"Cheksiz mehr bilan birlashaylik"
32 subscribers
45 photos
9 videos
67 files
8 links
"Nuron" cheksiz mehr bilan birlashaylik
Erkin volontyorlik harakati!
Nuron so‘zi arab tilidan olingan bo‘lib muruvvat ko‘rsatish, birlashish degan ma'noni anglatadi!
Download Telegram
🕊  44 - ishtirokchi

#mehrli_qalblar

Tongimiz ikki kaft orasidagi muborak duolar bilan boshlanar ekar, yaxshilar qatorida bir-birimizga mehrli boʻlaylik.

Dilnoza Nabiyeva.

@cheksiz_mehr_bilan_yashaylik
Фарзандингизга қуйидагиларни ўргатиб боринг:

1. Ишониш
— Баркамол шахс ўзига ҳам, ўзгаларга ҳам ҳар жиҳатдан яхши баҳо бериши лозим.

2. Идрок эгаси бўлиши — Инсоннинг ҳар қандай ҳаракат учун масъулиятни ўз зиммасига олишини айтинг.

3. Мослашиш қобилияти — Инсоннинг ҳаётдаги ўзгаришларга, кутилмаган ҳолатларга мослашишини ўргатинг.

5. Янгиликларни қабул қилиш — Инсоннинг янги фикрлар, ўзгаришларни қабул қилиши, булардан безовталанмаслигини тушунтиринг.

6. Истак — Инсоннинг ўз мақсадларига эришиши учун туйғуларини бошқара олишини ўргатинг ва тушунтиринг.


@cheksiz_mehr_bilan_yashaylik
#volontyor #mehr #birlashaylik

🕊Vijdon

Ko'p hollarda qalblarning og'rig'iga, shikastlanishiga sabab bo'ladi. Ayrim hollarda esa shu qadar inson hayotini o'zgartirib yuboradi-ki, hayolga ham kelmagan ishlar yuz beradi.
Birgina misol keltiramiz. Tasavvur qiling, uydasiz, hech qanday ish yo'q sizning nazdingizda. Shu vaqtda tasodifan vijoningiz "aloqaga chiqdi" siz bilan. "Ey inson, sen nima uchun in'om etilgan vaqtni behudaga sarf etyapsan, bu vaqtni yoki sotib oldingmi?" Nima deb javob bergan bo'lar edingiz bu savolga. Ha, albatta sukut... Azizlar, vijdoni uyg'oq inson aslo, birovning oldida mulzam bo'lmaydi va hech kimni bunday holatga solib qo'ymaydi.
Vijdon degan "hamroh" imiz bor ekan havotir olmaylik, to'g'ri yo'ldamiz! Bizni yo'ldan adashtira olmaydi hech kim, hech narsa. Faqat uni tinglay bilish, quloq tutish kerak.
Endi fikr qilaylik... shu vaqtgacha vijdonimizga quloq tutdikmi yoki atrofdagilarning fikriga qarab ish ko'ryapmizmi?! O'yga tolasiz, albatta. Axir, bizning ohiratimiz javobgari atrofdagilar emasku. Ular biz qilgan, qilayotgan ishlarga javob bermaydilarku. Ba'zan tanlov qilishda adashamiz, lekin hali imkon bor, uni boy berish biz- musulmonlarga emas. Shunday ekan to'g'ri qaror qabul qilishda avvalo qalbimizga quloq tutaylik, u nima demoqchi. Vijdonimiz buyurganini qilaylik..!😇🕊

TAYYORLADI Toshqo'ziyeva Nigora loyiha volontiyori.

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
#volontyor #mehr #birlashaylik

