgan bosim dastlabki bosimga nisbatan 5,4 marta ortgan. Muvozanat konstantasini aniqlang?
8📝. 9 mol KClO3, KMnO4 va KNO3 dan iborat aralashma qizdirilganda olingan gaz ozonatordan o’tkazildi 4,333 mol ozon olindi. Qizdirilish mahsulotlari 915 g bo’lib uning tarkibida 18,032% Mn bor bo’lsa, dastlabki aralashma tarkibidagi kislorodni massa ulushini toping.
9📝. 232Th izatopi neytronlar oqimida qizdirilganda quyidagi o’zgarishlar kelib chiqadi. (Reaksiyasiya fotoda👇👇👇). A atomidagi neytronlar Th atomidagi neytronlardan qanday farq qilishini aniqlang. (z+1/(y+1/x)=115/36)
10📝. 0,4 mol C3H8, C2H6, CxHy yondirilganda 1,1 mol CO2 1,4 mol H2O hosil bo’ldi. C3H8 dan hosil bo’lgan H2O bilan CxHy dan hosil bo’lgan svning massasi bir xil.C2H6 dan hosil bo’lgan CO2 hajmi CxHy dan hosil bo’lgan CO2 hajmi teng bo’lsa CxHy ni aniqlang.
11📝. Molekulasida bitta uchbog’ va ikkita qo’sh bog’i bo’lgan ochiq zanjirli uglevodorodlaming ozonda yonishining umumiy tenglamasida ozon oldidagi koeffitsiyent nimaga teng bo’ladi? (reaksiya natijasida CO2 va suv hosil bo’ladi deb hisoblang)
12📝. A idishga NaCl, ZnSO4 va Ba(NO3)2, B idishga KCl, Cd(NO3)2 va Ag(NO3), tuzlaridan teng miqdorda solindi va suv bilan suyultirilib 2 kg dan eritmalari olindi. A va B idishdan paralel sistema hosil qilinib 80,4 A to’k kuchi bilan elektroliz qilindi. 7200 sekundan so’ng A idishdan suv elektroliz bo’lishi boshlangan bo’lsa, shu vaqtdagi B idishdagi tuz(lar)ning konsentratsiyasini aniqlang.
📌 @chemic_uz
​​Bugungi mavzuyimiz.🔔🔔🔔
3-QISM. VII-BOB. #Matallar
Kitobda siz mettallar va ularning toifalanishi, hossalari, birikmalari haqida tanishasiz.
Metallarning toifalanishi
Metallarning umumiy hossalari
Ishqoriy metallar (I-A guruh)
📚Barcha darslik bo'yicha (7.8.9.10.11-sinf, Akl-Kol)
Kitobni o'qish uchun quyida berilgan faylni yuklang 👇👇👇👇👇
Bobni o'zlashtirgandan so'ng mavzu bo'yicha testlar bilan bilimingizni mustaxkamlashingiz mumkin. Savollaringizni @grandchemical da qoldiring.
🇺🇿 @chemic_uz loyihasi #onlineREP

Cs + HOH = CsOH + H2
3-qism @hemic_uz.pdf
7.5 MB
3-QISM. VI-BOB. #Metallar_bobi
Metallarning umumiy hossalar.
Ishqoriy metallar va ularning birikmalari hosslari
📌 @chemic_uz
Kimyo | Asilbek Salohiddinov pinned «​​🎁 Kun savoli 10.11.2018 📬 Javoblarni @chemic_uz_bot da qoldiring. Birinchi to'g'ri topgan insonni javoblari va yechilish usuli kanalda e'lon qilinadi. 1📝. Teng massada olingan ishqoriy metal gidridi va fosfidi suv bilan ishlanganda D(He)=2,2 bo’lgan…»