🦋 #Sadoqat

Sadoqat - naqadar oliyjanob hislat ekanligini bilasizmi?
Bu hislat hammada ham yo‘q ekanliginichi?
Sadoqat bu noyob fazilat - bebaho axloq, ko‘pincha biz sadoqatni insonlargagina xos bo‘lgan tuyg‘u ifodasi deb tushunamiz. Aslini olganda esa, inson hayoti davomida o‘zi sevgan, o‘zi istagan jarayonga, hodisaga shaxsga va borliqdagi har bir voqelikka nisbatan ifodalab beradi bu kechinmani!!!
Demak, sadoqat biz uchun qadrli bo‘lgan insonlarimizga, biz uchun tanish tuyulgan narsa va hodisalarga nisbatan ham botiniy olamimizning aynan aksi ifodasi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Ammo biz bugun sizlar bilan insonlarga sadoqat mavzusida gaplashamiz🕊
Sadoqat ikki insoning bir -biriga bo‘lgan cheksiz hurmati.O‘zaro mehr - muhabbat va albatta mustahkam ishonch, metin iroda !!!! Bu xoh do‘stlik bo‘lsin xoh sevgi xoh qarindoshlik va hokazo.
Inson hayoti davomida juda ko‘p qiyinchiligu, sinovlarga duch keladi mana shunday vaqtlari hamisha yaqinlarining ko‘magiga, ularning ishonchiga va noyob sadoqatiga muhtojlik sezadi. Xuddi shunday sinovlar sizni sinagan vaqtda siz sadoqat nima ekanligini va unga kimlar munosib, kimlardir esa nomunosib ekanligini anglab yetasiz. Sadoqat bu - har qanday vaziyatda ham shunchaki kechib ketmaslik, insoning qadriga, mehr - muhabbatiga, e'tiboriga umuman olganda esa butun- bir shahsiyatga sodiq qolmoqlikdir!!!
Adabiyot so‘z san'ati bebaho - xazina ramziy ma'nolarni, tasviriy va tavsifiy jarayonlarni ifodalab berishda biz albatta unga murojaat qilamiz!!! Bugun ham sadoqat mavzusida unga murojaat qildik va quyidagicha javob oldik 🕊
Sadoqat va vafo kuychisi Zulfiyaxonim Isroilova ustoz shoira barchamizga tanish, bugun aynan ustozning nomida iqtidorli qizlarimiz uchun Zulfiyaxonim davlat mukofoti mavjud.
U kishi taniqli shoir Hamid Olimjon bilan turmush qilganliklarini ham barchamiz bilamiz albatta. Afsuski, baxtsiz falokat tufayli Zulfiya ustozning turmush o‘rtoqlari Hamid Olimjon avtohalokatga uchrab 34 yoshida olamdan o‘tdilar🥲
Bu payt ustozning boshiga turli qiyinchiliklar, ketma -ket sinovlar yog‘ildi. Zulfiyaxonim qaytib turmush qurmadilar, chunki ularda Hamid Olimjon xotirasiga bo‘lgan cheksiz mehr - muhabbat, sadoqat hali ham yashamoqda edi!!!
O‘sha vaqtlari ustoz, o‘z mehnatlari bilan o‘z mashavqatlari bilan farzandlarini bir o‘zi tarbiyalab halol yedirib o‘stirdilar. Bu uncha -muncha ayolning bardoshi yetmaydigan, uddasidan chiqa olmaydigan jarayon. Demak, mana sadoqat nima ekan?
Sadoqat, jins tanlamaydi u ayolga ham, erkakka ham tegishli bo‘lgan tushuncha sifat.
Biz buni faqat sizlarga yanada tushunarli bo‘lishi uchungina misol tariqasida keltirib o‘ttik😌
🕊 quyida shoiramizning ajoyib quyma satrlarini siz azizlarga ulashdik🙈


Hayot kitobimni varaqlab,
Men o‘tgan umrimga achinmay quydim.
Tabbassum o‘rnida kuldim charaqlab,
Suyish kerak bo‘lsa telbacha suydim.
Kiyganim ipakmi, chunki yo kimxob,
Yurak boyligidan qilmabman parvo.
Meni og‘ushlagan hayot naq oftob,
Yangi qo‘shiq talab unda har saboq.
Men o‘tgan umrga achinmay quydim,
Hech kimda ko‘rmayin umrimga o‘xshash.
Suydim erkalandim, ayrildim kuydim
Izzat nima bildim - shuda bir yashash.

Zulfiyaxonim Isroilova

Tayorladi : Loyiha volontyori Mirzayeva Sug‘diyona

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
#volontyor #mehr #birlashaylik

😐...𝙉𝘼𝙎𝙄𝘽...😊

Naqadar ajoyib soʻz a...? Faqat sababini qilish bilan cheklanib,taqdiringga yozilganini bilguvchi zotga ta'slim boʻlasan kishi. Bu soʻzlarni oʻqir ekansiz xayolingizga birinchi boʻlib kelgan narsa nima boʻldi?
🕊 Biz bu hayotga kelishimizdan to ketgunimizgacha boʻlgan barcha narsalar erishgan yutuqlarimiz,baxtli onlarimiz,qaygʻuga toʻla oʻtgan kunu -tunlarimizning barchasi bizning nasibamizdir.
Biz nedan yaraldik azizlar
Biz tuproqdan yaraldik.

😮 Biz nega Oʻzbekiston Respublikasida tugʻildik Kim biladi , balki biz ,yoki mening bir oʻzim boshqa yurtda tugʻilishim mumkin edi.Ammo men 🇺🇿Oʻzbekistonda dunyoga keldim.
📜Qadrdonlarim men oʻzimning xayotimdagi boʻlib oʻtgan qisqachagina bir voqeani aytib oʻtmoqchiman.
☺️ Men Xurshida Ubaydullayeva Sohibqiron qizi 2004-yil 17-iyun ayni yoz kunlarida dunyoga kelganman.Asta sekin katta boʻlib aqlimni tanir ekanman mahallaning 🏃‍♀eng daydi,👳toʻpolonchi, va🤫 albatta erkatoy qizi boʻlib uglgʻaydim.Maktabga borishni boshladim.Xash-pash deguncha 1,2,3,4,5,6,7,8 xullas 9- sinf oʻquvchisi boʻldim. Lekin oʻzim teng sinfdosh dugonalarim va mendan oldingi sinfdagi chiroyli qizlarni koʻrib ularga xavasim kelardi.Uyga kelib baʼzida oʻzimga-oʻzim nolir edim. Nega men?Nega endi aynan men? ularga oʻxshab qoshlarim qora tutashmagan,koʻzlarim chiroyli emas ,kipriklarim xuddi ularnikiday uzun va qayrilmagan deb 🪞oynaga qarab gohida yigʻlar edim.
🤫🤭 Ammo mana endi oʻsha paytlarda juda katta xato fikrlaganimni, notoʻgʻri oʻylaganimni anglab yettim.Aslida men nolishim kerak emas,menga berilgan oʻzimga yarasha Allohimning men uchun berilgan Nasibam ekanligini anglab yetishim kerak edi.Lekin mana endi Allohimga behisob shukurlar boʻlsin-ki barchasini tushunib yettim.
Azizlarim men bu gaplarim bilan nima demoqchiman bizning, barchamizning rizq-u nasibamiz Alloh taolo tomonidan berilgan ne'matdir‼️
Shunday ekan xar bir soniyamizdan, xar bir kunimizdan nolimaylik.Chunki barchasi Allohning inoyatidir.
👆🙏UNUTMAYLIK‼️

✍️𝙏𝙖𝙮𝙮𝙤𝙧𝙡𝙖𝙙𝙞 𝙓𝙪𝙧𝙨𝙝𝙞𝙙𝙖 𝙐𝙗𝙖𝙮𝙙𝙪𝙡𝙡𝙖𝙮𝙚𝙫𝙖 loyiha volontyori

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
моҳият ва ҳодиса

🎭 Чарли Чаплин айтади: мен анча машҳур бўлиб кино оламида юлдуз бўлганимдан кейин ҳар хил жойларда “Чарли Чаплинга ўхшай оласизми?” деган мусобақалар уюштирила бошланди. Шунда битта мусобақага ўзимни танитмай бошқача гримда келдим. Қатнашиш истагини билдириб ариза бердим. Мени қабул қилишди. Мусобақада қатнашдим ва иккинчи ўринни олдим. Биринчи ўринни эса мусобақа раҳбарининг ўғли олди!».

Хулоса шуки Бир грам шахсий тажриба, бошкаларнинг тонналаб маслахатидан афзалрок.

Tайёрлади Анварбек Абдуллаев Нурон чексиз мехр,  билан бирлашайлик эркин, волонтер харакати Булокбоши тумани лидери

Дустларингизга хам улашинг мехр учун !
@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
#volontyor #mehr #birlashaylik

🙆‍♀XXI asr qizlari!

XXI asr qizlari kantenning nomi nimaga unday demoqchisizaaa
To'g'ri savol
XXI asr qizlari ( ba'zilari )
5 mahal nomoz o'qiydigan bola emas
5 ta moshina bor bolani tanlaydi

Qarangda nega 5ta moshina bor bolani tanlaysiz. Foniy dunyo rohati uchun kuyapsiz. Meni sizga rahmlarim kelib ketyapti. Nega siz 5mahal nomozxon bolani tanlamaysiz. U bola aybi nima? Nega undaysiz. To'g'ri uni aybi 5ta moshinasi yo'qligimi? Yoki sizni ko'ngilingizni oluvchi narsalari yo'qligimi?
Qarangda u bolani 5ta moshinasi yo'qligi bo'lishi mumkin. Lekin boqiy dunyoning boshqa insonlarga nisbatan savollari kamroq bo'lishi mumkin. Hamda xarom xarichni farqiga boradigan. Ota-onasini roziligi uchun jon fido qilladi. Endi o'ylab ko'ringchi 5ta moshinasi bor bola boqiy dunyo uchun nima qildi? Foniy dunyo uchun nima qilgani bildik
Biz aslida boqiy dunyo uchun yashaymiz-ku. Foniy dunyoga imtihon uchun kelganmiz-ku to'g'rimi? Bu yog'i sizning o'ylashingiz uchun. "Bor gap shu bu hikoyam kimlar uchun tanish, kimlar uchun notanish uchun ba'zilarga esa erish tuyulyatgandir.

❗️*Lekin iltimos
boqiy dunyo uchun yashaylik*" foniy dunyo uchun shuncha yashadik yertarlidir.

Tayyorladi Saida Jaloliddinova loyiha volontyori

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
Shukur qiling

Hayrli tun alloh tuningizni osoyishta qilsin!

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
🕊 45 - ishtirokchi

#mehrli_qalblar

Odobni odobsizdan o'rganishimiz mumkinu, lekin mehrni mehrsizdan o'rganish dargumon ishdir.Zotan inson qalbida mehr deb atalmish tuyg'u bo'lishi uchun insof ham darkor. Garchi men insofdan begona bir kimsa ekanman,o'zgalarga mehr ko'rsatishni mendan kutishmasin!

Xolmatjonova Sarvinoz

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
Baxt qasri.pdf
2 MB
БАХТ ҚАСРИ
Ҳаётий сабоқлар

》Бахтли бўлиш сирлари
》Келин танлашни биласизми?
》Ойша онамизнинг буюк муҳаббатлари
》Муҳаббат Аллоҳнинг муъжизаси
》Жаннатга йўл

Manzlimiz

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
Qiyinchilik

📌Qiyinchilik insonni yo bor qiladi yoki yo'q, yani yo yuksalishga harakat qiladi yoki sinib qolgan joyidan ortga qaytadi.

📌Qiyinchiliklarga chidab harakat qilgan inson albatta muvoffaqiyatga erishadi. Chunki go'zal sabri, mehnati, Yaratgan bergan sinoviga qiyinchiliklar bilan bardosh bergan inson go'zal kelajakga ega bo'ladi.

📌"Jon kuydirmasang, janona qayerda" deyishadiku axir.
Mehnatsiz qiyinchiliklarsiz erishilgan narsalarni qadri bo'lmaydi hech qachon.

📌Kim bo'lishimizdan qat'i nazar biz Robbimizga mehrimiz, duoyimiz, bilan yuraylik, shundagina bizga bergan har qanday qiyinchiliklarga bardosh beraolamiz.


Tayyorladi Gulsanam Mirzaliyeva Nuron erkin volontyorlik harakati tashkilotchisi.

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
🕊Aka-uka

Hech óylab kórmanmisiz bu hayotda Aka-ukalik órnini? Siz bu hayotda qanday aka yoki uka bóla olmoqdasiz?!

Hayotga keldikmi, agar Alloh xoxlasagan bólsa bizga Aka-ukani ato etadi. Onamni uch nafar ógʻillari bor ya'ni ular mening akalarim, kórib turganingiz oilada meni pazitsiyam ukalik!

🙂Hayotda qiyinchilikka uchragan paytingizga birinchilar albatta ahvolingizdan Aka-ukalaringiz habar olishida, shu paytda kónglingiz yorishadi va ózingizni yaxshi his qila boshlaysiz!! bundan chiqdi aka-ukalarimiz hayotimizda nurimizmi yoki hotirjamlik yoki aka-uka ulkan qoyadir yaxshi-yomon kuningda tirgak bóladigan.

🦁Aka bu ulkan qórgʻon ;
Aka bu eng yaqin dóst;
Aka bu mehr - muruvvat elchisi;
Aka bu eng yaxshi ta'minotchi;
Aka bu Ota órnini bosa oladigan yagona inson;
Aka bu yuragimizning bir parchasi
Uka bu samimiylik elchisi;
Uka bu hayotdagi umid;
Uka bu eng yaxshi yordamchi;
Uka bu kóziga qaraganing otani yodga soluvchi shaxs
Uka bu eng yaxshi inson organi💙

💪 Aka seni oldinda ayblaringni aytib tanbeh berib, seni qancha yerga ursa ham, ortingdan seni maqtaydigan, har doim sen tomonga yon bosadigan, biror yaxshi natijaga erishganingda seni hammaga maqtaydigan mehri daryo insondir!

Hoyotda uy topiladi, pul topiladi, hattoki dóst, yor topiladi, lekin aka-uka topilmaydi.

🤔Qani siz ayta olsizmi hayotda qanday aka yoki ukasiz óz vazifalaringizni barajara olyapsizmi?

Tayyorladi Khalilullokh Bokiev Nuron cheksiz mehr bilan birlashaylik erkin volontyorlik harakati tashkilotchisi.

Dóstlaringizga ham ulashing mehr uchun!
@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
Nimani koʻryapsiz?
Sultan Alomani Oufni
Sultan Alomani
Allohim tunimizni osoyishta qilsin🤲

Eng yaqiningizga yuboring
@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
Bizning faoliyatimiz bilan tanishing!
🕊 46 - ishtirokchi

#mehrli_qalblar

Mehr - pok qalb bulog'i,
Mehr - ko'ngil chirog'i.
Gar mehrsiz bo'lsangiz,
Mushkul erur so'rog'i.

Har qanday mehrning mukofoti bordir! Mehrsizlik ortidan qaxr keladi.
Mehrli bo'laylik

Dilbar Qarabayeva

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
Mehr

🕊Mehr bu judayam ajoyib tuyg'u. Mehrni bizga eng ko'p bera oladigon inson bu Onamiz, yaqinlarimiz, do'stlarimiz bu tuyg'uni yoqtirmaydigon inson bo'lmasa kerak menimcha hamma kimdandur mehr kutib yashaydi. Onasizlar Onasini mehrini qumsab yashaydi.

📌Davlatimiz ham bizga juda katta mehr, e'tibor beradi shart sharoitlar yaratib beradi. Davlatimiz hech qachon o'zini farzandini fuqarosini mehrsiz chetka tashlab qo'ymidi. Masalan Suriya davlatidegi fuqorolarimizni u yerlardan o'z yurtimizga olib kelyabdi bunda insonlarning o'zi sababchi bo'lsada ularga imkoniyat berib mehr ko'rsatayabdi.

Biz hammamiz bir birimizga mehr muruvat bilan yashasak hammamiz bahtli yashagan bo'lamiz aslida insonga ko'p narsa kerak emas unga shunchaki mehr va e'tibor kerak. Shunday ekan bir birimizdan mehrimizni ayamastan yashaylik.

Tayyorladi Ruhshona Po'latova Nuron cheksiz mehr bilan birlashaylik erkin volontyorlik harakati tashkilotchisi

Do'stlaringizga ham ulashing mehr uchun!
@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
​​🍀 Ota...

Ota charchab ishdan uyga qaytdi. Uyda to‘polon bo‘lib, hamma farzandlari yugurib keldi: uch bolasi yugurib kelib, quchog‘iga otildi. Otaning ko‘zi narigi xona eshigida mo‘ltirabgina turgan bolaga kòzi tushdi va nogoh tikildi. U bolakay singlisining òģli edi.

– Dada! – dedi kenja qizchasi..
Ota unga shokolad berdi.
– Dada, mengayam, mengayam!– degan kichik òģli dadasi chòntagidan yana bir shokalad olib chiqardi.
– Dadajon! – dedi uchinchi farzandi. U farzandiga ham atagani bor edi.
– Dada! – dedi to‘ng‘ich o‘g‘li.
Uyimizga ammamning òģli keldi dedi.
Dadasi  mehmon jiyanining kelganidan bexabar ota shokoladni qo‘lida tutib, bir nafas turib qoldi va bir o‘g‘liga, bir otasiz qolgan jiyaniga qaradi.
Shu mahal bolakay katta òģilni imlab chaqirdi. Qulog‘iga shivirladi. Katta òģli kelib, otasiga shunday dedi:
– Dadajon ammamning òģli  «Dadangni men ham dada desam maylimi?» deb so‘rayapti.....

Xulosa òzingizdan...

Tayyorladi Dilafruz Akbarova
Nuron cheksiz mehr bilan birlashaylik erkin volontyorlik harakati tashkilotchisi

👆Do‘stlaringizga ulashing mehr uchun!
@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik